Bismillohir rohmanir rohim!
Men o'zimni tanqid qilsam, o'zimga o'zim nega o'zingni maqtamaysan deyman, men o'zimni maqtasam, nega ba'zida tanqid qilmaysan deyman. Nimamni maqtay-u, nimamni tanqid qilay, bilmay qoldim. Ota-bobolarimning, ajdodlarimning buyuk kishilar bo'lganligidan, maqtanaymi? Yoki ularga munosib davomchi bo'la olmayotganimni, tanqid qilaymi? Kimdandir yuqoriroqman, kimdandir pastroq. Berganiga shukr!
Yuqorida berilgan tanqidiy fikrlar kishini taffakkur qilishga chog'laydi. Ba'zilar ushbu muommolarni qanday bartaraf etsa bo'ladi deb savol berishibdi. Bu muommoni yechganimiz bilan boshqasi to'satdan paydo bo'ladi. Bu degani bu holatlarga tomoshabin bo'lib turish kerak degani emas. Balki bizlar, tanqid qiluvchilar, tanqid qilayotgan narsalarimizni takrorlamaslikka, o'zimizni, yaqinlarimizni bu yo'llardan qaytarishga harakat qilishimiz kerak. Ularga aql o'rgatish ham shart emas, chunki ular aqllsiz emaslar, bundan tashqari bu befoydadir. O'ziga insof bermasa qiyin.
Lekin juda ham muhim bir narsa bor. Bizlar o'shalarni, qaysiki bizning tanqid markazimizda turganlarni, tanqid qilishdan nariga o'tmaymiz. Yoyinki ular ham qachondir insofga kirar, iymonga, hidoyatga yuzlanar, ammo biz aqllilar esa, (hamma aqlli kishilar ham emas) bu vaqtda to'g'ri yo'ldan adashib qolgan bo'lamiz.
Biz dunyoni bir rangga buyomoqchi bo'lamiz. Buning umuman iloji yuq. Bir joyga ikki kishini o'tqazib bo'lmaydi. Bu dunyoda sizning o'rningiz bor, mening o'rnim bor. U dunyoda ham xuddi shunday!
Bizlar ko'p narsani aralashtirib yuboramiz. Keyin aralashma, atalaning ustida bahs yuritamiz. Muommolarni aralashtirib yuborgandan keyin, albatta yechimi topilmaydida. Aslida bular zohiran bir biriga chambarchas bog'liq. Bu bog'liqlikni ko'rish, uning tub mohiyatiga yetib borish uchun esa ilm kerak, ko'p izlanish kerak.
Kim siz va bizning tanqid markazimizda turgan bo'lsa, ular noshukrlar, boriga shukr qilmaganlardir. Biz esa boriga shukr qilamiz, shuning uchun shukrli kishilarmiz.
Kishilar birovning haqini yeyishdan qo'rqmay qo'yishdi. Shuning uchun kimdir kimdirning haqi evaziga oshxonada emas, restarantda ovqatlanadi. Hammamiz yakkayu yagona Ollohning bandalari ekanligimizni unutib, bizga yoqmagan kishilarni qo'limizni bigiz qilib ko'rsatamiz. Bizlar ham oppoq emasmiz.
Vatanimizda amalga oshirilayotgan har jabhadagi islohotlar, ertangi kun uchun zamindir.