- U mendirman, - dedi Sham’un.
- Shuncha quvatingg bo‘la turib Yusufni bo‘riga yedirgani uyalmadingmi? - dedi Yusuf alayhissalom va tarozini yana bir bor qoqdi. - Tarozi ayturki, bularning orasida bir yigit bor. U tuyani boshidan oshirib, dast ko‘tarib tashlarmish. U kimdir?
- Menman, - dedi Loviy.
- Shunchalik qudrat Bilan Yusufni qanday qilib bo‘riga oldirding? - dedi Yusuf alayhissalom va shu tariqa o‘n bor torozni qoqib, har biriga itob qildi. Yana bir bor tarozini qoqib davom qildi. - Bu tarozi ayturki, sizlar yusufni o‘ldirishga jahd qildingiz. Yana quduqqa soldingiz. Quduqdan chiqarib, qul qilib sotdingiz. Yana quduqqa soldingiz. Quduqdan chiqarib qul qilib sotdingiz. "Oyog‘iga kishanlar urgil, qattiq egarga mindirgil, uzoq yerlarga olib borib sotgil, uch aybi bor: qochoq, yig‘loq, o‘g‘ridir", dedingiz. Bugun shunday kun keldiki, endi qo‘llaringizni kesib, Misr elining eshiklariga ostiraman.
- Kelinglar, bunday sharmandalarcha azoblardan o‘lgandan ko‘ra, mardonaligimizni ko‘rsatib, erlarcha ko‘z yumaylik, - ular o‘z tillarida maslahatlasha boshladilar.
Ba’zilarning aytishlaricha, bu so‘zlarni eshitgan Yahudo sapchib o‘rnidan turdi-da:
- Ey birodarlar, shu paytga qadar bu so‘zlarni hech kimga aytganimiz yo‘q edi, hattoki otamizu o‘g‘il-*qizlarmiiz ham bilmas edilar. Buning ustiga otamiz "Boring undan Yusufni va Ibn Yaminni so‘rang", deb tayinladi. Shunga ko‘ra Ibrohim payg‘ambar, Ishoq payg‘ambar, Ya’qub payg‘ambar alayhissalomlar haqqi-hurmatidan aytamanki, bu podshoh Yusufning o‘zidir, - dedi.