Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 197633 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 33 B


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:30:38

50. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kun Usoma roziyallohu anhuga suyangan hollarida hujrai saodatdan bir kism yamaniy naqshlik libosga tavashshuh tariqasida o‘ralib chiqdilar. Keyin sahobalarga imom bo‘lib namozlarini o‘qib berdilar. (Arablar bir chodrani o‘ng qo‘lning ostidan olib, chap yelkaga solib olishni tavashshuh deydilar.)

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu tariqada bir odamga suyanib chiqishlari, ulamolarning bayon qilishlaricha, bemorlik vaqtlarida bo‘lgan ekan.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:30:49

51. Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon bir yangi libos kiymoqchi bo‘lsalar, avval uning otini olar, keyin der edilar: Ey Alloh, O’zingga shukur, bu libosni ato qilganing uchun Senga hamd aytaman. Ey Alloh, men Sendan bu libosning o‘zidagi va unga ato etilgan yaxshilikni talab qilurman va Sen bu libosning o‘zidan va unga ato etilgan yomonlikdan panoh berishingni iltijo qilaman.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:31:03

52. Anas roziyallohu anhu dedilar: Liboslar ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nihoyatda mahbubi naqshalik, ya’ni qizil yo‘llik yamaniy chodar edi.

I z o h: Ushbu hadis bilan shu bobning birinchi hadisida ixtilof yo‘qdir, chunki tikilgan liboslar ichida hammadan mahbubi ko‘ylak bo‘lsa, chodarlar ichida hammadan mahbubi qizil yo‘llik chodar edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:31:10

53. Abu Hujayfa roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni muborak badanlarida qizil yo‘llik yamaniy chodarlari bor holda ko‘rdim, va hozir men guyo u kishining muborak ikki pochalarini yaltirab turganligini ko‘rib turgandayman (ya’ni chodarlari tamom pochalarini yashirmagan, to‘piqlaridan yuqorida edi).

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:31:19

54. Abu Rimsa roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni ko‘rdim. Egnilarida yashil rangli ikki liboslari bor edi. (Arablar yo‘llik libosni burd derlar, agar yo‘li bo‘lmasa, burd demaydilar).

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:31:26

55. Qayla roziyallohu anho dedilar: Men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni ko‘rdim, jismlarida za’farga bo‘yalib, unda asari qolmagan eski ikki chodarlari bor edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:31:33

56. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam dedilar: Libosning oqini ixtiyor etinglar, uni tiriklaringiz kiysinlar va unda o‘liklaringizni kafanlanglar, chunki oq libos liboslaringizning afzalidir.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:31:41

57. Samura roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Libosning oqini kiyinglar, chunki oqlari pokizaroq va yaxshiroq bo‘ladi. O’liklaringizga undan kafan qilinglar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:31:51

58. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kun erta bilan uylaridan chiqdilar, badanlarida qora qildan to‘qilgan chodarlari bor edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:31:59

59. Mug‘iyra roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir jubba kiydilar, o‘zi rumiy bo‘lib, yenglari tor edi. (Jubba — keksa kishilar kiyadigan bo‘yi va yengi uzun to‘n)

Qayd etilgan