Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Rasululloh SAVni kuldirgan hodisalar

(1/2) > >>

AbdulAziz:
Assalamu alaykum!

Ushbu mavzuda Rasululloh SAVni kuldirgan, u zot tabassum qilgan hodisalar haqida hadisi shariflar berib boriladi.

* * *

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:
«Bir kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (sahobalar birlan) gaplashib o‘ltirgan erdilar, huzurlarida bir badaviy ham bor erdi. Shunda Janob Rasululloh: «Jannat ahlidan bo‘lmish bir kishi (jannatda) dehqonchilik qilishga Olloh taolodan ruxsat so‘radi. Olloh taolo unga: «Ko‘ngling tusagan narsa (noz-ne’mat)lar ichra emasmisan?!» — dedi. Boyagi kishi: «Bu yerda hamma narsa muhayyo bo‘lsa-da, men dehqonchilik qilmoqchiman»,— dedi. Keyin, u don eqdi, ekkan donlari tezda unib chiqib, mo‘l hosil berdi. Keyin, u urib olib, tog‘lar kabi baland-baland xirmonlar uydi. Shunda Olloh taolo boyagi kishiga: «Ey Odam bolasi, bu ham senga kam, chunki seni hech narsa to‘ydira olmas!» — deb aytdi», — dedilar. Shunda huzurlaridagi badaviy: «Yo Rasulalloh, o‘shal odam yo qurayshiy yoxud ansoriy bo‘lsa kerak, chunki qurayshiy va ansoriylar dehqondurlar, biz badaviylar ersak, dehqon ermasmiz», — dedi. Uning bul gapidan Janob Rasulullox kulib yubordilar».

Buxoriy rivoyati. "œAl-jome’ as-sahih"dan

AbdulAziz:
Саъд ибн Абу Ваққос ривост қиладилар:
«Умар разисллоҳу анҳу А асулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларига кирмоққа рухсат ссрадилар. Шунда ичкарида бир гуруҳ Қурайш аёллари бор бслиб, улар пайғамбаримизнинг овозларини босиб кетгудек баланд овоз бирлан ул зотга саволлар беришар срди. Ҳазрат Умар изн ссраганларида аёллар сринларидан туриб, ҳижобларини (юзларига) тушириб олишди. Жаноб А асулуллоҳ Ҳазрат Умарга изн бера туриб кулиб қсйдилар. Ҳазрат Умар: «А А асулаллоҳ, Оллоҳ таоло сизни ҳамиша кулдирсин!» — дедилар. Жаноб А асулуллоҳ: «Ҳузуримдаги анави хотинларнинг қилган ишларидан таажжубландим, сенинг овозингни сшитибоқ ҳижобларини тушириб олишди», — дедилар. Ҳазрат Умар: «А А асулаллоҳ, ахир улар снг аввало (барчадан ксра) сиздан ҳайиқмоқлари лозим срмасми?!» — дедилар. Сснг, аёлларга қарата: А­й сзига-сзи душман бслган аёллар! Мендан ҳайиқасизлар-у, А асулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламдан ҳайиқмайсизларми?!» — деб айтдилар. Аёллар: «Ҳа, шундоқ, чунки сиз Жаноб А асулуллоҳга нисбатан тснг ва қсполроқсиз!» — дейишди. Шунда Жаноб А асулуллоҳ: «Жоним қслида бслган зот ҳақи, (сй Умар), башарти шайтон йслингда дуч келса, (дағаллигингдан) бслак йслдан кетган бслур срди!» — дедилар».

"Саҳиҳул-Бухорий"дан

AbdulAziz:
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:
«Bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, men endi halok bo‘ldim!» — dedi. Ul zot: «Nechun?»—dedilar. Kishi: «Ramazon (ro‘za) bo‘la turib xotinimga yaqinlik qilib qo‘ydim!» —dedi. Ul zot: «(Gunohingni yuvish uchun) bir qul ozod qilgil!» — dedilar. Kishi: «Mening qulim yo‘q»,— dedi. Ul zot: «(Bo‘lmasa) ketma-ket ikki oy ro‘za tutgil!»—dedilar. Kishi: «Eplay olmayman»,— dedi. Ul zot: «(Bo‘lmasa) oltmishta miskinni to‘ygazgil!» — dedilar. Kishi: «Oltmishta miskinga yetarli ta’om menda qayoqdan ham bo‘lsin!» — dedi. Shul asnoda Janob Rasulullohga bir savat xurmo olib kelib qolishdi. Ul zot: «Boyagi savol bergan odam qani?» —dedilar. Kishi: «Mana men shu yerdaman!» — dedi. Ul zot: «Buni sadaqa qilgil!»—dedilar. Kishi: «Uzimizdan qashshoqroqqami? Yo Rasulalloh, sizni haq payg’ambar qilib yuborgan zot haqi, shaharda bizdan ko‘ra kambagalroq oila yo‘qdur!» — dedi. Ul zot uning bu gapidan kulib yubordilar, hatto qoziq tishlari ham ko‘rinib ketdi, so‘ng unga: «Demak, eng kambagal o‘zlaringiz erkansizlar (ya’ni, «Unday bo‘lsa, bu xurmolarni bola-chaqangga sadaqa qilgil!»)»,— dedilar».

Buxoriy rivoyati. "Al-jome’ as-sahih"dan.

AbdulAziz:
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:
«Yahudiy ulamolaridan biri kelib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Ey Muhammad, kitoblarimizdan bizga ma’lumki, Olloh osmonlarni bir barmog‘i (qudrati) birlan, yerlarni bir barmog‘i birlan, daraxtlarni bir barmog‘i birlan, suv va tuproqni bir barmog‘i birlan va boshqa maxluqotni bir barmog‘i birlan ushlab turib «Men podshohman!» — deydi»,—dedi. Payg‘ambar alayhissalom yahudiyning gapini tasdiqlab qattiq kuldilar, hatto oziq tishlari ko‘rinib ketdi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ollohni o‘ziga munosib qadrlamadilar» degan oyatni o‘qidilar»
Buxoriy rivoyati. "Al-jome’ as-sahih"dan.

AbdulAziz:
Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Men hammadan avval jannatga kiradigan va odamniki, hammadan oxirida jaxannamdin chiqadigan odamni yaxshi bilurman. Kiyomat kuni bir odamni Alloh huzuriga xozir qilinadi va deyiladiki, bu odamning kichik-kichik gunohlarini o‘ziga ko‘rsatilsin va katta-katta gunoxlari maxfiy saqlansin. Keyin unga deyiladi, sen falon kunda, falon-falon gunoxlarni qilgansan. Ul bechora hammasiga iqror bo‘ladi, inkor eta olmaydi. Chunki ul maqomda hech narsani inkor qilib uddasidan chiqib bo‘lmas. Katta-katta gunoxlardan so‘ralib qolsa, holi nechuk bo‘lishini o‘ylab, dilida nihoyatda qo‘rqib turadi. Shunday holda turganda Alloh tarafidan amr keladiki, buning bu qilgan yomonliklarining muqobiliga bir-bir yaxshilik berilsin. Bu xukmni eshitgan zamon u bechora deydi: "Hali mening bir muncha gunoxlarim bor, ularni men bu yerda ko‘rmay turibman". Abu Zar dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim. Bu so‘zni deb shunday kuldilarki, oxiri muborak tishlari ham ko‘rindi.
Termiziy rivoyati, "œShamoil"dan.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version