Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 197635 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 B


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:34:30

280. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xadyani qabul qilar edilar. Va unga mukofot ham berar edilar. Va mukofotlari olgan xadyalaridan yaxshiroq narsa bo‘lar edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:34:39

281. Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pardada o‘tirgan qiz boladan ham ziyoda hayoli edilar. Qachon bir narsani yomon ko‘rsalar yomon ko‘rganliklarini bizlar chexralaridan bilar edik. (Ya’ni, tillari bilan bayon qilmas edilar).

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:34:53

282. Oisha roziyallohu anho dedilar: Men Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nihoyatda xayoli bir inson bo‘lganliklaridan biror bor uyat yerlariga boqa olmadim va boqmadim.

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nihoyatda sharmli uyatchan bir inson bo‘lganliklaridan uyat yerlarini shu qadar extiyot bilan berkitar edilarki, xatto volidalarimizdan ham maxfiy tutar edilar. Hammadan maxbub, hammadan bemalol erka xotinlari modomiki ko‘ra olmagan bo‘lsalar, boshqa volidalarimiz xech ko‘ra olmagan bo‘ladilar. Endi o‘z hamxonalaridan shu darajada extiyot qilib uyat yerlarini ko‘rsatmagan zoti aqdas boshqaning avratini qanday ko‘ra olurlar. Onamiz Ummu Salama roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon ahliyalaridan birlari bilan suxbat qilmoqchi bo‘lsalar, ko‘zlarini berkitib, boshlarini past qilib olar edilar. Va axliyalariga ham og‘ir mijoz va sharmlik turishga amr berar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:35:12

RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING QORTIQ BILAN QON OLDIRGANLIKLARI HAQINDA BAYON QILINADI

Xijom kalimasi mixjama bilan qon olish deganidir. Mihjama - qon oladigan asbobning nomi. Qon oldirish badan muolajalaridan biri bo‘lib, xasta odam uchun muolaja qildirmoq tavakkul sifatiga xilof emas. Arbobu tavakkul imomlarining peshvolari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdirlar. U Janob sollallohu alayhi vasallam qilgan ishni xilofi tavakkul demoq ham jaholatdir. Banda bilmog‘i lozimki, tavakkul ma’nosi sabablarni ro‘yobga chiqarib, so‘ng Xudoga suyanmoqdir.

283. Xumayd dedilarki, Anas roziyallohu anhudan "œQon olguvchining ujrasi haqida joizmi yo nojoizmi?" deb savol qilindi. Anas dedilar: "œRasululloh sollallohu alayxi vasallam xijomat qildirdilar. Abu Tayyiba ismli kishi qonlarini oldi. Keyin uning ujrasi uchun ikki so’ taom buyurdilar. Va uning hojasi bilan so‘zlashib xirojidan bir so’ kam qildirdilar. Va dedilarki, qilib yurgan ilojlaringizning yaxshilaridan biri qon oldirmoqdir".

I z o h. Abu Tayyiba Bani Xorisa jamoasining quli edilar. Xojalari degan ediki: Har kun bizga uch so’ xurmo topib keltirib bersang, ortgani o‘zingga. Bu odam qortiq qo‘yib, so‘rib qon olishni bilar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu odam qulidan kon oldirib, haqiga ikki so’ taom yo xurmo buyurib berdilar. Va xojalari bilan so‘zlashib, har kun beradigan uch so’ xurmoni ikki so’ga tushirdilar. Keyin xijomat muolajasi muolajalarning yaxshilardan biri ekanligini bayon qildilar. Bu hadisdan yana ma’lum bo‘ladiki, xijomat qilib olingan ujra xalol ekan.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:35:27

284. Ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hijom qortuq bilan qon oladigan odamni chaqirtirib buyurdilar: U qonlarini oldi. So‘radilarki: har kun xojalaringga beradigan narsalaring qancha? U odam dedi: uch so’. Keyin Janob uning hojalari bilan so‘zlashib, bir so’ini kamaytirdilar. Va haqini berib jo‘natdilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:35:36

285. Anas roziyallohu anhu dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak bo‘yinlarining ikki tarafidan va ikki yelkalarining o‘rtasidan qortuq bilan qon oldirar edilar. Va g‘oliban o‘n yettinchi, o‘n to‘qqizinchi, yigirma birinchi tarixlarda oldirar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:35:51

286. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sallohu alayhi vasallam Makkai mukarrama bilan Madinai munavvaraning o‘rtalarida Malal degan bir mavzeda exromda turib, qadamlarining orqasidan qortuq bilan qon oldirdilar.

I z o h. Exrom holatida qon oldirmoq ba’zi imomlar qoshlarida makruxdir. Lekin xanafiylarda badan tuki to‘kilmay yo qirilmay olinsa, joizdir.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:36:04

RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING NOM VA LAQABLARIDAN BA’ZILARI

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam asmoi muboraklari haqida ulamolar turli rivoyatlar keltirganlar. Ibn al-Arabi sharxi Termiziyda asmoi muboraka adadlarini bir mingga yetkazgandir. Imom Suyutiy bir mustaqil risolada besh yuzga yetkazganlar. Musannif raximaxumulloh bu bobda tabarrukan ikki hadis keltirganlar.

Bu ikki hadisda to‘qqiz nom keltirilgan.

287. Jubayr Mut’im roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: "œMening bir nechta nomim bordir. Men Muhammaddirman, Ahmaddirman, Mohidirman, Alloh Taolo men bilan dunyodan kufrni mahv etadi. Men Xoshirdirman, odamlar mening izmimdan xashr etiladilar va men Oqibatdirman. Oqibat ma’nosi hammadan keyin kelguvchi bo‘ladi. Ya’ni, Janob sollallohu alayhi vasallamdan keyin payg‘ambar kelmas.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:36:12

288. Xuzayfa roziyallohu anhu dedilar: Men Madina ko‘chalarining birida Rasululloh sallolloxu alayhi vasallam bilan muloqot etib qoldim. O’sha vaqtda Janob dedilar: Men Muhammaddirman, Axmaddirman. Nabiy-ar-Raxmatdirman, Nabiy-at-Tavbadirman va Mukaffidirman va Hoshirdirman va Nabiy-al-Maliximdirman. Nabiy-ar-Rahmat ma’nosi Rahmat payg‘ambari demakdir. Va Nabiy-at-Tavba ma’nosi Tavba payg‘ambari va Mukaffi ma’nosi hamma payg‘ambardan keyin kelguvchi yoki hamma payg‘ambarga itbo’ qilguvchi va Nabiy-al-Maloxim urushlar payg‘ambari demakdir.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:36:24

RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING HAYOT KECHIRISHLARI HAQIDAGI VOQEALAR

289. Oisha roziyallohu anho dedilar: Bizlar Ahli va Avlodi Muhammad sollallohu alayhi vasallam komil bir oyga qadar uyimizda o‘t yoqmas edik. Faqat xurmo va suv bilan o‘tar edik. Ya’ni, yemak uchun xurmodan boshqa bir ne’mat xonai saodatda bo‘lmas edi. Xurmo ham kifoyat qilmaganligida suv bilan qorin to‘yg‘azar edik.

Qayd etilgan