Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152716 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 14:22:21

Olloh taolo Odamni butun ko‘rkliklar bilan bezatdi. Tishlaridan nur balqirdi, ko‘zlari nurga monand, Muhammad mustafoning nuri Odamning yuzida to‘lin oy yanglig‘ balqib turardi. Odam ul nurning ravshanligini ko‘rib, "bu nurni bir ko‘rsam", deb istak bildirdi. Ollohning farmoni bilan u nur Odamning o‘ng yanog‘iga, undan yelkasiga, undan qo‘liga indi. Nur qo‘lida ko‘tarila borib, shahodat barmog‘ining uchida to‘xtadi. Odam bu barmog‘ini yuqoriga ko‘tarib, uning ko‘rkini ko‘rib tong qoldi-da: "Laa ilaha illalohu Muhammadur rasululloh", dedi. Avval barmoqni ko‘tarib, shahoda kalimasini aytmoq Odam farzandlariga shundan sunnat bo‘lib qoldi.

Farishtalar Odamni osmonga olib chiqdilar. Jabroil alayhissalom bir ot keltirdi. U mushk-anbardan yaratilgandi. Odam unga mindi. Jabroil alayhissalom tizginini tutdi. Hazrat Mekoil o‘ngida, hazrat Isrofil so‘lida yurib, osmonlarni kezdilar. Farishtalar yo‘liqqanida Odam ularga: "Assalomu alayka yo maloikatallohu!"deb salom qilar edi. Bunga javoban farishtalar: "Alaykumus-salomu va rahmatullohi va barokatuhu!" der edilar. Olloh taolo xitob qildiik: "Bu sening saloming bo‘lur va yana sening o‘g‘lonlaringning qiyomatga qadar salomlari bo‘lur!".

Odamni jannatga kiritganlarida u yerdagi ne’matlarni, hurlarni, qasrlarni tomosha qilib yurib, o‘ziga o‘xshagan mahluqotga ko‘zi tushmagach, ko‘ngli to‘lmadi. Shunda Olloh taolo Odamni uyquga cho‘mdirdi. Uzoq davom etgan uyqu orasida Olloh taolo Odamning chap biqini qobirg‘asidan Havvoni yaratdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:22:39

Savol: Havvoni Odamning uyqusi ichida yaramoqligiga sabab nimadir?

Javob: Odam bedor bo‘lsa joni og‘rirdi, shu bois Havvoni dushman tutib qolishi mumkin edi. Agar o‘zidan yaratilganini bilmasa, uni sevmagay edi. Olloh taolo Havvoni egri suyakdan yaratdi, shu tufayli xalq orasida: "Ayollar egri suyakdan turar, uni to‘g‘itrlayman deb sindirib qo‘yish mumkin", degan matal yuradi. Odamda Havvoni o‘zidan yaratilganini ko‘rib, uning muhabbati ko‘ngliga jo bo‘ldi. Havvo g‘oyat ko‘rklik edi.

Habarda kelishicha, Olloh taolo husnni yuz ulush qildi, uning to‘qson to‘qqizini Havvoga berdi. Qolgan bir ulushini o‘n qismga bo‘lib, to‘qqizini Yusuf alayhissalomga va qolganlarini bashariyatga berdi. Odam Havvoni o‘ziga o‘xshaganligini ko‘rib, ko‘nglida rag‘bat uyg‘ondi va "Menga yaqinroq kelgil!" deya chorladi. Havvo aytdi: "Meni istasang o‘zing kelgil!" Odam o‘rnidan turdi, Havvoning qoshiga keldi. Agar u bir soat sabr qilganda edi, Havvoning o‘zi kelar edi. Shu tariqa erning xotinlar qoshiga bormoqligi sunnat bo‘lib qoldi. Ammo qachon jannatga kirsalar xotinlar erlari qoshiga keladilar.

