Savob uchun tender...  ( 458965 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 69 B


mutaallimah  16 Iyun 2009, 18:39:57

Iqtibos
Мусулмоннинг дилига озор бериш учун унинг сркаклигига "шубха" колдирадиган ва фитначига чикаришга ундовчи фикрларни уйғотадиган ва постингизнинг бошка кисмларига жавоб ёзмайман... Киёматга колдираман...

Postimni javob berilishi kerak bo'lgan qismiga javob yozib bo'lgansiz.. Boshqa javobga xojat yo'q deb o'ylayman.. Men ERKAKlar deb insonni jinsi haqida gapirmaganim kundek ravshan.. Bu bir o'xshatma xalos.. Haqiqiy mo'min xato gapirib qo'ygan bo'lsa kerakli dalil bilan xatosini isbotlab berishsa baribir o'ziniki ma'qullab mazlum ro'lini o'ynamasdan uzr so'rasa u uchun eng afzali shu ekanligini mendan aancha yaxshi bila turib bunday qilganingizni hech tushuna olmaganim uchun shunday deb yozdim!! Nickingizdagi "Abu" degan qismni o'zi jinsingiz ERKAK ekanligini bilishga men uchun kifoya..

Siz bu yerdagi mana shu mavzuda o'z hissasini qo'shayotgan birodarlarni O'G'RI ga chiqazib turib siz ogohlantirgan bo'lingu bu yerdagilar o'zlarini haq ekanliklarini dalilini keltirishsa MUSULMONNI DILINI OG'RITGAN bo'lishsa salomat bo'ling birodar...

Qayd etilgan


Robiya  16 Iyun 2009, 19:04:31

 :as:

Savob asli samodan tushmas,
Tillo yerga gadodan tushmas,
Ko'kda uchgan har jonzot qushmas,
Yerda yurgin ucha bilmasang,
Tugun tugma yecha bilmasang.

Mezbon itin bo'shatib qo'ymas,
Osh bergan zot oshatib qo'ymas,
Hasad ahli tosh otib to'ymas,
Chayon bo'lma chaqa bilmasang,
Kir tutmagin yoqa bo'lmasang.

Yetim yotgan ostona bo'lgin,
Onang o'pgan peshona bo'lgin,
Gul shoxiga bir shona bo'lgin,
Qo'l cho'zmagin uza bilmasang,
Baliq bo'lma suza bilmasang.

Tun bergan zot chiroq ham bergan,
Yoving bo'lsa yaroq ham bergan,
Oxiratdan saboq ham bergan,
O'qish nechun uqa bilmasang,
Ko'lmak bo'lgung oqa bilmasang.

Tangri senga til bergan, ey do'st,
Shukri uchun til bergan, ey do'st,
Neki bersa chin bergan, ey do'st,
Mahmud, tek tur so'zlay bilmasang,
Bulbul bo'lma bo'zlay bilmasang.


PS.: Bu fikrlar hammamizga taalluqli!

Qayd etilgan


Fatima  17 Iyun 2009, 11:16:01

:as:
 
AbdulAziz aka, uzr mavzudan chetlashganim uchun. Man tahrir uchun kitob olmoqchi edim  :)

Iloji bo`lsa "Vafo qilsang. Qul Ubaydiy (46 bet)" shu kitobni menga yuborsangiz, agar hech kim tanlab qo`ymagan bo`lsa, albatta.

PS: bu forumga ko`pchilik user(ka)lar ilm olish maqsadida kirishadi. Shunday ekan har bir forumni o`z holiga qo`yinglar.
 
Va assalomu alaykum warohmatullahu wabarokatuhu.

