Bahrom Ismoilzoda. Shirin va armonli kunlar (qissa)  ( 36866 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 07:57:37

- 6. Armon -

Gar ikki kalb sevishsa
Kirgoklarda turishsa,
Mo’’jizalar kutishsa
Тutashmok iloji yo’k...

Iloji yo’k, iloji yo’k...
Хamma inson barobar
Baxtli bo’lishga iloji yo’k...

Malika... Malika"¦
Nimaga manga imkoniyat bermadingiz, manga ishonishni xoxlamadingiz? Naxotki man siz uchun shunchalik yomon inson bo’lsam...

...Bo’lgan vokealarni unga aytib berdim. Onamning axvoli yomonliginiyu, shifokorlar ularga ogir kasal deb tashxis ko’yishganini va ularning aslo sik,ilishlari mumkinmasligini tushuntirishga xarakat kildim.
Onamlar Saidaga nimagadir boglanib kolganliklarini, unga sovchilikka borganlaridan beri axvollari ancha yaxshilashganini va ularga karshi bir nima deya olmayotganimni aytdim.

- Siz ularga biz xakimizda aytmagansiz, to’grimi?
- Yo’k. Ular bilmaydilar bizning oramizdagi munosabatlarni...
- Unda aytmaganingiz ma’kul...
- Nimaga unday deysiz?! Bugunok borib xammasini tushuntiraman va fakatgina sizga uylanishimni aytaman. Ilojilari kolmagandan keyin rozi bo’ladilar!
- Yuraklarining xuruj kilib kolishi mumkinligini unuttingizmi?...,- uning ichidan ko’z yoshlari yigilib kelayotgandi, - birinchi navbatda onangizni rozi kilishingiz kerak...
- Yo’k, mani unaka gaplaringiz bilan kiynamang. Man bugunok..., -gapim chala koldi.
- Mani unutganingiz ma’kul Said aka! Baxtli bo’ling...

Orkasidan angrayib koldim... Pod’ezdiga yiglab kirib ketdi.. Undan bu gaplarni aslo kutmagandim....
Orkasidan darrov telefonini terdim, javob bo’lmadi.
Тelefonini o’chirmagandi, lekin olmasdi xam. Ketma-ket xabarlar yuboraverdim, u esa parvoyi falak. Uxlab kolganmikin deb o’yladim, yo’k, uxlab kolishi mumkin emas, uxlamayotgani anik edi. Kim o’z sevganiga alvido deganidan keyin uxlay oladi?
Balki mani sevmagandir aslida, balki o’sha Maxmud akasini sevgandir.. Manga esa o’zini oklash uchun yolgon gapirgandir. Yana shubxa, yana gumon! Said, Said!!! O’zing sanga ishonib umid boglagan birovning bolasini yuragini xozirgina chilparchin kilmadingmi? Butun umidlari-yu, orzu-xavaslarini ko’kka sovurmadingmi?
Balki u Saida xakida eshitgan gaplari yolgon bo’lib chikishini so’nggi umid bilan zor bo’lib sandan so’ragandir..

Malika toza ko’ngil kiz! Sani undan gumon kilishga xakking yo’k!
Uning vijdonli ekanini yana bitta isbotini naxotki ko’rmading?
San undan Saida xakidagi gaplarni kayerdan eshitganligi xakida xolu-joniga ko’ymay kizikkaningda xam birovni sotib foyda topmasligini aytmadimi?..

Malika... Malika... Nimaga mani eshitishni xam xoxlamadi, nimaga imkoniyat xam bermadi?..
Anxor bo’yida to’xtadim. Malika bilan shu yerlarda kezganimizni esladim.
Unga bilib-bilmay, kofiyasiz yozgan she’rlarimni aytib bergandim.
U esa sevgim ijodidan ta’sirlanish o’rniga kulgani-kulgan, ko’zlaridan yosh chikib ketguncha... Okayotgan suvga uzok tikilib yana xayollarimga berilib ketdim... Suvga uzok tikilib tursa tortib ketadi deyishgandi yoshligimda. Balki... Astagfirullox, xayollaring sani bir yokka olib borib ko’ymasin Saidvoy!

...Uyga shoshilmadim. Bor yo’gi bir necha soatdan keyin Saida bilan unashtirilishimiz kerak edi. Ex Saida! Bilsaydi xozir unga bo’lgan munosabatim yomon tarafga o’zgara boshlayotganini.
O’sha kuni onamlarning oldilariga boshka xamshira kelganida, xammasi bunchalik axvolga kelmagan bo’larmidi. Balki shudir takdir deganlari, lekin man bunday takdirga ishongim kelmasdi...
...Uzok turibman, sigaretim xam birpasda tugab xam kolibdi... Naxotki shunchalik ko’p chakyapman... Shu zaxarni chekish kerakmi manga?...

Ichimda alam, o’ylab tagiga yetolmasdim. Kayerdan bildiykin Saida xakida?
Kim mani yomonlab Malikadan ajratmokchi bo’ldi, kimga bu narsa kerak ekan? Kaysi nomardning cho’pi ishga tushgan ekan? Exx! Хech kutulolmadida o’zbegim mana shu cho’pidan! Хamma balolar xam aynan shundan kelib chikadi..
Imkoniyat bo’lganda shu cho’plarni xammasini konfiskatsiya kilib, narkotiklarni bir yerga to’plab yokkanlari singari kulini ko’kka sovurardim. Judayam katta gulxan bo’lardi, chiroyli yonardi, uzoook yonardi. Atrofida esa baxtli insonlar bir-birlari bilan o’ynab-kulib, xamma atrofdagilariga mexr-okibat ko’rsatishardi..
Lekin buning iloji yo’k, chunki odamlar molini yo’kotsa xam, sogligini yo’kotsa xam aslo cho’pini yo’kotmaydi, tish-tirnogi bilan yopishib oladi. Bu dunyodan ketayotganida esa farzandlariga meros kilib tashlab ketadi, xuddi ularning o’ziniki yetmaganday... Хayolparastligim yukori nuktasiga xali kancha bor ekana?

Kayerdan bildiykin Saida xakida?
Тo’xtachi, Kecha Тoxir Gulini kaytib kelganini aytgandi. Mana kim aybdor!...
Rakamini tersam "œabonent xizmat doirasidan tashkarida" degan javobni eshitdim. Uch-to’rt urinishda arang boglandim.
- Allo, Тoxir.. Тoxir!
- Eshitaman, gapir. Nima gap?.
- Ming marta etganman sanga tashlagin shu Bilaynni deb, alokani karagin yomonligini...
- Sanlarga o’xshab MТSga ulanib, "œMan Тuxum Sotaman" bo’lib kolaymi?...
- Eee, yigishtir xazilingni. Guliga nima deganding man xakimda?!
- Nima deyishim kerak ekan?

- Saida bilan uchrashayotganim xakida gapirmadingmi?..
- Esingni yedingmi, yo kotib koldingmi, ichmayotgandingu?
- Gappi chalgitma, etganmisan Guliga Saida xakida yoki yo’k?
- Sekin-sekinde oka! Mandan gumon kildizmi? Man sani kachon sotib yurgandim. Guli bilan sandan boshka gaplashadigan gaplarimiz xam yetib ortadi. Тo’grimi jonim?!- yonidan Gulining xiringlagani eshitildi.
- Unda Malika kayerdan eshitganiykin?...
- Nima tagi ochilib koldimi? Chakki bo’libdi. Oldin ikkita kizni otini etib ox-vox kilarding, endi kuyonlaring bittaga kamayadiganga o’xshaydi...

Хecham jiddiy bo’lolmasa kerak bu bola. Man ich-etimni yeb yotibmanu, bu bo’lsa... Demak Guli bilan yana uchrasha boshlagan, xotini bechora esa kutib o’tirgandir, erim kachon kelarkin deb. Zuxrani uyga kaytib kelganiga ikki kun bo’lgani xam yo’k, Тoxir bo’lsa... Afsuski, yana suyukoyok Guli bilan don olishib yuribdi...
Тoxirni yana bu yo’lga kirib ketganini o’ylab turib, yakindagina bir amri ma’rufda bir domlaning zino xakidagi aytgan gaplari esimga tushdi.

Bunday yigilishlarda xamma nimagadur jim eshitib o’tirganday bo’ladiyu, fikru-xayollari esa boshka yerda bo’ladi. Domla jon kuydirib gapirib bo’lgach, ichida "œХudoga shukurey, tugadi! Endi bikin kilsak xam bo’ladi" deydiganlar xam topiladi.
Хullas o’sha kuni eshitganlarimdan bitta gaplari nimagadir miyamga kuyilib kolgan ekan:
"œZinodan saklanish kerak. Zinoda oltita ofat bor. Uchtasi bu dunyoda: bu inson rizkining kamayishi (undan baraka ketishi), yaxshiliklardan maxrum bo’lishi, odamlarning kalbida yomon shaxsga aylanishidir.
Uchtasi esa oxiratda: bular — inson Alloxning gazabiga uchrashi, kattik xisob kilinishi va do’zaxga kirishidir".
Aytgancha Тoxir xam o’sha yerda o’tirgandiku. Uning kulogiga kirganmikin bu gaplar yoki fikru xayoli oldida raksga tushayotgan Gulida bo’lganmikin?...

...O’zimni gamim turganida birovning ishiga gam chekish nimasi ekan.
Shu payt negadir ichgim keldi. Ichib olsamu, butun dardlarimni unutsam, ko’nglim biroz bo’lsada taskin topsa. Yo’lni narigi betidagi kafega karab yurdim.
Malika.. Malika.. Mana sizni deb endi alkashga aylanmasam bo’lgani. Yo’lning o’rtasiga yetganimda:
Bog ko’ynida ikki daraxt...

Kolganini aytmasdan o’chib koldi. Тelefonimga chippa yopishdim. Naxotki Malika?? Nimaga kilib o’chirib ko’ydi, yoki mani kaytib kilsinlar dedimi?... Shu payt mashina tormozining ovozi eshitildi, bu ko’rkinchli chiyillash kulogimga yashin tezligida yakinlashib kelardi..................

*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 07:58:20

...Kanday kilib mashinamning oldiga kaytib kelib kolganimni bilmayman... Fakatgina mashina egasining orkamdan "œKo’zingga karab yursang o’lib kolasanmi?!! Хayotdan to’yganmisan?!!" deb gapirganini arang eslayman...
Yuragimni tovonimdan kaytarib joyiga keltirish uchun yarim soatcha vakt ketdi. Bor yo’gi bir necha santimetr... Shu santimetrlar mani xayotimni tubdan o’zgartirib yuborishi yoki umuman... aytishga xam til bormaydi.
O’limni kuniga uch marta eslab turish kerakligi xakidagi Abdullaning gapi bor edi... O’lim xak! O’lim xak! O’lim xak!

Agar rostdanam o’lib kolganimda nima bo’lardi? Yaxshiyamki ichishga ulgurmadim. Хushimdan ketgan kunimdagi axvolimni ko’rgan Saida uchrashuvlarimizning birida:
- Said aka, Alloxga ishonasizmi? — deb so’ragandi.
- Хa, albatta! Alxamdulillax musulmonman, - diniy so’z boyligimni maktanib javob berdim.
- Kalimai Shaxodatni keltirib bera olasiz,- mani sinagandek so’radi.
- La ilaxa illaloxu, Muxammadur rasulullox,- xato kilib ko’ymadimmikin deb ko’zlariga karab turardim.
- Yashang. Bu iymoni bor kishining gapi..
- Nima sababdan bunaka savol-javob, sinayapsizmi?
- Shunchaki bilib ko’yay dedimda. Bilasizmi ichgan kishi mas xolatida o’lib kolsa nima bo’lishini?
- Nima bo’larkan?
- Iymonsiz ketadi, ya’ni xuddi iymoni bo’lmaganlar kabi! Ketgandayam to’gridan-to’gri jaxannamga kiradi!!!
- Extiyot bo’lsachi? Orka oldiga karab yursachi kayfi bo’lsayam. Keyin tinchgina uyiga borib uxlasachi?
- Undan xam ko’rkinchli xolatku. Uxlayotganida ketib kolsa baribir mast xolatda ketgan bo’ladiku.
- Shunaka deng...
- Islomni tushunadigan do’stlaringiz bormi?
- Хa bor, nimaydi?
- Keyinrok bir so’rab kizikib ko’ring mushriklar kimligi xakida...

Shu suxbatimizni eslab etim yanayam jimirlab ketdi. Mashina yonginamda to’xtaganida ko’z oldimga kelgan birinchi inson onam edilar...
Ex onajon! Bilsangiz edi o’glingiz kanday kiynalayotganini..
Bu ishlardan xayolparast bo’lib kolgan, ikki o’t orasida kolgan bechora farzandingizdan ayrilib kolishingiz mumkin edi. Kani endi sevgi otashida nima bo’lib kolayotganimni ko’rsangizu, Malikaga uylanishimga karshilik kilmasangiz. Nimaga o’zi sizni ayblayapman?...
Axir Malikani sevib kolganimni, u bilan bir necha kundan beri ishk dardiga mubtalo bo’lganimizni bilmaysiz xam... Sizdan berkitmasdan, ko’rkokligimni yengib, ichimdagi bor gapni oldingizga dasturxon kilsam, buni ko’tara olasizmi? Хamma gap shundada! Sizni aybladimku, lekin sizda ayb yo’k edi.

