Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 195567 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 33 B


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:54:45

160. Anas bin Molik roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odati shariflari qachon suv ichsalar, idish qo‘llarida turib, uch bor dam olar edilar, va derdilarki: Bu tariqa ichmakdan suv badanga yaxshi boradi va lazzatli bo‘ladi va tashnalikni mukammal daf qiladi. Ulamolar deganlarki: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon suv kosasini qo‘llariga olsalar, bir ichib, kosani uzoq qilib turib, «ALHAMDULILLAH» der edilar. Shul tariqada uch bo‘lib ichar edilar. Har daf’a avvalida BISMILLOH va oxirida ALHAMDULILLAH der edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:54:53

161. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv ichsalar, ikki bor dam olur edilar. Ya’ni, ba’zi vaqt shunday bo‘lardiki, aksari vaqt uch dam bilan ichar edilar. Bir dam bilan ichmas edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:55:07

162. Kabsha roziyallohu anhu dedilar; Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening uyimga tashrif qildilar. Uyda bir meshda suv bor edi, osig‘liq turgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘sha mesh og‘zidan tikka turib, suv ichdilar. Keyin men turib, meshning og‘zini kesib olib qo‘ydim.

I z o h. Ulamolar meshning og‘zini kesib olganliklariga ikki sabab bayon kilganlar: biri, tabarruk qasdida, ikkinchisi, boshqaning og‘zi tegib, beadablik bo‘lmasin andishasi bilan.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:55:24

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING XUSHBO’Y ISTE’MOL QILISHLARI HAQIDA BAYON QILINADI

163. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir necha yaxshi isli narsalardan jam qilingan xushbo‘yliklari bor edi, yoki xushbuyliklarni solib qo‘yadigan bir idishlari bor edi. Qachon xushbuylik ishlatmoqchi bo‘lsalar, undan iste’mol qilar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:55:33

164. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odat shariflari bir kishi xushbuylik xadya qilsa, rad qilmas edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:55:41

165. Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Uch narsa qaytarilmasin: birinchi, suyanadigan yo boshga qo‘yiladigan bolish kabi narsalarni. Ikkinchidan, xushbo‘y aralashtirilgan yog‘ni, uchinchi, sutni.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:55:49

166. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Erlarga munosib xushbuy shunday narsaki, isi o‘tkir va ma’lum bo‘lib, o‘zi maxfiy bo‘lsin, masalan, gulob kabi narsalar. Ayollarga munosib xushbo‘y shuki, rangi ma’lum, isi maxfiy bo‘lsin, masalan, za’faron va xino kabi narsalar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:56:12

167. Abu Usmon Naxdiy dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat: Qachon sizlardan bir kishiga rayxon berilsa, uni qaytarmasin, chunki rayhon jannatdan chiqqandir.

I z o h. Rayxondan murod shul, hammaga ma’lum rayxondir, yoki mutloq xushbo‘ylikdir.

I z o h. Abu Usmon Naxdiy Yamanning Bani Naxd degan bir qabilasiga mansub bo‘lib, nomlari Abdurahmondur. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xayotlarida musulmon bo‘lgandilar. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bilan ko‘rishmagandilar. Yuqoridagi hadisni sahobalarning birlaridan rivoyat etgandilar. Shuning uchun bu hadisni murassal deyiladi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:56:33

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING XULQ BILAN SO’Z QILISHLARI HAQINDA BAYON QILINADIq

168. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlari sizlarning so‘zlaringiz kabi paydar-pay va tez-tez bo‘lmas edi. Balki, sof-sof, har jumlalari bir-biridin alohida va ravshan bo‘lardi. Majlislarida bor odam so‘zlarini tushunib, yod ham qilib olar edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:56:44

169. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba’zi vaqtlarda uch bor bir so‘zni takror qilar edilar. Ya’ni, mazmuni mushkul bo‘lgan so‘zni xalq yaxshi tushunsin deb, uch marta qaytarib aytardilar.

Qayd etilgan