Assalamu alaykum!
Shukrni unutyapmiz!
Fikrlar nisbiy...
Allohga shukr, mustaqilmiz! Ha, mustaqil, hurmiz.. Shunisiga shukr..
Davlat har sohada sharoitlarni yaratib qo'ygan, xohla kollej o'qib hunar o'rgan, xohla oliygohda ta'lim olib olim bo'l, shukr..
Bizda - O'zbekistonda Sharqona demokratiya shakllanyapti.. Ota-onani hurmat qilish, jamoa fikriga e'tiborli bo'lish.. Mana bizning demokratiya..
Hamiyatsizu, iffatsizlar haqidagi fikrlar ham nisbiy.. Jamiyatimizda iymon, insoflilar ham ko'p, alhamdulillah..
Plastik, plastik.. Eh bechora shu plastik ham qutulmadi qutulmadida... Nega pul yo'q ekan, ishlasa, davlat to'ldirib beryapti shu plastikni.. Allohga shukr, hozir savdoning ko'p tarmoqlarida plastikdan foydalanish yo'lga qo'yilyapti.. Shukr..
Yana aytaman, necha marta bo'lsa hm, takrorlayveraman, O'zbekiston 20 yilda erishganlariga dunyoning yuzdan bir davlati ham erisholmagan.. O'tish davridamiz, kamchilikdan xoli emasmiz..
Boshqa davlatlarga havas qilib, u yo'q, bu yo'q deguncha, borini qadrlaylik va bor imkoniyatlarni yuzaga chiqaraylik!
Yashasin, jonajon O'ZBEKISTONIM!
Prezidentimizning jonlari omonda bo'lsin!