Odam Havvoga tegingan edi, Jabroil alayhissalom to‘xtatdi: "Ey Odam, Havvo senikidir, lekin nikoh qilmaguncha ravo bo‘lmas". Olloh taolo o‘zining pok zoti ila Odam va Havvo nikohiga xutba qildi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:22:54

U xutba bu turur: "Hamd-mening maqtovim, mening ismim-Olloh, rahmon - mening hazinalarim kaliti, rahim - gunohkorlarimning gunohini kechish kalti, ulug‘lik - mening libosim, buyuklik - mening to‘nim, azizlik va sahiylik - mening go‘zalligim, go‘zallik va ulug‘lik - mening martabam, insonlarning hammasi - mening qullarim va cho‘rilarim, anbiyolar va payg‘ambarlar - mening elchilarim va tanlagan bandalarimdir. Muhammad - mening habibim va payg‘ambarim, uning ummatlari - ummatlarning yaxshisidir va mening sevgan do‘stlarimdir. Men, badahqiq narsalarni juft yaratdim, toki bu bilan mening birligimga isbot topsinlar. Shohid bo‘linglar, mening farishtalarim va mening arshimni ko‘tarib turguvchilar va mening osmonimdan sokinlar - Men, batahqiq, juftladim cho‘rim Havvoni qudratimning san’ati bo‘lgan va yaratishimning ajoyiboti bo‘lgan Odamga. Menga tasbeh aytish (Subhanalloh deyish) va tahlil aytish (La ilaha illaloh deyish) va odam bolalarining namoz o‘qishi mahr qilindi. Ey Odam, jannatimga kir va mevalarimdan tanovul qil. Mana bu daraxtga yaqinlashmanglar. Salom bo‘lsin har ikkalanglarga va mening rahmatim ham bo‘lsin. Odamlarning parvardigori bo‘lgan Ollohga shukur".

Habarda kelurki, Odamdan so‘radilar: "Nega Odam atalding?" Javob berdilar: "Shuning uchunki, men bir odim yer tuprog‘idan yaratildim". Havvoga savol qildilar: "Ne uchun Havvo atadilar?" Javob berdilarki: "Tirik jondan yaratildim".

Yana ba’zilar aytadilarki, Odam tuproqdan yaratildim, tuproq turgan sayin ko‘rkli bo‘lar. Havvo esa etdan yaratildi, et turgan sari sasir. Shu tufayli xotinlar qarisa, ko‘rkini yo‘qotur.
 Odam va Havvo nikohlanganlaridan keyin xitob keldi: "Ey Odam, jufting Bilan jannatga kirgil, ne’matlardan yenglar. Ammo manna bu daraxtga yaqinlashmanglar zolimlardan bo‘lgaysizlar". Bu daraxt - bug‘doy daraxti edi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:25:55

Ammo Havvon yer yuzida yaratildimi yo jannatda, bu xususida ulamolar orasida ixtilof bor.

Azozil jannatda erkli edi, jamiki farishtalarga ilm o‘rgatar edi. Bir kuni ko‘rdilarki, "Lavhul Mahfuz"da farishtalardan biri mal’un bo‘ladi, deb yozig‘lig‘ ekan. Farishtalar bundan behad qo‘rqdilar, Azozilga kelib: "Sen ustozmisan, biz g‘oyat qo‘rqayapmizki, bizni duo qilg‘il, Olloh taolo bizni la’natdan asrasin".

Azozil duo qildi, farishtalar "Omin" dedilar. Olloh taolo uning duosi Bilan farishtalarni asradi, o‘zi esa la’natga uchradi. Farmon keldi: "Odamni nurdan yasalgan taxt ustiga o‘tkazib, yelkalariga ko‘tarib, jannatni kezsinlar!" Bunga sabab shu Ediki, Odam hali yaratilmasdan ilgari farishtalar: "Odam farzandlari fasod ishlarni qilgaylar, qon to‘kkaylar", deb g‘iybat qilgandilar. "Biz bir qancha tasbehtaqdis lozim bo‘lsa aytarmiz", deb o‘zlarini yuqori oldilar. Ularning bu so‘zlari Ollohga xush kelmadi. Hukm qildiki: "Odamni g‘iybat qildingiz, savoblaringiz bekor bo‘ldi. Ul savoblar sizlardan olinib, Odam farzandariga berildi. O’sha g‘iybatning jazosi shudur. Bu kun hamma frishtalar boring, Odam taxtini bo‘yningizga ko‘tarib, hizmatini bajo keltiring!"

