Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 234838 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 B


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:32:56

270. Anas roziyallohu anhu dedilar: Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qoshlarida bir odam o‘tirgan edi. Ustida sariq rangli libos bor edi. Janobning odat sharifalari bir kishida nomunosib narsani ko‘rsalar, o‘z yuziga demas edilar. Shuning uchun xomush o‘tirdilar. Keyin sariq liboslik odam turib ketgandan keyin majlisda o‘tirganlarga dedilar: Sizlar bu bechorani sariq libos kiymakdan man qilsangizlar yaxshi bo‘lar edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:33:17

271. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasuli akram sollallohu alayxi vasallam mizoji muboraklari shunday ediki, tab’larida xulqi bexayolik o‘zi yo‘q edi. Takalluf bilan hamma bexayolik so‘zlarni majlislarda qilmas edilar. Bozorlarda baland ovoz bilan so‘z qilish odatlari yo‘q edi. Bir kishi Janobga yomonlik qilsa, Janob esa unga yomonlik qilmas edilar. Balki afv etar edilar va gunohidan o‘tar edilar.

I z o h. Yomonga yomon jazo bermay va undan intiqom olmay afv etmoq voqeasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning butun hayotlarining har lahzasida jilva qilib turgan duraxshon sifatlaridir. Bu sifat tavzihi ustida bir ajib hikoya bordir. Zayd ibn Sa’na degan bir yahudiy bor edi. O’z tili bilan bayon qiladiki, men nubuvvat, ya’ni, payg‘ambarlik alomatlarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak vujudlarida to‘liq topdim. Magar ikki alomat qolgan edi. Biri Nabiyning hilmlari g‘azablariga g‘olib kelur, ikkinchisi, bir kishi nabiy xuzurlarida naqadar nodonlik va axmoqlik qilsa, Janobning tahammul va bardoshlari shu qadar ziyoda bo‘lur. Men bu ikki sifatni ham Janobda topilarmikan deb, bir necha kun tekshirib turdim. Janob bilan aloqa va do‘stlik rafti va omadin ko‘proq qilib turdim. Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hujrai saodatdan tashqariga chiqdilar. Ali birga edilar. Rubaro‘lariga badaviyga o‘xshagan bir odam kelib savol qildi: "œYo, Rasulalloh, mening qavmim musulmon bo‘lgandilar. Men ularga degan edimki, musulmon bo‘linglar, agar sizlar musulmon bo‘lsangizlar rizqlaringiz farovon bo‘lur. Endi bugun ahvol shundayki, ularning ustilariga ocharchilik keldi. Hammalari qiynalgan. Bu hol sabab bo‘lib, ular Islom dinidan chiqib ketmasalar edi. Shuning uchun sizdan umid qilamanki, shularga biror yordam yetkizsalar". Janob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ali roziyollohu anhuga qaradilar. U zot arz kildilarki, yo, Rasulalloh xozir qoshimizda xech bir narsa yuq. Zayd ibn Sa’na aytadi: Men bu holatni tomosha qilib turar edim. Men aytdim: Yo, Muhammad, siz agar falon kishining bog‘idan bu qadar xurmoni muayyan vaqtda menga bera olsangiz, men sizga hozirdan o‘sha miqdor xurmoning pulini avvaldan beraman. Va o‘sha muayyan vaqtda sizdan xurmoni to‘liq olaman. Janob dedilar: Men bu muomalani qila olmayman. Magar, bog‘ning nomini olmay, tayin qilmay pul bersang, men muomala qilay. Men dedim: Qabul qildim. Keyin o‘sha miqdor xurmoning qiymati uchun sakson misqol nakd tilla berdim. Janob mendan tillani olib, so‘z qilgan badaviyga berdilar va dedilar: "œBirodar, insof bilan ish qil. Hammalarining xojatlarini ravo qil". Zayd bin Sa’na dedi: Endi, Xurmoni Janobdan qabul qilib olishga bir-ikki kun qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan bir janozadan forig‘ bo‘lib, bir tarafda turgan ekanlar. U yerda Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumo ikkilari ham bor ekanlar. Men u jamoaga bordim va Janobning kuylak chodralarini tutib, turib nihoyatda achchiq va qo‘pollik bilan dedim: Muhammad, sen mening qarzimni bermaysanmi? Xudo nomiga qasam ichib deymanki, men senlarni - avlodi Abdulmutallibni hammalaringni yaxshi bilaman. Senlar birovning haqqini olasizlar, lekin bermaysizlar. Umar roziyallohu anhu g‘azablari kelib, meni turtdilar va dedilar: "œEy, Xudoning dushmani, nimalarni aytib aljirab turubsan? Agar men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qo‘rqmasam, vallohi boshingni uzib tashlar edim". Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tabassum bilan menga boqib turar edilar. Umar roziyallohu anhuga nihoyatda yaxshi bir iltifot bilan boqib dedilar: "œEy, Umar, men bir narsaga va bu haqdor yana bir narsaga ziyoda muhtoj edik. U narsa shu edi-ki: Menga yaxshilik bilan xaqni ado etishga va bunga yaxshilik bilan xaqni talab qilishga nasixat qilsang bo‘lar edi. Endi, ey Umar, bu odamni olib bor, haqqi qancha bo‘lsa topshir, va ozor berganliging uchun yigirma so’ ortiq bergin". Keyin Umar meni olib ketdilar va haqqimni tamom topshirdilar. Ustiga yana yigirma so’ ziyoda berdilar. Men dedim: Bu yigirma so’ nima uchun berilyapti? Umar dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday hukm berdilar. Keyin men dedim: Yo, Umar, sen meni taniysanmi? Umar dedilar: Men seni tanimayman. Men dedim: Zayd bin Sa’naman. Umar dedilar: Shu nomda yahudlarning bir katta allomasi bor, deb eshitar edim, o‘sha odam senmisan? Men dedim: o‘sha odam menman. Keyin Umar dedilar: Sen agar o‘sha buyuk alloma bo‘lsang, ne uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga shunday odobsizlik qilding? Men dedim: Nubuvvat alomatlarining hammasini Janobda mavjud topdim. Magar ikki alomatni topolganim yo‘q edi, va ularni ham imtixon qilmoqqa navbat kelgan yo‘q edi. Endi har ikkisini ham imtihon qildim. Janobda mukammal bor ekan. Biri — hilmlarining g‘azablariga g‘olib kelishi, ikkinchisi — nodonning jaholatidan tahammullarining ziyoda bo‘lishi. Bugungi muomala bularni isbot qildi. Endi, ey, Umar, men musulmon bo‘lganligimga seni guvoh qilaman, va deymanki, mening yarim molim ummati Muhammadiyyaga sadaqadir.

