Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)  ( 351183 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 ... 48 B


Robiya  06 Sentyabr 2008, 15:51:05

   O’n birinchi haq ulki, ikki musulmon bir-birlari bilan xusumat qilib yurgan bo‘lsalar, uchinchi kishi tezlik bilan har ikkala musulmonni oralarini islohga keltirgay (yarashtirgay).   

   Hazrati rasul alayhissalom aitdilarki, «Men sizlarga aytay, nimadurki, namoz, ro‘za va sadaqadan yaxshiroq bo‘lg‘ay? Sahobalar aytdilar, «Ayting, yo rasulalloh». Onhazrat alayhissalom aytdilar: «Isloh qiling (yarashtiring) ikki musulmonning oralarini. Bu ish hamma narsalardan fozilroqdur».
Rasuli akram s.a.v. aytdilar: «Haq taolodin qo‘rqg‘aysizlar! Ikki musulmonning orasiga isloh bergaysizlar. Haq taolo qiyomat kuni musulmonlarning orasig‘a islox beradur».

   O’n ikkinchi haq ulki, musulmonlarning hamma ayb va sirlarini yopg‘aysizlar. Xabarda kelibdurki, «Xar kishi musulmonlarning aybini yopsa, bu olamda va qiyomat kunida (Alloh taolo) ul kishining gunohlarini yopadur». Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyalloxu anhu aytdilar: «Har kishini o‘g‘ri deb va yo sharobxo‘r deb tutsam, ani xohlaymanki, Haq taolo bu bandaning bu fohisha ishlarini yopg‘ay».

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ey odamlar, iymon keltiribsizlar. hanuz iymon dilinglarni botinig‘a kira olmabdur. Odamlarni ayb qilmanglar va ularni avratlarig‘a (ochiq joylarig‘a) tajassuslik qilmanglar. Har kishiki, musulmonning aybini oshkoro qilsa, Haq taolo ul kishining aybini oshkora qiladur. Agarchi uydan chiqmasa ham».

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:02:56

   O’n birinchi haq ulki, ikki musulmon bir-birlari bilan xusumat qilib yurgan bo‘lsalar, uchinchi kishi tezlik bilan har ikkala musulmonni oralarini islohga keltirgay (yarashtirgay).   

   Hazrati rasul alayhissalom aitdilarki, «Men sizlarga aytay, nimadurki, namoz, ro‘za va sadaqadan yaxshiroq bo‘lg‘ay? Sahobalar aytdilar, «Ayting, yo rasulalloh». Onhazrat alayhissalom aytdilar: «Isloh qiling (yarashtiring) ikki musulmonning oralarini. Bu ish hamma narsalardan fozilroqdur».
Rasuli akram s.a.v. aytdilar: «Haq taolodin qo‘rqg‘aysizlar! Ikki musulmonning orasiga isloh bergaysizlar. Haq taolo qiyomat kuni musulmonlarning orasig‘a islox beradur».

   O’n ikkinchi haq ulki, musulmonlarning hamma ayb va sirlarini yopg‘aysizlar. Xabarda kelibdurki, «Xar kishi musulmonlarning aybini yopsa, bu olamda va qiyomat kunida (Alloh taolo) ul kishining gunohlarini yopadur». Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyalloxu anhu aytdilar: «Har kishini o‘g‘ri deb va yo sharobxo‘r deb tutsam, ani xohlaymanki, Haq taolo bu bandaning bu fohisha ishlarini yopg‘ay».

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ey odamlar, iymon keltiribsizlar. hanuz iymon dilinglarni botinig‘a kira olmabdur. Odamlarni ayb qilmanglar va ularni avratlarig‘a (ochiq joylarig‘a) tajassuslik qilmanglar. Har kishiki, musulmonning aybini oshkoro qilsa, Haq taolo ul kishining aybini oshkora qiladur. Agarchi uydan chiqmasa ham».

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:06:03

   Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytibdurlar: «Yodimda borki, bir kimsani o‘g‘irliqda tutdilar. Rasul alayhissalomning huzurlarig‘a olib keldilar, toki qo‘lini kesgaylar. Rasul alayhissalomning ranglari o‘zgardi. Sahobalar aytdilar: «Yo rasulalloh, bu ish xotiringizg‘a malol keldi? Rasululloh aytdilar:

   «Nechuk malol kelmasun. Nima uchun shaytong‘a yordamchi bo‘lg‘aymen? Odamlar o‘z birodarlariga zulmni xohish qilg‘ay. Xudo taolo sizlarni afvu qilg‘ay va gunohingizni o‘tgay, sizlar ham odamlarning aybini yopqaysizlar. Vaqtiki, sultonning oldig‘a kelsanglar, qo‘lini kesmay chora yo‘qtur».

