To‘rtinchi aqd ijoradurkim, ikki rukndur. Avvalgi.rukn -ijara, ikkinchi rukn - manfaatdur. Bas, bu ijara va manfaat har ikkisi ma’lum bo‘lg‘ay. Ammo ijob va qabul lozimdur. Andog‘kim, «Kitobi bay’»da bayon qildim. Bilgil, qar shartiki, bay’ni fosid qilur va har jaholatkim, bay’ni fosid qilur, ijorani ham fosid qilur. Bas, maqsudi ilayhi, ya’ni ijarag‘a beradurg‘on nimarsa, masalan, tegirmon va yo hammom ma’lum bo‘lg‘ay. Masalan, oyda bir tanga yo ikki tanga va muddati ham
ma’lum bo‘lg‘ayki, bir oyliq va yo bir yilliq. Va bulardan qaysi biri majhul (noaniq) bo‘lsa, ijara fosiddur. Ammo manfaat ma’lum. Bilgilki, har amalki, muboh bo‘lsa, ul amal ma’lum bo‘lsa, ijara durustdur.
Bas, aqdda besh shartni rioya qilg‘ay. Avvalgi shart ulki, qiladurg‘on amalning qadri va qiymati bo‘lg‘ay. Agar qadri-qiymati bo‘lmasa ijara fosiddur. Masalan, ushbu do‘konni supurib, pokiza qiling, ajrig‘a (evaziga) bir non beray, desa nodurustdurki, bu ish uchun bay’ning qadri va qiymati bo‘lmas. Va agar ikki kishining orasida savdo qildirg‘uvchi qimmatlik kishi bo‘lib, bir-ikki og‘iz so‘zlamog‘i birla bay’ voqe’ bo‘lsa, muncha ishga ijora olmog‘i haromdur. Balki dallol va miyonachilarg‘a ul vaqtda ajr olmoq halol bo‘lurki, olg‘uvchi va sotquvchi orasida oncha so‘zlagaykim, o‘zig‘a ranj va mashaqqat yetgay. Bas, mashaqqatiga qarab ajr olg‘ay. Ammo molning qiymatiga va yo o‘zining hurmatig‘a boqib ajr olmog‘i haromdur.
Bas, dallol va miyonachilar ikki tariqa birla haromdin xalos bo‘lurlar. Avvalgi tariqa bulki, har nimarsaki savdo qilguvchilar bersa qabul qilgay, ranj-mashaqqatdan ziyoda talab qilmag‘ay va mato’ning qimmatbaholig‘ini orag‘a solmag‘ay. Ikkinchi tariqa ulki, dallol aytmag‘ayki, bu mato’ni olib bersam, bir dirham va yo bir dinor bering va yo bahosining o‘n hissadan bir hissasini bering deb ta’yin qilmag‘ayki, haromdur.