Bu so‘zni deb Zayd ibn Sa’na Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga qaytib keldi. Qo‘llarida musulmon bo‘ldi. Keyingi barcha g‘azotlarda ishtirok etdi. Tabuk g‘azotida shahid bo‘ldi. Roziyallohu anhu (manbaa: "œJam’u-l favoidi jam’u-l vasoil").

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:33:25

272. Oisha roziyallohu anho dedilar: Janobi Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam Alloh yo‘lidagi jihoddan boshqa maqomda muborak qo‘llari bilan xech kimni urmadilar. Na bir xodimni va na bir xotinni.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:33:32

273. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bir kishi zulm qilgan bo‘lsa, shu zolimdan o‘chlarini olganliklarini biror marta ham ko‘rmadim. Magar, bir kishi Alloh Taolo harom qilgan narsalardan birini poymol etgan bo‘lsa, uning uchun xammadan ziyoda g‘azablari kelar edi, va Janobga qachon ikki ishdan birini qilmoqqa ixtiyor berilgan bo‘lsa, u holda qaysi biri osonroq bo‘lsa (agar ma’siyat bo‘lmasa), shuni ixtiyor etar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:33:40

274. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Bir kun bir odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirmoq uchun izn so‘radi. Janob avval dedilar: Bu odam o‘z jamoasining naqadar yomon o‘g‘lidir, yo naqadar yomon birodaridir. Keyin u odamga ijozat berdilar. Kirdi, va unga muloyim so‘zlar qildilar. Men Janob qoshlarida edim. Haligi kishi chiqib ketgandan keyin savol qildim: Yo, Rasulalloh, bu odam haqida ba’zi so‘zlarni qildingiz, keyin unga muloyim so‘zlar qildingiz. Janob dedilar: Ey, Oisha, uning yomon so‘zligidan odamlar uni tashlab qo‘yadigan kishi insonlarning nihoyatda yomonlaridan hisoblanadi. Men bu odamga muloyim so‘z qilishim uning behayolik va yomon so‘zligidan saqlanmoq va qavmini buning fitnasidan asrab qolmoq uchun edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:33:48

