Lut alayhissalomning Voila va Vohila ismli xotinlari hamda Zu’ala, Israma, batqo ismli qizlari, yaga Ra’da otli tuyasi, Dina otli iti bor edi. Lut tuyasiga ko‘chlarini ortdi, yo‘lga tushdi. Ibrohim alayhissalom uni 5 yig‘och masofaga kuzatib bordi va:
- Iloho, bilarsanki, Lut mening qarindoshim, qo‘ldoshim edi, uni behad sevardim. Uni o‘zingga topshirdim, eson-omon yana salomat holda qaytargil, - deya duo qildi.
Jabroil alayhissalom farmon keltirdi: "Omuro qirg‘og‘iga o‘rnashgil!" Lut alayhissalom Parvardigorining amriga binoan besh yig‘ochlik yo‘l yubrgach, belgilangan joyga chodir tikib, o‘rnashdi. Yo‘ldan ozgan qavmning ikki yigiti behosdan ularga duch keladi va qavmiga borib: "Lut keldi, g‘oyat kelishimli yigit ekan, ikki ayoli ham bor", deya habar yetkazdi. Bu gapni eshitgan Omuro xalqi Lutni ko‘rgani keldi va uni ushlab olmoqqa qasd qildi. Shunda Lut tuyasi va itiga: "Bularni daf qiling!" deb buyurdi. Tuya bilan it haloyiqqa tashlandi: oyoq bilan tepdi, tish bilan tashlandi, ko‘tarib yerga urdi.
Haloyiq qaytib borib, podishohalriga arz qildilar:
- Bir ko‘rkam yuzli odam kelib, tuyasi va iti bilan hujum qilgandi, yuz ming yigitlarimizni qaysi biri o‘ldi, qaysi biri qochib qutildi.
- Borgil, u yigitni ko‘rgil, so‘zlashgil, natijasini menga bildirgil, - dedi podishoh o‘zining Karmu degan vaziriga. Vazir besh yuz yigiti bilan Lutning qoshishga yetib keldi. Lutni ko‘rdi.
- Oting nimadir? - so‘radi vazir.
- Abdulloh, - dedi Lut.
- Nima maqsadda kelding?
- Payg‘ambarlik olib keldim.