Undan keyin Olloh taolo Odamga "Ismlar ilmi"ni o‘rgatdi. So‘ng jamiki narsalarni farishtalarga ko‘rsatib: "Agar sizlar rostgo‘y bo‘lsangiz bu narsalarning otini menga aytib bering", dedi. Farishtalar ojiz bo‘lib: "Parvardigoro, Sen pokdursan, Sen o‘rgatgandan boshqa hech bir ilmimiz yo‘qdir, o‘zgasini bilmasmiz", dedilar. Odamga farmon bo‘ldi: "Ey Odam, bularga anavi narsalarning nomlarini aytib bergil!" Odam ularning nomlarini aytib berdi: "Bu daraxt, bu tosh, bu suv . . ." Hamma narsalarning nomini jamiki tillar Bilan bayon qildi. Shunda: "Ey farishtalar, sizlarga aytmadimi, Men bilganni sizlar bilmaysizlar", degan xitobi keldi, "Endi sizlarga ma’lum bo‘ldiki, Odam olimdir, sizlar obidsizlar. Mening nazdimda ming obiddan bir olim afzaldir. Qayda obid bo‘lsa, olimga hizmat qilmog‘i kerak. U mahdum bo‘lsin, sizlar hodim bo‘ling, u masjid bo‘lsin, sizlar sojid (sajda qiluvchi) bo‘ling, Odamga sajda qiling!" Jumla farishtalar sajda qildilar. Yolg‘iz Azozil sajda qilmadi, bo‘ysunmadi, ulug‘sindi, kofirlardan bo‘ldi. Qachon farishtalar sajda qilgach, ko‘rdilarki, Iblis sajda qilmasdan turardi. Shukr, dedilar va sevinganlaridan yana bir sajda keltirdilar. (Bu kun namozda ikki sajda qilmoqlik boisi shundadir).

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:26:09

Habarda kelishicha, Odam jannat ichida yarim kun qoldi. U jahonning bir kuni bu dunyoning hisobida besh yuz yil bo‘lur. Tuproqdan yaratilgandan keyin to jannatga borguncha ming ikki yuz qirq yil fursat o‘tgandi.

Azozil sajda qilmagandan so‘ng: "Ne uchun sajda qimassan?" degan xitob qildi. Iblis: "Men undan ortiqman. Meni o‘tdan yaratding, uni esa qaor tuproqdan yaratding", dedi. Bu da’voni qilgandan so‘ng Azozil otini ko‘tardilar, Iblis degan nom berdilar. Iblisning ma’nosi "noumid" deganidir. Iblisi la’in o‘tni tuproqdan ortiq, dedi. Bilmadiki, tuproq o‘tdan ortiq turishligini. Bunga dalil shuki, o‘t o‘g‘ridir, unga qanday narsani bersalar yo‘q qilur, qaytib bermas. Ammo tuproqqa bir hovuch bersangiz, o‘nni yuz qilib qaytarur. Iblis o‘tga quvondi, bu bois o‘tga qaytadigan bo‘ldi. Odam Ollohga quvondi, shuning uchun tangriga qaytadigan bo‘ldi. Kim nimadan quvonar bo‘lsa, o‘shanga qaytadigan bo‘ldi.

Iblis: "Iloho, yuz ming yil ibodat qildim, mnga uning evazini bergil!".

"Ne tilarsan?" degan xitob keldi.

Iblis qiyoma kuniga qadar yashashlik uchun uzoq umr tiladi: "Ey Parvardigorim, ular tiriladigan kunga qadar menga muhlat Ber!".

Mufassirlar ayturlar, u badbaxt Ollohga hiyla qilmoqchi bo‘ldi va qiyomat kuniga qadar umr tiladi. Maqsadi shu Ediki, o‘liklar tiriladigan kungacha hayot bo‘lsam menga boshqa o‘lim bo‘lmaydi, deb umid qilgandi. Olloh uning sirini bildi va: "Albatta, sen muhlat berilganlardandirsan, to ma’lum vaqtning kunigacha", deb javob berdi. Unga o‘zi tilagan kungacha emas, ma’lum kungacha umr berildi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:26:36

Yana bir mo‘‘tabar tafsirda keladiki, Iblis o‘yladi: "Bu kun tangri farishtalari kuchlidir, ular bilan bellashishga qudratim yetmas. Agar o‘liklar tiriladigan kungacha umr berilsa, ungacha Jabroil, Isrofil, Azroil va boshqa farishtalarning hammasi o‘lsalar, tangri yolg‘iz qoladi, shunda u Bilan jang qilgayman", deb.

