Savob uchun tender...  ( 458741 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 69 B


AbdulAziz  19 Iyul 2009, 06:58:43

Yana quyidagi kitoblarni ham olishingiz mumkin:

Ihyou ulumiddin. Riyozatun nafs. Imom G'azzoliy (80 bet)
Jannat vasfi. Imom Qurtubiy (92 bet)
Tanlangan asarlar. Elbek (285 bet)
Ajdodlar o'giti. Hikmat va hikoyatlar (230 bet)
Tib qonunlari. 1-kitob. Abu Ali ibn Sino (298 bet)
Tib qonunlari. 3-kitob. Abu Ali ibn Sino (313 bet)
Sharqning 7 yog'dusi. G'azallar (120 bet)

Qayd etilgan


Munavvara  20 Iyul 2009, 12:21:29

 :as: Maylimi "Jannat vasfi" man olsam :)

Qayd etilgan


Hadija  20 Iyul 2009, 21:30:52

Yana quyidagi kitoblarni ham olishingiz mumkin:

Ihyou ulumiddin. Riyozatun nafs. Imom G'azzoliy (80 bet)


Ураа қидирган китобим кепти шуни ман таҳрир қилсам майлин-ми?

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Iyul 2009, 00:30:01

:as: Maylimi "Jannat vasfi" man olsam :)

Avvalgi kitobni tugatib, jo'natishingiz bilan inshaalloh bu kitobni ham yetkazaman.

Yana quyidagi kitoblarni ham olishingiz mumkin:

Ihyou ulumiddin. Riyozatun nafs. Imom G'azzoliy (80 bet)

Ураа қидирган китобим кепти шуни ман таҳрир қилсам майлин-ми?

Marhamat. Emailingizga jo'natdim.

Qayd etilgan


IXLOS  23 Iyul 2009, 16:09:14

Assalomu aleykum aziz musulmon birodarlar!
AbdulAziz aka men bu forumga yangi qo'shilganman
bu mavzuni o'qidim to'g'risi bu ishingiz juda xam yaxshi bo'libdi
shu bois men xam bu savobdan chetda qolmayin degan umidda edim,
lekin to'g'risi taxrir jarayonini tushunmayman avvallari xam xech duch
kelmaganman shuning uchun iltimos taxrir jarayoni xaqida to'liqroq
malumot berib o'tsangiz.
Agar kimgadur gaplarim yoqmagan bo'lsa biz oddiy odamlarni kechirasizlar
degan umiddaman.AbdulAziz aka javobingiz qanday bo'lishidan qatiy nazar
oldindan raxmat!

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyul 2009, 09:42:27

Va alaykum assalom!
Bu loyihaga ko'ra, sizga skaner qilinib, matn holiga keltirilgan kitob yuboriladi.
Albatta Fine Readerdan o'tkazilganda birqancha kamchiliklar bilan Wordga tushadi.
Sizning vazifangiz, matnni ana shu kamchiliklardan tozalab, normal holatga keltirishdir.
Duch kelinishi mumkin bo'lgan ba'zi kamchiliklar:
- bo'g'in ko'chirishdagi chiziqchalarning qator o'rtasida qolib ketishi;
- qator tugamay, ikkinchi qatorga o'tib ketilishi;
- snoska (iqtibos)larning tushmay qolishi;
- o', q, g', h harflarining tushmay qolishi;
- texnik va imloviy xatolar.

Qayd etilgan


IXLOS  25 Iyul 2009, 08:15:05

Assalomu aleykum aziz forumdoshlar!
Olloxim kuningizni xayrli qilsin.AbdulAziz aka javob uchun raxmat,
agar iloji bo'lsa bir kichikroq xajmdagi kitobni bersangiz inshoollox qo'limizdan kelganicha
xarakat qilardik,ammo shuni aytishim kerakki bu ishni birinchi marotaba bajaryapman! Raxmat

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Iyul 2009, 10:06:27

Assalomu aleykum aziz forumdoshlar!
Olloxim kuningizni xayrli qilsin.AbdulAziz aka javob uchun raxmat,
agar iloji bo'lsa bir kichikroq xajmdagi kitobni bersangiz inshoollox qo'limizdan kelganicha
xarakat qilardik,ammo shuni aytishim kerakki bu ishni birinchi marotaba bajaryapman! Raxmat

Va alaykum assalom!
Sizga Abdulla Avloniyning Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom risolasini yubordim. Wordda 27 bet. Yuqorida yozgan tavsiyalarimga muvofiqtahrir qilaverasiz. Tushunmagan joylaringiz bo'lsa, qizil bilan belgilab qo'ying, Keyin o'zim to'g'rilab qo'yaman. 

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Iyul 2009, 17:50:51

Assalomu alaykum!
Ayni paytda forumdoshlar tomonidan olinib, tahrir qilinayotgan kitoblar:

Aziza binti Bahromda:
Jannat o'zi qaydadir? (qissalar). Erkin A'zam

Ziyovuddinda:
Samariya (Samarqand tarixi). Abu Tohirxo'ja

Muhammad Sohibda:
Partiyaning oltinlari. Igor Bunich

Kumushda:
Tanlangan asarlar. Pushkin

Munavvarada:
Qatlnoma (hujjatli qissa). Nabijon Boqiy

Abdullohda:
Shajarai tarokima. Abulg'ozi Bahodirxon
Hikoyalar. Chexov (2-qismi)

Y_U_R_I_S_Tda:
Hikoyalar. Chexov (1-qismi)
 
Robiyada:
Hazrati Umar ibn Hattob. Ahmad Lutfiy

Muhseenada:
Dinlar tarixi. Abduvohid Zayriyev

AbdurRohmanda:
Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. Herman Vamberi

Shokir63da:
Yong'in (qissa). Valentin Rasputin
O'zbek modern she'riyati. Antalogiya

Fatimada:
Ishbilarmon qismati (qissa). Abduqahhor Ibrohimov

Zamiraxonda:
Quyosh fasli (hikoyalar)

Abdullah_Hayrullahga:
Fitrat. She'r va hikoyalar

IXLOSda:
Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom. Abdulla Avloniy

Hadijada:
Ihyou ulumiddin. Riyozatun nafs. Imom G'azzoliy

PS. Ushbu kitoblarni olgan birodarlar, agar tahrir qilishda muammo bo'lib, vaqtingiz bo'lmayotgan bo'lsa, bemalol, menga tahrir qilib bo'lgan joyingizgacha yuboring. Inshaalloh yakunlab, boshqalarga taqdim etamiz.

Qayd etilgan


Hadija  26 Iyul 2009, 19:18:52

Assalomu alaykum!
Ayni paytda forumdoshlar tomonidan olinib, tahrir qilinayotgan kitoblar:

Aziza binti Bahromda:
Jannat o'zi qaydadir? (qissalar). Erkin A'zam


Bu birodarimiz yaqindagina turmushga chiqdila, o'shanchun kitob biroz kechga qolsa k-k yoki umuman boshidan bu kitobni birovga tahrirga bersangiz ham bo'lar balki? (har holda yangi kelin, netda o'tirishga ulgurmasalar kerak)

Hadijada:
Ihyou ulumiddin. Riyozatun nafs. Imom G'azzoliy

Bu kitobni olganimga hali 1 haftayam bo'lmadi :) Iltimos, biroz kechga qoladi mayli-mi? (Shu kunlarda ishlar ko'p edi)

Qayd etilgan