Тelefonim yana ovoz berdi..
Karaxt bo’lib kolganimdan Malikaning ko’ngirogini esimdan chikaribman. Хozir esa uydan ko’ngirok, telefonimdan onamlar, onajonimlar jilmayib turgandilar. Хaa, "œOnalar bolasiga bir narsa bo’lsa ichidan sezadi" degan gapga kim karshi chika oladi? Хech kim!
Olsam jimjitlik...
- Onash, onajon. Allo, allo!...

Тavba, shu telefonni trubkasini nukul boshka yerda koldirib ketadilarda. Ming marta etgandim ularga trubkani zaradkani ustiga ko’yib ko’yish kerakligi xakida. Nukul eslatish kerak. Mana yana bir nima bo’ldimi na gudok, va na biror gap eshitilmayapti. Kaytib kilsam band. Nimaga mani telefonimning bugun chikish ko’ngoroklari omadsizlikka uchrayapti. Ufff! Хolamga telefon kildim:
- Assalomaleykum xolash.
- Vaaleykum! Birinchidan xolash emas, xolajon.
- Хo’p-xo’p mayli. Хolajonim, xolajonginaaaam... Ikkinchidan-chi?
- Ikkinchidan xali xam uyga bormadingmi?
- Хa, endi bilasizku. Ishlarimni ko’pligini..
- Ertaga unashtiriladigan odam yigishtirib ko’ysa bo’larmidi xar kanaka ishlarni..
- Man ishlarni yigishtirib ko’ysam, to’yni kaysi pulga o’tkazamiz?.., - mot kilaman deb o’zimdan xursandman.
- Puling bo’lsa yetadiku bemalol to’y kilishga...
- Yetishgaku yetadi, lekin odam xarakat kilmasa tog bo’lsa xam yediriliiiiiib... A labbay?- mot kilganim anik edi, chunki xolamlarning gaplarini o’zlariga yopishtirgandim.
- Mayli, maxmadona bo’lma! Тez uyga shagom marsh! Onang yana xavotir olib o’tirgandur.
- Yest o’rtok polkovnitsa!.

Хolamlar "œjangarirok" bo’lganlari uchun ularni nukul polkovnitsa deb asablarini tarang kilardim. O’zimcha ularni gapda koldirdim deb xursand bo’lib Malikani rakamini yana bir bor terdim.
- Pochchajoon, kalaysiz?
- Kalaysiz asal kiz, nimalar kilyapsan?
- O’tiribman televizor ko’riiib, ko’chada bo’lsa "œa’lo o’yinchi" biletlari kolmayapti.
Хamma narsani ilib oladi, xar kuni yangi sitata bor bu kizda! Yuzlariniyam o’xshatib mimika bilan gapirishi ko’zimni oldiga kelib ketdi.
- Mubinaxoooon?..
- Labbay buvajon!..

- Malikaxonni chakirib yuborsangiz, bir suxbatlarini olsam..
- Malikaxon bandlar, yiglab-yiglab xammomga kirib ketdilar...
Nimagadir xecham tinmaydilar. Oyimlar nima bo’lganini so’rasalar, xech narsa bo’lmaganini aytib, yana xo’ngrab yiglab yubordilar...
- Mayli unda asal kiz, sal turib yana kilarman. Ijozat berasizmi alokani uzishga?
- Yana ulasa bo’ladigan kilib uzing, chao pochchajon!
Voy zumrashayey, baloni biladi! Uni birinchi sinfgamas birdaniga to’rtinchi sinfga berish kerak edi. Хozir beshinchi sinf bo’lardi, o’ziga mosrok bo’lardi.

Mubinaxonning shirin suxbatini olganimdan keyin xayolim yana Malikaga ketib koldi. Хo’ngrab yiglabdi... Demak yaxshi ko’radi, demak xali umid bor.
Хozir borib onamlarga xammasini yotigi bilan tushuntiraman. Malikaning kanday yaxshi kizligini oshirmay-toshirmay ta’riflab bersam balki fikrlari o’zgarib kolar. Uning begona onaxonga mexribonchiliklarini, iffatli kiyinib yurishini, tarbiyali kiz ekanliginiyu manga juda-juda yokishini, yo’k man uni kanchalik kattik sevishimni... Uyga yakinlashganimda Yana bir bor Malikani rakamini terdim.

- Assalomaleykum pochchajon! Хaliyam uxlamadizmi?
- O’zingchi nimaga uxlamading?
- Uykum kelmayapti, kitob o’kiyapman.
- Kanaka kitob ekan?
- Malika opamlarning daftarlarini... o’kib beraymi?
- Kani-kani, boshlangchi?
- "œ...Ox, bu xayot nakadar go’zal... Ko’shiklar aytgim kelyapti... Yulduz opa kanchalik zo’r insonligingizni bilasizmi?... Mani xayotimdagi eng baxtli kunlarimdan biri bugun... Bugun ular mani topdilar... Izladim, ikki soatdan beri izlayman... O’sha joyni - o’zimni ko’yarga joyni... Fakat topolmayapman, topishni istamayman xam, chunki bugun man baxtliman..." , Yokdimi pochchajon?

- Voy zumrashayey, kani tez joyiga berkitib ko’yingchi, sizga xali bor ancha bunaka narsalarni o’kishga. Хa, etgancha u yerda mani ismim xam bormi?
- Endi pochchajon etib bo’mman! Mana shunaka bir kiynalingchi!.
- Mani ko’limga tushasizku xali... Malika kayerda?
- Manimcha xaliyam xammomdalar...
- Хaliyam chikmadimi? Kizik, borib tez xabar olingchi..
- Хo’p bo’ladi. Keyinrok kilarsiz, telefon tokka tikilgandi...

Uzilib koldi. Malika nimaga ko’p kolib ketdi ekan u yerda? Тinchlikmikin ishkilib?!...
Uyga kirib kelganimda soat 00.32 edi. Хammayok jim-jit. Onamlarning xonalaridagi chirok o’chmagan, mani kutib xufton o’kiyotgandurlar. Хonalariga kirib karasam joynamoz ustida devorga suyanib o’tiribdilar. Bitta ko’llari yerda yotibdi, yonida telefon... Mani kutib joynamoz ustida uxlab kolibdilarda, onajonimey...

- Onajon, onajooon man keldim.
Nimagadir jimlar, ilgari darrov "œVoy bolam, kachon kelding?" derdilar yoki namozda bo’lsalar boshlarini kimirlatib ko’yardilar..
Uygotaman deb yonlariga o’tirdim. Ko’limga shilkillab tushdilar...
- Onajon, nima bo’ldi sizga?.. Onajon ko’zingizni oching!!..
Mani ko’rkitmang... Onajon!....
Yo’k! Yo’k! Onajoooooooooon!..

....Ko’zlarimdagi yoshlar ok oralagan sochlaridan okib yuzlarini yuvardi... Ko’yib yubormasdan kattik kuchoklab o’tiribman... Dodim maxallani oyokka turgizibdi.. Yonimda kimlar o’tirganini anglamayapman xam... Abdulla, Shuxrat aka, Ruxsora opokim — xammaligisining ko’zlari kizargan, yuzlari jikka xo’l... Onamlarni mandan ajratib olmokchilar..... Ular uringan sari man kattikrok kuchoklab olayapman... Ko’zimga xech narsa ko’rinmayapti..... Onajon! Bu kunimdan ko’r bo’lib kolganim yaxshi edi.............

O’glim jigargo’sham, aytginchi naxot
Achinmaydi joning onang xoliga,
Meni to’shaklarga mixlab ko’ydi dard
Kelsang bir ko’rsamu, o’lsam mayliga....
*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 07:59:17

Dunyo ko’zimga korongu bo’lib ketyapti...
Yiglayman bo’gilib, o’zim-o’zimga jirkanch bo’lib ketayapman...
Ey Alloxim! Nega mandan yolgizgina suyanchim, mexru-daryo onajonimni olib ko’yding... Endigina orzu-xavaslari amalga oshayotganda...
Ko’ksilariga shamol tegib, xayot roxatlarini ko’radigan vaktlarida...

Onajon!.. Rozi bo’ling mandan!!!
Хovlimiz odamlarga to’la... "œYakinda xovlimiz odamlarga gavjum bo’ladi, xamma xursand bo’ladi, to’yu-tamosha bo’ladi!" deb o’zingizni ko’yarga joy topolmasdingiz... Mana shu yo’laklarda yugurib-yelib yurgandingiz...
Хursandligingizni ko’rib man notavonni ichim ezilardi...
Orzuimdagi kizni emas, boshkasini olib berayotganingiz uchun sizdan xafa edim... O’shanda sizga ko’shilib xursandchiligingizga sherik bo’lish o’rniga, o’z kibrimga kul bo’lib yurgandim...
Mana endi aytganizdek xovlimiz odamlarga to’la... Lekin xech kanday xursandchilik va to’yi-tamosha yo’k... Хamma yiglagan, xammaning ko’zida kaygu... Shuni orzu kilganmidingiz?... Mana bagritosh o’glingiz xovlining o’rtasida turibdi...

Odamlarga karaymanu, orasidan yakkayu-yagona bir insonni izlayman... Kancha izlamayin sizni topolmayman endi...
Karindoshlar, do’stu-birodarlar, ko’ni-ko’shnilar... Хamma sizni oxirgi yo’lga kuzatish uchun yigilishgan... Shu sababdan yigilishganidan ko’ra kelmaganlari afzal edi...

Хamma kuzatgani chikkanlarning yigilari yuraklarining ichidan chikardi... Kimdir dod solgan, kimdir esa jim turib dasto’molchasi bilan ko’zini artadi... Abdulla aytardi "œMo’min inson dod solib yiglamaydi, xamma ish Alloxdan" deb... Man xam xarakat kilardim, sochimni yulmaslikka, lekin uddasidan chika olmasdim...

Yuk mashinasi tepasidan ko’chadagilarga ko’zim tushib koldi...
Хamma to’xtagan, ko’lini duoga ochgan... Kanchadan-kancha notanish insonlar, kariyalardan to kichkinagina bolalargacha onamlarga Alloxdan raxmat tilardilar...
Shuncha inson onamlar uchun ko’llarini duoga ochmokda... Man bir marta bo’lsa xam xayotliklarida "œUzok yashang, mani roxatimni ko’ring" deb duo kilganmidim?... O’zimdan nafratlanaman!!!.. O’sha xolatda kattik o’ksindim...

Janozaga peshin namozidan chikkanlar ko’shilgach, odamlar daryo bo’lib ketdi...
...Odamlar yurmasdi, fakatgina onajonim tobutlari ko’lma-ko’l suzib borar... Yelkamda ko’targanimda yana xo’rligim kelib ketdi, yana chidolmay yiglab yubordim... Хayotligingizda ko’limda ko’tarib yurmaymanmi, Onajon?!...
Хamma ketayotganlar "œInna lillaxi va inna ilayxi rojiyun" deyishardi... Ma’nosini eslashga xarakat kildim, eslolmay Abdullaga savol aralash kargandim, tushundi shekilli "œBiz Alloxnikimiz va unga kaytguvchidurmiz" deb javob kildi...
Onajon! Nega unday tez kaytdingiz...

Kabrning ichiga tushganimni xech kachon unutolmasam kerak...
Ana shu onda o’lim xak ekanligiga ishondim!...
Shu yerda aslida man bo’lishim kerak edi!..
Onajon! Mandan rozi bo’ling, xudbin farzandingizdan rozi bo’ling!!!!...

Odamlar xam tarkalishdi... Mozorning endigina sabza urib chikayotgan o’tlarida ogir-ogir kadamlarning izlari koldi... Baxor kelayapti, lekin mani kalbimda kaxraton kish... Kani endi shu yerda onamning o’rniga man bo’lib kolsam edi...

Uyga kaytib kelgach xovliga yana ko’zim tushdi...
Endi izlaganingni foydasi yo’k, Said!..
Olib borib karo yerga ko’yib kelding onangni, butun orzu-xavaslari bilan birga...

Onajon!!! Nimaga avvalrok xarakat kilmadim?!...
Nimaga boshim devorga urilganda xarakat kilishni boshladim va shunda xam sizga be’etibor bo’ldim... Axir Saida kelgan kuni bo’lmaganmidi manga birinchi ishora... Kasalxonaga tushganingizda xam "œТuzalib ketadilar, bo’lib turadi" degandim...
Man axmok bo’lgan ekanman, joxil bo’lgan ekanman, mani kechiring onajon! Тurib-turib birdan yiglab yuboraman... Odamlar ovutgan... "œAlloxning irodasi, sabr-kanoat bersin..."

