Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152875 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 15:17:41

KA’BA BINOSI QISSASI

Ka’baning o‘rnida Odam safiulloh Bayt ul-Ma’murni bino qildi. U Nuh payg‘ambar alayhissalom davrigacha turgan. To‘fon vaqti kelganda azob suvi tegmasin Deya Olloh farmoni bilan jabroil alayhissalom bu binoni to‘tarardi va yettinchi qavat osmonga o‘rnashtirdi.

Ibrohim alayhissalomga "Bayt ul-Ma’mur o‘rnida Ka’ba bino qilg‘il!" degan farmon bo‘ldi.
- Iloho, u yerning qaerdaligini bilmasman, - dedi Ibrohim alayhissalom.

Ayturlarki, Tangri taolo shunda Ka’baning o‘rnicha bir bulutni yubordi, u bulut yerga soya tashladi, shu soyaning o‘rniga Ka’ba qurildi. Nuh payg‘ambar kemasining taxtasi Bilan tomini yopdi. Yana aytadilarki, bir ilon u yerga kelib, o‘ralib yotdi va uning andozasi bilan Ka’bani barpo qildi. Tag‘in ayturlarki, "Ey Ibrohim, besh tog‘dan: Tur sino, Tur Zino, Xiro, Lubnon, Jadiyjan tosh keltirib, Ka’bani bino qilg‘il!" degan ovoz keladi.

Savol tug‘iladi: "Makkaning o‘zida toshlar serob edi-ku? Besh tog‘dan tosh keltirmoqlikda qanday hikmat bordir?"

Javob shuki: Olloh farmon berdiki, "Kim bu uyga yuz burib besh vaqt namoz o‘qisa, yoki unga tavof qilsa, shu ulug‘ besh tog‘larning og‘irligicha gunohlari bo‘lsa ham kechirgayman".

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:18:16

Bino qurilishida jabroil alayhissalom tosh kesdi, farishtalar yordam berib, tosh yo‘nishdi, Ismoil toshlarni tashidi. Jabroil alayhissalom toshni kesgach, farmon Bilan ismoil alayhissalomni tosh ustiga qo‘yardi. Tosh esa yo‘rg‘a otdek Ibrohim alayhissalom oldiga yelardi. Qaysi bir tosh yirik yoki yaroqsiz bo‘lsa, Ibrohim alayhissalomning qo‘liga tushgach, marmardek bejirim bo‘lib qolardi. To‘rt burchakka to‘rt kalima aytib tosh qo‘ydi: avvalida "Subhanollohi" dedi, ikkinchisida "Valhamda lillahi" dedi, uchinchisida "Va laa ilaaha illalohu" dedi, to‘rtinchisida "Ollohu akbar" dedi.

Payg‘ambar alayhissalom dedilarki: "Ikki kalima bor, tilga yengilu, ammo Olloh qoshida tarozida og‘ir. Ular shuki, "Subhanollohi va bihamdihi" va "Subhanollohil aziym". Mol-dunyoning ortishi oxirat ulushining kamayishidir, mol-dunyoning kamayishi esa oxirat ulushining ortishidir".

Savol: Tilga yengillik nima-yu, taroziga og‘irlik qanday bo‘lar?

Javob: Dunyoning holi oxirat ahvoliga tenglashga olmas. Bu Dune og‘irligi oxiratning yengilligi va bu dunyoning yengilligi oxiratning og‘irligi deyishdan murod shuki, bu dunyoda tasbehu tahlil bilan ko‘z ochib yumguncha Arshga yetmoqlik - tilning yengilligidir. Dunyoning og‘irligi qadamga berilgandir. Negaki, kun bo‘yi yo‘l yursan ham ikki yig‘ochdan ortiq masofani bosib o‘tolmaslik - qadam, bu Dune og‘irligidir. Ammo til yordami Bilan ishlar to‘g‘ri bo‘lar, shu bois qadam og‘irligini tilga, til yengilligini qadamga berarlar. Oqibatda ko‘z ochib yumguncha fursat ichida uch ming yillik yo‘l bo‘lgan Sirot ko‘prigidan o‘tdilar. Qadam og‘irligi tilga berilganini shundan bilish mumkin: mo‘min kishining toat-ibodatini tarozining bir pallasiga, gunohlarini ikkinchi pallasiga qo‘ylar, gunohlari og‘ir kelar. Shunda yetti qavat osmon va yetti qavat yerni ham bir pallaga qo‘yilsa, gunohlar Yana og‘ir kelar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:18:29