   Hazrati Umar roziyallohu anhu tunda asaslikka (tungi posbonlikka) chiqar edilar. Bir nag‘maning ovozini eshittilarki, bir saroydin chiqadur. Tomg‘a chiqtilar va pastga tushib uyga kirdilar, ko‘rdilarki, bir xotin birla oldida sharob bor. Hazrati Umar aytdilar: «Ey Xudoning dushmanlari! Gumon qilursizlarki, Haq taolo mundog‘ ma’siyatni po‘shida tutg‘ay». Ul kimsa aytdi: «Yo amiral-mo‘‘minin, iztirob qilmag‘ilki, agar men bir gunoh qilg‘on bo‘lsam, sen uch qism gunoh qilding». Xudoi taolo aytibdurki:

   «Va lo tajassasuu». Josusyaik qilmanglar. (Hujurot, 12).

   Yana aytibdurlar: «Odamlarning uylariga eshigi birla kiringlar». Sen esa tomdan tushding. Haq taolo aytibdur:

   «Lo tadxuluu buyutan g‘ayra buyutikum hatta tasta’nisuu va tusallimu-ala ahliho». (Nur, 27).

  Ya’ni, «Ruxsatsiz va salomsiz kishining uyiga kirmanglar». Sen ruxsatsiz kirding va salom qilmading.


Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:09:44

   Hazrat Umar roziyallohu anhu aytdilar: «Agar tavba qilsam gunohimdan o‘tarmusizlar, agar sizlarni sharob ichib gunoh ishlar qilganlaringni kechirsam, sizlar ham tavba qilurmisizlar?»

   Alar aytdilar: «Tavba qilamiz, agar afvu qilsang. Mundan keyin hargiz mundog‘ gunoh ishlarni qilmasmiz».

   Hazrati Umar afu qildilar va u kimsalar tavba qildilar.

   Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Har kishi quloq solsaki, odamlarning so‘zig‘a nima deydur deb va odamlar bu kishining ul so‘zni eshitmagini xohish qilmaydur, qiyomat kuni ul kishining qulog‘iga qo‘rg‘oshin quyilg‘ay».

   O’n uchinchi haq ulki, kishig‘a tuhmat qilmoqdan yiroq bo‘lg‘ay. To musulmonlarning dilini gumoni bad va g‘iybatdan saqlagay. Har kishiki, yana birovning gunoh ishlarni qilmog‘ig‘a sabab bo‘lsa, ul gunohga sherik bo‘lg‘ay.

   Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Nechuk bo‘lg‘ay ul kishining holigaki, o‘z ota va onasini dashnom qilsa?» Sahobalar aytdilar, «Bu qandog‘ kishidurki, mundog‘ qilg‘ay?» Aytdilar: «Ul kishidurki, odamlarning ota va onasini so‘kg‘ay va odamlar esa aning ota va onasini so‘kg‘ay».

   Bir kimsag‘a gumoni bad qilmoq shariatda haromdur. Rasul alayhissalom ramazon oyining oxirlarida Safiya roziyallohu anho birla masjidda gaplashib turib edilar, ikki kimsa rasulalloh tomonga qaradi, ularni chaqirib aytdilar, «Bu mening xotinimdur».

   Safiya roziyallohu anho aytdilar:

   «Agar hamma kishig‘a gumoni bad qilsalar ham sizga qilmaslar».

   Rasul alayhissalom aytdilar:

   «Shayton odamning trmirida qonga o‘xshash ravon yuradur».

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:16:37

  Hazrati Umar roziyallohu anhu bir kimsani ko‘rdilar: «Yo‘l ustida bir xotin birla so‘zlashib turadur. Ul kimsani darra urdilar. Ul kishi aytdi: «Bu mening xotinimdur». Hazrati Umar aytdilar: «Nima boisdan kishi ko‘rmaydurg‘on yerda so‘zlashmassen?»

   O’n to‘rtinchi haq ulki, agar kishi katta mansabdor bo‘lsa, odamlarga shafoat va shafqatni darig‘ qilmag‘ay. Hazrati rasul alayhissalom sahobalarga aytdilar: «Hojat va orzuyinglar bo‘lsa, mendan tilagaysizlar. Men bergaymen va kechiktirmagaymen har ishda bo‘lsa ham. Toki Sizlar ham mening sunnatimni davom ettirib, mehr-shafqat ko‘rsatgaysizlar». Shuning uchun fi sabililloh qilingan sadaqaning eng yaxshirog‘i odamlarga ko‘rsatilgan shafqat va muruvvatdur.

