Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 197619 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 ... 33 B


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:27:03

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING QIROATLARI HAQIDA BAYON QILINADI

Ya’ni, Janobi Rasulullohning Qur’oni karim tilovatlari qanday edi, shu xususda zikr etiladi.

240. Ya’lo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Ummu Salama roziyallohu anhodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiroatlari haqida savol qilindi. Onamiz roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiroatlari harf-harf ochiq va ravshan bo‘lar edi.

Sharxlovchilar aytadilar: Onamiz o‘zlari Sarvari koinot sollallohu alayhi vasallam o‘qiganlaridek o‘qib berdilar. Ya’ni harfan-harfan zaboniy tushuntirib berdilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:27:30

241. Qatoda dedilar: Men Anas roziyollohu anhudan "œRasululloh sollallohu alayhi vasallamning qiroatlari qanday edi?" deb savol kildim. Anas roziyallohu anhu dedilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallamning qiroatlari madlik bo‘lar edi(mad — bir harfni cho‘zibroq o‘qish) (Ya’ni, mad qilmoq zarur bo‘lgan maqomlarda mad qilar edilar. Lekin mad qilishda tajvid qoidasiga muvofiq mad qilinar edi. Ziyoda va kam qilinmas edi. Chunki har narsaning o‘z miqdori bor. Undan ziyod va kam qilish mazammatlangandir).

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:27:37

242. Ummu Salama roziyallohu anho dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiroat qilganlarida har oyatni uzib, alohida qilib o‘qir edilar. Birini ikkinchisiga qo‘shib, aralashtirib o‘qimas edilar. Masalan, ALHAMDU LILLAXI RABBIL ‘ALAMIYN deb to‘xtar edilar. Keyin AR-RAXMONIR-RAHIYM deb yana to‘xtar edilar. Keyin MALIKI YaVMID-DIYN deb to‘xtar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:27:47

243. Abdulloh ibn Abu Qays dedilar: Men Oisha roziyallohu anhodan savol qildim: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam Qur’oni karimni ichlarida beovoz o‘qir edilarmi yo ovoz bilan o‘qir edilarmi?" Onamiz dedilarki: "œHar ikki tariqada o‘qir edilar". Men dedim: "œALHAMDU LILLOHki dinimizda kengchilik paydo qilibdilar" (ya’ni Islomda tahajjud va boshqa namozlar qiroatini ovoz chiqarib o‘qilsin yoki maxfiy o‘qilsin, vaqtga va nashotga qarab, qanday o‘qilsa-da durustdir. Bu Islom go‘zalliklaridan biri).

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:27:55

244. Ummu Xoniy roziyallohu anho dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Masjid-al-Haromda kechqurun tilovat qilar edilar. Men ovozi muboraklarini uyimda, tom tepasida eshitar edim. Chunki bu zotning uylari Harami Makkaga nihoyatda yaqin edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qur’oni karimni nihoyatda sof va dona-dona qilib ovoz bilan o‘qir edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:28:02

245. Abdulloh bin Mug‘affal roziyallohu anhu dedilar: Men Makkai mukarrama fatx qilingan kuni Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tuyalarining ustida: INNO FATAHNO LAKA FATXAN MUBIYNAN, LIYAG’FIRA LAKA-ALLOHU MO TAQADDAMA MIN ZANBIKA VA MO TAAXXARA jumlalarini o‘qib turganlarini eshitdim. Janob qiroatlarida tarji’ qilar edilar. (Ya’ni, tuyaning harakatidan ovozlari uzilib, qayta-qayta degandek eshitilar edi. «O» demoqchi bo‘lsalar, «O-o-o» bo‘lib, ovoz chiqar edi).

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:28:10

246. Qatoda roziyallohu anhu dedilar: Alloh taolo bir Nabiyni nihoyatda xush surat va nihoyatda xushovoz qilib yuborgandir. Nabiyi karim sollallohu alayhi vasallamni hammadan chiroylik va hammadan xushovoz qilib yuborgandir. Janob Qur’oni karimni nihoyatda yoqimli tilovat qilar edilar. Lekin ashulachilar kabi nag‘ma qilib o‘qimas edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:28:26

247. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Janobi Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam Qur’on tilovat qilsalar, ovozlari shu qadar baland bo‘lar ediki, uyda o‘qisalar saxndagi odamlarga eshitilardi.

I z o h. Bu bobda kelgan hadislar mazmunlaridan shu xulosa olinadiki, Qur’oni karim tilovat qiluvchilar o‘z holatlari va maqomlari va zavqlariga muvofiq o‘qisinlar. Ovoz chiqarib o‘qish matlub bo‘lsa, ovoz chiqarib, xufiya matlub bo‘lsa xufiya o‘qisinlar. G’arazlari Allohning rizosi va dinning yuksalishi bo‘lsin. Riyo va sum’a kabi narsalar aralashmasin.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:28:39

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING YIG’LAGANLIKLARI VA ZORILARI HAQIDA BAYON QILINADI

Insonning yig‘lashi bir necha sababdan bo‘ladi. Goho bir kishiga rahmi kelib yig‘lar, goho qo‘rqib yig‘lar, goho sog‘inib yig‘lar, goho xursandlikdan yig‘lar, goho og‘riqdan yig‘lar, goho xafalikdan yig‘lar, goho mazlumlikdan yig‘lar, goho tavba qilib yig‘lar, goho munofiqlikdan yolg‘on yig‘lar. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning yig‘ilari aksari biror o‘lgan musulmon holiga achinib, rahmlari kelib, shafqatdan bo‘lar edi, yoki Alloh Taolodan qo‘rqib va Uning muhabbatidan yig‘lar edilar.

248. Abdulloh ibn Shixxir roziyallohu anhu dedilar: Bir kun men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldim. Janob namozga mashg‘ul ekanlar. Ichlaridan yig‘laganliklaridan go‘yo mis qozon qaynab turgan kabi ovoz kelar edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:28:48

249. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu dedilar: Bir kun menga Rasululloh sollallohu alayxi vasallam "œQur’on o‘qib eshittir" dedilar. Men dedim: "œYo Rasulalloh, men o‘zlariga o‘qib eshittiraymi, holbuki, Qur’oni karim o‘zlariga nozil bo‘lgandir". Janob dedilar: "œMen Qur’onni boshqadan eshitishni do‘st tutaman". Abdulloh ibn Mas’ud dedilar: "œKeyin men surai NISOni boshladim. O’qib borib, bu oyat sharifaga yetdim: (Tarjimasi) Qachonki, biz har ummat ustiga bir guvohni xozir qilsak va sizni ular ustiga guvoh qilib keltirsak, kofirlarning hollari qanday bo‘ladi?" Shu oyatga yetganda ko‘rdimki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ikki muborak ko‘zlaridan yosh oqib turardi.

Qayd etilgan