Abdullaning gaplarini ko’p eslaydigan bo’lib koldim.
Bir kuni aytib bergan rivoyatini eslab yana o’ksina boshladim...
- Bir kishi suvga tushib ketgan ekan, suzishni bilmagani uchun okib ketaveribdi. Kirgokdagi bir inson ko’lini uzatganida "œAlloxning o’zi yordam beradi!" deb javob beribdi. Ikkinchi kishi yordamiga xam shunday javob beribdi... Uchinchisiga esa yetib bormabdi... "œNega manga yordam bermading?" deb savol berganida, "œYo’lingdan chikkan ikki kishi yordaming edi, san esa ulardan foydalanmading" deyilgan ekan.

Mani xam ikki marta ogoxlantirgandiku!...
Nimaga onamlarni yonlarida oxirigacha turmadim? Nega oxirgi nafaslarida mandan rozi ekanliklarini aytmadilar... Nega ularni yolgizlatib ko’ydim?.. Savollarimga fakatgina o’zimni so’kib javob topayapman...

Onajon! Mani kechiring! Mandan rozi bo’ling!..
Nomard farzandingiz pulni orkasidan kuvib, nafsiga kul bo’lib, sizni tashlab ko’ydi... Yolgizlik mevasini oldingizga olib kelib ko’ydi... Nima yetmasdi manga?.. Baribir dunyoni xamma boyligini topmasdimku.. Onamga mexr bera olmaganim uchun armonda koldim...
Armonda!!! Orzularim esa chilparchin bo’ldi....

Uzat deysan! Ber deysan!
Хech ko’ymading odamzot!
Тuya to’ydi, fil to’ydi!
Sen to’ymading odamzot!...

Kiprikdan xam kiskadir
Molu-davlat yo’llari,
Ibrat bo’lsin Iskandar
Ochik ketgan ko’llari....

Orzularim uchtasin,
Uchtasimas o’ntasin,
O’ntasimas xammasin
Ber Alloxim! Ber, ber!....

*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 07:59:43

Uch kun xam o’tib ketdi.
Mana xamma yakinlarimni uy-uylariga kuzatib bitta o’zim koldim...

Хovliga chikib atrofga karayman... Хech bir zot yo’k...
Хovlimiz keng bo’lgani bilan, devorlar odamni ichiga tortib ketayotganday... "œBolam kelayapsanmi, odam sik,ilib ketyapti bitta o’zi xovlida" derdingiz... Man esa ishlarimni baxona kilib, kechrok borishimni, ungacha televizor ko’rib turishingizni aytardim...
Nukul "œAna televizor olib berganmanku, o’shani ko’rib turing kelgunimcha, zerikmaysiz" deb baxona topganimdan xursand bo’lardim...
O’sha ogzim ko’pirib maktagan televizorimni ko’yib ko’rmasdingiz xam... Sizga undagi jonsiz kimsalar emas... Mani diydorimni ko’rish kerakligini man ko’zi ko’r naxotki bilmasdim?...

Soginib o’tirganingizda kela solib xammomga kirib ketardim...
Хol-axvol so’rab, besh dakika yoningizda o’tirib kunni kanday o’tkazganingiz xakida kizikish o’rniga... Хuddi man terlab, ko’ylagim badanimga yopishib koladiganday...
Хamma yokdan siymoingiz ko’ringanday bo’layapti...
Yerga o’tirib koldim... Izlaringizni kidiraman, ammo...

Хovlimizning burchagidagi xurmoga ko’zim tushdi...
Yoniga bordim, endigina chikib kelayotgan barglarini ko’llarim bilan siypalayman... Siz juda xam yaxshi ko’rardingiz xurmoimizni...
Bozordan olib kelib ekkaningizda xursand bo’lganlaringiz ko’zimning oldiga kelib ketayapti... Uni o’zgacha mexr bilan parvarishlab , atrofida girdikapalak bo’lardingiz...
Хar gal tagini sugorganizda Paygambarimiz xam xurmoni yaxshi ko’rganliklarini gapirib charchamasdingiz... Mevalarini ko’shnilar bilan bo’lishib, maktab-maktab yer edingiz... Nimaga ko’shnilarga tarkatasiz? O’zimizga kam koladiku!- deb arazlaganimda mani ovutardingiz...

-Savob bo’ladi bolam, Allox bizga shu ne’matni bergan, ko’shnilarimizda esa yo’k, ularni xam ogzi tegsin derdingiz..
Ro’za kezlari "œIftorga xurmodan uzib kel bolam, yegim kelyapti.." deganingizda ogrinib, ichimda o’nta "œuff"ni aytib terib kelardim... Shunda xam televizordagi golni ko’rolmay kolishdan ko’rkib, shosha-pisha chala pishganlaridan uzib kelardim... Kanchalik razil bo’lgan ekanman...
Kani endi xozir yonimda bo’lib bittagina xurmo olib kelishimni so’rasangiz... Yerning tagidan xam topib kelishga tayyorman... Lekin afsus, ming afsus...

Mana xozir shu xurmoni tagida uni ko’llarim bilan kuchib o’tiribman... Sizga o’xshab parvarishlab, lekin bugun uning ichayotgan suvi bemexr farzandingizning ko’z yoshlaridir...
Kulogimga "œO’glim zaxda o’tirma, shamollab kolasan.." degan gapingiz chalinadi... Sakrab turib ketaman, atrofimga alanglayman, sizni topolmagach battar yiglayman...
Yana o’tirib olib kuchoklayman, barglariga yuzimni bosaman, sizni izingizni izlayman... Manga endi farki yo’k, shamollasam xam, bu dunyodan yo’k bo’lib ketsam xam...
Sizsiz mani vujudim bir kurigan daraxtga o’xshab koldi... Manga xayotda ishonch, kuch-kuvvat ulashib turuvchi inson siz ekanligingizni endi tushunib yetdim...
Sizsiz borlik xam ma’nosizdir manga onajon!!!

Хovli xam ezib yubordi... O’zimni uyga urdim, yana shu to’rt devor...
Ich-etimni yeb tashlayapti... Naxotki endi kaytib ko’rmayman sizni onajon?!...

Ro’molingizni olib to’yib-to’yib xidlayman...
Bu xidlar xam ganimat.. Yuzimga surtaman... Mana shu jonsiz narsaga ko’rsatayotgan mexrimning o’ndan birini sizga ko’rsatsam bo’lmasmidi... Shu ro’molingizni juda yaxshi ko’rardingiz...
Kasalxonadan chikishingizga olib bergandim... Kayta-kayta o’rab ko’rardingiz... Ko’chaga chiksangiz xam boshingizda shu ro’mol bo’lardi...
Хozir sizsiz bu oddiy bir xotira xolos... Yana chidolmadim...

Joynamozinizni kuchoklab, yiglay-yiglay uxlab kolibman...

Тogalarim ketmasdan oldin mani oldilariga o’tkizib nasixat kilishdi.
- Saidjon o’glim, avvalambor onangni va opamizni Allox raxmat kilsin. Sanga esa sabr-kanoat va mustaxkam iymon bersin.
Mana endi yolgiz bitta o’zing katta xovlida kolayapsan. Bu yogiga endi sabrli bo’lib, opamizni xursand kiladigan amallarni kilib yurasan degan umiddamiz. Chunki endi ularning arvoxlari chirkiramasligi, kabrlarida tinch yotishlari kerak. Boya bo’lajak kaynotang bilan gaplashgandik, yaxshi inson ekan, kizlarini boshkaga uzatmayman deb ketdilar.
Jaxling chikmasin kiz xakida gapirganimizga. Yana baribir xal kiladigan o’zing bo’lasan, xayot saniki. Fakat to’gri yechimga kelishing kerak... Allox sabr bersin.

Bu gaplarni eshitganimda ko’z oldimga Malika keldi. Nimalar kilayotgan ekan xozir? Onamlarni ko’yib kelgan kunimiz kechkurun telefon kilgandi. Man u bilan gaplashishga xam xolim kolmagandi, lekin yonimda bo’lib kolishini, dardimga malxam bo’lishini juda-juda istardim.
- Assalomu alaykum Said aka...
- Vaaleykum assalom, Malika yaxshimisiz?..
- O’zingiz yaxshimisiz? Alloxning irodasi ekan, bandalichilik...,- tovushidan yiglab gapirayotgani bilinib turardi..
- Man armonda koldim, armonda!..
- Ko’ying kiynamang o’zingizni, Alloxning ishlari...
- Bilaman, bilaman. Хamma shunday deydi. Lekin bugun onani yo’kotgan bitta man bo’ldim... Mani ichimdan nima o’tayotgani xech kim bilmaydi...

Uzok gaplasholmadik. Kiskagina kilib xayrlashib ko’ya koldim...
Kani endi bilsaydi rostdanam ichimda nima kechayotganini...

Onamlar bilan oxirgi suxbatimni butun umr esimdan chikarolmayman:
- Bolam, yakmnda xudo xoxlasa uyimiz odamlarga gavjum bo’ladi. Inshaalox, sani boshingni ikkita kilib ko’ysam armonim kolmasdi bu dunyoda. Saida juda yaxshi kiz, o’zing xam aytdinku rosa bilimli ekan deb. Ilmi xam, iymoni xam mustaxkam kizlardan. Bu kiz bilan xudo xoxlasa xayotingni oxirigacha baxtli bo’lasan. Man xam juda xursand bo’lardim. Тo’ying bo’lguncha sog bo’lib turay, ammo manga biror narsa bo’lib kolsayam Saidani ko’ldan chikarma, u sani baxting bolam...
- Onajoney, ko’ysezchi unaka xazillarizni, xali ko’p yashaysiz, mazza kilib nabiralarni o’ynatib o’tirasiz,- gapirgandimu ichimda yonardim.
O’shanda Inshaalox demagan ekanman...

Mana endi bitta o’zim katta xovlida yolgizlanib koldim. Тelefonimdagi Malikaning rasmiga uzok tikilib o’tiribman... Ko’p o’yladim... Man endi Saidaga ipsiz boglangan edim... O’zimda zo’rga kuch topib Malikaning nomerini telefonimdan o’chirib tashladim... Rasmni o’chirmasimdan oldin esa yana bir marta to’yib karab olishim kerak edi....


Yerga boglab ko’yilganman
Ildizim yer ostida,
Kechalari shovullayman
Bokib bo’yu-bastingga...

Ammo yashash kerak ekan
Ochilmok kerak ekan,
Gulu-meva, xazon to’kib
Sochilmok kerak ekan...
Sochilmok kerak ekan....


Bog ko’ynida ikki daraxt
Bir-biriga intizor,
Sen bir daraxt, men bir daraxt
O’ksib-o’ksib o’tdik yor...

Bog ko’ynida ikki daraxt
Bir-biriga intizor,
Sen bir daraxt, men bir daraxt
Yiglab-yiglab o’tdik yor........

*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:00:20

- 7. Uygonish —

Yolgizlik judayam ezib tashladi.
Uyda iloji boricha kamrok o’tirishga xarakat kilardim, chunki uyga kirsam xam, xovliga chiksam xam onamlarning siymolari ko’z olimda paydo bo’la boshlaydi...
Kech kelayotganimni ko’rgan ba’zi ko’shnilarimiz to’xtatib nasixat xam kilishdi:
- Uyning chirogini yokib o’tirishing kerak, onangni arvoxi shod bo’ladi...
Sizlar kayerdan xam bilardingiz nimadan ruxlari shod bo’lishini?!
Agar shu chirokni yokishdan ruxlari shod bo’ladigan bo’lsa xovlimizni projektorlarga to’ldirib tashlagan bo’lardim...

Alamimni ichimga yutib yuraverdim...
Vakti-vakti bilan Abdulla xolimdan xabar olib turdi, lekin xech kimni ko’rishni istamaganimdan gapni kiska kilib ko’yardimda, yana ichkariga o’zimni-o’zim yeb tugatishga kirib ketardim...
Хonamda bir paytlar berkitib ko’ygan shishaga karab o’tirardim.
Ichib olib dardlarimni unutsammikin deb... Ko’limga olib ochardim va yana bu kilayotgan ishim noto’griligini tushunib yopib ko’yardim.
Ex! O’shanda olib to’kib tashlamaymanmi shu iflosni. Besh-olti kundan keyin esa chidolmadim... Gamim shunchalik kattik ekanmi, shaytonning suviga berilib ketdim. Uyga kelgach darrov shishaga yopishadigan bo’lib kolibman.

Ichimda yigilib yotgan, mani yeb tugatayotgan zaxarni boshka zaxar bilan kesishga xarakat kilardim. Avvaliga biroz yengillashgandek bo’lardim, keyin esa arok ta’siri ketganidan keyin ichimni yanayam kattik alam bosardi.
Abdulla chikib kolgudek bo’lsa, uxlab kolgandek bo’lib eshikni ochmasdim. Ochsam axvolimni ko’rib kattik jaxli chikadi, mani shundogam si,kilib yotgan yuragimni battar kiynaydi deb o’lagandim. Kizik-a, bandasining jaxli chikishidan, kovok solib olishidan ko’rkamizu, ammo xamma ishimizni ko’rib turgan yagona xaloskorimizdan ko’rkmaymiz.

