Do'stlarim balki siz ishonmasdirsiz,
Balki bu siz uchun tuyilar ertak.
Ammo tinglash uchun oz fursatingiz,
Bersangiz kifoya bo'ladi be shak.
Yigit bir kun keldi qizning oldiga,
Undan ko'zlarini bir oz yashirib.
Sevgi izxorini aytib qoldiku,
Mashuqasin sha'nin tamom oshirib.
Siz mening ko'nglimga g'ulgula solgan,
Qalbimning bir chetin band etgan xokim.
Sizni o'ylaganda uyqim yoqolgan,
Sizni uchratganda bo'lib qolgum jim.
Bu dardli so'zlarni tinglagan dildor
O'zini ming turli nozlarga soldi.
Yigitchi bechora takror va takror,
Izxor qilaverib charchadi toldi.
Qiz o'zin xaddanda tutardi mag'rur,
Ayoniga kulib turgan shoxlardek
Yigitni izxori qilmayin ta'sir,
Yo'q degan javobni bera oldi tik.
Do'stlar birgina shu voqea qayg'u,
Tog'ni talqon qilgan jussani yiqdi.
Necha yillik muxabbat parchalandiyu,
Dunyo dunyo she'rlar yolg'onchi chiqdi.
She'rlarku mayliga shuncha va'dalar,
Javobin kim berar xayqirdi yigit.
Ammo ko'zlarini o'ynatib dildor,
Joxil qarorida turardi sobit.
Qizning javobini tinglagach xorg'in,
Ortiga yeg'lablar qaytdi yoronlar.
Endi uning yo'lin to'sa olardi,
Na qorli shamollar na sel bo'ronlar.
Chunki u yoridan ayrilgan edi,
Sevgan dildoridan bo'lgandi maxrum.
Xaloyiq tamosha dorin ostida,
Qani edi o'limga etilsa maxkum.
Sevgi deganlari shu bo'ldimi deb,
Yig'lardi xokisor xoldan toyguncha.
Yigit g'irt telbaga aylanib qoldi
Toki bir kitobni ko'rib qolguncha.
Qaydandir taralgan serjilo kitob
Asriy orzularni parchalay dedi.
Oddiy bir daftardan farq qilmas kitob,
Ustiga TAVXID deb yozilgan edi.
Kitobni o'qirdi tamom behazil,
Satrlar ko'zlarini namlab yoshladi.
Butunlay yolg'ondan bezigan ko'ngil
xaqiqat eshigin ocha boshladi.
Ilox yo'q Olloxdan boshqa deb nogox
lablari pichirlay boshlaganida.
Iymoniy bir lazzat iloxiy panox
Samoviy muxabbat tuydi tanida.
Dunyoga xukmdor bo'lgan g'ulomdek
O'ziga xayronlar turardi yigit.
O'ng ko'zidan asta yoshi quyilib,
Ko'ngildan sitamni ayladi soqit.
Uning ko'nglidagi asriy zilzila go'yoki
Dunyoga solgandi go'yoki uvvos.
Dildorga uzatgan qo'llari ila
Musxafni o'qidi chiqarib ovoz.
Bu qanday yo'l dersiz birodarlarim,
Bu qanday najotdir dersiz extimol.
Xaligi dildorni o'ylamaslikni
Yigit eplay oldi do'stlar bemalol.
Tinmayin jo'sh urdi iymon tanida,
Shahviy extiyojlar tamoman so'ldi.
Yaqin o'tmishini eslaganida,
O'zidan uyalgan paytlari bo'ldi.
Xikoya shu yerda to'xtasa qandoq?
Ne deysiz shundayin bo'lsa intiho?
Ko'ryapman ko'zingiz aytmoqda shu chog':
"Biz bunday yakundan emasmiz rizo,
Bizga xikoyani oxiri kerak!
Dunyoviy sevgini nedur poyoni?
Boshlashga boshlabon go'yo bir ertak,
Yakunlab qo'y ahir bul voqeani!"
Xo'p, mayli aytaman yakunin beor,
Yo'ymaysiz o'zicha to'qib oldiga!
Qur'on ovozini tinglagan dildor,
Hijob o'rab keldi yigit oldiga.
Xayrulla Hamidov