Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 235160 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 B


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:38:30

300. Muoviyya roziyallohu anhu bir bor xutbalarida dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 63 yoshda vafot qildilar. Va Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumo ikkovlari ham shu yoshda ketdilar. Va men ham xozir 63 yoshdaman. (Ya’ni, umidim borki, menga ham tab’iy itbo’ nasib bo‘lib qolsa).

I z o h: Lekin Muoviyya roziyallohu anhuga umrda Sayyidi olamra itbo’ nasib bo‘lmadi, balki taxminan 80 yillar umr ko‘rdi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:38:38

301. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 65 yoshlarida vafot qildilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:38:50

RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING VAFOTLARI HAQIDA

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlari tamomi tarix ittifoqlari bilan dushanba kuni bo‘lgan. Tarix o‘ninchi sana xijriyning rabi’ul avvali edi. Aksari muarrixlar o‘n ikkinchi rabi’ul avval dedilar. Lekin muxaddislar taxqiqlarida ikkinchi rabi’ul avvalda ekanligi sahih ko‘rilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotining avvali bosh og‘riqdan boshlandi. O’sha kuni volidamiz Oisha roziyallohu anhoning uylarida edilar. Keyin Maymuna roziyallohu anho navbatlari bo‘lgan kunda dardlari yana ziyoda bo‘ldi. Shu hollarda ham volidalarimizning navbatlarini barobar berib turdilar. Xastaliklari tobora ziyoda bo‘la boshlagan edi, Janobning ishoralari bilan hamma volidalarimiz to bemorlikdan tuzalgunlaricha Oishaning uylarida tursinlar deb rozi bo‘ldilar. Avvali va oxiri o‘n ikki kun yo o‘n to‘rt kunda dunyodan oxirat diyoriga rihlat qildilar. Va dushanba kuni chosht vaqtda bu voqea vujudga keldi.

302. Anas roziyallohu anhu dedilar: Mening Janobi Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning muborak diydorlariga oxiri musharraf bo‘lishim dushanba kuni edi. Bomdod nomozini sahobai kirom Abu Bakr roziyallohu anhuning orqalarida o‘qib turib edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam birdan xonai saodat pardasini ko‘tardilar. Ummatlarining namozlarini ko‘zdan kechirdilar. U vaqt Janobning chexrai muboraklari safoda, nurda guyo mushaf sharifning sof bir varag‘iga o‘xshar edi. Bu holni ko‘rib, sahobalar orqaga surildilar — shoyad namozga kelsalar, degan umidda betoqat bo‘ldilar. Janob sollallohu alayhi vasallam hammalaringiz o‘z-o‘z joylaringizda turinglar deb ishora qildilar, va pardani tushirdilar. Va shu kunning oxirida jon taslim qildilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:39:04

303. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafot qilgan kunlarida men Janobni o‘z siynamga suyab o‘tirdim. Jon berilishdan avval bir idish talab qildilar. Unga peshob qilib bo‘lganlaridan keyin jon berdilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:39:25

304. Oisha roziyallohu anho dedilar: Men Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim, jon berib turgan soatlari edi. Qoshlarida bir idishda suv bor edi. Muborak qo‘llarini u idishga solib, chexrai anvorlariga surkar edilar, va der edilar: "œYo, Alloh, o‘lim achchiqliklari ustida menga madadkor bo‘l".

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:39:34

305. Oisha roziyallohu anho dedilar: Men Janobi Rasululloh sollallohu alayxi vasallamning vafot soatida qiynalganliklarini ko‘rganimdan keyin biron kishining oson o‘lishini ko‘rib, uni orzu qilmadim. (Ya’ni, oson jon bermoq o‘sha jon berguvchining fazilati bo‘la olmas ekan. Agar shunday bo‘lsa edi, Sarvari koinot sollallohu alayhi vasallam oson jon berar edi).

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:39:43

306. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etgan vaqtlarida, sahobai kirom u zotning muborak jasadlarini qaysi yerga dafn etish xususida ixtilof qildilar. Ba’zilari masjidga, ba’zilari Baqi’ga (Madinadagi qabriston), ba’zilari bobolari ko‘milgan joylari Quddus sharifga, ba’zilari asli vatanlari Makkai mukarramaga dafn qilaylik dedilar. Shu holda Abu Bakr roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir hadis eshitganman. Uni xech faromush qilmadim: Alloh taolo har nabiiyning jonini nabiy u yerga dafn qilinishini do‘st tutadigan bir yerda qabz qiladi. Mana bu hadis mafxumicha jon taslim qilgan yerlariga dafn qilinsin. Keyin sahobai kirom jasad muborakni Oisha roziyallohu anxoning hujralariga dafn etdilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:39:56

307. Ibn Abbos va Oisha roziyallohu anhumo dedilar: Abu Bakr roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin keldilar va muborak yuzlaridan bo‘sa qildilar.

I z o h. Bu bo‘sa agarchi barakat xosil qilmoq uchun bo‘lsa ham aslida, mahbubdan doimiy judolik soatida vido’ bo‘sasidir.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:40:03

308. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot qilganlaridan keyin Abu Bakr roziyallohu anhu xujrai saodatga kirdilar, va Janobning peshonalaridan bo‘sa qildilar. Va ikki bilaklariga qo‘llarini qo‘yib turib "œva anbiyo va asfiyoh va ahliloh" dedilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:40:14

309. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga tashrif qilgan kunlarida, Madinaning har bir narsasi nurlik, duraxshon bo‘lgan edi. Janob vafot etgan kuni Madinaning har bir narsasi qorong‘u bo‘ldi. Bizlarning qo‘llarimiz tuprog‘i kovidan va dafnlaridan bo‘shagan ham emas edikki, dillarimizning o‘zgarganligini sezdik.

I z o h. Bu o‘zgarish amallarda va aqidalarda emas edi, balki suxbatlarning fayzsiz bo‘lishi va zoti baland sifatlaridan ajralish natijasi bo‘lgan bir hol edi.

Qayd etilgan