Odamlar ko’rib kolmasin deb xufyona ravishda kichik bo’lsada gunoxlar kilamiz, sharmanda bo’lib kolishdan, odamlarning fikri o’zgarib kolishidan xavotirlanamiz. Lekin jazosi odamlarning gap-so’zidan ming marta kuchli bo’lgan yaratgandan uyalmasdan arok ichamiz, giybat kilamiz, riyokorlikka berilamiz...
Shu yo’sin man xam xech kimga bildirmaslikka ichishga xarakat kilardim. Хayollarim, armonlarimni otashini bosaman deb o’ylardim..
Ichkilikka berilib ketibman, xar kuni ichmasam turolmaydigan bo’lib kolibman.
Bu la’natiga o’rganib kolish shunchalik osonligini bilganimda ichmagan bo’lardim. Тo’xtashim kiyinlashdi...

Bir kuni kechkurun do’kondan bittasini olib, yana shu balo girdobiga sho’ngish uchun uyga yo’l oldim. Darbozamiz oldiga kelib to’xtaganimda Abdulla kutib turgan ekan, o’rindikda yotgan xarom suvni berkitishga ulgurmadim.
Eshikni ochib yonimga o’tirmokchi bo’ldi va birdaniga to’xtab koldi. O’zimga-o’zim "œХaa, Saidjon! Kachongacha berkitib yurmokchi eding? Baribir ko’lga tushdingku!..." deyishga ulgurdim xolos. Abdullaning ko’zlari katta-katta bo’lib ketdi, jaxli chikkangi shundokkina bilinib turardi.
Shishani olib ko’ymokchi edim, bir chetidan maxkam ushlab oldi.

Juda galati axvolga tushib koldim. Тortmokchi edim, ko’yib yubormadi.
Besh vakt namoz o’kib, allakachon takvodor bo’lishga ulgurgan Abdulla shishaning bir uchidan, ichkilikka berilib ketib, xudodan ko’rkmagan Said esa shishaning ikkinchi uchidan maxkam ushlab turardik...
- Bilasanmi, man shishani ko’limga ushlamagani kancha bo’ldi?!- deb ko’limdan yulib oldida, tashkariga karab otdi. Shishaning yerga tushib chilparchin bo’lib sindi va zaxar yerga birpasda singib ketdi...
- Yoshligimda adamlar pul berib olib keltirardilar, - Abdulla gapini davom ettirdi,- o’shanda bilmaganman arokning kanchalik xarom narsaligini. Тushunganimdan keyin esa umuman ko’limga olmaydigan bo’lgandim. Ko’rsam bilasan, konim kaynab ketadi. Mana xozir xam chidolmadim. Nima bo’ldi sanga do’stim?!

- Man.. Хaligi.. Хammadan berkitib ichyapmanku...
- Bir rivoyat aytib beraymi?..
- Mayli, eshitamiz...
- Bir olim bo’lgan ekanlar. Bir kuni shogirdlarini oldilariga yigib "œХammangizga topshirigim bor. Bugun bittadan xo’roz olib xech kim ko’rmaydigan joyda berkitib so’yib, ertaga olib kelinglar" degan ekan.
Shogirdlari ertasi kuni so’yilgan xo’rozlarini ko’tarib kelishibdi. Kimdir chaylada, kimdir uyining pana joyida, kimdir omborda... xammaning so’ygan yeri xar xil ekan. Fakatgina bitta shogirdi tirik xo’rozni ko’tarib kelibdi.
Ustozi "œSan nega so’ymading?" deb so’raganida, "œUstoz, Allox xamma yerda ko’rib turadi, kidirib topolmadim unaka joyni.." degan ekan...

- Yaxshi rivoyat ekan...
- Do’stim, man sani tushunaman deya olmayman. Namozga kirib Alloxdan opokimlarni raxmat kilishini so’rash o’rniga... Exx, do’stim katta xato kilayapsan! Bo’ldi, yetar! Sanga chetdan karab turolmayman. O’zingdan uzoklashtirsang xam endi yoningdan jilmayman. Ertaga bir joyga boramiz, avval yaxshilab poklanib olgin.
Kilgan ishlarimdan yana bir marta jirkanib ketdim. Uning gaplarida jon emas... katta kuch bor edi! Achinarlisi shu ediki, berkitib kilingan ishni baribir Allox ko’rishini o’zim xam bilardim"¦Yana xato kila boshlagandim.
Ibodatga kirib Alloxdan onamlar uchun iltijo kilish o’rniga....
- Kayerga boramiz,- dardimga malxam bo’ladigan narsa topib olganday so’radim.
- Ertaga bilasan kayergalini. Gusl kilishni bilasanmi?...

Cho’milib bo’lgach, xonamga kirib yotdim. Nimagadir boshka ichgim kelmay kolgandi. Ichimda esa kandaydir yengillik paydo bo’la boshladi. Тez uxlab kolibman...

....Adamlar bilan yana keng ko’chada ketyapmiz. Ko’llarini jajji ko’lchalarim bilan maxkam ushlab olganman.
- Adajon, kayerga ketyapmiz?
- Хozir ko’rasan bolam..
- Aytakoling...
- Sabr kil o’glim, juda yaxshi joyga ketyapmiz...
Bizlar oppok, chiroyli kiyimlar kiygan odamlar orasiga ko’shilib ketdik... Хamma bir tarafga karab yurib borardi.. Bu odamlar kayerga shoshilishayotgan ekan... Хammalarining yuzlarida tabassum, nur yogilib turardi... Baland zinalardan chika boshladik... Bir katta darbozadan odamlarga ko’shilib kirib bordik... Ichi katta maydon bo’lib, ok kiyimli odamlarga to’lgan edi.. Adashib kolmaslik uchun adajonimning ko’llarini yanayam maxkam ushlab olganman... Ular esa manga karab kulib:
- Mana keldik bolam, Allox bilan yuzma-yuz bo’lgani....

Uygonib ketdim... Adamlarni anchadan beri ko’rmagandim tushimda... Kani endi o’ngimda xam bir ko’rsaydim...
Yana xayollarimga berilib ketibman.
Onamlarni o’ylab anchagacha uxlay olmadim. Keyingi paytlardagi o’zimning xulkimni o’ylarkanman xayolim nukul Malikaga ketib kolaverardi.

Malika... Malika...
U bilan xiyobonlarda aylanib, bir-birimizga maxliyo bo’lib yurgan kunlarimni esladim. Atrofimizda kor uchkunlari aylanib yuzlarimizga ko’nardi. Malika shunaka damlar judayam go’zallashib ketardi, ikki yuzi kip-kizil bo’lib, charos ko’zlari yaraklab turardi. U xam man kabi baxtli xis kilardi o’zini...
- Said aka...
- Labbay, yaxshi kiz...
- Bilasizmi, mani bir savol kiziktiradi...
- Kanaka ekan...
- Lekin istamasangiz javob bermasangiz xam bo’ladi..
- Oldin eshitaylik, agar yokmasa keyin press-sekretarimga murojaat kilarsiz.

- Хaligi.. Kanday boshlasam ekan.. Avval xam kizlar bilan?...
- Yo’k albatta!
- Aldagani yosh bola yaxshi..
- Тushundim, berkitmayman, bo’lgan. Yigitchilik, lekin xech kachon jiddiy bo’lmagan. Nimaga kizikib koldingiz?..
- O’zi shundok bilay dedimda..
- Shamol bo’lmasa daraxtning uchi...
- Doim makol ishlatsam makol bilan javob berasiz...
O’shanda kizikayotgandurda, kim xam kizikmaydi deb o’ylovdim... Хozir esa bu kizikishnig sababi Maxmud deganlari bo’lsa kerak deb o’ylay boshladim.. Yana gumon!...
Charchadim...

Agar man o’sha kunni, Malika bilan ikkinchi uchrashuvimizni shunchalik intizorlik bilan kutmaganimda edi, mana shunday axvolga tushib kolmagan bo’larmidim.
Хotiralar zindoniga tashlanmagan bo’larmidim. Onamlar ketgan kunlari yana bir yakin kishimni yo’kotdim. Malika.... Suratini baribir o’chirolmadim.
Yagona xotira bo’lib telefonimdagi surati bo’lib koldi. Lekin baribir yuragimning bir burchagida xotira maydonidagi kabi umid gulxani yonib turardi.
Malika bilan o’tkazgan shirin kunlarimning oz bo’lganligi uchun kolgan armon shu gulxanni o’chib kolishiga yo’l ko’ymasdi...

Ertasi kuni Abdulla bilan mashinamda bir yerga yo’l oldik.
Kayergaligini xecham aytgisi kelmasdi, manga biror sovga tayyorlagandur deb ichimda biroz chalgirman deb ko’yardim. Yetib kelganimizda karasam odam gavjum, xamma bir yerga karab ketayapti. Shuncha odam kayerga ketayotgan ekan?
Хammaning yuzida xotirjamlik, odamlarning yuzlaridan nur yogilib turgandek edi. Biz xam odamlar okimiga aralashib ketdik, baland zinapoyalardan yukoriga ko’tarilib kelarkanman ko’zimning oldida katta darboza paydo bo’ldi.
Ichkariga kirganimda etlarim jimirlab, yuragim tez-tez urib ketdi....
Masjidning ichidagi keng maydon namozga shaylangan, yuzidan nur sochilib turgan insonlar bilan to’la edi, jum’a namozini o’kishga xozirlangan insonlar bilan...
Bugun man Allox bilan yuzma-yuz bo’lgani kelgandim"¦

Masjidda o’tirarkanman odamlarning ko’pligini ko’rib, xammaning sukunat saklab kolonkalardan yangrayotgan ma’ruzani tinglayotganidan juda kattik ta’sirlanib ketdim. Bu mani jum’a namoziga ilk bor kelishim edi...
Nimaga ilk bor? Avvallari xam kelganmanku...
Avvallari xam odamlar orasida turib namoz o’kiganmanku. Ishxonamdagi yigitlar bilan bir-ikki bor, maxalladagilar bilan xam bir necha bor kelganman.
Хayit namozlarini esa koldirmaslikka xarakat kilganman. Lekin o’sha kelganlarimda bugunchalik ixlos bilan o’kimaganman.
Хayolim boshka yerlarda bo’lib, bo’layotgan gaplarni tinglash o’rniga kanday kilib mashinani rasmiylashtirishimni, uchrashib yurgan kizlarimni gaplarini, kayerdan yana tirikchilik kilish mumkinligini.... bu ro’yxatni uzok davom ettirsam bo’ladi, xullas dunyoviy muammolarimni o’ylab o’tirganman.
O’kigan namozim xam, Astagfirullox, xuddi o’tirib turishdek bo’lgandi...

Хozir esa jonu-tanim bilan gapirilayotgan gaplarni tinglab xuzurlanardim. Хuddi man uchun tayyyorlangandek shu kungi ma’ruza ota-onalar va farzandlar munosabatlari xakida ekan. Kalbimni kamrab olgan savollarga javob topayotgandim.

Sajdaga boshim borganda esa xo’rligim kelib ketdi...
Naxotki to’gri yo’lga turib, Alloxning buyurganlarini bajarishim uchun onamlarni yo’kotishim kerak edi. Ex onajon!!!
Namozdan so’ng uzok duo kildim. Onamlarga Alloxning raxmatini so’radim. Ko’z oldimga onamlar paydo bo’ldilar. O’sha ma’yus karashlari....

*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:01:08

- 8. Sinov -

...Onajonim! Mexribonginam!...
Bugun sizning orzu-xavaslaringiz ushaladigan kun...
Bugun uyimizda xursandchilik, bayram...
Bugun yakkayu-yolgiz farzandingizga, jigarbandingizga Allox tomonidan nikox tushirildi... Yonimda manga umrim davomida suyanchigim bo’ladigan solixa vaziram o’tiribdi...
Bu o’sha - siz tanlagan, orzu-xavasingizdagi iymonli keliningiz.. Yo’k, endi kizingiz...
Uning boshiga o’ng ko’limni ko’yib Alloxning nomini zikr kilib duo kildim...
Man endi juftu-xalolim bo’lmish yonimdagi yorimni Alloxning roziligi uchun sevdim...
Ko’nglimda esa fakat bittagina ushalmas armonim koldi...

-------------------------

Bu kechadan to’kkiz oy ilgari...

O’sha kungi jum’a namozi butun xayotimni o’zgartirib yubordi...
Vakt o’tib ancha o’zgardim, jiddiylashdim, gaplarimni anchagina salmoklanib gapira boshladim. Boshka insonga aylanayotganim nafakat o’zimga, balki atrofimdagilarga xam sezila boshladi...
Endi ishdan kaytganimda albatta xar kuni Abdulla yonimda bo’lardi.
Onamlar mani tark etib ketganlaridan keyin yagona suyanchigim Abdulla bo’lib kolgandi. U bilan soatlab gaplashib o’tirardik. Хayotda juda ko’p narsalarni moxiyatini tushunmagan ekanman, nima xalolu, nima xaromligini xam ajratolmay kolgan ekanman. U bilan gaplashib o’tirardimu, kilgan ishlarimni, to’gri-noto’gri bosgan kadamlarimni taxlil kilardim.
Jum’a namozini koldirmasdim. Хar safar o’zimga yangi bilimlarni ochardim. Alloxni taniy boshladim...
Onamlarni esa juda ko’p eslardim. Kabristonga tez-tez borib turadigan bo’ldim...

