Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152745 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 15:42:45

- Unda singillaringizni menga beringlar, otangizni va yana sizlarni ham mol bilan siylagayman, hammadan ko‘ra boy qilaman, - dedi podishoh.
 - Sizlar nima deysizlar? - deya Yahudo birodarlariga boqdi.
 Bu gapdan Sham’un bilan Rubil achchig‘landilar. Ya’qub alayhissalom farzandlari achchig‘lansalar, o‘sha viloyatni harob qilmaguncha jahldan tushmasdilar, qachonki Ibrohim alayhissalom urug‘idan kimdirularning orqasini silamaguncha achchig‘lari pasaymasdi. Yahudo ko‘rdiki, ikki birodari achchig‘landi. Shunda u "Qutrum shahristonni vayronqilsalar mashaqqatimiz yengil bo‘lmaydi", deb o‘yladi-da Rubilning orqasiga qo‘lini qo‘ydi, jahldan tushdilar.
 - Ey podishoh, o‘g‘ling sen bilan maslahatlashmay turib, qizingni birovga bera oladimi? - so‘radi bosiqlik bilanYahudo.
 - Yo‘q.
 - Bizning ham otamiz hayot. Boraylik, so‘zlaringni yetkazaylik, otamiz nima desa shu bo‘ladi, - dedi yahudo.
 Podishoh bu so‘zdan sevindi. o‘nta tuyada bug‘doy, o‘nta tuyada unortib, yana ming kumush tanga, o‘n botmon ifor, o‘n botmon anbar, o‘n botmon kofur in’om etdi.
 Bu narsalarni otangizga yetkazing va ushbu so‘zlarimni ham ayting: "Men seni otalikka qabul qildim, sen ham meni o‘g‘illikka qabul qilg‘il. So‘zimni eshitiboq to‘g‘ri oldimga kelgil, qizingni menga bergil!" - dedi podishoh.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:42:53

- Podishoh bizga shuncha molni in’om qildi va yana sen uchun ham bir qanchasini tuhfa qildi, - deyishdi o‘g‘illari otasi huzuriga qaytib kelib.
 - Mendan ilgariga hech bir payg‘ambar qizini kofirga bergani yo‘q edi, - deya yig‘ladi Ya’qub alayhissalom bu so‘zlarni eshitib.
 - o‘zing bilguvchisan, - deyishdi o‘g‘illari.
 Bu so‘z bo‘lib o‘tgandan bir oy keyin Imloqdan shu mazmunda maktub keldi: "Bu noma buyuklar buyugidan, podishohlar podishohidan, kiborlarkiboridan, ulug‘ mamlakatlik, ulug‘ qo‘shinlik Imloqdan ul tuban, faqir va haqir Ya’qubga tegsin. Ushbu noma tegishi bilan qizini menga tayyorlab qo‘ysin. Agarbunga ko‘nmasa, men borib, yurtingni buzarman. Seni o‘g‘illaring bilan qo‘shib o‘ldiorarman, qizingni tortib olaman. Payg‘ambarliging senga foyda bermas, chunki yer tangrisi menman (og‘zingga tuproq). Osmon tangrisining men bilan nima ishi bor".
 Maktub Ya’qub alayhissalomga kelib tekkach, o‘g‘illarini to‘plab, o‘qib berdi. O’g‘illari o‘yga toldilar va:
 - Ey ota, o‘zingga ham, bizga ham zulm qilmagil, Kan’onni vayroq qilmag‘il, qizingni podishohga beraqolgil, - deyishdi.
 Bu gapdan Ya’qub alayhissalom hafa bo‘ldi va Yahudoga dedi:
 - Noma javobini yozgil. "Bismillahir rahmanir rahiym. Men Ya’qub Isroilulloh ibn Ishoq Safiyulloh ibn Ibrohim Halilullohdan dunyo va oxirat badbaxti Imloqi la’inga. Bilgilki, hech bir payg‘ambar qizini kofirga bergani yo‘q, men ham bermasman. Agar "Laa iaaha illallohu Ya’qubi rasulullohi" (Yagona Ollohdan o‘zga ma’bud yo‘q va Ya’qub Ollohning elchisidir) desan u yog‘i Ollohga havola qilinguvsidir".

