Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 235376 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 32 33 B


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:36:31

290. Abu Talxa roziyallohu anhu dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida nihoyatda och qolganligimizdan shikoyat qildik va qorinlarimizga bog‘lab olgan bir-bir toshlarimizni ko‘rsatdik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu so‘zni eshitib, o‘zlarining muborak qorinlarini ochdilar. Qarasak, Janob qorinlariga ikki tosh bog‘lab olibdilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:36:41

291. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday bir vaqtda uydan tashqariga chiqdilar, odat sharifalari u vaqtda ko‘chaga chiqmas edilar. Va xech bir odam u vaqtda huzurlariga xozir bo‘lmas edi. Janob ko‘chaga chiqqan zamonlari ro‘baro‘laridan Abu Bakr roziyallohu anhu kelib qoldilar. Janob savol qildilar: Ey Abu Bakr nima uchun bevaqt kelib qoldingiz? Abu Bakr dedilar: Jamoli muboraklarini sog‘indim. Salom bergim keldi (Haqiqatda u zotga ochlik paydo bo‘lgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ranjimasinlar deb, izxor qilmadilar). Birozdan keyin Umar roziyallohu anhu ham kelib qoldilar. Janob sollallohu alayhi vasallam bu zotga ham yuqoridagi savolni qildilar. Lekin Umar dedilar: Yo, Rasulalloh, meni ochlik bu yerga keltirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: Ochlik menga ham biroz ma’lum bo‘lib turibdi. Keyin bu uch zot Abu Haysam Ansoriy degan bir zotning makonlariga bordilar. Abu Haysam madinalik sahobalarning boylaridan bo‘lib, katta bir xurmozor bog‘lari bor edi. Echkilari ham ko‘p edi. Lekin xizmatchilari yo‘q edi. Uning uchun uy ishlarini o‘zlari qilar edilar. Bu uylariga borganlarida uydarilarga shirin suv olib kelmoq uchun o‘zlari ketgan edilar. Janob xotinlaridan so‘raganlarida shunday javob berdilar. Keyin biroz vaqt o‘tmay, kelib qoldilar. Meshilarini suvga to‘ldirib kelibdilar. Ko‘rdilarki, Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va ikki ashobi muxtaram bu zot xonalariga da’vatsiz tashrif qilibdilar. Bu holni ko‘rgach, yugurib kelib Sarvari olam sallolohu alayhi vasallamni quchoqlab olib, dedilar: Ota-onam fido bo‘lsin, yo Rasululloh, xush kelibdilar.

Keyin u zotlarni boshlab, bog‘lariga kirdilar. Va ular uchun bisotlar to‘shadilar. O’tirg‘izib qo‘yib, o‘zlari xurmo keltirmoq uchun bordilar. Bir bosh to‘da xurmoni keltirib, qoshlariga qo‘ydilar. U shohda pishgan va pishmagan har turli xurmolar bor edi. Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat kildilar: "œNima uchun butun bir boshni keltirdingiz? Bunda xomlari ham bor ekan. Bekor qoladi. Pishganlarini olib kelsangiz bo‘lmasmidi?" Abu Xaysam dedilar: "œMen shu niyatda keltirdimki, Janob xoxlaganlaridan tanovul qilsinlar. Xoxlasinlar pishganidan, xoxlasinlar g‘urasidan yesinlar". Keyin har uch mexmon mukarram xurmodan yedilar. Va suvdan ichdilar. Va Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "œJonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, bugungi bu ne’mat o‘sha ne’matlardandirki qiyomat kunida undan savol qilinasizlar". (Ya’ni, bu uch ne’matki — oromlik, soya va shirin yangi xurmo va muzdek sovuq suv). Keyin Abu Xaysam mexmonlarga taom xozirlamoq uchun o‘rinlaridan turib yurib qoldilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ey, birodar, bizlar uchun jondor so‘ymoqchi bo‘lsangiz, sut berib turgan narsani so‘ymang. Keyin Abu Xaysam roziyallohu anxu bir echkining bolasini so‘yib, nihoyatda tezlik bilan taom xozirlab keldilar. Hammalari u taomdan tanovul qildilar. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ey, Abu Xaysam, xodimingiz bormi? Abu Xaysam dedilar: xodimim yo‘q. Janob dedilar: Kachon bizga bir tarafdin g‘ulomlar kelsa, yodimizga soling, xojatingizni ravo qilamiz. Ittifoqo, bir tarafdin ikki adadgina g‘ulom kelib qoldi. Abu Xaysam roziyallohu anhu va’dalarini yodga solmoq uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuzurlariga keldilar.