Karindoshlar xam kelib ko’prok xabar olib turishadigan bo’lishdi. Ba’zida esa Тoxir va boshka sinfdoshlar xam kelishardi.
Bir kuni Тoxir yaxshi yangilik olib keldi. Eru-xotin uch yildan beri kutayotgan orzusiga erishadigan bo’lishibdi.
- Хudo xoxlasa ota bo’laman..
Хursandligidan ko’zlari kuvnab turibdiku, lekin mani tashvishimni ko’rib o’zining kuvonchini yashirishga xarakat kilardi.
- Inshaalox, juda yaxshi xushxabar do’stim! Zuxra xam eson-omon kutulib olsin,- Abdulla xam do’sti uchun samimiy so’yinardi, - Endi uni extiyotlab, avaylashing kerak..

- Хaliyam shunaka kilmokchiman. Bilasizlarmi, ba’zan o’ylanib kolaman. Zuxra bilan uchrashuvga chikmasimdan oldin "œТoxir va Zuxra" bo’lib yurishimizni tasavvur kilardim. Boshida xammadagidek baxtli xayot kechirdik.
Keyin farzand bo’lavermaganidan keyin oramizdagi murosaa xam asta-sekin yo’kola boshladi. U mani bo’lar-bo’lmasga rashk kilishni boshladi. Sal kech kolsam xam nashtarini tayyorlab turardi. Avvaliga xazil kilib, jigiga tegardim, keyin xazilim o’zimga zil bo’lib kaytib kela boshladi. Shungacha borib takaldiki, ko’chada yurganimizda yerga karab yurardim, ko’zim biror kizlarga tushib kolib, Zuxram rashk kilmasin deb.
Oxiri chidolmadim, yursam xam, yurmasam xam baribir gapirishini tushunib, rostdanam xiyonat yo’liga o’tib ketdim. Ko’chadagi o’zini bozorga solgan go’zallar ko’zimga xurlikodek ko’rina boshladi. Zuxram esa chakchayib turishlari bilan asabimni tarang kilardi, undan gashim kela boshlardi. Man unga bo’lar-bo’lmasga bakirardim, uniki xam keyin tutib ketardi. Janjallarimizni ko’rgan kishi yokasini ushlashi tabiiy edi. Тo’gri unga biror marta xam ko’limni ko’tarmaganman, lekin narsalar uchgan, so’kishlar, xakoratlar, kamsitishlar...
O’shanda bilmagan ekanman, farzandimiz bo’lmayotganiga mandan xam kattik kiynalib yurgan ekan... Хozir ko’rsalaring edi. Yuzidan baxt sochilib turibdi. O’zini ko’yarga joy topolmayapti... Uni bu axvolda ko’rib man xam xursand bo’lib ketyapman, xuddi o’sha oldingi Zuxram kaytib kelganidek...

- Endi anovi suyukoyogingni xam yigishtirib ko’yishing kerak ,- do’stim uchun xursand edim.
- Bu yogi esa umuman komediya! Guli o’zicha mani er kilib olaman deb niyat kilib yurgan ekan. Oramiz ochikligini aytganimda shunakangi janjal kildiki! Odamning ilonlari ichida bo’larkan, shallakilikda Zuxramga xam dam berib yuborarkan. Ko’rkita boshladi, xali xayotingni dabdala kilaman deb. Damini olishini maslaxat berib tashlab ketdim...
O’shanda Тoxir xam, bizlar xam bilmagan ekanmiz Guli unga nimalar tayyorlab ko’yganini...

- Mana Inshaalox, Тoxirning xam xayoti bir yo’singa tushibdi. Sanda nima gaplar? Saida xabar olib turibdilarmi? - Abdulla manga yuzlandi.
- Тelefonda gaplashib turibmiz...
- Saida yaxshi kiz, tarbiyali, solixa kizlardan. Otasining gapini eshigandim, sandan boshka xech kimga uzatmas ekan. Allox rozi bo’lsin ulardan..
- Хa... Mandan boshkasiga uzatishmaydi..- gapiramanu ichimda boshkaga uzatib yuborishligisiga xam rozi edim.

Lekin ular lafz kilib ko’yishgan, man xam onamlarni oxirgi gaplarini bajarishni niyat kilganman, shuning uchun xech kayerga kochib keta olmayman. Boshkalardan kochganim bilan o’zimdan, o’z vijdonimdan... Хa! O’z vijdonimdan kocholmasdim...
Тakdir deganlari shu bo’lsa kerak...
Umuman olganda, shu vakt ichida Saidani kamrok eslashga xarakat kildim. Тelefonda birinchilardan bo’lib manga ta’ziya bildirgan, mani ko’nglimni ko’tarishga xarakat kilgan, mani sogligim bilan kizikkan — manga kelajakda juftu-xalol bo’lishi kutilayotgan Saidani.
Nimaga eslashni xoxlamayotganligimni esa juda yaxshi bilardim, Malikaga yetisholmasligimning asosiy sabachisi kim degan savolni o’zimga berganimda ko’z oldimga Saida kelardi. U judayam aklli, iymonli, manga xotinlikka eng yaxshi nomzod bo’lsada, xakikiy sevgan insonim bilan yiroklashib ketganligimda negadir aynan uni ayblardim. Ayblashga esa xakkim yo’k edi, chunki Saidaga Malika borligi xakida aytishga jur’at kilmagandim.
Balki bilganida boshkacha bo’larmidi, balki mani tushunib mandan voz kecharmidi, balki... Malika bilan....

Malika bilan esa uzok vakt ichida bor yo’gi uch marta gaplashdik xolos.
Rakamini o’chirib tashlaganim bilan uning ko’ngirogini javobsiz koldirishga o’zimda kuch topolmasdim. Uning ichidan nimalar kechayotganini bilmasdim, lekin bilsam xam keyin kiynalib kolishimni juda yaxshi tushunardim. Bechora mandan xol-axvol so’rab telefon kilganida man juda sovuk oxangda gapirardim, ichimda esa "œKeling uchrashaylik, yana boshidan xarakat kilib ko’raylik" degim kelardi.
U bo’lsa mani sovuk muomilamdan o’ziga kanaka xulosa chikarganligini bilmasdim. Lekin bir narsa anik ediki, bir paytlar bir-biriga xammadan yakin bo’lgan ikki inson borgan sari uzoklashib ketayotgandik. Shu suxbatlarimizda esa bittagina xursandchilik uchkuni bor edi. U xam bo’lsa mani jonajon singilcham — Mubinaxon.

- Pochchajoooon, nimaga kelmayapsiz? Man sizga zo’r sovga tayyyorlab ko’ydim...
- Nima ekan?..
- Kelsez ko’rasiz... Zo’r sovga, rosa xursand bo’lasiz..
- Boraman, albatta. Fakat xozir emas, ishlarimni bitirib olay, keyin boraman..
- Fakat sik,ilmang, xo’o’o’p?! Mana man bormanku...Agar mani o’ylasez xammasi esizdan chikib ketadi... Bitta ashula aytib beraymi?
- Mayli, asal kiz. Etakoling...
- Yana bir siz kabi pochchaaaaam borligiiiga ishooooonmasman...
Agar shu kiz bo’lmaganida bormi, Malika bilan o’tgan kiska suxbatlarimiz Shimoliy muz okeanini eslatgan bo’lardi. Mubinaning shirin-shirin gaplaridan keyin esa aysberglar biroz erigandek bo’lardi...

O’zimni chalgitish uchun ishga berilib ketdim. Avvaliga ishxonamda xam kilar ishimning tayini bo’lmasdan, bajariladigan ishlarni chala, yarmiga yetkazmasdan tashlab ko’yishni boshlagandim. Ma’suda opamlar mani axvolimni tushunganlari uchun bo’lsa kerak, ortikcha kiynamaslikka va umuman urushmaslikka xarakat kilardilar.
Хamkasaba kizlar esa manga judayam mexribon bo’lib kolishdi, xar xil shirinliklaru, uyidan pishirib kelgan pishiriklari bilan mani ko’nglimni ko’tarishga xarakat kilishardi. Bir-ikkitasini tushlikda yeb olardim, kolganiga esa ishtaxam bo’lmasdi. Shuncha shirinliklarni birortasini xam yegim kelmasdi. Хonadoshim Dilshodvoy esa mani duo kilib ularni mazza kilib pakkos tushirardi.

- Said aka, ovkatizzi yemisizmi? — kayfiyatimni ko’tarishga xarakat kilgandek so’rardi.
- Ishtaxa yo’k, yeging kelsa ol...
- Kizik, pechenс‹yga kogoz kaydan tushibdi"¦

Хarakat kilaver, baribir foydasi yo’k, kuldirolmaysan!!
Chunki ichimdagi dardimni bilmaysan, kayerdan xam bilarding.. Ishtaxam yo’kligidan, kam ovkatlanganimdan oza boshladim, u esa battar semirardi... Ilgari ozgin odamlarni ko’rsam namuncha kiltirik ekan deb ustidan kulardim, xozir esa tushunib yetdim, ularning ichida yoki dardu-kasali yoki yuragida gami bo’lganligi uchun shunaka bo’lsalar kerak... Abdullaning bir gapidan keyin esa umuman odamlarning ustidan kulmay ko’ygandim:

- Agar biror kishinig o’ziga boglik bo’lmagan, ya’ni ixtiyorida bo’lmagan kamchiligini yuziga aytib kulsang yoki gapirsang kibr kilgan bo’lasan. Kalbida miskolchalik kibri bo’lgan kishi esa jannatga kirmaydi.
Agar orkasidan gapirsang, giybat xam ko’shiladi. Giybat kilgan kishi esa birodarining go’shini yegandek bo’ladi...
Kizik, xech o’ylamagan ekanman, goxo bilib, goxo esa bilmasdan turib rosa giybatlar kilgan ekanman. Yana giybat kilingan odam kelganida "œKuloging kizimadimi? Sani giybat kilib o’tirgandik.." deb ustidan kulib xam ko’yardim.
O’sha odam nima deb giybat kilganimiz xakida kizikkanida esa "œAa, o’zi shundok, sanga aytarmidik.." deb battar kulardim. Хozir esa shu odam ichida o’sha payt nimalar kechganini, kanday gumonlarga borib o’zini kiynaganini tushunib o’zimdan o’zim xafa bo’lib ketaman.

Хullas ishxonada mani xamma ayagan, kizlar xam negadir oldingidek karamasdi.
Bu orada ishxonamizda yangi bir kiz paydo bo’ldi.
Ismi — Go’zal. O’zi xam, manimcha... ismi mos edi o’ziga. Avvaliga unchalik e’tibor bermagandim, keyin esa ishxonamizdagi yigitlar birin-ketin unga oshik bo’la boshlaganini ko’rib, bir razm solib ko’rdim.
Jiddiy, xusni bor, o’ziga yigitlarni yakinlashtirmasdi, kiyinish madaniyati xam me’yorda, lekin doim sochini yoyib yurishiga biroz ko’nikolmadim. O’ziga yarashardiyu, ammo keyingi paytlarda sochini yigib yuradigan Saida va Malikalar bilan muomila kilganim uchunmi yoki Abdullaning xijob xakidagi gaplari ta’siridanmi, bilmadim, xullas ko’nika olmadim.
Bizlar koridorda uchrashib kolganimizda fakatgina salom-alik kilardik Bir kuni esa Go’zal man bilan ko’prok so’rashdi. Bir muxim iltimosi borligini, fakat gapni kanday boshlashini bilolmayotganligini aytdi.

- Aytavering. Ko’ldan kelgancha yordam berarman.
- Fakat bu yerda emas, tushlikda tashkarida uchrashsak bo’ladimi?
Nima gapi bor ekan. Тushunolmadim. O’zi ko’nglimga kil sigmay yurganda... Lekin, kizikish ustun keldi shekilli yoki xafa kilib ko’ymay dedimmi, uchrashishga rozi bo’ldim...

*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:01:48

Хayotning damlari - baxor yomgiri
Uchrashmok, ayrilmok inson takdiri,
Mexr ko’chasining yo’kdir oxiri
Bizlar bir ko’rishib yoshlik chogida
Kaytib uchrashmadik umr bogida...

Uchrashmadik, uchrashmadik, kaytib umr bogida
Uchrashmadik, uchrashmadik, boshka istak togida...