Qayd etilgan


Mudassir  17 Iyun 2009, 11:36:54

 :as:
Bir olimdan Aql nima? deb sorashgan ekan. U olim hech oylanmay yahshi bilan yomonni ajratish degan ekan. Savol berguvchi : - Gapingizga qoshilaman lekin boshqa jonzotlarda ham yahshi bilan yomonni ajratish hislati bordir. Misol uchun bir qo'yni oldiga har doim uni uradigan kaltagingiz bilan yaqinlashsangiz u sizdan qochadi. Lekin uni oldiga hashak kotarib yoki yem kotarib borsangiz sizga yaqin keladi. Aslida Aql bu ohiratni oylab ish tutmoqlikdir! - Deb javob bergan ekan. Bu hikoyani aytishimdan maqsadim shuki, Abdulaziz aka ham osha yozuvchilar ham insonlar bu kitoblarni oqisin, manaviy boyliklarini oshirishsin. Odob ahloqni organishsin degan maqsad qoyishgan. Agar maqsadlari pul topish bolgan bolsa, bu huddiki Jahannamdan qorqgani uchungina Allohga ibodat qilgan insonga ohshab qoladi. Lekin Abdulaziz akaga chin yurakdan minatdorchilik bildirmoqchiman. Qancha- qancha ozbeklar bu sayt orqali ozliklarini tanishmoqda. Hoh ko'chirmachilik qilinayotgan bolsin, hoh boshqa narsa. Shu orinda Abu Muslim akani ham ozbeklarni ziyosi uchun qilayotgan hizmatlari katta. Alloh rozi bolsin sizlardan.
 Abu Muslim aka, Abdullaziz aka sizlarga bolgan hurmatim juda baland.
Birodarlar yonayotgan yog'ga suv sepmaylik. Aziziddin Nasafiy Zubdat Ul-Haqoyiq Asarlarida Taslim va Rizo yolidan yahwiroq yol yoqdir degan ekan.
Ilgarigi paytlarda o'sha miskin mualliflarimiz ziyo tarqatish uchun redaksiyaga qatnayverib charchashgan. Agar biz buni komputer formatga otkazsak huddiki osha insonni ziyosini kelajak avlodga yetkazishda yordam bergandak bolamiz. Qalbida zaracha Kibr bolgan inson jannatga kirmaydi degan ekanlar Rasululloh.
Bir hikoyani oqib qolgandim. Avliyolardan biri kochada ketayotgan paytlarida bir kuchuk yoldan chiqibdi. Shu payt haligi avliyo yuzini burishtirib kiyimi Kuchukga tegmashligi uchun ozini kuchukdan uzoqroq tortibdi. Shu payt kuchuk tilga kirib shunday debdi: - Ey Faloniy agar kiyiminga tegsam bir jom suv bilan uni yuvsang kiri ketadi. Lekin qalbingni butun dunyodagi daryolarni bir qilib yuvsang ham undagi kibrini ketkaza olmaysan.- degan ekan. Men haqman deb bir biringizni qalbingizga ozor bermanglar birodarlar.

Hurmat bilan ilmsiz,

Birodaringiz.

Qayd etilgan


Abdullah_Hayrullah  17 Iyun 2009, 14:23:15

                                 :as:
Azizlar sahih hadis bor, Alloh uchta balo yuborishi haqidagi xabar keladi. Yerdan, ko'kdan va ummatning ichidan (fitna). Payg'ambarimiz  :sw: yolvorib uzun yig'lab Allohdan balolarini qaytarib olishini so'raydi. Alloh ikkitasini qaytib oladi. Lekin birisi qoladi. Ehtiyot bo'ling, har zamon husnizanda bo'ling. Fitnalarga uchmang.
                            :as:

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  17 Iyun 2009, 18:48:51

Abu Said Xudriy va Abu Hurayradan rivoyat qilindi. Bularga Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Alloh taolo izzat, qudrat - mening pastki kiyimim va kattalik esa, yelkamga tashlab yuradigan ridoimdir. Mana shu ikki libosni kiyishga kim men bilan sherik bo'lmoqchi bo'lsa, men uni azobga solaman, dedilar".                   
           shu hadisdan o'zlarin hulosa chiqarib olilar man hech kimi qoralamoqchi emasman ikkovlari gaplariga qo'shilaman to'g'ri
          Haysam ibn Molik Toiy aytdilar: "Men Nu'mon ibn Bashirdan minbar ustida turib: "Shaytonning ov qiladigan to'r va tuzoqlari bor. Uning to'r va tuzoqiari - kishi Alloh taoloning bergan ne'matlari uchun shukr qilish o'rniga tug'yonga ketishi, yo'ldan ozishi va Allohning bergan mol-mulklarini o'zim topdim, deb faxrlanishi va Allohning bandalaridan o'zini yuqori hisoblashi va nafsning xohishiga berilib, Alloh taoloning yo'lidan boshqa yo'llarga kirib ketishidir", degan so'zlarini eshitdim".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  17 Iyun 2009, 19:11:49