Janob dedilar: Bu ikki adad g‘ulomdan qaysi biri xizmatga munosib ko‘rilsa, olib boring. Abu Xaysam dedilar: Mavlomiz o‘zlari menga birini xoxlab bersinlar. Janob dedilar: Mushavvara so‘ralgan inson amin bo‘ladi. Mana bu g‘ulomni oling, uni namoz o‘qib turganini ko‘rdim. Lekin mening bu g‘ulom xususida sizga tavsiyam shuki, buning haqida xayrixox bo‘ling. Keyin Abu Xaysam roziyalloxu anhu g‘ulomni olib uylariga bordilar. Bo‘lgan voqeani va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vasiyatlarini xotinlariga bayon qildilar. Xotinlari dedilar: Siz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tavsiyalarining haqini ado qila olmassiz. Munosibi shuki, bu g‘ulomni ozod qilib yuboring, shoyad rizolarini topsangiz. Abu Xaysam roziyallohu anhu o‘zlariga nihoyatda zarur bo‘lgan bir g‘ulomni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xushnudliklari uchun Alloh Taolo yo‘lida ozod qilib yubordilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bu voqea ma’lum bo‘lgan edi, har ikkilaridan xush bo‘lib dedilarki: Alloh Taolo har nabiy va uning xalifasi uchun ikki botiniy maslaxat berguvchi va dalolat qilguvchini paydo qilgan. Ulardan birlari yaxshilikka dalolat qiladi, va targ‘ib beradi va yomonlikdan man qiladi. Ikkinchisi, barbod bo‘lmog‘i va xalokati uchun hamisha ko‘shish qiladi, va bu xususda xech sustlik qilmaydi. Har kim yomon yo‘llarga dalolat etguvchi rafiqdan saqlanib qolsa, u odam tamomi yomonlik va xalokatdan salomat qolibdi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:36:58

292. Sa’d ibn Abi Vaqqos roziyallohu anhu dedilar: Ummati islomiyada hammadan avval Xudo yo‘lida qon to‘kkan zot menman. Va hammadan avval Xudo yo‘lida o‘q otgan odam ham menman. Sahobai kiromning bir jamoalari bilan bir zamonlarda shunday holda urush qilar edikki, u kunlarda daraxtlar bargi va tikanli daraxtlar mevasidan boshqa bir narsani yemas edik. Bora-bora og‘izlarimizning ichlari yara bo‘lib ketdi. Qaysi birimiz taxorat ushatsak, quy kabi yo tuya kabi ushatar edik. Men shunday kunlarni ko‘rib kechirgan bo‘lsam, bu kun Bani Asad qabilasi mening dinim haqida menga tanbeh berurlarmi? U holda mening tamomi amallarim zoe bo‘lib, o‘zim ziyonkor va noumid bo‘lgan bo‘lurman.

I z o h. Bu hadisda sahobai kirom roziyallohu anhumning avvali Islomdagi holatlaridan bir namuna ko‘rsatilgandir. Bu uzun bir xadisning bir qismidir.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:37:06

293. Xolid ibn Umayr va Shuvays ikkilari dedilar: Umar roziyallohu anhu Utba ibn G’azavonga buyurdilar: sen barcha yuldoshlaring bilan birga ilgariga qadam qo‘y. Bora-bora Arab mamlakatining oxiriga va Ajam mamlakatining avvaliga yetasan. Bular xukmga bo‘ysungan holda ilgari yurdilar. Bora-bora Basraning Mirbadi, ya’ni, xurmo jam qilib quritadigan yeriga yetdilar, u yerda yumshoq toshlarni ko‘rdilar. Dedilar: Bu nima? Ba’zilari dedilar: Bu Basradur: Basra deb, oqqa moyil bo‘lgan oqni aytilur. Keyin yana yurdilar. Bora-bora Dajla daryosining kichik ko‘prigining yaqiniga yetdilar. Keyin dedilarki, Umar roziyallohu anhu turmoq uchun sizlarga amr bergan yer shu yerdir. Keyin shu yerga tushdilar, va unda qaror oldilar, deb roviylar hadisni tamomini bayon qildilar.

Shu xadis oxirida Utba roziyallohu anhuning xutbalari bordir, unda deyiladi: Bir kunlar shunday xolatlarni ko‘rdikki, men yetti nafarning yettinchilari edim. Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. Yemaklarimiz daraxtlarning barglari edi. Barglarni yeb-eb og‘izlarimizning ichlari yara bo‘lib ketdi. O’sha kunlarda men yerdan bir chodir topib oldim. Uning yarmini Sa’dga berdim: bizlar avvali Islomda shunday kulfatlar ko‘rgan edik. Bu kunlar o‘sha yetti kishi hammamiz bir-bir katta shaharda amirmiz. Lekin Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yo‘llaridamiz. Lekin sizlar oz kunda boshqa amirlarni ham ko‘rasizlar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:37:19

294. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Men Alloh taoloning yo‘lidan u zamon qo‘rqitildimki, hech kim qo‘rqmas edi. Va u zamon aziyat berildimki, xech kimga aziyat berilmas edi. Va mening boshimdan shunday o‘ttiz kecha va kunduz o‘tdiki, men bilan Bilol ikkimiz uchun jonvor yeydigan bir taom yo‘q edi. Magar shunchalik bir narsa bo‘lar ediki, uni Bilol o‘z qo‘ltig‘ida saqlar edi.