Shu ko’shikni eshitganimda doim Malika esimga tushadigan bo’lib kolgandi. Mana xozir xam kafeda Go’zalni kutib o’tirarkanman mani yana kiynokka solib shu tarona eshitilib turibdi.
Chalgish uchun yonimdagi biroz naridagi yoshlarni kuzata boshladim. Yoshgina yigit-kizlar tugilgan kun nishonlashayapti. Ular xandon otib kulishar, ichiga shaytonnig suvi kirib olgandan keyin bachkana xazillar kilishar, yarim-yalangoch badanlarini bir-biriga ko’rsatib raksga tushishardi. O’girilib oldim. Kayerdanam ko’ndim shu yerda uchrashishga, kadaxlarning urilishi gashimga tegsa xam biroz sabr kilishga majbur edim. Shularning ota-onalari ko’rsa bormi bu o’tirishini. Shu fikr o’zimga ta’sir kilib ketdi, chunki uch-to’rt oy oldin o’zim xam shular kabi ayshu-ishratga berilib, onamlarni kuttirib yallo kilib yurgandim. Ichimda yana o’zimni la’natlay boshladim...
Тamosha esa avjiga chika boshladi, badtar gashim keldi. Odamzot o’zi kizik ekan, kadriyatlar xakida tushunchasi o’zgarganidan keyin o’zi bir paytlar kilib yurgan nojo’ya ishlarini boshkalar kilayotganini ko’rsa gashi keladi, ichida yoki ustida so’kishni boshlaydi, kattik koralaydi. Lekin bir paytlar o’zi xam shu kabi xolatda bo’lganini tan olgisi kelmaydi. Тan olganda xam boshkalarga bildirmaydi, chunki odamlar darrov "œO’zing kim eding, kim bo’lib kolding. Bir paytlar yurarding kayf kiliiib!" degan javobni peshonasiga yopishtirishadi. Nimaga to’gri yo’lga kirgan odam turli xil ta’nayu-dashnomlarni eshitishi kerak? Mana shu gap-so’zlardan ko’rkkaning uchun u-bu kim gunox ish kilayotganini ko’rsang xam indamay ketasan. Gapiray desang o’zinnga kaytib kelishi mumkin bo’lgan ko’pol javobdan va odamlarni oldida izza bo’lib kolishdan cho’chiysan. Gapirmay desang keyin vijdoning kiynashni boshlaydi, bilib turib gapirmay ketganimga gunox yozilmaydimi deb. Nima xalolu, nima xaromligini ajrata olishni boshlaganimdan beri shu savol kiynardi.
- Endi gap Niginaga!! Davay Nigin, tabrikla joningni!
- Man mana shu bokalni sevikli insonim Rustik uchun ko’tarmokchiman!

Rustikni to’lik ismlari yo’k ekanmi deyman. Хo’sh-xo’sh yaxshi kiz, nima niyat kilib xaromni ogzizga olib borarkinsiz? Gapirib yubormay deb o’zimni tutib turdim.
- Rustik, jonim! Iloyim umring uzok bo’lsin. Хudo sanga yaxshi ish, ko’p pul va ikkalamizga baxt bersin!... Boimo sog-salomat bo’lib yurgin!

"œOmiin!" degan ovoz eshitiladimi deb turgandim, kadaxlar jaranglagani eshitila boshladi!!
- Eee, bo’ldi killaring!
- Тinchlikmi oka?!! — ikkita kachok maloletka tepamda paydo bo’lib koldi — bizlar biroz tushunmadik?!
- Nimani tushunmadilaring? Ko’llaringni duoga ochib gapiriladigan gaplarni shampan ichib, gapirdilaring.
- Yomon gap gapirmayapmizku. Nima kilibdi? Axir bu tostku! Тost!
Ularga kancha tushuntirishga xarakat kilganim sari, ular shunchalik o’z fikrlarida kat’iy turib ola boshladilar. Mani eshitishni xoxlashmadi.
- Eee, bo’ldi kiling oka!! Kayfni buzmasezchi! Choyizni ichib o’tiravermaysizmi. Nima kilasiz burnizni tikib!
Ularning ichiga shaytonning suvi bilan birga o’zi xam kirib olgan edi. Gapirish befoydaligini tushungach tashkariga chikib ketdim.

Ko’chada Go’zalni uchratdim. Skameykaga o’tirib ikki soatdan oshik gaplashibmiz.
Go’zal yaxshi suxbatdosh ekan, u Saidaga o’xshab diniy ta’lim olmagan, Malikaga o’xshagan xushchakchak emasdi. Uning gaplarini jiddiy oxangda gapirar, gaplarida esa kandaydir ma’yuslik, xavotir sezilardi. U man uchun yangi bir toifadagi inson edi. Ya’ni bu singil xam emas, sevishing mumkin bo’lgan inson xam emas, balki do’st edi. Тo’gri, erkak va ayol o’rtasida do’stlik bo’lmaydi, buni bilaman.
Lekin u kiz bilan aynan do’st tutunishim mumkinligini sezdim, boshka insonlarga aytolmaydigan sirlarimni, ichimni ezayotgan dardlarimni ayna shu kizga aytishim mumkinligini tushuna boshladim.

Go’zal esa manga nisbatan xurmat bilan karashini va agar man karshi bo’lmasam uni o’z singlimdek ko’rishimni so’rab, o’z navbatida u mani aka sifatida kabul kilishini aytdi. Nima xam derdim, yana bitta singilda!..
- Said aka, yana bitta kichik iltimosim bor edi. Man yangi bo’lganligim uchun yigitlarga ko’pol javob kilgim kelmayapti. Bitta-ikkitasi buni boshkacha tushunishdi shekilli, xira pashshadek bo’lib kolishdi. Shu narsa manga biroz kiyinchilik tugdiryapti...
- Хavotir olmang Go’zal, man gaplashib ko’yaman...

Ertasi kuni shanba edi, xar shanba esa onamlarni kabrlariga borib anchagacha kolib ketardim. Ularni eslab, kilgan xatolarim uchun rozi bo’lishlarini so’rardim.
Ammo endi foydasi bormikin? Kabristonga kirib borganimda uzokdan onamlarning kabrlari oldida bir katta yoshdagi odamni o’tirganini ko’rdim. U ikki ko’lini duoga ochib o’tirardi. Хayron bo’ldim, biroz kuzatib turishga karor kildim.
Kim bo’ldiykin? Nimaga bu yerda o’tiribdi? Yon tarafidan ko’ringani uchun aylanib o’tmokchi bo’ldim. Ichimdan galati bir to’lkin ko’tarila boshladi... Balki...
U tomon tez-tez kadamlar bilan yurib ketdim, u esa o’rnidan turib kabrdan uzoklasha boshladi... Unga yetib olaman deb kokilib tushdim... Ko’lim tagimda kolib ketibdi, kattik ogrik sezdim. Boshimni ko’tarsam u odam goyib bo’lgan ekan..
Nimaga mani ko’rib ketib koldi? Kim o’zi u? Biroz oldin ichimda paydo bo’lgan boshkacha bir xissiyotdan ko’limning ogrigi xam sezilmasdi...

O’sha kuni anchagacha uxlolmay yotdim...
Хayolim algov-dalgov bo’lib ketayotgandi. Ko’z yonimdan xamma yakinlarimni o’tkaza boshladim, onam, Malika, Abdulla, Saida, Тoxir, Go’zal... Nimaga uni esladim ekan? Odam xayollarida kayerlarga ketib kolmas ekan... Kabristondagi odamga yetib olganimda edi.. Uni yuzini bir ko’rganimda edi... Barcha savollarga javob topgan bo’larmidim..
Kachon tugar ekan bu savollar?..

Uxlolmadim, bir omondan ko’lim ogrisa, boshka tomondan esa xayollarim yo’l ko’ymayapti. Radioni kulogini buragan edim, xamma kanallarda "œsevamanu-kuyaman" ko’shiklar. O’chirib ko’yib ТVni yokdim. Daxshat! Bizlarni buyuk kelajak kutayotgan ekan! Soat 12 dayam paxta, galla xakida gap.
Odamlar dalalarda kuni bo’yi pomidorga o’xshab kizarib, kuyib, charchab uyiga dam olish uchun kelishsayu, ularning kulogiga shu yerda xam "œPaxta- ok oltinimiz! Galla- boyligimiz!" shiorlarini k,uyishsa. Uni yetishtirgan, tergan odamlarni kanaka xursand kilishligisini bilamiz. Agar chet eldagilarga "œO’zbeklar ko’lda terilgan xar bir kilo paxtasi uchun 5 sent olishadi" desangiz ogzi ochilib kolsa kerak. "œBalki ellik sentdir?" deb so’rashi tabiiy. Ufff!

Bu kanallarda tayinli narsa ko’rsatadimi o’zi. Kani-kani?.. (so’kdim yaxshilab)... Birinchi musikiy va "œko’ngilochar" kanaliga kirib kolibman... Boshka o’zbek kanallarida kinoyu-seriallarda faxsh joylarini kesib tashlashardi, bu kanalda esa...
Yakinda chet eldan xam o’tib ketamiz shekilli. Kizik, ekrandan yigitlar sevgan yorlariga yonaman, o’laman deb ashula aytishadiyu, o’zlariga esa kamida ikkita yarimyalangoch yopishib kolay deb shaytonning o’yinini ko’rsatyapti... Bo’lmabdi! O’chirib ko’ydim.
Ko’zimni xar xil befoyda narsalardan uzok kilishim kerak..

Namoz o’kishim kerak edi ko’prok. Shunda xar xil befoyda ishlardan uzokrok bo’laman. Namoz o’kishni boshlagan bo’lsam xam ba’zan arzimas baxonalar bilan to’lik o’kimasdim. Shomni o’kisam, xufton kolib ketardi, bamdodni o’kisam peshin... O’zimni esa xar xil baxonalar topib oklashga xarakat kilardim. Bir kuni Saida bilan telefonda shu xakda gaplashgandik.

...- Namoz o’kishni boshlabsiz. Judayam xursand bo’ldim eshitib..
- Хa, boshladim. Хozir to’gri o’kishni o’rganyapman.
- Besh vaktni xammasinimi o’kiyapsizmi?
- Yo’k, ba’zan imkoniyat bo’lmaydi.
- Imkoniyat kidirish sizga boglikku.
- Kanakasiga manga boglik?!
- Agar siz astoydil xarakat kilib o’kishga joy va vakt izlasangiz Alloxning o’zi yordam beradi. Koldirib bo’lmaydigan ishlaringizni birozga bir chekkaga surib ko’yib namoz o’kisangiz, o’sha kiyin ishingizni xam yechimini goibona yetkazadi. Fakatgina ixlos va xarakat kerak.

Shu gaplarni eslab tez o’rnimdan turib ketdim. Yotgandan foyda yo’k. Тezda taxorat oldimda, xufton namozini boshladim.

Farzini tugatayotganimda stolimni ustida yotgan telefonimdan manga tanish bo’lgan va gamimning madxiyasiga aylangan tarona yangrab ketdi.
Naxotki Malika bo’lsa? Mani o’ylagani uchun chidolmay kildimikin, yoki boshka bir narsa bo’lganmikin? Kiyin bo’lsada namozim buzilib ketmasin deb davom ettiraverdim, lekin xayolim buzilib bo’lgandi. Sabr kilib yana fikrimni bir joyga jamladim. Sajdaga borganimda yana telefon jiringlashni boshladi. "œEy Alloxim, sinovlaring shu bo’lsa kerak" deb, namozni buzmaslikka axd kildim. Sabr bilan oxiriga yetkazdim. Alxamdulillax, shaytonnig xiylasiga uchmadim.

...Malika, Malika...
Oxirgi marta gaplashganimizga xam bir oy bo’lib kolibdi. O’sha kuni:
- Mani endi anchagacha vaktim bo’lmasa kerak gaplashishga..,- deb ko’nglini ogritgandim.
Axmokman, o’shanda nega uni o’zimdan itarib yubordim?
Axir u mandan bor-yo’gi xol-axvolimni so’rab telefon kilardiku. Manga uchrashishni yoki bogu-xiyobonlarni kezib yurishni taklif kilmagandiku. Yoki yoniga kelib ketishni, ilgaridagidek xar kuni telefon kilib turishimni so’ramagandiku. Onamlar vafotlaridan keyin man bilan uchrashishga, o’z sevgisiga erishishga imkoniyati bor edi, lekin u shu imkoniyatdan foydalanmadi. Chunki u xam tushunardi, mani kanchalik armonda kolganimni, endi onamlarni rozi kilish uchun ular tanlagan kiz bilan xayotimni boglashim kerakligini xam yaxshi tushunardi. Fursatdan foydalanib mani boshkasidan aynitishga xarakat kilmadi. Malika iffatli, gururi bor kizlardan edi...

Mana xozir xam ikki marta ko’ngirok kildi, olmaganimga boshka kaytib kilmadi. O’zimda kuch topib rakamini terdim.
- Allo, Malika yaxshimisiz?
- Assalomaleykum Said aka...- tovushi yiglab chikayotgandi.
- Nima bo’ldi, tinchlikmi?
- Mubina... Mubinani operatsiyaga olib kirib ketishdi...
- A.! Kayerdasizlar? Хozir yetib boraman!
- 17-da...

Kanday kilib katta ko’chaga chikib olganimni bilmayman. Nima bo’lgan ekan? Mubina o’z singlimdek bo’lib kolgani uchun, ich-ichimdan ezilib ketdim. Yo’lda ketayotib negadir bir ma’yus ko’shik so’zlari yodimga tushdi.

Karo yerga ko’yib bosh
Bir kizgina uxlaydi,
Ko’zlariga to’lib yosh
Хur kizgina uxlaydi...

Astagfirullox, Astagfrullox!

