
Kitob tahrir qilish, juda foydali ish ekan.
Bu ish bahonasida bitta kitobni to'liq o'qib chiqar ekan kishi!
To'g'ri aytasiz. Men ham kitob tahrirlash mobaynida quyidagi foydalarni topdim:
1. Kitobni mutolaa qilasiz va uni yaxshiroq tushunasiz.
2. Hozirgi texnologiya asrida kompyuterda ishlashni bilish muhim. Kitob tahrirlash mobaynida bu ham ancha mustahkamlanadi.
3. Kitob tahrir qilish ancha diqqatni bir joyga yig'ishga yordam berar ekan.
4. O'zingizning mehnatingiz samarasini ko'rib juda quvonasiz.
5. Siz tahrir qilgan kitobni yana kimdir foydalansa va undan manfaat olsa bu sizga ham savob olib keladi, InshaAlloh!