Ka’ba binosi qurilishi nihoyasiga yetgach, Ibrohim alayhissalom dedi:

- "Iloho, Sen bizdan bu ishni qabul qil, albatta, Sen eshitguvchidirsan, bilguvchisan. Iloho, Sen ularga o‘zlaridan payg‘ambar yuborki, ularga Sening oyatlaringni o‘qib bersin va ularga Qur’oni karimni, hikmatni o‘rgatsin va ularni poklasin. Haqiqatdan faqat Sen g‘olib va hikmatlisan".

Habarda kelurki, Muhammad alayhissalom dedilarki: "Men otam Ibrohimning duosiman, Isoning bashoratiman va onam Ominaning tushiman".

Shundan keyin Jabroil alayhissalom Ushbu farmonni olib keldi:
- Ey Ibrohim, odamlarga haj haqida habar Ber!
- Iloho, qanday habar berayin, haloyiq ko‘p, men esa zaifman, - dedi Ibrohim alayhissalom.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:19:03

"KA’BA QISSASI"
 
- habar qilmoqlik sendan, yetkazmoqlik mendan, - degan farmon keldi. Shanda Ibrohim alayhissalom Qubays tog‘iga chiqib nido qildi:

 - Ey odamlar, darhaqiqat, Olloh taolo sizlar uchun bir bino qurib qo‘yda va uni ziyorat qilib turishni buyurdi, bas, ziyoratga kelinglar!

Odamlar otalari pushtikamarlaridan, onalari rahmidan turib javob aytdilar:
 - Labbay, ey hudo, labbay! Labbay, ey sherigi yo‘-, labbay! Albatta, haqiqiy maqtovlar va ne’matu hukmlar faqat Senga xosdir. Senga hech bir sherik yo‘qdir!

O‘sha kuni javob aytgan bo‘lsa, qachon bo‘lsa-da haj qilgay. Kimki javob aytmagan bo‘lsa, har qancha boy badavlat va quvvatli bo‘lsada haj qilolmagay.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:19:28

ISHOQ ALAYHISSALOMNING TUG‘ILISH QISSASI
 
Sora hazratlari yuz o‘ttiz yoshga kirganlarida Jabroil alayhissalom bashorat olib keldi:
 - (Oyat) "Va Biz unga bashorat berdik Ishoq bilan va Ishoqdan keyin Ya’qub bilan".

Negaki, bu paytda yuz o‘ttiz yil yashagan Sora farzand ko‘rishdan ko‘ngil uzgandi. Lut qavmini halok qilish uchun kelgan Jabroil alayhissalom yuqoridagi hushhabarni olib kelgandi. Bu habardan keyin yetti kun o‘tgach, Sora ishoqqa yukli bo‘ldi. To‘qqiz oydan keyin Ishoq tug‘ildi. U tug‘ilgan kechada osmondan ming yulduz tushib, Ibrohim alayhissalomning uyi atrofiga yig‘ildi.
 - Iloho, bu qanday alomatdir? - munojot qildi Ibrohim alayhissalom.
 - Ey Ibrohim, bu Ishoq ismli o‘g‘lingdan ming payg‘ambar chiqadi, degan alomatdir! - degan nido keldi.
 - Ishoqqa bu karomatni berding, Ismoilga nima berursan? - dedi ota Ollohga shukrona qilarkan.
- Ey Ibrohim, Ismoilni menga topshirgil! Undan Muhammad ismlik bir payg‘ambar chiqargayman. Agar shu payg‘ambarim bo‘lmaganida edi bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambarlari sen ham bo‘lmagay eding. hammalarini uning muhabbati uchun yaratdim! - degan farmon keldi.

