Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 235123 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 33 B


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:39:12

90. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan ilgari bir kun xutba o‘qidilar. Shunda muborak boshlarida qora salla bor edi. Yo yog‘li bir parcha latta bor edi.

I z o h. Bu xutbai sharifa o‘lim dardi vaqtlarida o‘qilgan edi. Bu xutbalarida madinalik sahobalar haqida muhim vasiyatlar qildilar. Bu xutbadan keyin na minbarga chiqqanlar va na xutba o‘qiganlar. U vaqtda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak boshlari qattiq og‘rib turgan edi. Shuning uchun boshlarini bog‘lab olgan edilar. Odati sharifalari, boshlariga ko‘p yog‘ surtganlari uchun latta yog‘ bo‘lib qolar edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:39:28

91. Abu Burda deydilar: Bir kun Oisha roziyallohu anho bizlarning xuzurimizga bir yemoq solingan chodar va bir qalin izor olib chiqib qo‘ydilar, va dedilarki: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak ruhlari bu ikki libos ichida qabz qilindi.

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning libos haqidagi muborak odatlari, payg‘ambarlikning avvalgi davridan boshlab vafotlarigacha bir holda o‘tdi. Hargiz o‘zgarmadi. Xaybar urushidan keyin sahobalarning axvollari yaxshi bo‘ldi. Fathi Makkadan keyin atrof-olamning podshohlaridan tuhfalar va xadyalar kela boshladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xohlagan suratda o‘zlariga zebu ziynat va ahli xonalariga tilagan miqdorlarida yengil hayot asboblarini xozirlab bersalar nihoyatda mumkin va oson edi. Lekin dunyo rohatini hargiz xohlamadilar. Topgan va tutgan narsalarini muhtoj va yetimlarga tarqatib, o‘zlari va xonadonlari dunyodan pok va bealoqa o‘tdilar. Biz — ummatlikni da’vo qilguvchi bandalar dunyoga shu qadar berilib ketdikki, Alloh Taolo O’zi bu holimizning yomon oqibatidan bizni asrasin. Omin.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:39:57

92. Ubayd ibn Xolid roziyallohu anhu dedilar: Men Madinai munavvarada ketayotgan edim. Birdan orqa tarafimdan "œIzoringni balandroq ko‘tar, izor baland tursa, egasi taqvoga va o‘zi najosatdan poklikka yakinroq bo‘ladi va o‘zi ko‘p kun yashar, tez yirtilmas", degan ovoz eshitildi. Boqsam, ovoz qilgan zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ekanlar. Men aytdim: Yo Rasulalloh, bu izor o‘zi bir qora va yo‘llik chodar bo‘lsa, bir narsaga arzimas, buning bilan nima takabbur bo‘ladi va bunday chodarni ham extiyot qilinadimi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat kildilarki: "œBalandroq ko‘tarishda bir xikmat bulmagan taqdirda, senda menga ergashish muhabbati ham yo‘qmi?" Keyin men ko‘rdim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning izorlari boldirlarining yarmida to‘xtagan ekan.

I z o h. Sayyidi olam sollallohu alayhi vasallam hamisha izor bog‘lar edilar. Ishton kiygan va kiymaganliklarida ixtilof bor. Alloma Bejuriyning tahqiqlaricha, kiymaganliklari sobitdir. Lekin ishtonlari bor ekanligi ma’lum. Vafotlaridan keyin qolgan ashyolar ichida bor edi. Ibn Qayyim deydilarki: ishton sotib oldilar. Albatta, kiygani olgandilar. Bundan boshqa bir necha hadisda kiyganliklari ham voriddir. Sahobai kiromlar ham kiyar edilar. Ular albatta, Rasulullohning ijozatlari bilan kiyganlar. Abu Amoma roziyallohu anhu dedilar: Men aytdim: "œYo Rasulalloh, kitobiylar lungi bog‘lamaydilar, ishton kiyadilar". Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "œSizlar ularga xilof qilinglar. Lungi ham bog‘langlar, ishton ham kiyinglar". Abu Hurayra roziyallohu anhu bir uzun hadis silsilasida deganlarki, men aytdim: "œYo, Rasulalloh, o‘zlari goho ishton ham kiyadilarmi?" Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "œHa. Kiyaman. Menga badanimni yopmoqqa hukm bor. Xech bir narsa badanni ishtondek yopolmaydi". Lekin muhaddislar bu hadisni zaif deganlar.`