Abdulaziz nima qilgan bo'lsa o'z birodarlari muslim va muslimalarga ibrat bo'lishi uchun  yozgan . Usha mavzuni  yozmasa kim yozadi. Misol usha mavzuni kitoblardan, jurnalardan  ko'chirmi  hamma  o'zi shunde narsalardi yoza oladimi  agar hamma shunaqa narsalardi yozsa unda olimlar ko'payib ketadiku.
             Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Bir chiroyli va husndor kishi Nabiy muhtaram (s.a.v.) huzurlariga keldi. U kishi: "Men husnjamolni yaxshi ko'raman va Alloh taolo xohishimga muvofiq menga bergan chiroyini o'zingiz ko'rib turibsiz. Bironta odam mana shu oyog'imdagi kovushimning ipicha ham husnda mendan ustun bo'lishini istamayman. Endi shu odat kibr hisoblanadimi?" - dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Yo'q, bu kibr emas, haq so'zni tan olmaydigan va odamlarni tahqirlab, o'zini ulardan ustun hisoblovchi bunday ki-shini mutakabbir deb aytiladi", dedilar".
Abdusalom sizga maslahatim birovdi tanqid qilishdan oldin shu fikrizi jamoat arasida aytmang sizdan iltimos. Siz mani aqlli ekansanmi dimoqchi bo'larsiz lekin olloh uchun.  bu yerda qancha minglab birodarlarimiz bu mavzudi o'qishsa to'g'ri kemidi. Ahir silardi iymonlarin bizdan kuchli kimi iymoni past kimiki baland bu faqat yakkayu yagona ollohga ayon sizdan uzr so'rayman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Iyun 2009, 20:19:15

:as:
 
AbdulAziz aka, uzr mavzudan chetlashganim uchun. Man tahrir uchun kitob olmoqchi edim  :)

Iloji bo`lsa "Vafo qilsang. Qul Ubaydiy (46 bet)" shu kitobni menga yuborsangiz, agar hech kim tanlab qo`ymagan bo`lsa, albatta.

PS: bu forumga ko`pchilik user(ka)lar ilm olish maqsadida kirishadi. Shunday ekan har bir forumni o`z holiga qo`yinglar.
 
Va assalomu alaykum warohmatullahu wabarokatuhu.


Va alaykum assalom!

Singlim, siz mavzudan chetlashmadingiz, aynan mavzubop post qildingiz.
Mavzudan esa biz chetlashdik...

Bu kitob tahrir qilib bo'lingan edi. Boshqa kitobni tanlashingiz mumkin.

Qayd etilgan


Musannif Adham  17 Iyun 2009, 23:49:58

Assalamu Alaykum.

Men barcha birodarlarimizni o'zaro yarashishga va ushbu mavzu yuzasidan bo'lgan gap-so'zlarni unutishga da'vat etaman.

Iloji bo'lsa, bir online uchrashuv tashkil qilib, o'zaro muammolarni hal qilinvolsa, yaxshi bo'lardi.

Qayd etilgan


Shokir63  18 Iyun 2009, 14:45:08

Assalamu Alaykum.

Men barcha birodarlarimizni o'zaro yarashishga va ushbu mavzu yuzasidan bo'lgan gap-so'zlarni unutishga da'vat etaman.

Iloji bo'lsa, bir online uchrashuv tashkil qilib, o'zaro muammolarni hal qilinvolsa, yaxshi bo'lardi.

Haq gap, hatto uchrashib muammoni yangilash ham kerak emas.

Unuting, haqqiga duo qiling.

Qayd etilgan