Quest Net haqida nimalarni bilasiz?  ( 37202 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Musannif Adham  17 Iyul 2008, 03:47:25

Assalomu Alaykum, hurmatli forumdoshlar.
Menga 2 kun oldin Quest Net nomli kompaniyaga a'zo bo'lib ishlash taklif etildi. A'zolikning sharti kamida 600$ lik mahsulot sotib olib, kompaniya ro'yxatidan o'tish va 1 ta o'ng, 1 ta chap tomoningizdan o'zingizga o'xshagan kishini kompaniya a'zosiga aylantirish ekan. Ana o'sha - Siz o'ng va chap tomoningizdan kompaniya a'zosiga aylantirgan kishilar ham xuddi siz kabi o'zlarining o'ng va chap tomonlaridan 1 tadan kishini kompaniyaga a'zo qilsalar, Sizning o'ng va chap tomoningizda 3 tadan kishi kompaniya a'zosiga aylanar ekan. natijada Siz kompaniyadan o'zingizning dastlabki pulingiz - 250$ olishingiz mumkin bo'lar ekan..... Va hokazo.....
Xullas bu kompaniya Toshkentda ish boshlaganiga 10 oydan oshibdi. Xodimlarining aytishicha tez sur'atlarda rivojlanib,a'zolariga daromad keltirayotgan ekan. Bu haqida balki ko'pchilik eshitib, bilib ulgurganligi uchuin batafsil ma'lumot berib o'tirmadim. Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi sayt bo'yicha olish mumkin:
http://www.quest.net/
http://www.quest.net/company/our_story/en/

Meni o'ylantirgan jihati ushbu ishning shar'iy jihatdan to'g'ri-noto'g'riligi masalasi bo'ldi. Ya'ni bu ish bilan shug'ullanish halolmi-harommi?
Bu haqida ma'lumotga ega bo'lganlardan o'z fikrlarini bildirishlarini va masalaning yechimini aniqlashga yordam berishlarini iltimos qilaman.   

P.S. Agar yanada ko'proq ma'lumotlar kerak bo'lsa, qo'shimcha kiritishim mumkin. 
 

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  18 Iyul 2008, 12:09:16

сетевой маркетинг найранглари.... скинлашиб утирманг...

Qayd etilgan


gulyalider  31 Yanvar 2009, 17:20:43

Hamma savollari bor forumdoshlarga.
 Quest Net kompaniyasidagi mustaqil vakilasi  sifatida sizni bu savolizga quyidagicha fikrimni bildirmoqchiman.Bu biznesni harom deb o'ylasangiz haqiqatdan haromdir,agar insonlarni aldamay borini aytsangiz sof va haloldir.Qo'shimcha fikrlarni treninglarga (dars)larga qatnashgan insonlardan so'rang va fikrimga amin bo'lasiz.Savol uchun rahmat.

Qayd etilgan


Imron  01 Fevral 2009, 02:22:02

Bu biznesni harom deb o'ylasangiz haqiqatdan haromdir, agar insonlarni aldamay borini aytsangiz sof va haloldir.

Бу нима дегани?

Qayd etilgan


Musannif Adham  01 Fevral 2009, 05:08:00

Bu biznesni harom deb o'ylasangiz haqiqatdan haromdir, agar insonlarni aldamay borini aytsangiz sof va haloldir.

Бу нима дегани?

Аима бсларди, бу ерда ҳам Quest Net чи найрангбозлар иш бошлашибди. Бу мавзуга қизиққан барчани вақтига ачинмасдан қуйидаги узун мавзуни сқиб чиқишни тавсис қиламан.

Network marketing

Qayd etilgan


Huseyn  04 Fevral 2009, 11:15:44

Менга ҳам таклиф қилишганди. Аммо, айнан қандай маҳсулотлар сотилишидан хабарим йсқ. 

Qayd etilgan


T.Yusupov  10 Fevral 2009, 02:27:04

Bu network marketingni iqtisodchi sifatida tahlil qiladigan bo'lsam, hozirgi kunda biz bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiy tizimda yashayapmiz. Bu nima degani? Siz  ishlab chiqaruvchisiz, siz mahsulotingizni tannarxi va foydangizni qo'shib, bozor narxini belgilab, bozorga borasiz. Endi men o'sha siz ishlab chiqargan mahsulotingizni sotib olmoqchiman. Men ham o'zimni daromadimni xarajatlarimga taqsimlab, mazkur mahsulotga kerakli qismini olib kelganman. Qarayman, sizdagi mahsulotni mendagi pul bilan olib bo'lmaydi. Sekin boshqa sotuvchiga boraman, u ham mahsulotining tez sotilishini istaydi, menga o'zim xohlagandek, narxga beradi. To'g'ri, hech bo'lmaganda, meni va sotuvchining o'rtasidagi mos keluvchi narxga kesishish nuqtasi paydo bo'ladi. Siz esa noiloj talabga qarab, taklifingizni moslashtirasiz. Bu tizimni afzalligi ko'p. Bu haqida ko'p o'qiganmiz, ko'ramiz va amal qilamiz.