I z o h. Lungi yo ishton yohud shim kabi liboslarni balki ko‘ylak va kamzul va jubba kabi narsalarni etaklarini oyoq to‘piqlaridan pastga tushirmaslik uchun ko‘p ta’kidlar borki, oshig‘idan pastidagisi do‘zaxda hisob qilinadi. Ulamolar dedilar: boldirning yarmida to‘xtatmoq mustahabdir, to‘piqqa tushirmoq joizdir. Undan pastga tushsa va bu kibr uchun bo‘lsa, haromdur. Kibr uchun bo‘lmasa, makruhdir. Bularning hammasi erlar uchun. Ammo ayollar uchun bir qarichdan bir gazgacha etaklarini uzun qilishga haqlari bordir. Balki ular nima bilan bo‘lsa ham o‘zlarini nihoyatda mukammal satrda saqlashlari talab etiladi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:40:07

93. Xuzayfa ibn Yamoniy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening boldirimni yo o‘zlarining boldirlarini go‘shtini tutib turib dedilarki: "œIzor bu yerga to‘xtasin, uning joyi shudir. Agar bunga qanoat qilinmasa, bundan bir oz tushsin. Agar bunga ham unalmasa, shuni bilsinki, lungining ikki tupiqqa qadar tushmoqqa haqqi yo‘qdir".

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:40:21

BU BOBDA RASULULLOH SALLOLLOHU ALAYHI VASALLAMNING QANDAY YURISH, O’TIRISHLARI HAQIDAGI HADISLAR BAYON QILINADI

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yurishlari o‘tgan boshqa boblarda qisman bayon qilingan edi. Bu bobda endi mustaqil bayon etiladi.

94. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kabi chiroyli bir insonni hargiz ko‘rmadim. Oftob guyo u zotning nurli chehralarida turib, dunyoga jilva qilib turgandek tuyular edi. Yurishda ham xech bir insonni u zotdan tez raftor va qadamlari barakalik ko‘rmadim. Shunday yurar edilarki, yerning tanobi u zot uchun tortilib turgandek tuyular edi. Bizlar o‘zimizni qiynab, barobar yursak deb, urinardik, ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yurishga extimom qilmagandek, beparvo qadam qo‘yar edilar

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:40:40

95. Qayla roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni masjidda ko‘rdim, ikki sonlarini tikka qilib, ikki qo‘llari bilan ularni quchoqlab o‘tirgan ekanlar. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni nihoyatda ojizlik bilan xomush o‘tirishlarini ko‘rib, qo‘rqqanimdan badanimda larza paydo bo‘ldi.

I z o h. Bu sahobaning qo‘rqishlari shuning uchun ediki, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga balki ummatlarining ustiga keladigan bir azobdan xabar berildimikan, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamisha ummat xaqida fikr qilar edilar. Faqat ularning g‘amida bo‘lar edilar. Dunyo nima bo‘lsa bo‘lsin, zarracha parvolariga kelmas edi. Allohumma-rzuqna shafo’atahu. Bu hadis yuqorida ham o‘tgan edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:40:48

96. Abdulloh ibn Zayd roziyallohu anhu deydilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni masjidda orqalarini yerga berib, bir oyoqlarini ikkinchi oyoqlari ustiga qo‘yib yotganlarini ko‘rdim.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:40:55

97. Abu Sa’yid Xudriy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon masjidda o‘tirsalar, ikki sonlarini tikka qilib, ikki qo‘llari bilan ularni quchoqlab o‘tirar edilar. Bu tariqa o‘tirishlari bomdod namozni o‘qiganlaridan keyin bo‘ladigan o‘tirishlaridan boshqadir, chunki bomdoddan keyingi oftob chiqquncha o‘tirishlari chordona bo‘lardi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:41:10

BU BOBDA RASULULLOH SALLOLLOHU ALAYHI VASALLAMNING SUYANGAN NARSALARI VA SUYANISHLARI HAQIDAGI HADISLAR BAYON QILINADI

98. Abu Bakra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "œEy, sahobalar, men sizlarga katta gunohlarning kattarog‘ini aytib beraymi?" Sahobalar dedilar: "œHa, Yo Rasulalloh" dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "œGunohlarning hammadan ulug‘rog‘i avval Xudoga ibodatda boshqani sherik keltirishdir. Keyin ota-onaga oq bo‘lishdir". U kishi bir narsaga suyangan holda edilar, keyin turib o‘tirdilar-da, aytdilar: "œYolg‘on guvohlik berish, (yoki yolg‘on so‘zlashdir)". Mana bu oxirgi jumlani qayta-qayta takror etdilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:41:27

99. Abu Xujayfa roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Men taomni bir narsaga suyangan holda yemasman.

I z o h. Taom yeyishdagi sunnat shuki, ikki tizza ustiga o‘tirib yeyiladi. Agar o‘ng oyoq ustiga o‘tirib, taom tanovul qilsa, bu tariqa hazm uchun manfaatlidir.

Qayd etilgan