Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 195579 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 ... 33 B


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:28:56

250. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamoni muboraklarida bir marta kun tutildi. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam turib, masjidga bordilar va namoz boshladilar. Shu qadar uzun qiyom qildilarki, ruku’ qilmas ekanlar deb gumon qilindi. Keyin ruku’ga bordilar. Shu qadar uzun ruku’ qildilarki, bosh ko‘tarmas ekanlar, deb gumon qilindi. Keyin ruku’dan qomaga turdilar. Unda ham shu qadar uzun turdilarki, sajdaga bormas ekanlar, deb gumon qilindi. Keyin sajdaga bordilar. Shu qadar uzun sajda qildilarki, sajdadan bosh ko‘tarmas ekanlar deb gumon qilindi. Keyin jalsaga turdilar. Unda ham shu qadar uzun turdilar. Keyin yana shundok uzun sajda qildilar. So‘ng ikkinchi raka’atni ham shunday uzun o‘qidilar. Ikkinchi raka’atning ikkinchi sajdasida ox tortib, dam olar edilar, va yig‘lar edilar, va Allohga nolalar qilib, dargoxiga arz qilar edilar: "œParvardigor, sen menga va’da qilgan edingki, sening hayotingda men ummatlaringga azob yubormasman", va va’da qilgan eding-ki, mudom ummatlaring istig‘forga mashg‘ul tursalar, ularga azob yubormasman". Endi biz hammamiz istig‘forga berildik". Keyin Janob sollallohu alayhi vasallam namozdan forig‘ bo‘ldilar, kun ochilib, ravshan bo‘lib ketdi. Keyin Janob va’z qildilar. Xudoga hamdu sano aytgandan keyin dedilar: «Oftob bilan oy Alloh Taoloning oyatlaridandir. Bir kishining o‘lishi yoki tirilishi uchun tutilmaydi, qachon bu ikkisi tutilsa, sizlar Xudoga mutavajjix bo‘linglar va namoz va istig‘forga mashg‘ul bo‘linglar».

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:29:10

251. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir qizlari (qizlarining qizlari) xasta bo‘lib, o‘lishga yaqin borganda quchoqlariga oldilar, yana oldilariga qo‘ydilar. Keyin u bola vafot qildi. Bu holni ko‘rib, cho‘rilari Ummu Ayman roziyallohu anho ovoz bilan yig‘lab yubordilar. Janob dedilar: Sen Rasululloh xuzurinda ham ovoz bilan yig‘laysanmi? Ummu Ayman dedilar: O’zlarining yig‘lab turganlarini kurmay turibmanmi? Janob dedilar: Mening yig‘lashim mamnu’ yig‘i emas, bu Alloh Taolo mo‘min bandasining kungliga paydo qilgan raxmatdir. Keyin dedilar: Mo‘min banda har qanday holda yaxshilikda bo‘ladi. Hatto uning o‘z jonini badanidan chiqarilur holda ham Xoliqiga shukr va sano aytadi.

I z o h. Ulamolar deydilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xech bir qizlari yoshligida vafot qilmagan. Bu qizlari Zaynab roziyallohu anhoning qizlaridir. Lekin bu zot ham o‘sha bemorlikda o‘lib ketmay, shifo topib ketgandilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin dunyoda uzoq yashadilar. Hatto Ali roziyallohu anhu u zotni o‘z nikohlariga oldilar, va shaxid bo‘lgan zamonlarida ham nikohlarida bor edilar. Endi yuqoridagi "œvafot qildi va Ummu Ayman yig‘ladilar" degan so‘z ma’nosi, vafot qilishiga yaqin bordilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:29:17

252. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining emishgan birodarlari Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhu vafot qilganlarida yuzlaridan o‘pdilar. O’sha holda ikki ko‘zlaridan yoshlari oqib yig‘lab turardilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:29:30

253. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning qizlari Ummu Gulsum roziyallohu anhoning janozalariga xozir bo‘ldik, va qabristonga ham bordik. Rasululloh sollollohu alayhi vasallam o‘zlari qizlarining qabrlari ustida o‘tirgan edilar. Ko‘rdimki, u zotning ikki ko‘zlaridan yoshlari oqib turibdi, dedilar: "œOralaringizda bu kecha xotiniga yaqinlashmagan kishi bormi?" Abu Talxa roziyallohu anho dedilar: "œMen, yo Rasulalloh". "œSen bu qabrga tushgin". Keyin u zot qabrga tushdilar.