 Bu habardan Ibrohim alayhissalomning sevinchlari to‘lib-toshdi, hojarga habar yubordi, Sorani shod etdi, yaratganga shukronalar qildilar. Ibrohim alayhissalom ming qo‘y, yuz sigir va yuz tuyani qurbonlik qildi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:19:56

Ishoq ulg‘aygach, Ilyos o‘g‘li Batvilning Ruq’a ismli qiziga o‘ylandi. Undan ikki o‘g‘il ko‘rdi. Kattasi Iyaz, kichigi Ya’qub edi. Iyazning tovonini ushlab tug‘ilgani uchun otini Ya’qub qo‘ydilar. Ishoq payg‘ambarning ko‘zlari ojiz edi. Iyaz ulg‘ayib, ovchilik bilan shug‘ullana boshladi. Otasi Iyazni ortiqroq sevardi. Kunlardan birida otasi Iyazga:

- Kiyik go‘shti qovurdog‘ini ko‘ngil tusadi. Keltirsang, senga payg‘ambarlik duosini qilarman, - dedi.

Iyaz ovga ketdi. Ya’qubni onasi ko‘proq sevar edi. U bu so‘zni eshitib, bir qo‘yni bo‘g‘izlari va terisini Ya’qubga kiydirdi. Negaki, sertuk bo‘lganidan otasi oldiga borganda Ya’qubni tanib qolmasin, degandi.
- Otang oldiga borgilki, seni tanimasin. Otangdan payg‘ambarlik duosini tilagin, - deb tayinladi onasi.
- Ey ota, kiyik go‘shti keltirdim, - dedi Ya’qub. Otasi go‘shtni yeb bo‘lgach, duo tilab kelganini bildirdi.

Ishoq alayhissalom Ya’qubning qo‘lini tutib:
- Badaning Iyaznikiga o‘hshaydiyu, ovozing Ya’qubnikiga o‘hshar, - dedi va duo qildi. - Avlodingdan payg‘ambarlar chiqsin, yaxshi solih bandalar ko‘paysin.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:20:07

Bu duo ijobat bo‘ldi. Sal o‘tmay Iyaz keldi va kiyik go‘shti keltirganini aytdi. Duo tiladi.
- Boya kelding, duo qildim-ku? - dedi Ishoq alayhissalom.
- Yo‘-, men kelganim yo‘q, - dedi Iyaz.
- Ey Iyaz, bu makrni Ya’qub qilibdi, - dedi ota. Keyin Iyazga ezgu duo qildi. Unga payg‘ambarlik duosi bo‘lmadi. Shu bo‘ldi-yu Iyaz bilan Ya’qub o‘rtasida adovat tug‘ildi. Ota yana ziddiyatdan cho‘chib, Iyazni Rum yurtiga jo‘natib yubordi. Shu bois Rum xalqi Iyazning avlodlaridandir. Ya’qub alayhissalom avlodidan payg‘ambardg‘lik duosi barokati tufayli ko‘plab payg‘ambarlar dunyoga keldilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:20:35

IBROHIM PAYG’AMBAR QO‘LIDA TIRILGAN QUSHLAR QISSASI
 
 Kunlarning birida Ibrohim alayhissalom yo‘lda ketayotib eti va suyaklari irigan tuya o‘ligini uchratib qoldi. Shunda Namrudning: "Men hayot beraman va o‘ldiraman", degan so‘zlari yodiga keldi. hayolar "Ul mal’un mundoq narsalarni qanday ham uddalay olsin!" degan o‘yga bordi.