Savol: "Iblis ma’lum bo‘lgandan so‘ng jannatga kirmoqlikka qanday yo‘l topdi?"

Javob: "Ollohning Odam farzandlari ustidan senga nusrat berdim", degan farmonidir. Yana bir tasdiq Rasul alayhissalomning: "Qon odamlarning tanida qanday yursa, shayton ham shunday yurar", deganlaridir.

Savol: "Odam va Havvoni bug‘doy daraxtidan qaytarmoqning ne hikmati bor edi?"

Javob: Olloh taolo Odamni yaratmasdan ilgari: "Men yer yuzida xalifa (o‘rinbosar) yaratmoqchiman", deganidir. Bug‘doydan yesalar, bu ularning jannatdan chiqmoqliklariga sabab bo‘lishi taqdir etilgandi. Yana bir javob shuki, Olloh taolo dunyoda odamzotning taomi bug‘doy bo‘lishini taqdir qilgandi, shu bois xitob qildi: "Jannatning hamma ne’matlaridan yegil, bug‘doy yemagil!" deb.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:28:30

Savol: "Jannatga kiritilmoqlikda ne hikmat bor edi? "

Javob: "Jannatga kiritgan kunda bashariyat Odamning pushtikamarida edi".

Savol: mo‘minlar o‘z o‘rinlarini ko‘rishlik uchun jannatga kirdilar, lekin Odamning pushtikamarida mo‘minlar Bilan birga kofirlar ham bor edi-ku? Ularning kirmog‘ida nima hikmat bor?

Javob: Mo‘minlar o‘z o‘rinlarini ko‘rsinlar, dunyoga kelganlarida jannatga qaytish umidida ibodatni ko‘p qilsinlar deb, kofirlar esa do‘zaxga borganlarida jannatda ko‘rgan ne’matlar uchun ko‘proq hasrat cheksinlar deb behishtga kiritilganlar. Jannatga kiritmoqlikning Yana bir hikmati shuki, Olloh taolo azalda (Oyat) "Albatta Olloh taolo mo‘minlardan jonlarni va mollarni ularga jannat berib sotib oldi", degan hukm qilgan edi. Shariatda ko‘rilmagan narsa Bilan savdolashmoq ravo bo‘lmgani uchun ham jannatni ko‘rsatgandir. Bu savdoda sotgan ham, olgan ham Olloh taolodir, uning dalili Muhammad Mustafo alayhissalomdir.

Ulamolar ixtilof qildilarki, Odamning zurriyotini qay joyidan pushtikamaridan chiqardi, deb. Ba’zilar jannatga kirguncha, ba’zilar jannatda, ba’zilar jannatdan chiqqandan keyin dedilar.
 Olloh taolo Odam farzandlarini uning pushtikamaridan chumoliga o‘xshagan kichik bir odamlar suratida chiqardi, ularning oqillari ham, mo‘minlari va kofirlari ham bor edi. Ollohdan xitob keldi: "Men sizlarning Parvardigoringiz emasmanmi?" Hammalri: "ori, Parvardigorimizsan", deb javob berdilar. Odam ularni ko‘rgach: "Iloho, bular kimlardir?" dedi. Xitob keldi: "Bular sening to qiyomatga qadar dunyoga keladigan farzandlaringdir". Odam ularning ko‘pligini ko‘rib: "Iloho, bular yer yuziga qanday qilib siqqaylar?" dedi. Xitob keldi: "Ey Odam, to‘rt ulush qilurman. Bular ulushi otalar pushtikamarida, bir ulushi onalar qornida, bir ulushi yer yuzida, bir ulushi yer qo‘ynida bo‘ladi". Odam ularga qarab, birovni ko‘r, birovni oqsoq ko‘rdi, birovni og‘riq, birovni esa nimjon ko‘rdi: Ilohi, bularni ne uchun birdek yaratmading? Xitob keldi: "Ey Odam, jannatni yaratdim, unga kirguvchilarni ham bino qildim. Do‘zaxni yaratdim, unga tushguvchilarni ham bino qildim. Agar ko‘rlarni yaratmasam edi, ko‘zlilar shukur qilmas edilar, bemaorni yaratdim, sog‘lar shukur qilsinlar deb". Ularning bir qanchasini jannatning o‘ng tomoniga, bir qanchasini esa do‘zaxning so‘l tomoniga turg‘azdi va xitob qildi: "Anna ular jannatda va Men parvo qilmayman, ana ular do‘zaxda va Men parvo qilmayman".

