XXI asr she'riyati: Musallambonu  ( 5514 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  29 Iyul 2008, 11:56:17

XXI asr she'riyati:

Musallambonu




*  *  *

O‘ttizimda o‘tin bo‘lmadim,
Tafti  samoni kuydirguvchi,
Tugalmas Dardga aylandim,
Qop-qora bag‘irdan
oppoq she’rlar tug‘dim
Umri bilan bergan bo‘lsin.

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 11:56:34

*  *  *

G‘amlar yuragimni uvadadek
titdi bearmon.
Har yonga uloqtirilgan
ko‘ngil parchalaridan,
Yalanglab kelmoqda
She’rning ovozi.

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 11:56:43

*  *  *

Sevgimning taxti buzildi,
Quladi ming yillik imorat.
O‘zimni qayon urishni bilmadim,
To‘rt tomonga yugurdim zir, zir.
Tovonimni qonatdi,
Toshoynaning sinig‘i.
Yuragimga yiqildi
Yetti osmon devori.

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 11:57:02

*  *  *

Uchqizda uch mingga hajr tosh yasab,
Uch mingta gulimni chopding beshafqat.
Tongdek ko‘zlaringda uyg‘ongan edim,
Bugun quchog‘ingda o‘lmoqligim shart!

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 11:57:15

*  *  *

Bu sovuq simlarda
armon  mixlangan
Uyg‘onmay jon bergan
Oliy tuyg‘ular.
Anavu ming yillik
Temir tirqishlar
Hech qachon totmagan
Ozodlik ta’min.

Qayd etilgan


shoir  29 Iyul 2008, 11:57:30

*  *  *

Yuzimda tabassum, ko‘zlarim chaqnoq,
Hech qachon sezmaysiz jarohatlarim.
Balki o‘lgandirman, balki hayotman,
Unsiz aytib ketdim Haqiqatlarim!

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

Qayd etilgan