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:43:06

Maktub yozilib, muhrlanib Imloqqa jo‘natildi. Maktubn6i olgan Imloqning yuzi g‘azabdan sarg‘ayib ketdi. O’q ikki ming beklariga qaradi.
 - Ey podshoh, kuching, qo‘shining bor, g‘am chekma. Farmon bo‘lsa, biz borib, qizni olib kelamiz, - deyishda beklari.
 Shundan so‘ng qo‘shin to‘plash boshlandi. Podshoh o‘n ikki ming beklari hamrohligida otlandi.
 - Nima qilamiz? - deyishdi o‘g‘lonlar.
 Ya’qub alayhissalom yig‘lab, Olloh taologa yolvordi. Shunda Jabroil alayhissalom farmon keltirdi:
 - Ey Ya’qub, Olloh taolo senga salom aytdi va dediki: "O’g‘lonlaringga ayt, qo‘rqmasinlar, men sizlarga madadkorman. Ey Ya’qub, qizing mening huzurimda azizdir, uni dushmanga bermagayman, kofirni payg‘ambarim ustidan hukumronlik qilishiga yo‘l qo‘ymayman. O’g‘illaringga ayt, ertaga kofirlar bilan yuzma-yuz chiqsinlar, jang qilsinlar. Men qudratimni ko‘rsaturman".
 Bu mujdadan Ya’qub alayhissalom behad shod bo‘ldi, o‘g‘illarini jangga chiqmoqqa amr qildi.
 - Ey ota, biz o‘novimiz ming-ming kofirlarga qarshi qanday jang qilamiz, - deyishdi o‘g‘illari.
 - Men sizlarga bir qurol bermanki, kim u bilan jang qilsa, tangri dushmanlari ustidan zafar qozongay, - dedi otalari.
 - Otajon, amringga itoat etamiz, - deyishdi o‘g‘illari.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:43:24

Ya’qub alayhissalom sandig‘ini ochdi. Undan Odami safiy choponini olib, Sham’unga berdi. Shis alayhissalom choponini olib, Rubilga berdi. Ibrohim alayhissalom qo‘chqorning shoxini olib, Yag‘sarga berdi. Muso alayhissalom hassasini olib, Yahudoga berdi. Yahudoni to‘qqiz o‘g‘illariga bosh qildi, ular kunday porlab, oyday nurlanib, maydonga chiqdilar.
 - Ya’qub o‘g‘lonlari nima uchun chiqdilar, bilinglar, - dedi ularni ko‘rgan Imloq beklariga buyurib. - Agar tinchlik bilan chiqqan bo‘lsa, tegmang, jangga chiqqan bo‘lsa, o‘nalasining ham boshini kesib, menga olib keling.
 - Nima maqsad bilan keldingiz, - deyishdi o‘n ming yigitlari bilan yetib kelgan beklar.
 - Jang qilgani keldik, - deyishdi. Bundan vazirning jahli chiqdi.
 - Yuzma-yuz turing! - buyurdi Yahudo. So‘ngra o‘zi safning oldiga o‘tdi-da, tayog‘ini osmonga irg‘itib, Yana tutib oldi (bu odat Yahudodan qolgan bizlarga). Keyin nido qildi, to‘qqiz ukasi ham unga qo‘shildi. Osmondan turib farishtalar ham nidoga qo‘shilishdi. Bu hayqiriqlar haybatidan o‘n ming dushman askarning yuraklari yorilib o‘ldi.
 - Nima bo‘ldi, qo‘shining ovozi eshitilmay qoldi, - so‘radi podshoh.
 - Ey podshoh, o‘n o‘g‘lon nido qilganda uning dahshatidan o‘n ikki ming askarimiz halok bo‘ldi, - deyishdi.
 Podshoh beklariga yuzlandi. Endi yigirma to‘rt ming Askar bilan jangga kirdilar.
 - Ey Ma’mun, sening galing keldi, - dedi Yahudo.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:43:37

Sham’un oldinga chiqdi va "Laa ilaaha illallohi Ya’qubi rasulullohi", dedi. Qo‘shnilar Sham’unga tashlangandi, u nido qildi. Shunda osmondan o‘t tushib yigirma to‘rt ming askarni kuydirib yubordi. Buning habarini eshitgan podshoh filiga minib, Yana o‘n ikki ming beklari bilan jangga otlanib keldi.
 - Kelinglar, bir yo‘la takbir aytaylik, - dedi Yahudo birodarlariga.
 Olloh taoloning farmoni Bilan to‘rt saf farishtalar tushdilarki, har bir safda qirq mingta farishta jamlangandi. Ya’qub o‘g‘lonlari yerda, farishtalar osmonda birgalikda jangga kirdilar. Kofirlar bularni ko‘rib, qo‘rqib qochib ketdilar. Imloqning bir o‘zi qoldi. Bir fursatdan so‘ng yetib kelgan payg‘ambarzodalar Imloqni Saroy ichida topdilar.
 - Ey mal’un, tangri qudratini ko‘rding, endi "Laa ilaaha illallohi Ya’qubi rasulullohi", deb takbir aytgin, - deyishdi ular. Imloq unamadi. Shundan Sham’un sog‘olidan tortib, taxtdan tushurdi va otasi oldiga keltirdi.
 - Tahlil aytgil, - dedi Ya’qub alayhissalom Imloqni ko‘rgach.
 - Ey Ya’qub, men bu kun sening qo‘lingda asirman, hohlaganingni qilgil. Men uchun sendan va sening tangringdan dushmanroq hech Kim yo‘q, - dedi imloq.
 - Ey Imloq, agar imon keltirganingda edi, Olloh taolo senga yana ziyodi bilan mulk berardi va ertasi kuni jannatdan ham o‘rin bergan bo‘lardi, - dedi Ya’qub alayhissalom.
 - Menga fursat bergil, uyimga borayin. Sening tangring menga davlat beradimi-yo‘qmi, ko‘rayin, bersa imon keltirayin, - dedi Imloq.
 - Ey Ya’qub, tangri taolo farmon qildi, fursat bergil, - dedi Jabroil alayhissalom payg‘om keltirib.
 - Qancha fursat kerak senga, - so‘radi Ya’qub alayhissalom.
 - O’n yil.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:43:47

Imloqni qo‘yib yubordilar. U qaytib kelib, taxtiga o‘tirdi. Olloh taolo o‘n yil ichida unga bir-qancha mulk, davlat berdi, yigirma to‘rt ming sarkardalari bo‘ldi. Fursat tamom bo‘lgach, Jabroil alayhissalom farmon olib keldi:
 - Ya’hudoni Imloqning oldiga yuborgil, imon keltirsin!
 - Ey mal’un, senga berilgan fursat tamom bo‘ldi. Olloh qudratini ko‘rding, mulk-davlatli ham bo‘lding. Endi imon keltirgil, - dedi Ya’hudo podshoh huzuriga borgach.
 - Ey Ya’hudo, sen elchisan. Agar elchilarni podshohlarga or bo‘lmaganida edi, boshingni kesib, etlaringi fillar oyog‘i ostiga tashlar edim. Otangga borib aytgilki, o‘tgan gaplarni unutsin, yaxshilikcha qizini menga yuborsin. Agar ko‘nmasa, hozir bo‘lib tursin, qo‘shin tortib borurman. O’g‘illaringni o‘ldiraman, xalqingni ot tuyoqlari ostida halok qilaman, qizingni tortib olaman. Ko‘rayin qaysi tangri sengma madad qilarkin, - dedi Imloqi la’in.
 Yahudodan bu gaplarni eshitgan Ya’qub alayhissalom Olloh taologa munojat qildi. Shunda Jabroil alayhissalom farmon olib keldi:
 - Ey Ya’qub, Olloh taolo senga salom yo‘llab, dediki: "men halimman, shoshilmasman. Yahudoga aytgil, Yana borsin. Imloqqa Mening birligimni va sen mening payg‘ambarim ekanligingni yetkazsin".

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:43:55

- Ey mal’un, bilgilki, Olloh yakkayu-yagonadir, otam Ya’qub uning payg‘ambaridir, - dedi Yahudo Imloq huzuriga kelib.
 Imloq bundan behad achchiqlandi, qo‘shin to‘pladi. Qishinning adadi yigirma to‘rt mingdan yigirma to‘rt guruh bo‘ldi. O’zi filga minib, Kan’onga yaqin joyga kelib tushdi. Buning habarini eshitgan Ya’qub alayhissalom yana tashvishlandi, Ollohdan madad tiladi. Jabroil alayhissalom "Bu kecha u mal’undan senga yomonlik beraman", degan payg‘om keltirdi. Tunda shamolga "Esgil" deb, amr etildi. Tongga borib podshohdan asar qolmadi, uning butun hashamati yer ostiga kirdi. Jabroil alayhissalom Olloh amri Bilan "Qutrum shahristoni"ni yer Bilan qo‘shib, ostin-ustin qilib tashladi.
 - Ey Ya’qub, Olloh buyurdiki, Imloqning mol-mulkini, oltin-kumushlarini olgin. Qolganlarini esa o‘tga yoqqil, - degan farmon keltirdi Jabroil alayhissalom. Ya’qub alayhissalom bu farmonni o‘g‘lonlari Bilan to‘kis ado etdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:45:54

YUSUF SIDDIQ ALAYHISSALOM QISSASI

Olloh taolo kitobi qadimda, Qur’oni azimi munavvari karimda habar berib yorlaqadiki, (Oyat) "Biz senga bu uzun va axsan (eng yaxshi) qissani bayon qilmoqchimiz".

SAVOL: "Axsan" demakda nima hikmat bor?

JAVOB: Qur’on ichidagi hamma qimssalardan kattaroq, foydasi ziyodaroq qissa - Yusuf qissasidir. Shu boisdan ahsan qissa deyiladi. Ikkinchi javob shuki, bu qissa boshidan ohirigacha qirq yil (ba’zi manbalarda sakson yil) davom etgani uchun ham shunday nomlangan. Uchinchi javob shuik, boqa qissalar turli suralarda keldi, ammo Yusuf qissasi to‘laligicha bir surada keldi. To‘rtinchi javob: boshqa qissalar voqeotlari yod kishilar orasida kechadi. Bu qissa esa ota-ona va birodarlar orasida kechgani tufayli ham eng yaxshi qissa deyiladi. Beshinchi javob: bu qissada rohatda, mashaqqatda, Olloh toatida, haloyiqlar orasidagi ezgu muomala, ozodlikdagi va bandilikdagi holatlar borligi uchun ham yaxshi qissadir. Oltinchi javob: Yusufning qarindoshlari bilan yaxshi muomalada bo‘lgani, ularning jafosiga sabr qilgani uchun. Yettinchi javob: bu qissaning avali ham, o‘rtasi ham, ohiri ham tush bo‘lgani uchun. Sakkizinchi javob: bu qissa ishq Bilan tamom bo‘lgani bois yaxshi qissa deyiladi. To‘qqizinchi javob: Rasul alayhissalom dedilarki, kimki o‘n baloga yo‘liqsa o‘n surani o‘qisin: vasvasa mendan ketsin desa "Alhamdu" surasini, o‘g‘rilardan omon bo‘layin desa "Baqara" surasini, qashshoqlikdan qutilayin desa "Oli Imron" surasini, qayg‘ular menga harom bo‘lsin desa "Allam nashrax" surasini, kufr va shikrdan yiroq bo‘layin desa "Ixlos" surasini, sehr-jodulikdan omonlik istasa "Falaq" va "Nas" suralarini o‘qisin. Agarki bu o‘n balolar mendan nari bo‘lsin desa "Yusuf" surasini o‘qisin. Negaki, bu o‘n balolar hammasi "Yusuf" surasida bordir.

 Deydilarki, Ya’qub alayhissalomning olti xotini bor edi. Ularning har biridan ikkitadan, jami o‘n ikkita o‘g‘li bo‘ldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:47:54

LATIFA. Yuqori osmonda o‘n ikki burj mavjud. Bu burjlar quyidagilardir: qo‘y (hamal), sigir (savr), egizaklar (javzo), qisqichbaqa (saraton), arslon (asad), boshoq (sunbula), tarozi (mezon), chayon (aqrab), yoy (qavs), tog‘ echkisi (jadiy), qovg‘a (dalv), baliq (hut). Bu o‘n ikki burjda yettita yulduz bo‘ladi. Ular qaysilar? Bular: Zuhal (Saturn), Mushtariy (Yupiter), Mirrix (Mars), Shams (Quyosh), Zuhra (Venera), Atorud (Merkuriy), Qamar (Oy).

 Quyi osmonda bu yetti yulduzdan o‘n ikki burj paydo bo‘ldi. Yetti yulduz degani shunga ishoraki, Ya’qub alayhissalom va olti xotini Shavsha, Za’ura, Sunbula, Qamar, Habiba, Rahil Bilan yettilikni tashkil qilar. o‘n ikki yulduzlar shuki, bular Ya’qub alayhissalomning o‘n ikki o‘g‘illari - Rubil, Loviy, Sham’un, Yahudo, Joda, Don, Yag‘sar, Yastoxir, Zabotuq, Qozur, Yusuf, Ibn Yaminga ishoradir.

Yusuf o‘n birinchi o‘g‘il edi. Olloh taolo unga o‘n karomatni ato etdi. Bular - chiroy, yaxshi qiliq, uzrhonlik (kechirimlilik), payg‘ambarlik, tushni ta’birlash, to‘g‘ri so‘zlik, omadlilik, yaxshi oqibat (natija), mushkulotlarni yecha olish, Ibrohim alayhissalom kitoblar sharhini bilmoqlik.

 Rivoyat qilishlaricha, Misr xalqi yetti yil qahatchilikkka mubtalo bo‘ldi. Ular molini, dunyomini, mulkini, asbobini, qulini, ko‘nglini Yusufga sotib, yegulik olardilar. Bora-bora omborlarda yegulik narsa qolmadi. Yangi xosil pishishiga esa to‘rt oy qolgandi. Shunda odamlar Yusuf alayhissalomning uydan chiqqanligini idrok etardi. Kimki Yusuf alayhissalomga boqsa, huddi ko‘zguga qaraganday o‘zini ko‘rardi. U taomni yutsa, bo‘g‘izidan to xalqumigacha ko‘rinib turardi. Qorong‘u kechada u kunday bo‘lib ko‘rinardi. Manglay nurlaridan "Shoqiyu an-ni’mon deb nomlangan chechak uyalardi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:49:19

Yusuf Bilan ibn Yamin ismli ayoldan tug‘ilgan edilar, kichiklik paytlarida onalari vafot etadi. Ya’qub alayhissalom bular erta yetim qoldilar, Deya aka-ukaga ko‘proq shavqat ko‘rsatadi. Ammo Yusufni o‘zgacha sevar, usiz yura olmas edi.

Yusuf yetti yoshga kirganda bir tush ko‘radi: birodarlari Bilan sahroga chiqadilar, qo‘llaridagi tayoqlarini yerga suqadilar. Shunda hamma tayoqlar ko‘karadi, ammo uzoq yashamaydi. Yusufniki esa ko‘karadi, gullaydi, bo‘yi birinchi osmonga qadar yetadi. Yana aytishlaricha, birodarlarining tayoqlari kelib, Yusufning tayog‘iga sajda qiladilar.

Yusuf bu ko‘rgan tushini birodariga aytgandi, u borib boshqalariga aytadi. Bu tush ularga yoqmadi. Shunda:
 - Ko‘rmaysanmi, bu Rohilning o‘g‘li otamizga yana ham sevimli ko‘rinmoqni istaydi, - deyishadi.

Ikkinchi kecha Yana tush ko‘radi: O’n bir yulduz, quyosh va oy yerga tushib, Yusufga sajda qildilar. Yusuf bu tushini ham otasi Ya’qub alayhissalomga so‘ylab beradi.

Aytishlaricha, Bo‘ston degan juhud payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomdan so‘rabdi:
 - Yusufga sajda qilgan o‘n bir yulduzning ota nimadir?
 - O’sha yulduzlarning otini aytib bersam, imon keltirarmisan? - dedi payg‘ambar alayhissalom.
 - Mayli, shundan keyin, - dedi juhud.

Qayd etilgan