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:28:41

Va Yana bir rivoyatda keladiki, ularning hammasini dunyoga chiqardi va "Dunyoni ko‘rib keling", dedi. Keldilar, dunyoni ko‘rdilar, unda qoldilar, ozrog‘i qaytib keldilar. Xitob keldi: "Qolganlaring qani?" Dedilar: "Dunyoni ko‘rdilar, ko‘ngillari dunyoni tiladi, unda qoldilar". Farmon bo‘ldi: "Jannatga boring, uni nima ekanini ko‘ring!" Bordilar, ko‘rdilar, ko‘plari jannatda qoldilar. Xitob keldi: "Boshqalaring qani?" Dedilar: "Iloho, ular jannatni istadilar, unda qoldilar". Dedilarki, dunyoda qolganlari kofirlar edi, jannatda qolganlari mo‘minlar edi, jannatda qolmay qaytib kelganlari Ollohning xos qullari edi. Xitob keldi: "Dunyoga ko‘ngil bermadingiz, jannatda qolmadingiz, endi nimani istaysiz?" Dedilar: "Iloho, bizga Dune kerakmas, jannat kerakmas, Sen keraksan". Xitob keldi: "Kimki meni tilasa, xazinam ichidagi qaysi balo ulug‘roq bo‘lsa, o‘shani ularga berurman". Dedilar: "Ul baloni berganingda biz Bilan birga bo‘lurmisan?". Dedi: "Bo‘lurman". Dedilar: "Iloho, balo yetganda Sen biz Bilan birga bo‘lsang, har qancha balo bersang ham qabul qilgaymiz". (Hadis) Rasul alayhissalom dedilar: "Darhaqiqat, baloning eng qattig‘i payg‘ambarlarga kelur, undan so‘ng avliyolarga kelur va undan keyin tartib bilan. . ."

Habarda kelurki, Shayx Shubliy dunyodan o‘tgandan keyin uni tushda ko‘rib "Holing qanday?" Deya so‘rabdilar. Javob beribdiki: "Meni Dafn qilganlaringdan keyin Munkar-Nakr alayhissalomlar kelishdi Tangring Kim?" Deya so‘roqqa tutdilar. Ularga javob aytdim: "Mening Tangrim otamiz Odamni jannat ichida nurdan yasalgan taxt ustiga o‘tkazdirgan, osmon farishtalarini otamizga sajda qildirgan zotdir. Jabroil, Mekoil, Isrofil, Azroil alayhissalomlar ham ular Bilan birga edilar. Sizlar sajda qildingiz, men esa hamma qarindoshlarim Bilan tomosha qilib turgan edim". Shunda ular bir-birlariga qarab: "Bu hammaning nomidan so‘zlar, o‘zining so‘zini so‘zlamas, ketaylik", dedilar. Agar ular ikkalasining qanday qochganini ko‘rsang edi. Agar Yana biroz to‘xtaganlaringda edi, ularni tutib: "Sizning Tangringiz Kim? deb so‘ragan bo‘lardim. Qancha javob bersalar ham hujjat Bilan ularni tindirmas edim".

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:29:01

Yana maqsadga kelamiz. Iblis mal’un bo‘lgach, jannatdan quvildi va u yerga Kira olmaydigan bo‘ldi. Ko‘ngliga Odam va Havvoga nisbatan adovati to‘lib-toshdi. Ularni vasvasa Bilan jannatdan chiqarishlikka niyat qildi.

O’sha paytda ilon tuyaga o‘xshagan chiroylik suratlik edi, qizil, yashil va turli bezaklar Bilan ziynatlangan qanotlari bor edi. Havvo ilonning chiroyiga mahliyo bo‘lib, u Bilan so‘zlashib turardi. Iblis bundan habar topib, ilondan "Meni jannatga olib kirgil, Havvo Bilan so‘zlashmayish", deb iltimos qildi. Ilon qo‘rqib, ko‘nmadi. Iblis: "Og‘zingni ochgil, men kirayin", dedi. Ilon og‘zini ochdi, Iblis uning tili ostiga yashirindi, jannatga kirdi.

