108. Sahl bin Sa’d roziyallohu anhudan savol qilindiki, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam yaxshi elangan un nonida yegandilarmi? (Ya’ni ok un nonini). Sahl javob berdilarki, Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning hayotlarida to vafot kunlarigacha un noni ro‘baro‘lariga na keldi va na uni ko‘rdilar. Savol kilindiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida siz sahobalarda elaklaringiz bo‘lar edimi? Javob berdilar: bizlarda elak bo‘lmas edi. Savol qilindiki, arpani qanday qilib non qilar edingizlar? Javob berdilarki, bizlar arpani bir idishga olib shopurar va puflar edik. Shunda qipiqlari yoki kepaklaridan uchgani uchib ketar va qolgani qolar edi. Keyin uni hamir qilib, non qilib yer edik.