   Qiyomat kunida har bir qilingan yaxshi ehson va yaxshi amallar uchun albatta ajri azim, savobga ega bo‘lg‘ay. Bir kishiga ranj-alam yetgan bo‘lsa, uni bir mo‘‘min chorasini topib, daf’ qilsa ham xayrli ishlardandur.

   O’n beshinchi haq ulki, vaqtiki, bir kimsa musulmong‘a dastdarozlik (tajovuz) qilsa, yo molig‘a qasd qilsa, shunda insofli, diyonatli bir musulmon bu zulm ishlarni undan daf’ qilg‘ay. Payg‘ambar aytdilar: «Chin musulmonlar bir-birlariga yordam qo‘lini cho‘zmoqliklari shartdir».

   Hech bir odam komil musulmon bo‘lolmaydi toki zarur vaqtida bir-birlariga manfaatlari tegmaguncha.

   O’n oltinchi haq ulki, yomon odamlarning suhbatig‘a mubtalo bo‘lsa, to xalos bo‘lguncha sabr va tahammul qilg‘ay, toki alar bilan o‘chakishib, yomon so‘z aytmagay.

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:21:07

   Ibn Abbos roziyallohu anhu aytibdurlar bu oyatning ma’nosidaki:

   «Vallaziyna sabra va btag‘o vajhi rabbihim». (Ra’d, 22).

   Ma’nosi: «Yomong‘a rahm va tahammul bila muqobila bo‘lg‘aylar».

   Hazrati Oysha roziyallohu anho aytibdurlarki: «Bir kimsa ruxsat tiladi rasul alayhissalom qoshlarig‘a kirmak uchun». Aytdilar: «Ruxsat bergil ul kimsag‘a, aslida u o‘z qavmining orasida yomon odamdur». Ul kishi kirgandan keyin, chandon rioya va odamiyat ul kishiga qildilarki, men gumon qildim ul qavmning orasida bu kishi hurmatlik kishidur (deb). Vaqtiki, ul kishi tashqari chiqdi, men aytdimki, «Yo rasulalloh, aytdingizki, bu qavmning‘ orasida yomon odamdur deb, ani hurmat qildingiz?»

   Rasululloh alayhissalom aytdilar: «Yo Oysha, odamlarning yomonrog‘i qiyomat kuni Xudoning nazdida ul kishidurki, aning sharridin (yomonligidin) qo‘rqib, odamlar anga rioya qilgay. Yo
Oysha, odamlarning yaxshirog‘i qiyomat kuni Xudoning nazdida ul kishidurki. yana bir kishini yomonlig‘i jihatidan rioya bila e’tiborga olib, muomala qilsa».   .

   Xabarda kelibdur, «Har kim yomon kishilar bilan muomalada vazmin bo‘lsa, ul ish sadaqadur». Abu Dardo roziyallohu anhu aytibdurlar: «Aksariyat odamlar bor, o‘z obro‘yini yomonlarning tilidan saqlaydilar. Men ham alarning yuzig‘a kulib qarayman. Ammo mening dilim ul kishig‘a . la’nat aytadur».

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:22:22

   O’n yettinchi haq ulki, yurish-turishda doimo darveshlar va kambag‘allar bilan do‘stlik qilg‘ay. Boylar bilan birga o‘ltirishdan hazar qilg‘ay.

   Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «O’liklar bilan o‘lturmanglar». Sahobalar aytdilar, «O’liklar kimdur?» Aytdilar: «Ag‘niyo - boylardur».

   Sulaymon payg‘ambar o‘z mamlakatlarida har yerda bir miskinni ko‘rsalar, u bilan o‘tirib suhbat qilur edilar va aytur edilarki, «Miskin miskin bilan o‘tiradur». Hazrati Iso alayhissalom o‘zlariga Miskin degan nomdan o‘zga nomni do‘st tutmas erdilar. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ey, bor Xudoyo, modomiki mani tirik saqlasang, miskin qilg‘il. Vaqtiki o‘ltursang (o‘ldirsang) miskinligimda o‘ltirgil (o‘ldirgin). Vaqtiki, mahsharda miskin bo‘lib tirilga,ymen. Muso alayhissalom aytdilar, «Ey, bor Xudoyo, sani na yerdan tilarman (toparman)? Haq taolo aytdi: «Dili shikastalar qoshidan topursan».