Endi Quest.Net kabi tarmoq marketinglariga keladigan bo'lsak, bu yerda tamoman boshqacha siyosat, boshqacha yo'nalish (iqtisodiy tomondan). Bu shundoq bozor iqtisodiyotini sekingina majburiy iqtisodiyotga almashtirib qo'ymoqda. Hamma narsasini majburlab sotishadi. Sotib olmasangiz a'zo bo'lolmaysiz, yana birovlarga majburlab sotmasangiz, foyda ololmaysiz. Mayli edi mahsulotlari yaxshi bo'lsa, yoki bizga kerakli foydali bo'lsa . . .  Afsuski, bo'lmag'ur narsalar hammasi. Qayoqdagi tilla soatlaru taqinchoqlar, biobirbalo minerallar, yana it ham qaramaydigan narsalar. Bu mahsulotlar aslida bozorga haqiqiy raqoqatga qo'yilsa, hech kim olmaydigan mahsulotlar bo'lgani uchun shundayin qallob yo'lni tanlashgan.

Qaniydi, hech bo'lmasa, smartfonlar, KPKlar, notebooklar, PClar, Apple mahsulotlari (Apple mahsulotlari fanatiman, shunchun yozganimga hayron qolmanglar! :) ) ni arzon narxga berishsa, shunda balkim, uzimga uxshagan ikki kishini topib, narsasini olgan bo'lar edim

Bu fikrlar albatta meni Quest.Netdagilarni uzoq kuzatganligim va albatta ular bilan yuzma yuz suzlashish natijasida yuzaga kelgan. Allohga hamdlar bo'lsinki, ularning zarracha foydalik tarafini ko'rmaganim uchun a'zo bo'lmaganman.

Qayd etilgan


Abdullоh  10 Fevral 2009, 17:24:45

Qaniydi, hech bo'lmasa, smartfonlar, KPKlar, notebooklar, PClar, Apple mahsulotlari (Apple mahsulotlari fanatiman, shunchun yozganimga hayron qolmanglar! :) ) ni arzon narxga berishsa, shunda balkim, uzimga uxshagan ikki kishini topib, narsasini olgan bo'lar edim

Bu fikrlar albatta meni Quest.Netdagilarni uzoq kuzatganligim va albatta ular bilan yuzma yuz suzlashish natijasida yuzaga kelgan. Allohga hamdlar bo'lsinki, ularning zarracha foydalik tarafini ko'rmaganim uchun a'zo bo'lmaganman.

Bu gapingizni eshitib qolishsa, shunday narsalarni ham savdoga qo'yishadi ammo ikki barobar qimmat narxda.
Menimcha bu biznesda mahsulotning turi yoki sotilishi muhim emas. Ular uchun foyda kelsa bo'ldi. Ularning aytishicha Quest.Net chilar aholi turmush darajasni yaxshilashga yordam berishar emish. Axir "Mushuk tekinga oftobga chiqmaydi"-ku. Bir balosi bormi deb o'ylayman.

Qayd etilgan


T.Yusupov  10 Fevral 2009, 19:52:06

Kechirasiz, Abdulloh90, ular uchun aynan shu narsalarni sotish muhim, bo'lmasa qayerdan foyda olishadi? Havodan pul yog'adigan apparati yuq ularning . . . :D

Qayd etilgan


Aziz Toshkandiy  11 Fevral 2009, 17:42:32

Afsuski, bo'lmag'ur narsalar hammasi. Qayoqdagi tilla soatlaru taqinchoqlar, biobirbalo minerallar, yana it ham qaramaydigan narsalar. Bu mahsulotlar aslida bozorga haqiqiy raqoqatga qo'yilsa, hech kim olmaydigan mahsulotlar bo'lgani uchun shundayin qallob yo'lni tanlashgan.
Juda ham to'g'ri yozilgan!
Assalomu alaykum, mo'min va mo'minalar!
Avvalambor, eng yomon jihati, sizga yaqinlaringiz do'st sifatida emas, balki daromad manbai hamda mijoz sifatida murojaat etadilar. Yillar davomida sizni eslamagan do'stlaringiz, sizga biznes qilishni taklif etib, boshingizni aylantirib, o'z daromadini ko'paytirish maqsadida sizni avrab olishga harakat qiladi :(
Ikkinchidan, ushbu biznesdan daromad olishingiz sizga bo'gliq emas, yani siz jalb etgan insonlarning harakatiga bog'liqdir. Agar ular 600$ ga qanaqadir biodisak olishsagina, daromad olishingiz mumkin...
Meni fikrimcha, qo'lidan hech narsa kelmaydigan, irodasi ojiz, hamda osonlikcha boylik to'plashga ishongan kaltafahmlargina, ushbu biznesga kirishi mumkin. (kimnidir hafa qilgan o'lsam oldindan uzur!)
Toshkandiy

Qayd etilgan