RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING VAFOTLARI HAQIDA
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlari tamomi tarix ittifoqlari bilan dushanba kuni bo‘lgan. Tarix o‘ninchi sana xijriyning rabi’ul avvali edi. Aksari muarrixlar o‘n ikkinchi rabi’ul avval dedilar. Lekin muxaddislar taxqiqlarida ikkinchi rabi’ul avvalda ekanligi sahih ko‘rilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotining avvali bosh og‘riqdan boshlandi. O’sha kuni volidamiz Oisha roziyallohu anhoning uylarida edilar. Keyin Maymuna roziyallohu anho navbatlari bo‘lgan kunda dardlari yana ziyoda bo‘ldi. Shu hollarda ham volidalarimizning navbatlarini barobar berib turdilar. Xastaliklari tobora ziyoda bo‘la boshlagan edi, Janobning ishoralari bilan hamma volidalarimiz to bemorlikdan tuzalgunlaricha Oishaning uylarida tursinlar deb rozi bo‘ldilar. Avvali va oxiri o‘n ikki kun yo o‘n to‘rt kunda dunyodan oxirat diyoriga rihlat qildilar. Va dushanba kuni chosht vaqtda bu voqea vujudga keldi.
302. Anas roziyallohu anhu dedilar: Mening Janobi Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning muborak diydorlariga oxiri musharraf bo‘lishim dushanba kuni edi. Bomdod nomozini sahobai kirom Abu Bakr roziyallohu anhuning orqalarida o‘qib turib edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam birdan xonai saodat pardasini ko‘tardilar. Ummatlarining namozlarini ko‘zdan kechirdilar. U vaqt Janobning chexrai muboraklari safoda, nurda guyo mushaf sharifning sof bir varag‘iga o‘xshar edi. Bu holni ko‘rib, sahobalar orqaga surildilar — shoyad namozga kelsalar, degan umidda betoqat bo‘ldilar. Janob sollallohu alayhi vasallam hammalaringiz o‘z-o‘z joylaringizda turinglar deb ishora qildilar, va pardani tushirdilar. Va shu kunning oxirida jon taslim qildilar.