BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING SOQOL VA SOCHLARIGA TUSHGAN OQLAR HAQIDA BAYON QILINADI
31. Qatoda dedilar: Men Anas roziyallohu anhuga dedim: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam soch va soqollarini bo‘yaganmilar?" Anas dedilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallamning soch va soqollari bo‘yaladigan bir miqdorga yetmagan edi, faqat ikki chekkalaridagina biroz oq paydo bo‘lgan edi, lekin Abu Bakr roziyallohu anhu xino va katm bilan soch va soqollarini bo‘yar edilar".
I z o h. Xino ma’lum bir daraxt bo‘lib, ranggi to‘q qizil bo‘ladi, katm bir qism giyoh bo‘lib, rangi qora bo‘ladi. Har ikkisini aralashtirib bo‘yalsa, qoraga moyil qizil bo‘ladi. Agar ikkisi bilan bo‘yalsa, durust. Tanho qora rang bilan bo‘yamoq esa hadislarda mamnu’dur.