Muallif Mavzu: Alixonto‘ra Sog‘uniy. Turkiston qayg'usi  ( 113344 marta o'qilgan)

mutaallimah

  • Alloh yagona!!!
  • Super Member
  • ******
  • Xabarlar: 2122
Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
« Javob #230 : 06 Avgust 2008, 13:26:42 »
Bu suhbat ota bola o‘rtasida 1974 yili oktyabr oyla-rida bo‘lib o‘tadi. Suhbat mazmunini biz otamizdan ko‘p marta eshitganmiz. U kishi ilgaridan o‘tmish xotiralarini qog‘ozlarga qisman tushirib yurishlarini bilar edim. 1976 yili 29 fevralda bobomiz Alixonto‘ra Sog‘uniy bu foniy dunyoni tark etdilar. Qayg‘uli, alamli, turg‘un yillar uzoq vaqt davom etdi.
Oxiri bobomiz intiqib, orziqib kutgan, 30 yillar oldin, ya’ni sovet mustabid tuzumi kuch-qudratga ayni to‘lgan davrda bashorat qilib aytgan totalitar qizil imperiya inqirozi yuz berdi va bizning Vatanimiz o‘z Istiqlolini qo‘lga kiritdi. Buning sharofati ila bobomizning ilmiy meroslari tartibga solinib, birin ketin bahola qudrat nashr qilinib xalqqa tanitildi va tanitilmoqda. Bu kitobning nashrga tayyorlanishi va chop etilishi ham bobomiz vasiyatlarini amalga oshirish yo‘lida qo‘yilgan yana bir qadamdir. Otamiz og‘ir kasallikka uchraganligiga qaramay, bobomlarning vasiyatiga binoan bu kitobining davomini yozishga kirishdilar va o‘zlari to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etgan Sharqiy Turkiston Ozodlik inqilobining tarixiy voqealari yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar. Kitobda bobomizning Oqsuv turmasidan qanday chiqishi tarixi, Ozodlik inqilobi oldidan Sharqiy Turkistondagi vaziyat, Inqilob taassurotlari va ishtirokchilari haqida, Sharqiy Turkiston islom jumhuriyati va uning faoliyati, bobomizning bu ishni amalga oshirishda ko‘rsatgan shijoat va qahramonliklari to‘g‘risida so‘z boradi. Nasib etsa ikkinchi kitob ham shu tarixiy voqealarga qiziquvchi kitobxonlarga yaqin kunlarda taqdim etilajak.
Bobomlarning bu mazkur tarixiy asarini mulk egalari vakillarining ijozati ila nashrga tayyorlash va chop etish uchun kompyuterga kiritishni 2002 yil 16 martda boshlab ulug‘ ramazon oyi ichida, ya’ni 24 noyabrda Alloh yordami ila yakunladim.
Uvaysxonto‘ra Shokirov.


AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Xabarlar: 20444
Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixontoʻra Sogʻuniy
« Javob #232 : 07 Avgust 2008, 08:47:25 »
Turkiston qayg'usi



Muallif: Alixonto'ra Sog'uniy
Hajmi: 540 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish

Online o'qish

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Xabarlar: 20444
Re: TURKISTON QAYG’USI. Alixonto‘ra Sog‘uniy
« Javob #233 : 07 Avgust 2008, 08:47:55 »
Turkiston qayg'usi (кирилл алифбосида)



Muallif: Alixonto'ra Sog'uniy
Hajmi: 1,29 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish