Ikkinchi nav’ mukoshafotdurki, olami g‘aybdan biror nima oshkora bo‘lur, ba’zan maxfiy va ba’zan sarixan (aniq, ravshan) namoyon bo‘lur. Bu jihatdan simo’ning asari dilni andog‘ sof qilurki, oynaning gard-g‘uborini sayqal birla sof qilg‘onga o‘xshashdur. Toki olami g‘aybning nozanin suratlari dilda jilvagar bo‘lur.
Bas, bu holni maqom martabasiga yetmagan kishilar bilmaslar va bu holdan hech bir ibora ta’bir qilolmas. Bilgilki, takalluf (urinish) birla vajdi hol paydo qilmoq ayni nifoq va mazmumdur. Magarki vajdi hol qiladurg‘on sabablarga takalluf qilmog‘i joizdur. Toki haqiqiy vajdi hol hosil bo‘lg‘ay. Xabarda kelibdur, vaqtiki Qur’on eshitsanglar va agar yig‘layolmasanglar, takalluf qilinglar. Ma’nosi ulki, takalluf (urinish) birla girya (yig‘lamoq) va parishonlikning sababini ko‘nglinglarga keltiringlar, butakallufningta’siri bordur, ana shu vaqtda haqiqiy yig‘i hosil bo‘ladi.
Uchinchi maqom. Simo’da raqs va harakat qilmoq va kiyim yirtmokdur. Bas, bu ishlarni behushliq va beixtiyor qilsa muboh va ajri bo‘lg‘ay. Ammo ixtiyor birla o‘zini sohib hollarga o‘xshatib qilmoqharom va ayni nifokdur. Abul Qosim Nasr Obodiy aytur: «Takalluf birla simo’ qilmoqdan g‘iybat qilmoq behroqtsur». Abu Umar ibn Majd aytur: o‘ttiz yil g‘iybat qilg‘on kishining g‘iybati, bir navbat takalluf birla simo’ qilg‘onning fasodiga yetmas. Hammadin behroquldurki, simo’ni dildan eshitgay, ovoz qilmagay, zohirida ta’sir qilmaganday bo‘lib, dili vajdga yetsin. Harakat qilmoq va ovoz qilmoq va yig‘lamoq za’ifliqning nishonidur. Va lekin bu toqat va quvvat kishida kam bo‘lur. Hazrati rasul alayhissalomning huzurlarig‘a guruhe kelib Qur’on o‘qidilar. Qur’onni eshitib, yig‘lab parishonliq qildilar. Hazrati Abu Bakir Siddiq roziyallohu anhu aytdilarkim:
«Kunno kama kuntum summa qasat qulubuno».
Ya’ni, biz avval sizlarg‘a o‘xshash edik, endi ko‘nglimiz qattiq, ya’ni biz sizlardek vajdu hol bo‘lur edik. Endi Qur’onni to‘la eshitmak birla ko‘nglimizg‘a quvvat hosil bo‘lib, o‘zimizni tutarmiz. Bas, kishi o‘zini tutolmasa, iloji boricha harakat va girya qilmag‘ay. Shayx Junayd rahmatullohi alayhning suhbatida bir yigit o‘tirar edi, simo’ni eshitib sayha tortti.
Junayd aytdiki, mundin keyin bu fe’lni qilsang, meni suhbatimg‘a yaramassen. Ul yigit jahdi tamom birla bir kun o‘zini zabt qilib to‘xtatdi. Oxiri betoqat bo‘lib sayxa tortgan edi, qorni yorilib vafot bo‘ldi. Sariy Saqatiy bu xabarni eshitib, ul yigit qolig‘a achinib, Junaydni qarg‘adi.