   O’n sakkizinchi haq ulki, jahd - harakat qilg‘ayki, musulmonlar dilig‘a shodlig‘ yetkurgay va hojatini ravo qilg‘ay. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Har kishi bir musulmonning hojatini ravo qilsa, andog‘ bo‘lg‘ayki, hamma umrida Xudo taologa xizmat qilg‘on bo‘lg‘ay». Va yana aytibdurlar: «Har kishiki, musulmonning hojati uchun bir soat yursa, xoh kecha, xoh kunduz, agarchi ul hojat ravo bo‘lmasa ham ul kishig‘a ikki oy bir masjidda e’tikof o‘tirgandan yaxshiroqdur». Va aytdilar: «Xar kishiki, bir g‘amginni shod qilsa va yo bir zulm yetgan kishini qutqarsa, Xudo taolo ul kishig‘a yetmish uch mag‘firat karomat qilg‘ay». Va yana marhamat qilib aytdilarki, «O’z birodarlaringga yordam beringlar agar zolim bo‘lsa ham, mazlum bo‘lsa ham yordam beringlar».

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:31:09

   Sahobalar «Zolim bo‘lsa nechuk yordam berurmiz?» - deb so‘radilar. Aytdilar: «Ani zulm qilmoqlikdan to‘xtatsanglar, unga yordam bergan bo‘lursizlar». Aytibdurlar: «Xudo taoloning nazdida musulmonning dilig‘a shodlik yetkazishdan ziyoda toat-ibodat yo‘qdur». Va aytdilar: «Ikki xislatdurki, hamma xislatlarning yomonrog‘idur: Xudog‘a shirk kelturmak va xalqqa ranj yetkurmoq. Va ikki xislat borki, hech ibodat andin yaxshi emasdur. Iymon kelturmak va odamlarg‘a rohat yetkurmoq».

   Fuzayl rahmatullohi alayhni ko‘rdilarki, yig‘laydur. Aytdilar: «Andog‘ musulmonning g‘amidanki, manga zulm qildi, qiyomat kuni ul musulmondan savol qiladur va rasvo qiladur va qech uzrini qabul qilmaydur».

   Ma’ruf Karxiy rahmatullohi alayh aytadurki, «Har kimsa har kuni uch marotaba «Allohumma aslix ummati Muhammad. Allohumma irham ummati Muhammad. Allohumma faraj an ummati Muhammad» desa, ani otini abdollarning qatorida biturlar».

   Ya’ni: «Ey Allohimiz, Muhammad ummatiga sulh - tinchlik bergil, Muhammad ummatiga rahm qil, Muhammad ummatini shod qil».

   Aytibdurlarki, odamlar bir-birlari bilan uchrashsalar, salomdan ilgari so‘z qilsa, javob bermanglarki, avval salom qilg‘ay. Bir kimsa Rasul alayhissalomning oldilarig‘a kirdi, salom qilmadi. «Tashqarig‘a chiqib, salom qilib kirgil» dedilar.

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:32:30

   Anas roziyallohu anhu aytibdurlar: «Rasul alayhissalomning xizmatlarida sakkiz yil bo‘ldim. Aytdilarki, «Yo Anas, tahorat birla bo‘lg‘il, to umring uzun bo‘lg‘ay. Har kishig‘a muloqot bo‘lsang, ilgari salom qilg‘il. To nomai a’molingda hasanot (yaxshiliklar, savoblar) ko‘p bo‘lg‘ay va uyingga kirsang axli xonangga salom qilg‘il. To xayr-barakot ziyoda bo‘lg‘ay».

  Kimsa onhazrat alahissalom huzurlarig‘a kirib dediki, «Assalomu alayka, yo rasulalloh!».

  Aytdilar: «Nomai a’molingga o‘n savob bittilar».

  Yana biri kirib dediki: «Assalomu alaykum va rahmatulloh!» Ayttilarki, «Nomai a’molingga yigirma savob bittilar». Yana biri kirib dediki: «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh». Onhazrat alayhissalom aytdilarkim: «Nomai a’molingga o‘ttuz savob bitdilar».