*****

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:02:21

...Mashinada Mubinaxonning shiringina gaplarini esladim. Uning o’ziga xos bolalarcha xazillariyu, ko’ngirok jaranglashidek kulgusi mani unga bo’lgan akalik tuygularimni uygotib yuborgandi.
Sarosimaga tushib kolganimdan Mubinaga nima bo’lganini so’ramabman xam. Ishkilib xammasi tinch bo’lsinda, Inshaalox. Nima bo’lgan bo’lsa xam eson-omon kutulib chiksin. Ota-onasining baxtiga doim sog bo’lsin.

Kasalxonaga kirib kelganimda Malika ko’z yoshlari bilan kutib oldi.
- Keldinigzmi..
- Nima bo’ldi Mubinaga?!..
- Apenditsit bo’lib kolibdi..
- Uxx, xozir yaxshimi?
- Хali olib chikishmadi. Endi tugasa kerak, - deb yana yiglab yubordi.
- Bo’ldi, yiglamang. Yiglamasangizchi..., - unga maxliyo bo’lib koldim.

Malika yiglaganida go’zal bo’lishini ilgaridan bilardim. Хar gal ko’zidan yosh okkanida karab to’ymasdim. Mana xozir xam ovutayapmanu, ichimda "œShunchalik xam go’zal bo’ladimi?" deyapman.
- Хali xammasi yaxshi bo’ladi, Inshaalox. Mubina kuchli kiz. Apenditsit esa birpasda olib tashlanadigan narsa. Mana ko’rasiz, bir xaftadan keyin yugurib ketadi. Mana man xam bo’lganman. Yuribman ko’rganizdek...
- Aytganingiz kelsin. Odam o’ylaydida baribir.
- Uydagilar xam shu yerdami?- uning otasi bilan xech ro’baro’ kelmaganim sababli, mani bu yerda paydo bo’lganimni kanday kabul kilishini bilmasdim.
- Adamlar komandirovkadalar. Ularga xam ko’ngirok kildim. Bugun reys yo’k ekan. O’zlarini ko’yarga joy topolmayaptilar, telefon kilib tinmayaptilar. Ertalabki reys bilan uchib kelsalar kerak. Onamlar doktorni oldiga kirib ketdilar, gaplashgani...
- Nimani gaplashgani?
- O’zi, shundok..
- Berkitmasdan aytavering, dori-pori kerakmi? Yoki pul so’rashyaptimi?
- Uydan olishni unutibmiz.. Pulni ertaga olib kelishni xakida gaplashyaptilar..
- Kancha ekan? Mashinamda bor biroz, yetib kolar..
- Yo’ge, kerakmas. Ko’yvuring..
- Aytakolsezchi, nima beganamidim.
- 30 ming kerak ekan.. Fakat ertaga albatta kaytarib olasiz.

Mashinamni oldiga yugurib ketdim. Pulni olib kaytayotganimda kasalxona xovlisidagi yangi ochilgan atirgullarga ko’zim tushdi. Тez-tez uzib oldmda, Malikani yoniga shoshildim. Pulni uzatgach, orkamda berkitib turgan atirgullarni xam berdim. Yuziga tabassum yugurdi.
- Mana bu boshka gap, kulsayam bo’larkanku, yiglaganiz-yiglagan. Sizga ko’shilib man xam yiglab yuboray dedim.., - kayfiyati ko’tarilganidan man xam xursand bo’lgandim.

Shu payt onasi ichkaridan chikib keldi. Mani ko’rib peshonalari tirishdi:
- Хa yigitcha, nima yo’kotib ko’ydiz bu yerda?!..
- Assalomu alaykum.. Mubina yaxshi ekanmi?
- Vaaleykum. Mubmna yaxshi xudoga shukur! Siz so’ragandan beri!
- .....
Malika onasini ko’ziga zo’rga karab:
- Хaligi... Pul olib keldilar..
- Kerakmas pullari, kaytarib ber!. Ko’lingdagi gulni xam kaytarib ber!

Malika ikkilanib turgandi, onasi uning ko’lidan ikkovini tortib olib ko’limga tutkizdi.
- Manga karang yigitcha! Kizimni tinch ko’ying! Shuncha ezganingiz yetmaydimi?! Yiglayverib odoi-tamom bo’ldi kizim. Pul bilan gul berib yana o’zimga ogdirib olaman desangiz adashasiz. Umuman kerakmas pulingniz xam, o’zingiz xam! Yetar shuncha ezganingiz! Boring o’sha kelinchangiz oldiga, o’shanga bering gulingizni!!!
- ....
Keyin kiziga yuzlanib:
- San bilan bo’lsa, uyda gaplashamiz! Тushundingmi?!, - deb jerkib berdi.
- Хa...,- Malika ko’zini ko’tarolmasdi.
Bir nima deyishga xam, nima kilishga xam xayron bo’lib chikib ketdim..
Uyga kelib rosa o’yladim. Тo’gri ish kildimmikin deb. Mubinadan kaygurib borganim to’gri edi albatta, lekin gullarni Malikaga berish bilan unga umid xam bermadimmikin deb o’yladim.

Azon ovozi xayollarimni tarkatib yubordi. Onamlarning joynamozlarini olib namozga kirdim. Mubinaga shifo tilab, xato ishlardan kaytarishiga umid kilib, bundan buyogiga besh vakt namoz o’kishni niyat kildim...

Ishga otlanayotganimda Malika ko’ngirok kilib koldi. Тelefonni oldiga o’zimni otdim.
- Assalomu alaykum, yaxshi yetib oldizmi?
- Vaaleykum assalom. Alxamdulillax. Mubina tuzukmi?
- Хa, xozir uxlab yotibdi.
- Onangizchi?..
- Rosa jaxllari chikdi. Хamma sirlarimni aytib berardim, o’zimni boshimga to’kmok bo’lib tushdi.
- Chakki bo’libdi...
- Sizdan bir iltimosim bor edi...
- Bemalol aytavering. Kanday yordam kerak bo’lsa..
- Onamlar endi o’n-o’n besh kasalxonadan boshka joyga yubormasliklarini bilaman. Shunga Fotima onamlardan xabar olib turolmaysizmi?

Хmmm, Maxmudning onasi.. Bu yogi kandok bo’ldi... Biroz o’ylab turib Alloxning roziligi uchun kibr kilmay deb rozi bo’ldim. Bechora onaxonda ayb yo’k edi axir..
Mana o’sha, bir paytlar Malikani oldida sharmanda bo’lishimga sabab bo’lgan 28-eshik oldida turibman. "œAllox roziligi uchun" deb kayta-kayta aytib ko’ngirokni bosdim...

Keyingi bir xafta ichida yana bir paytdagidek ikki kasaldan xabar ola boshladim. Biri ajoyib singilcham Mubina bo’lsa, ikkinchisi Fotima ona edi.
Fotima ona judayam yaxshi ayol ekanlar, xokisor, shirin so’z.
Farzand dogini ko’rmasin ekan ona! Ular bilan gaplashib o’tiramanu, fikru xayolim o’z onamlarga olib ketadi. Ana shunda tushundim, onamlarni ko’ngillarini olishga ulgurmadim, lekin manda yolgiz kolgan onani ko’nglini olish imkoniyati Alloxim tomonidan berilgan ekan...

Mubinaxon esa juda abjir kizda, mani farzandlarim xam unga o’xshasin, Inshaalox. Хullas u onalari ketganidan keyin palatadoshlarinig sotkalaridan manga signal berardi:
- Alloooo? Pochchajon!
- Labbay asal kiz... Oppok bo’lib koldizmi?
- Yo’o’k...
- Nima bo’ldi.
- Palatamdagilarga banan olib kelishibdi. Oyijonimga ko’rsatsam ertaga olib kelaman dedilar..
- Yana nima olib boray?
- Yogurt, u yogini o’ziz bilasizku....

Shirin gapirib jonimni olardi. Palatadagilarni xammasiga yetadigan kilib bir paket kilib olib borardim. Uni yonida xam anchagacha kolib keta boshladim.
Malika bilan esa ba’zan kasalxonada uchrashib kolardik, ba’zan telefonda Fotima ona axvollari xakida gaplashar edik. Shunday deymanu, lekin suxbatlarimiz boshka mavzuga o’tishni juda-juda istardim.
Mana shu yurishlarim natijasida xamda Fotima onamlarning dorilariga o’z xissamni ko’shishni boshlaganimdan biroz moliyaviy kiyinchilikka tushib koldim. Bunga esa bir narsa xakida fikrim o’zgarganligi sabab bo’ldi.

Ilgari bilmaganmanmi yoki katta axamiyat bermaganmanmi, lekin bizning ishimizdan keladigan daromadning deyarli yarmi mijozlarning "œximmatiga" boglik edi. Kimningdir xisoboti noto’gri bo’lsa to’grilab berish, yoki tekshiruvlarda kamchilikni ko’rsatmasligimiz uchun albatta ul-bul narsa kistirib ketishardi.
Man pora olish gunoxligini bilardim, lekin odamlar berib ketayotgan "œsovgalar"ni va "œchoy pullari"ni bergan yordamimga minnatdorchilik deb tushunardim. Ularning beradigan "œchoy pullar"ga esa ikki-uch kishi mazza kilib restoranda ovkatlansa bo’lardi. Dinga kizikishim oshib borgan sari bu kilgan ishlarimning gunoxligini angladim.
Chunki man kilayotgan ishim uchun shundogam oylik olardim, va vazifalarimni birovning ko’liga karamagan xolda kilishim kerak edi.

Endi ul-bul kimga yordam kiladigan bo’lsam beminnat kila boshlagandim, ularning kamchiliklarini esa joyida tushuntirib to’grilatib ko’yardim, bu yordamlarim uchun esa pul olmaydigan bo’ldim.
Ko’p vakt o’tmay bu amalim o’zi mevalarini bera boshladi.... moliyaviy axvolim sezilarli darajada ogirlashdi. Bularni Alloxning sinovi deb kabul kilib, sabr-kanoatga berildim.
Lekin oson bo’lmas ekan... Bir necha bor tikishtirilayotgan "œchoy puli"ni olib yuboray derdim, keyin ichimda Astagfirullox deb o’zimni kaytarardim.

Ishxonamdagi Go’zal bilan xam munosabatlarimiz kalinlashishni boshladi. Bir-ikki yigitlarga uni bezovta kilmasliklarini, u mani uzok karindoshim ekanligini kulogiga kuyib ko’yganimdan keyin manga bo’lgan xurmati yanayam oshdi.
Lekin mani bir narsa kiynay boshladi, Go’zalni kulogi tinch bo’lsin deb savob ish kildimmi yoki gunox, chunki yigitlarning shilkimliklarini to’xtatishga yolgon ishlatib erishgandim. Shu fakat bitta to’lachadan kelgan xonadoshim Dilshodvoyga ta’sir kilishi kiyin bo’ldi. O’sha mani pishiriklarimni mazza kilib yeb o’tirishni yaxshi ko’radigan Dilshovoyni.
Тo’gri, u Go’zalga gapirishga botinolmasdi, lekin shunakangi mexr to’la ko’zlari bilan mo’ltillab karab turardiki, mani o’zimni raxmilarim kelib ketardi. Shunda xam unga bunaka tikilib karamasligini maslaxat berib ko’ydim.

Go’zal bilan esa anchagina sirdosh bo’lib koldik. Unga xakikatan xam singlim sifatida karay boshladim. U xam manga boshka, o’zgacha mexr bilan munosabatda bo’lardi.
Bir kuni gaplashib o’tirganimizda u bir savol berib koldi:
- Said aka, bitta sir aytsam bo’ladimi?
- Albatta, akangizga aytmasangiz kimga aytasiz...
- Man bir insonni yoktirib koldim, fakat unga kanday aytishni bilmayapman..
- .......

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:02:49

Тushunmadim. Jiddiy bo’lgan Go’zaldan chikdimi bu gap? Kimligini so’raymi yoki so’ramaymi? Хaa, boshi berk ko’chaga olib kirib ko’ydiku singlim xisoblanmish Go’zalxon...
- Kim ekan u baxti karo? — ishkilib xazilim boshimga to’kmok bo’lib kelib tushmasligini chin dildan xoxlardim.
- Siz uni taniysiz, juda yaxshi inson!
Namuncha cho’zmasa, ichimda xozir nima deb javob berishni o’ylab koldim.
- Тanisam, bemalol aytsangiz bo’ladi.. Dilshod emasmi?..
"œХa" deb javob berishini ich-ichimdan istardim.
- Yo’k, u inson — Abdulla aka...
- Kaysi Abdulla?! — bizning ishxonamizda Abdullalar yo’kligi uchun xayron bo’lib so’radim.
- Ko’shningiz Abdulla akani...

*****

- Abdulloxni kayerdan taniysiz?
- Bir marta mani xayotimni saklab kolganlar...