275. Hasan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Husayn roziyallohu anhu dedilar: Men otamdan bobomiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hammajlislari bilan bo‘lgan siyratlarini so‘radim. Otam dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamisha chehralari kulib turgan xushmijoz bir zot edilar. Bir maslahatga qo‘shilishlari oson, yumshoq tabiat edilar. Na qattiq so‘zlik, na toshdillik, na hayosiz, na ayblaguvchi, na manman va na adovatlik bir zot edilar. Nomunosib so‘z va fe’l bo‘lib qolsa, undan beparvo bo‘lar edilar. Lekin o‘zlari muvaffaqat etmas edilar va o‘zlaridan biror odam biror narsaga umidvor bo‘lsa, ma’yus o‘tmas edilar. Uch narsadan o‘zlarini alohida qilib olgan edilar: birinchi, noshar’iy janjaldan, ikkinchi, o‘zlarini ulug‘lashdan yoki so‘zni ko‘p qilishdan, uchinchisi, bekor so‘z, bekor ishdan. Uch narsadan xulqini ham alohida qilib qo‘ygan edilar: birinchi, hech kimni yuziga yomonlamas edilar, ikkinchi, xech kimni ortidan ham ayblamas edilar, uchinchi, hech kimning aybini topmoq uchun tajassus etmas edilar. Va qachon so‘z qilsalar, savobi umid etilgan narsa uchun so‘z qilar edilar. Va qachon so‘z gavharlarini majlisda sochsalar, huzurlarida hozir zotlar hammalari boshida go‘yo qush o‘tirgan odamdek, odob va ehtiyot bilan o‘tirar edilar. Qachon Janob so‘zdan to‘xtasalar, keyin ular so‘z qilar edilar. Lekin Janob huzurlarida so‘z ustida janjal qilmas edilar. Va kimki qoshlarida so‘z boshlasa, uning so‘zi tamom bo‘lguncha hammalari xomush turib, so‘ziga quloq solar edilar. Hammalarining so‘zlari Janob qoshlarida birinchilari so‘z boshlaganda qanday ehtimom bilan eshitilsa, shunday eshitilar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ashoblari nimaga kulsalar, unga kular edilar. Va nimadan taajjub qilsalar, undin taajjub qilar edilar. Va qachon bir g‘arib va musofir kelib, so‘zlab qolsa, uning so‘zini birga eshitar edilar. Qo‘polliklarini ko‘tarar edilar. So‘zida va savolida bo‘lgan og‘ir aziyatlariga sabr qilar edilar. Shuning uchun sahobai kirom g‘arib va musofirlarni Janobning suhbatlaridan istifoda qilishlari uchun xuzuri muboraklariga olib kelar edilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam der edilarki, agar biror xojatmand insonni ko‘rsangizlar, madad va muso’ada etinglar. Va bir kishining sano va ta’rifini qabul etmas edilar. Magar haqiqatda bir kishi ko‘rgan exsonga tashakkur maqomida bir narsa so‘zlasa, sukut qilar edilar. Hech kimning so‘zini band qilib, to‘xtatmas edilar. Magar so‘zda xaddan tajovuz qilsa, u holda so‘zdan man qilar edilar, yo turib ketar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:33:58

276. Jobir roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar bir kishi bir narsa so‘ragan bo‘lsa, u narsa o‘zlarida bor bo‘la turib hargiz yo‘q demaganlar. Balki berganlar. Agar yo‘q bo‘lsa, va’da qilar, yoki haqqiga yaxshi duo qilardilar. VALLOHI TAOLO u odamni beniyoz qilgandir.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:34:06

277. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ehsonda va karamda bashar jinsi qila olmagan saxovatni qilar edilar. O’zlari darveshona xayot kechirar edilar. Lekin exsonda shoxanshoxlarni sharmisor etar edilar. Butun yil axvollari shu bo‘ldi. Lekin ramazoni muborakda karamlari xaddan tashqari bo‘lar edi. Xususan, Jabroil alayhis-salom kelib Qur’oni karimni eshitdirar vaqtlarida, yomg‘ir keltiradigan shamoldan ham ziyoda saxiy bo‘lar edilar. Do‘st va ahli va noaxil hamma barobar naf olar edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:34:14

278. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ertangi kun uchun xech bir narsani zaxira qilib olib qo‘ymas edilar. Balki Alloh Taologa tavakkul qilar edilar. Ya’ni, shu bugun nima mavjud bo‘lsa, yeb-edirib tamom qilar edilar. Ertaga zarurat bo‘lib qolur degan xayol bilan olib qo‘ymas edilar. Bu hol o‘z xususlarida edi. Ammo volidalarimiz nafaqalarini o‘z-o‘zlariga topshirib berar edilar. O’z haqlariga o‘zlari ozod va o‘zlari muxtor edilar. Xoxlaganlaridek tasarruf qila olar edilar, xoxlasalar saqlab qo‘yar edilar, xoxlasalar taqsim qilib xalos qilar edilar. Lekin Janobning xonadonlari har bir holatda Janobga ergashar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:34:22

279. Umar ibn al-Xattob roziyallohu anhu dedilar: Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga hojat talab qilib keldi. Janob dedilar: Bu soatda mening qoshimda xech bir narsa yo‘qki, senga bersam. Endi sen mening nomimdan kerakli narsangni sotib ol. Qachon menga biror narsa paydo bo‘lib qolsa, qarzni men uzaman. Umar dedilarki: Yo, Rasulalloh qo‘llarida davlat bor zamonda berdilar, endi qudratlari yetmagan narsani bermakka mukallif emaslar-ku. Janobga Umar roziyallohu anhuning so‘zlari nomunosib ko‘rildi. Shu soatda madinalik bir sahoba dedilar: Yo, Rasulalloh, har yo‘l bilan bo‘lsa ham bersinlar. Arsh Moliki tarafidan keladigan atolarni kam bo‘lishidan qo‘rqmasinlar. Janob u zot so‘zlaridan tabassum qildilar va dedilarki: "œShu narsaga buyurilganman".

Qayd etilgan