XXI asr she'riyati:
Vazira ShodiyevaKO‘NGIL ISHQIKo‘nglim dardiga davo yo‘q, ishqingda ovoraman,
Ulus aro yo‘q toqat dasht sari ravonaman.
Alifdek qomatim dol, kuydiradi-ku firoqing,
Man hajringda dilafgoru ham dili sadporaman.
Visolki hushdin ayirmish Laylini Majnun kabi,
Men-ku, vaslingda gado bir faqir-bechoraman.
Jahon kezganda ko‘ngil vatan sari tortadur,
Man kulbamga yetolmasdin, jannatda begonaman.
Boshima kelsa ishq tig‘i, jonim nisor etgaymen,
Andin o‘zga yo‘q bisotim, man g‘arib sayyoraman.
Bir zamon ko‘kdan ko‘nglima ishqing shu’lasi tushdi,
Isming sehru shavqidin men hanuz devonaman.
Ey oshiqlar, siz Vazira ishqidin so‘z ochmangiz,
Kuydirsa ham ishq aro ishq o‘tida parvonaman.