XXI asr she'riyati: Dildora Mingyasharova  ( 3260 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  30 Iyul 2008, 12:05:13

XXI asr she'riyati:

Dildora Mingyasharova


* * *

Ketdim so‘zingizni tinglamay bir bor,
Bir bor sizga hatto bermadim imkon.
Bugun hajringizda yonaman zor-zor,
Armonlar biz uchun bo‘ldilar makon.

Ketdim dil rozingiz tinglamay bir bor,
Ketdim ishqingizni ilmay nazarga.
Bugun hovlimizda yangragay yor-yor,
Sevgimizni sotdik ahli bozorga.

Ketdim sizni hijron o‘tiga tashlab,
Bugun o‘zga yorga ko‘nglimni berdim.
Sizni armonlarning qo‘yniga boshlab,
O‘zim baxtli uyning bekasi bo‘ldim.

Qayd etilgan


shoir  30 Iyul 2008, 12:05:32

OTAMGA

Ota, bugun o‘tar qizingiz,
Sham misoli so‘nib boryapti.
Asli qonun har bir so‘zingiz,
Poyingizda boshim egyapti.
Kulib turgan qora ko‘zlarim,
Yig‘lashini bilmaysiz, ota.
Og‘ir olmang ushbu so‘zlarim,
Faryodimni sezmaysiz, ota.
Qizingiz o‘z orzularini
Ko‘mdi qora tuproq qa’riga.
Dilidagi qayg‘ularini
Asrab  qo‘ydi bugun qalbiga.
Siz hayotim mazmuni, ota,
Orzu asli ustunmas sizdan.
Yengarmidik qayg‘uni birga,
Rozi bo‘ling, men o‘jar qizdan...
Mayli, armon bo‘lsin orzuim,
Izmingizdan chiqmayman beun.
Yurakdagi bu dardlarimni,
Yozgan she’rim aytadi bugun.

"Yoshlik" jurnalidan olindi.

Qayd etilgan