Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 197623 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 33 B


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:34:00

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING UZUKLARI VA UZUK TAQISHLARI HAQIDA BAYON QILINADI

70. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uzuklari kumushdan bo‘lib, ko‘zi xabash san’atida ishlangan edi. (Yoki xabash konlaridan kelgan tosh edi, yoki rangi xabashlardek qora edi, vallohu a’lam).

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:34:09

71. Ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uzuklari bor edi. Atrofga yuborgan xatlariga o‘sha uzuk bilan muhr bosar edilar. Va uni taqmas edilar, (ya’ni avval taqmas edilar, keyin taqdilar) hayotlarining oxirigacha taqib o‘tdilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:34:24

72. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uzuklari kumushdan bo‘lib, ko‘zi o‘zidan edi.

I z o h. Birinchi hadisda ko‘zi xabashiy deyildi va bu hadisda ko‘zi o‘zidan deyildi. Ulamolardan har kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uzuklari bir dona edi deguvchilardan bo‘lsa, bu hadisni dalil etib, yuqoridagi xabashiy kalimasiga xabash san’atida ishlangan edi, deydilar. Uzuklari bir nechta edi deguvchilardan bo‘lsa, avvalgi hadisni "œko‘zi xabashiy tosh edi", deb tafsir qiladilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:34:33

73. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ajam podshohiga xat yozmoqchi bo‘lganlarida, odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga dedilar: Ajam podshohlari muhr bosilmagan xatni qabul etmaydilar. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzuk qildirdilar. Hozir men guyo o‘sha uzukning muborak kaftlarida oqligini ko‘rib turgandayman.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:34:40

74. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak uzuklaridagi naqshi bunday edi: birinchi satrda Muhammad lafzi, ikkinchi satrda Rasul lafzi, uchinchi yuqoridagi satrda esa Alloh lafzi bor edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:34:47

75. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Eron, Rum va Habash podshohlariga xat yozmoqchi bo‘ldilar. Odamlar dedilar "œular muhri yo‘q xatni qabul etmaydilar", keyin Ya’lo ibn Umayya nomli sahobaga amr qildilar. U kishi bir uzuk qilib keldilar, xalqasi kumushdan edi va unga "œMuhammad Rasululloh" jumlasini naqsh qilib o‘yilgan edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:34:58

76. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon xaloga kirmoqchi bo‘lsalar, muborak qo‘llaridan uzuklarini chiqarib qo‘yar edilar (chunki unda Alloh Taoloning nomi bor edi).

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:35:22

77. Abdulloh bin Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak uzuklari hayotlarida o‘z qo‘llarida edi. Vafotlaridan keyin Abu Bakr roziyallohu anhu qo‘llarida va u zotdan keyin Umar roziyallohu anhu qo‘llarida bo‘ldi. Usmon roziyallohu anhu qo‘llariga o‘tgandan keyin olti yil saqladilar. Keyin u uzuk «Be’ru Aris» nomli bir quduqqa tushib yuqoldi. Uning naqshi "œMuhammad Rasululloh" edi.

I z o h. Aris kalimasi amir vaznida masjidi Quboga yaqin bir yerdagi bir bog‘ yo bir quduqning nomi bo‘lib, yahudlardan Aris nomli bir kishiga mansub bo‘lgan. Usmon roziyallohu anhu xilofatlariga olti yil bo‘lgan davrda o‘sha quduqni madinaliklar uchun kovlatib qo‘ygandilar. Bir kun o‘sha quduq labida o‘tirganlarida, bir narsaga muxr bosmoqchi bo‘lib, muhr saqlaguvchi Mu’ayqib degan kishidan shu uzukni talab qildilar. Muhr qo‘llaridan quduqqa tushib ketdi. Bu uzukni ba’zi vaqt barakot umidida taqib ham yurar edilar. Quduqqa tushgandan keyin uch kungacha axtardilar. Quduq suvini tamom tashqariga oldirdilar, lekin topilmadi. Ulamolar dedilarki, shu uzuk yuqolgandan keyin Usmon xukumatlariga har turli fitna va fasod boshlandi. []/i

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:35:36

78. Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzuklarini o‘ng qo‘llariga taqardilar.

I z o h. Bu hadis va tubandagi asarlardan har ikki qo‘lga taqmoqlikning joizligi va sunnat ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:35:52

79. Ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uzuklari kumushdan bo‘lib, ko‘zini kaftlariga qilib olardilar. Unga "œMuhammad Rasululloh" jumlasini o‘ydirgan edilar. Boshqa odamlarni shu jumlani muhrlariga va uzuklariga o‘ydirishdan man’ qilgan edilar. Aris qudug‘iga Mu’ayqib roziyallohu anhuning qo‘llaridan tushib ketgan mana shu uzuk edi.

I z o h. Mu’ayqib roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida muborak uzuklarini saqlaguvchi bir zot edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon qo‘llariga uzuk taqmagan bo‘lsalar, albatta, Mu’ayqib qo‘llarida saqlangan bo‘lardi. Vafotlaridan keyin ham, Abu Bakr roziyallohu anhu vafotlarida, va u zotdan keyin Umar roziyallohu anhu vafotlarida, va u zotdan keyin Usmon vafotlarida ham uzukni saqlaruvchi Mu’ayqib edilar. Ittifoqo, bir karra uzukni Usmonga berib, yo u kishi olib turib edilar, uzuk qo‘ldan chiqib, quduqqa tushib g‘oyib bo‘ldi.

Qayd etilgan