I z o h. Bu hadisdan tushunarli bo‘ladiki, Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari va hammadan avval Islom diniga musharraf bo‘lgan sobiqin avvalin roziyallohu anhum avvali Islomda inson ko‘rmagan jafo va aziyatlarni ko‘rgandilar. Xudoni yakka va yagona e’tiqod qilganliklari uchun mushriklar qo‘llaridan xar turli ozor berildilar. Ular o‘ldiramiz, deb qo‘rqitdilar. Butun dunyo xalqi har xil roxat va amniyatda bo‘lgan bir zamonda ular uchun keng jaxon ignaning ko‘zi kabi tor bo‘ldi. Lekin bu imtihonlarda sabr qilgan zotlarga dunyoning o‘zida ham Alloh Taolo buyuk mukofotlar ato qildi. Oxiratdagisi inshoolloh alohida turibdi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:37:27

295. Anas roziyallohu anxu dedilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning na ertalabki taomlarida va na kechki taomlarida non va go‘sht ikkisi jam bo‘lgan emas edi. Balki biri bo‘lsa, ikkinchisi bo‘lmas edi. Magar qachon bir mexmon majlisi bo‘lib qolsa, u holda, albatta, non va go‘sht ham jam qilinar edi. (Ya’ni, Janob o‘zlari va xonadonlari tanho bo‘lsalar — mehmon bo‘lmasa — u holda go‘sht bo‘lsin yo non bo‘lsin o‘zini tanovul qilar edilar. Takalluf qilib o‘tirmas edilar).

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:37:36

296. Navfal ibn Iyos dedilar: Abdurahmon ibn Avf bizlarga hamnishin edilar. Va nihoyatda yaxshi bir hamnishin edilar. Bir kun bizlar bilan barobar bir yerdan qaytdilar va o‘zlarining uylariga bizni olib bordilar. Borgan zamonlari g‘usl qildilar. Keyin qoshimizga chiqdilar. Huzurlariga katta bir taboqda go‘sht va non keltirildi. Abdurahmon ibn Avf uni ko‘rib yig‘ladilar. Men so‘radim: Nima uchun yig‘layapsiz? Abdurahmon dedilar: Janobi Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam dunyodan rihlat qildilar. Va hayotlarining oxirigacha na o‘zlari va na xonadonlari arpa unidan bo‘lgan nonning o‘zidan qorinlari to‘ymaydi. Mening xayolim shuki, Janobdan keyin bizlarning bu nadar ne’matlarga g‘arq bo‘lishimiz bizlar uchun yaxshi bo‘lmasa kerak.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:37:44

297. Muhammad ibn Sayrin raximahulloh dedilar: Bir kuni bizlar Abu Hurayra roziyallohu anhuning xuzurlarida o‘tirgan edik. Badanlarida ikki adad qizil rangli liboslari bor edi. Ulardan biriga burunlarini tozaladilar, keyin dedilar: ajab-ajab bu kun Abu Hurayra kanap libosga burnini tozalar. Men bir kuni o‘zimni shunday holda ko‘rganmanki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning minbarlari bilan Oisha roziyallohu anho hujralarining o‘rtasida bexush bo‘lib yiqilib yotar edim. O’tkinchi odam kelib, oyog‘ini bo‘ynimga qo‘yar edi. Va gumon qilar ediki, men jinni bo‘lgan bo‘lsam, holbuki, men jinni emas edim. Ochlikkina meni shu holga solib qo‘ygan edi (Arablar bexush odam hushiga kelsin deb, buyniga oyoqlarini qo‘yadi).

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:37:52

298. Molik bin Danbor roziyallohu anhu dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xech bir vaqt nonga va go‘shtsa ham muborak qorinlari to‘ygan emas. Magar, muborak xonalariga mexmon kelib qolsa, u xolda mexmonlarga yedirmak uchun va ularga iltifotlar qilib tuyulsa, mumkin edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:38:08

RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING MUBORAK YOSHLARI HAQIDAGI TAHQIQ

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoshlari haqida ulamolar uch xil fikrdalar. Jumxur muxaddisin va muarrixin qavllari va sahih qavl shuki, yoshlari 63 ga borgan. Ikkinchi qavlda 60 dedilar. Bu qavlda g‘oliban undan ziyodasini zikr kilinmay aytilgandir. Bu tariqa ham arablarda bir qoida bor. Uchinchi qavlda 65 deyiladi. Bu qavlda tug‘ilgan yillari bilan vafot qilgan yillarini alohida sanalgan.

299. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nubuvvatdan keyin o‘n uch yil Makkai mukarramada turdilar. Bu asnoda Janobga vaxiy tushib turdi. Va Madinai munavvarada o‘n yil turdilar. Va Madinada yoshlari 63 ga kirganda vafot qildilar.

Qayd etilgan