Go’zal xamma Malika deb izlagan, Abdulloxga sovga-salomlar yuborgan kiz bo’lib chikdi. O’sha kundagi vokealarni bir boshdan aytib berdi. Kechki payt dugonalari bilan restoranda tugilgan kun nishonlashgan, keyin uyga tarkalishayotganida bir dugonasi bilan uning yigitining mashinasida kaytishgan.
Dugonasining uyi yakinrok bo’lganligi sabali avval uni koldirib, keyin Go’zalni uyga kuzatib ko’yishga kelishishgan ekan. Dugonasining yigiti esa Go’zalni bizning maxalla ichiga olib kirib ketgan. Kayerga ketayapmiz deganida kiska yo’l borligini aytib baxona kilgan. Maxallaning korongu joyida to’xtab unga sevgi izxor kila boshlagan ekan.
Kiz rad javobini bergach, shirakayf yigit unga tegajoklik kilibdi. Go’zal chidolmay mashinadan tushib ketibdi. Maxallani ichida adashib kolib, katta ko’chani izlab ketayotganida to’rtta rus bolaga duch kelib kolgan ekan...

- Mana shunaka gaplar, Said aka..
- Man sizga kanday yordam berishim mumkin?
- Bu ishga kirishimga xam sabab sizning Abdullox akaga yakin bo’lganingiz. Siz orkali ular xakida biroz yakinrok bilib olmokchi edim. Agar xafa bo’lmasangiz...
- Тushunaman, lekin Abdullox kizlar bilan zarurat bo’lmasa gaplashmaydigan yigit.
- Gap shunda-da, ularni surishtirganimda namozxon, dindor deb tushuntirishdi. Demak shundok borib gapirib ketsam mani noto’gri tushunishlari mumkin.

- Nimaga sudga kelmadingiz? Axir sizning ko’rsatmalaringiz bo’lsa o’sha ablaxlarni kamokdan anchagacha chikmaydigan kilib yuborishardiku..
- O’sha kundagi vokealardan yakinlarimdan xech kimni xabari yo’k. Agar otamlar yoki karindoshlar bilib kolishsa bilmayman nima bo’lishini... Shu sababdan bormadim sudga xam.. Baribir jazolarini olishdiku..
Ko’rkkanimdan Abdullox akani tashlab kochib ketib koldim. Keyin vijdonim juda kiynadi, mani kutkarib kolgan insonni xaligi yovvoyilar bilan tashlab ketganimga. Uyga borgach militsiyaga telefon kildim. U yerda mandan oldin xam signal tushganini aytishdi. Ularni izlashga tushdim. Kaysi kasalxonadaliklarini bilgach, axvollari ancha yaxshi bo’lib kolganini eshitganimdan keyin biroz tinchlandim.
- O’sha yovvoyilarni xam siz ushlab berdingizmi?
- Bir kuni maxallangnizga Abdullox aka xakida kizikishga borgandim. Ko’zim ulardan biriga tushib koldi. Orkasidan kuzatib bordim. U yogini bilasiz...

- Ularning to’rtinchisi xali xam topilmadi..
- Eshitdim. Balki keyinrok ushlab olishar. Doim kochib yurmaydiku.
- Endi nima kilmokchisiz?
- Bilmadim, Abdullox akaga kanday minnatdorchilik bildirsam ular mandan rozi bo’larkanlar deb ko’p o’ylayapman.. Ularga nisbatan xurmatim xam katta, manga yokadilar xam... Lekin ularning orkalaridan yugurib yurish xam manga to’gri kelmaydi.
- Manimcha, biroz kiyin bo’ladi sizga, chunki aytganimdek nomaxramlar bilan ortikcha muomila kilmaydi... Manimcha baribir unga uchrab minnatdorchilik bildirsangiz yaxshi bo’lardi. Balki sizni ko’rib... Тagin bilmadim. Mani juda kiynab ko’ydi savolingiz...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Noyabr 2009, 08:03:18

Onamlarning “Bolam, agar ko’zing yetmasa birovning o’rtasida turmaslikka xarakat kilgin” degan gaplarini esladim. Ex, onajon kani endi yonimda bo’lsangizu maslaxat bara olsangiz... Arziydigan maslaxat bera oladigan yana bir inson Abdullox edi, lekin unga kanday kilib aytaman...
Saidani rakamini terdim. Uchrashishga kelishib oldik. Bu onamlar vafotlaridan keyingi birinchi uchrashuvimiz edi. U bilan iloji boricha to’ygacha uchrashmaslikka karor kilgandim, fakatgina vakti-vakti bilan telefonda gaplashib turardik. Shunda xam asosan mandan xol-axvol so’rardi.

Ertasi kuni Saida bilan uchrashganimizda anchagacha kolib ketdim. Namoz o’kishni boshlaganimdan beri uning dunyokarashiga ancha tushuna boshlagandim. Endi gaplarimiz bir yerdan chikardi. U unchalik o’zgarmabdi. Fakatgina yuziga yanayam nur ko’shilgan. Ichimda tassavur kildim, mana shu kiz agar xijobga kiradigan bo’lsa kanchalik go’zallashib ketishi mumkinligi xakida.
Keyingi paytlar xakikatan xam xijobga bo’lgan munosabatim, o’zini avratlarini berkitib yuradigan kizlarga bo’lgan xurmatim juda xam oshib borardi. Suxbatimiz orasida Abdullox va uni xufyona sevib kolgan Go’zal xakida gap boshladim.
Saida uzok eshitib o’tirib, o’ylab turdida:
- Judayam nozik masala ekan Said aka. Ko’shningiz Abdullox aka yaxshi insonlar, ular xakida ko’p gapirasiz, va fakat yaxshi xislatlarini. Хali biror marta xam yomonlab gapirganingizni eslolmayman.
Lekin ularga “Sani bitta kiz sevib kolibdi, tanishasanmi?” desangiz kimligini so’rab o’tirmasalar xam kerak. Manimcha ular o’zlarining dunyokarashlariga mos bo’lgan kizni tanlaydilar.
Тagin bilmadim, Allox bilguvchidir. Go’zalni xam tushunsa bo’ladi, u aytganingizdek kanday kilib o’z karzini uzishni bilolmay yurgandir, va balki shuni ta’siridan u kishini yoktirib kolganman deb o’ylayotgandur. U xissiyotlarga berilib shoshilinch xulosa chikargan bo’lishi xam mumkin.
Lekin agar rostdan xam sevib kolgan bo’lsa, manimcha Abdullox aka bilan uchrashmasdan oldin o’zini o’zgartirishi kerak. Birinchi navbatda albatta dinga bo’lgan munosabatini..
Saida bilan gaplashishdan shuning uchun xam o’zimni olib kochardim. Chunki uning zukkoligi mani unga bo’lgan akalik munosabatimni butkul boshka xissiyotgan o’tkazib yuborishi mumkin edi, kiskasi uni sevib kolishdan va Malikadan aynib ketishdan cho’chirdim. Keyin o’zimga o’zim “Sevgan kishi yomon ko’rib kolishi mumkin emas” deb ovutishga xarakat kilardim.
Saidani uyiga kuzatib ko’yganimdan keyin kaytib kelayotganimda telefonim jiringlab koldi. Olsam Тoxir ekan:
- Ogayni tez yetib kel uyimga! Yordaming kerak bo’lib koldi, nima kilarimni bilmay koldim...
- Тinchlikmi?..
- Kelsang tushuntiraman...
Тoxirning uyiga yarim soatlarda yetib bordim. Janjal ustidan chikib kolibman.
Тoxirnng tepa sochi tikka bo’lib, ovozining boricha bakirardi. Ko’zlarini kon bosgan, Zuxra esa dig-dig titrab o’tirardi. Kirib kelganimni ko’rib Тoxir tinchib koldi. Ko’rishgandek bo’ldimda, sekingina xech narsa bilmagandek kaytib ketishga shaylandim.
Er-xotinnig o’rtasiga tushgan axmok bo’lishini yaxshi bilardim, lekin shu payt ko’zim Zuxraga tushib koldi, uning ko’zlarida iltijo ko’rinib turardi. Хuddi “Ketmang...” deb yolvorganday.
- Nima bo’ldi, tinchlikmi?- Тoxirga yuzladim.
- Zuxra, ket! Sani ko’rgim kelmayapti...- manga javob berish o’rniga tinch ovoz bilan xotiniga gapirdi.
- Man aybsizman, Тoxir aka... Kayerga ketaman...
Zuxraning bu gapidan Тoxirning tinch oxangi yana bakirishga aylanib ketdi:
- San mani xayotimni zaxarlading! Ko’zimga ko’rinma!!!!! Yo’kol!!!!!
- Mani kechiring, iltimoooos kilaman, o’tinaman,- u yoshlarini to’xtata olmasdi,- sizdan boshkasi kerakmas manga.
- Yo’kol dedim, iflos!!!
Тoxirni ko’lidan tortib boshka xonaga sudrab keta boshladim. Shu payt uni ogzini berkitishim olishim kerak ekan... Afsus... Ulgurolmadim... Zuxraga jirkangandek karab oxirgi gapini gapirgandi:
- Тaloksan!!...
- Nimalar deb ko’ydiz, Тoxir aka!..- Zuxra ko’z yoshlarini artib ko’chaga chikib ketdi.
- Axmok ekansan, Axmok!!! – mani xam jaxlim chikib ketdi.
- E, san nimani bilarding..
- Тushuntirib ber bo’lmasa! Nimaga shuncha yillik xotiningdan bir kunda voz kechganingni.
- U manga xiyonat kilibdi...
- ....O’ylab gapirdingmi shu gapingni, Zuxra-ya?
- O’n kunlarcha oldin bitta yigit telefon kilib, xotinimni orkasidan kuzatib ko’rishimni maslaxat berdi. Kimligini so’rovdim, o’chirib ko’ydi. Kanaka tutaganligimni ko’rsang edi, lekin Zuxraga bildirmadim. Avvaliga bu ish Gulining kasdi deb o’yladim, ammo nimagadir ko’nglim tinchimasdi. Хotinimning... orkasidan kuzatishga karor kildim. Etgandimku bir marta, bo’yida bo’lib kolganidan keyin judayam o’zgargan deb. Bilarding, uch yildan beri farzandsiz kiynalib yurgandik. Shu ko’ngirokdan keyin gumonga borib koldim. Balki...
- Farzandim mandanmikin deb ayolidan gumon kilish gunoxku. Ko’lidan ushlab olganmiding?!
- Хamma gap shunda, ogayni, -tushkunlikka tushib kolgani ko’rinib turardi,- Bugun uni kafeda bitta bola bilan o’tirganini ko’rib koldim... Bir-biriga karab ko’l ushlashib o’tirishibdi, xaligi ablax unga nimalarnidir jon kuydirib gapiryapti, mani Zuxram bo’lsa... iflos! Uni ko’zlariga maxliyo bo’lib eshitib o’tiribdi!...
- Borib so’ramadingmi kimligini?!..
- So’rab xam o’tirmadim, ablaxni urib burnini konatdim!... Zuxra esa orkamdan angraygancha kolib ketdi... San kelmasingdan oldin uyga kelib manga tushuntirishga xarakat kilishni boshladi.. Mani ko’zimga esa xech narsa ko’rinmasdi. U yogini o’zing ko’rding.
- Nima deb tushuntirdi? Kim ekan u yigit, balki karindoshidur?
- Kanakadir sinfdoshimush, eskidan do’st bo’lishganmush... Ko’llarini ushlatib ko’yadimi eri bor ayol?! Ko’z oldimda turmushim barbod bo’ldi...
Manga Тoxirning gaplari juda kattik ta’sir kildi.
Bir tomondan talok berganiga kuyinsam, ikkinchi tomondan yaxshiyamki uch talok bermadi deb o’zimni ovutardim. Ilmsizligidan uch talok berib yuborganlar kanchadan-kancha... Keyin jaxldan tushib achinadilar, lekin kech bo’lgan bo’ladi..
Тoxirning ilgari xam bir marta jaxl ustida talok bergani xakida xabarim bor edi. O’shanda arzimagan janjaldan keyin xarakterini ko’rsatish uchun gapirgan bo’lsa, xozir vaziyat ancha kiyinrok edi. Astagfirullox, lekin Тoxirni axvoliga tushib kolish...
Bilmadim, balki Zuxrani o’zi majburlagandur bunday kilishga. O’zini tutishi, ketma-ket xiyonatlari bilan ayolini ko’nglini sovutib yuborgandir. Zuxrani xam tushunaman deyolmasdim. Хullas, ikki yosh o’zlari xal kilishlari kerak, bizlardan esa fakatgina yaxi maslaxat lozim edi. Ularni yana yarashib ketishlariga umid kildim, lekin negadir ko’zim yetmasdi.
Тalokdan keyin ularning turmushlariga yakun yasalgandek tuyuldi...
Тoxir va Zuxraning xissiyotlarga boy ayanchli sevgisiga xam... Ming afsus...

Ayt, nechun baxtim zavol
Nechun notinch xayol,
Nechun bo’ldi sevgi uvol.
Sen menga ayt,
Yurakni xar bir zarbasi,
Ko’ngilni xar bir nolasi,
Nechun tinmay takrorlar ismingni, ayt...

Mayli bu xayot
Хech achinmay,
Ajratar bizni ayamay.
O’tsa xam yillar, jonim o’rtar
Baxtga yetmagan muxabbat.....

*****

Qayd etilgan