  Vaqtiki ikki musulmon bir-birini qo‘lini tutib sevinib ko‘rishsalar, bu qo‘l berib ko‘rishganlarning orasida yetmish rahmat taqsim qilinur. Shu rahmatdan oltmish to‘qqizi ochiq yuz va tabassum bilan ko‘rishgan kishiga bo‘lur. Vaqtiki ikki musulmon bir-birlarig‘a salom qilsalar, yuz rahmat bu ikki kishi orasida taqsim bo‘lur. Ushbu yuz rahmatdan to‘qsontasi avval salom berguvchiga bo‘lur. O’n rahmat javob berguvchig‘a bo‘lur, ya’ni alik olg‘uvchiga. Abu Ubayda Jarroh bir kuni Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning qo‘llarini bo‘sa qildi. Umarning jahli chiqdi, bo‘sani man’ qildi. Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytur: «Rasul alayhissalomdan so‘radiki: «Bir-birimizga muloqot bo‘lsak, salom qilmoqda qaddimizni egamizmi? Aytdilarki «Yo‘q, egilmagil». So‘radiki, «Bo‘sa qilmoq nechukdur?» Aytdilar: «Qilmag‘il». So‘radiki, «Musofaha nechukdur?» Aytdilarki: «Xo‘bdir» (qo‘l berib so‘rashish yaxshidir).

   Ammo safardin kelgan kishini bo‘sa olmoq va muonaqa (bir-birlarining yelkalariga qo‘lin qo‘yib, quchokdashib, o‘pib ko‘rishish) joizdur. Ammo kishining oldida qo‘l bog‘lab turmoq mazmum (yomon)dur. Rasul alayhissalom aytibdurlar, «Kishikim, o‘zi o‘tirib, xalq uning oldida qo‘l qovushtirib turmoqini yaxshi ko‘rsa, do‘zaxda bo‘lmoqni do‘st tutibdur».

Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:34:23

 O’n to‘qqizinchi haq ulki, agar musulmon odam aksirsa aytg‘aykim, «Alhamdulilloh ala kulli hol» degil va eshitguvchi «Yarhamaka rabbuka» («Robbim senga rahm qilsin») degay. Yana aksa kelturguvchi «Ag‘firallohi va lakum» degay. Va agar aksa keltirguvchi «Alhamdulilloh» demasa, javob lozim emas. Rasul alayhissalom aksirsalar, ovozlarini past qilib, muborak yuzlarini qo‘l bilan to‘sib aksirur edilar.
Va agar kishi qazoyi hojat vaqtida aksa keltursa, «alhamdulilloq»ni ko‘nglida aytg‘ay. Ibrohim Naxa’iy aytur, agar tilida aytsa ham zarari yo‘qdur.

  Ka’bul-Ahbordan rivoyat qilibdurlar, Muso alayhissalom aytdi: «Yo rab, yaqinmusan, sani ohista yod qilaymu yo yiroqmusanki, baland ovoz birla yod qilaymu?»

  Haq taolo aytdi: «Har kishi mani yod qilsa, ani birla hamnishindurman», Muso alayhissalom aytdi: «Ey, bor Xudoyo. men turli joylarda, turli ahvollarda bo‘lurman. chunonchi, qazoyi hojat va junubat (g‘usl qilishga lozim bo‘lgan hol), bu nav’ holatlarda ulug‘ ismingni yod qilmokdan uyalarmen». Xaq taolo aytdi: «Har holda bo‘lsang ham mani yod qilg‘il».

  Yigirmanchi haq ulki, musulmonlar kasal bo‘lsalar, borib ko‘rgaysan. Agarchi oshno va do‘st bo‘lmasa ham. Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi kasal ko‘rgali borsa, jannatning o‘rtasida anga makon qilurlar. Vaqtiki, bemorni ko‘rib qaytishida yetmishta farishtani anga vakil qilurlar. To kecha bo‘lg‘uncha anga mag‘firat tilarlar».

  Kasal ko‘rmakda sunnat uldurki, kasalning qo‘lini yo peshonasini tutib, so‘rag‘aykim, nechuksiz?» Andin keyin bu duoni o‘qig‘ay:

   «A’uzuka billohil-ahadis-samadil-laziy lam yalid va lam yulad va lam yakunlahu kufuvan ahadun, min sharri mo ta’jid».

   Hazrati Usmon roziyallohu anxu aytur: «Kasal bo‘ldim, onhazrat s.a.v. iyodatg‘a (ko‘rgani) keldilar. Bu duoni necha marotaba o‘qidilar. Shuningdek bemorning o‘zi ham bu duoni o‘qimog‘i sunnatdur. «A’uzu bi-izzatil-lohi va qudratihi min sharri mo-a’jid».

Qayd etilgan