141. Salmon Forsiy roziyallohu anhu dedilar: Men Tavrotda "œtaomning barakasi, orqasidan qo‘l yuvishdadir" deb o‘qidim. Bu masalani Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytdim. U zot marhamat kildilar: Taomning barokatlik bo‘lishi undan avval va undan keyin qo‘l yuvishdadir.
I z o h. Vudu’dan murod avvalgi hadisda istiloxi namoz tahoratidir. Ikkinchi hadisda, qo‘l va og‘iz yuvmoqning o‘zidir. Avvalgi hadisdan namoz tahoratining taom ustida zarur emasligi, faqat qo‘l va og‘izni yuvib qo‘yilsa, kifoya ekanligi ma’lum bo‘ladi. Ikkinchi hadisdan taomdan avval va keyin qo‘l yuvmoqning matlubligi, mustahabligi tushuniladi.
Ulamolar aytganlarki, taomdan avval qo‘l yuvilganda bo‘ladigan barakat shuki, qo‘l yuvib yeyilgan taom ziyoda bo‘ladi, hammaga kifoyali bo‘ladi, yeguvchilarning qorinlari to‘yib, taomdan keyingi bo‘ladigan barokat shuki, nima maqsad va nima g‘araz uchun bu taom yeyilib turilgan bo‘lsa, o‘sha maqsad inshoollo, hosil bo‘ladi. Taomning o‘zi yaxshi hazm bo‘ladi. Badanga qo‘shilib, g‘ayrat paydo bo‘ladi. Ibodatlarga va yaxshi axloqlarga sabab bo‘ladi.q