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlari Ruqiya roziyallohu anho vafotlaridan keyin ikkinchi qizlari Ummu Gulsum roziyallohu anhoni Usmon roziyallohu anhoga nikoh qilib bergan edilar. Bu zot vafotlarida erlari Usmon qabrga qo‘ymoq uchun yaqin keldilar. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kecha jimo’ qilmagan kishi dafn qilsin deganlarida o‘zlarini tortdilar. Chunki o‘sha kecha xotinlari o‘lib tursalar ham, bir cho‘ri bilan shar’i suxbat qilib edilar. Bu hol sollallohu alayhi vasallamga ma’lum bo‘lib edi. Shuning uchun Usmon roziyallohu anhuga yengil bir ‘itob maqomida shunday dedilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:29:43

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING TO’SHAB YOTADIGAN YOTOQLARI HAQIDA BAYON QILINADI

254. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yotadigan va ustida uxlaydigan to‘shaklari charmdan (ya’ni ichiga xurmo daraxtining po‘stloqlari solingan teridan) edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:29:53

255. Imom Muhammad Bokir raximahulloh dedilar: Oisha roziyallohu anhodan bir kishi savol qildi: "œO’zlarining uylarida Sarvari koinot sollallohu alayhi vasallamning to‘shaklari qanaqa edi?" Javob berdilarki, "œto‘shaklari ichiga xurmo daraxtining po‘stlog‘i to‘ldirilgan charm edi". Hafsa roziyallohu anhodan bir kishi so‘radi: "œSizning uyingizda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning to‘shaklari qanaqa edi?" Dedilar: "œJundan bo‘lgan bir qo‘pol chodar edi, biz uni ikki buklab, Janobning ostlariga to‘shab berar edik. Ustida Janob orom olar edilar. Bir kecha men dedim: Shu chodarni agar to‘rt buklab bersam, taglari muloyim bo‘lar edi. Keyin men uni to‘rt buklab to‘shab berdim. Tong otganda Janob sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Bu kecha mening ostimga nima to‘shab berdinglar? Men dedim: O’zlarining har kungi to‘shaklarini to‘rt buklab berdik, o‘zlariga muloyimroq bo‘lsin dedik. Janob dedilar: Bu to‘shakni avvalgi holiga qo‘yib to‘shanglar, to‘rt buklamanglar, uning muloyimligi mening tahajjud namozi uchun tezroq turishimga mone’ bo‘ldi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:30:07

RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING TAVOZE’LARI HAQIDA VOQEALAR

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavoze’larining voqealari mingdan ziyodadir, hammasini bayon qilib bo‘lmaydi. Uning uchun musannif raximahulloh tarafidan bu kitobida bir necha hadis tabarrukan zikr qilingan.

256. Umar ibn al-Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ey, musulmonlar, sizlar meni madh va ta’rif etishda nasorolar Iso alayhissalomni madh va ta’rif etgani kabi haddan oshmanglar va mubolag‘a qilmanglar. Haqiqat shuki, men Alloh Taoloning bandasiman. Sizlar ham meni Alloh Taoloning bandasi va Rasuli deb yod qilinglar. (Ya’ni, yod qilganda undan shirk yo g‘uluv tushuniladigan lafzlar iste’mol qilinmasin).

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:30:14

257. Anas roziyallohu anhu dedilar: Bir ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldi va dedi: Yo Rasulalloh, mening xos o‘zlariga bir xojatim bor, shuni arz qilmoqchiman. Janob dedilar: Madina ko‘chalaridan qaysi bir ko‘chani xohlasang, shunda o‘tir, men birga o‘tirib arzingni eshitay.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:30:21

258. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xastalarning holini so‘ramoq uchun yotgan yerlariga borar edilar. Dildorliklar qilar edilar va janozalarga xozir bo‘lar edilar. Va eshakka ham minar edilar va qul ziyofat qilib chaqirsa ham qabul qilib borar edilar. Bani Qurayza yahudlari bilan urush bo‘lgan kunlarda shunday bir eshakka mingan edilarki, uning yugani yo tizgini xurmo daraxtining pustlog‘idan ishlangan ip edi va uning egar to‘qimi ham xurmo daraxtining po‘stlog‘idan ishlangan edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:30:29

259. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning arpa unidan bo‘lgan non va turib qolib islanib qolgan yog‘dan iborat bir ziyofatga chaqirsalar ham, qabul etib borar edilar. Janobning urushda kiyadigan bir zurralari bir yaxudiy qoshida garov edi. Vafot qiladigan zamonlarigacha shu zurrani garovdan bo‘shatib oladigan bir narsa topa olmadilar, vafotlaridan keyin Abu Bakr roziyallohu anhu ajratib oldilar.

Qayd etilgan