 - hudoyo, o‘liklarni qanday tiriltirishingni ko‘rsatgil! - deya xitob qildi.
 - Shubhalanurmisan? - xitob keldi.
 - Iloho, aslo shubham yo‘qdir, ammo ko‘nglim taskin topsin derman. Ayturlarki, Olloh taolo Ibrohim alayhissalomga do‘stlik va’da qilgan edi.
 - Iloho, o‘shal va’da qachon vafo bo‘lgay, - so‘radi Ibrohim alayhissalom.
 - Qachon sening qo‘lingda o‘liklar tirilganda do‘stlik tashrifi boshlanur, - degan xitob keldi. Va’da kechikkani bois payg‘ambarning sabri qolmadi.
 - Iloho, o‘likni qachon tiriltirish payti kelur, - so‘radi payg‘ambar.
 - To‘rt qushni tutib, bo‘g‘izlagil, patlarini yulib, go‘shtlarini maydalagil, patlarini shamolga sovurgil, et-ustixonlarining hammasini bir-biriga ralashtirib, to‘rt qismga bo‘lgil-da, to‘rt tog‘ning ustiga qo‘ygil! - degan xitob keldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:21:04

To‘rt qushning biri tovus, biri qarg‘a, biri o‘rdak, biri tovuq edi. Mufassir saddiyning aytishicha, rost yo‘ldagi qushlar emas, jinoyat qilgan qushlar o‘ldirilsin, degan farmon bo‘lgandi.

Savol: Tovusning jinoyati nima edi?

Javob: Tovus jannat ichida Odam va havvoga jinoyat qilgandi, Iblis va Ilonga yordam bergandi.

Savol: Qarg‘a nima jinoyat qilgandi?

Javob: Qarg‘a Nuh alayhissalom to‘fonidan keyin habar olishga jo‘natganda ko‘plab o‘liklarniko‘rib, ularni yeyishga tutindi, kechikdi. Qiyomatga qadar o‘laksaho‘r bo‘ldi.

Savol: Tovuqning jinoyati nimada bo‘ldi?

Javob: Tovuq sheriklari bilan Ilyos payg‘ambarning kiymini oldi, bir-biriga adovatli bo‘ldi.

Savol: o‘rdak qanday jinoyatga yo‘l qo‘ydi?

Javob: Yunus payg‘ambar baliq qornidan chiqqanda badani zaif edi. Unga pashsha qo‘nib, ozorlamasin deb qovoq daraxti ekildi, o‘rdak unga suv tashuvchi bo‘ldi. U suv olib kelguncha darxt ildizi qurib qoldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:22:43

Shu sababdan bu to‘rt qushni o‘ldiring, gunohsizlar esa o‘lmasin, degan farmon bo‘ldi. Bu to‘rt qushning o‘lmaganida nima hikmat bor? Tovus hamma qushlardan chiroyli bo‘lib, odamga o‘xshardli (Oyat) "haqiqatdi biz insonni nihoyatda go‘zal bir shaklda yaratdik". Tovuq farishtalarga o‘xshar, zikr va tasbeh bilan band edi. Boshqa qushlarga qaraganda zokirroq edi. Qarg‘a shaytonga o‘hshar, o‘rdak esa parilarga o‘xshar edi.

Foyda: "Ey, halil, tovusni o‘ldirganigda odamzodning o‘limini fikr qilgil. Tovuqni o‘ldirganingda farishtalarningo‘limini fikrqilgil. o‘rdakni o‘ldirganingda parilarning o‘lganini fikr qilgil. Qarg‘ani o‘ldirganingda shaytonning o‘lganini fikr qilgil. Bo‘ to‘rtovining tirilganida to‘rt mahluqotni o‘ldirib yana tiriltirishimni fikr qilgil. Bilgilki, tiriltirmoqqa qudratim yetar", degan o‘git bor edi bu hikmatda.

HIKOYAT. Tovusning bu dunyoga monand bezak-chiroyi bor, tovuqning shaxvati bor, o‘rdakning suqligi bor, qarg‘aning fikri bordir. Buning ishorati shundaki, mujohada qilichi va shariat hukmi bilan tabiat tanasidan bu to‘rt sifat bo‘g‘izlanscha, mangu barhayotlik bo‘lar.

Yana maqsadga qaytsak, bu to‘rt qushlarni bo‘g‘izlashsa, boshlarini qo‘lga olishga, qolganlarini bir idishga solib maydalashga, so‘ngra aralashtirib, to‘rt qismga bo‘lishga va to‘rt tog‘ning ustiga qo‘yib, chaqirmoqlikka farmon bo‘lgandi.

Qayd etilgan