Ilon Oam va Havvo taxti qarshisiga kelib to‘xtadi, uning tili tagidan Iblis so‘zladi. Odam uning so‘zlariga e’tibor bermgandi, Havvoga yuzlandi. Xotinlar ko‘ngli yumshoq bo‘ladi deb o‘ylagandi-da. Havvoga qarab dedi: "Tangri sizlarni nima uchun bug‘doy daraxtidan qaytarganini bilarmisan? " Havvo dedi: "Bilmasman". Iblis dedi: "Shuning uchun qaytardiki, Kim daraxtdan meva yesa, u jannatda mangu qolur, o‘lim ko‘rmas". (Oyat) "Ey Odam, senga mevasini yesa abadiy qoladigan daraxtni v afoniy bo‘lmaydigan podishohlikni ko‘rsataymi?"

Havvoning bu so‘zlarga ko‘ngli moyil bo‘ldi, o‘rnidan turib o‘n qadam qo‘yib bordi-da bir butoq sindirdi. Uni Odamga keltirib: "Bu butog‘ totli ekan, men yegandim hech nima qilmadi, sen ham yegil", dedi. Odam o‘sha chog‘da ahdni unutdi, ul luqmani og‘ziga soldi, chaynadi, bo‘g‘ziga kelganda ahdi yodiga keldi. Yutmoqqa ham, tashqariga chiqarmoqqa ham ojiz bo‘ldi, o‘tib ketmasin Deya bo‘g‘zini qo‘li bilan mahkam tutdi. U luqma bo‘g‘zida yumaloqlanib turib qoldi. Shu sababdan erkaklar bo‘g‘zida yumaloq bor, ayollarda esa yo‘q. Bux orlik sodir bo‘lgach, boshlaridan toji ketdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:29:55

Hikmat. Yahyo ibn Maoz al-Roziy aytadi: "Hajga yo‘l oldim. Kimsasiz saxro ichida tun qorog‘usida borayotib bir ovoz eshitdim. Ovozni qidirdim, shunda tikanlar orasida cholni ko‘rdim, yomon yig‘lab turardi. "Nima bo‘ldi, nimaga yig‘layapsan?" deya so‘radim. Dediki: Nimaga ham yig‘lamayinki, farishtalarga muallim edim, jannatda erkin edim, yeru osmonda ko‘plab ibodatlar qildim, ohiri la’natga duchor bo‘ldim". Bildimki Iblis edi. Unga dedim: "Nechuk aqalli bittagina sajda qilmading?" Dedi: "Menga sajda qil, dedi qilmadim, Odamga bug‘doy yema, dedi, yedi. Azob ikkimizga barobar bo‘lishi kerak edi. Odamni kechirdi, uzrini qabul qildi, meni kechirmadi, sharmanda qildi". (Oyat) "U takabbur qildi va kofirlardan bo‘ldi". Undan so‘radim: "Odamni kechirib, seni kechirmaslikda nima hikmat bor?" Javob berdi: "Avvalda Odam xususida inoyat bor edi, uni uzr etdi. Mening haqimda inoyat yo‘q edi, meni uzrimni qaytardi". (Oyat) "Azalda bo‘lgan inoyat kifoya qilur", deb bejiz aytilmagandir.

Hikmat. Havvo bug‘doy mevasini yeganda, udaraxt yig‘ladi, undan qonga o‘xshash narsa oqdi. Bu illat Havvoda zohir bo‘ldi va hayz to qiyomatga qadar ayollarga meros qoldi.

Savol: Hayzning muddati o‘n kun bo‘ldi, bining hikmati nimada?

Javob: Bug‘doy olgani borib kelgunda o‘n qadam qo‘ydi, shuning uchun o‘n kun bo‘ldi.

Savol: Ko‘pi o‘n kun, ozi uch kun bo‘lganligining hikmati nimada?
Javob: Gunoh uch narsa Bilan hosil bo‘ldi: oyoq bilan bordi, qo‘l bilan tutdi, og‘iz bilan yedi. Shuning uchun ozi uch kun bo‘ldi.

Qayd etilgan