"O'zbekfilm"da oxirgi yaratilgan qaysi 3 ta filmni haqqoniy ishlangan?  ( 48188 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Munira xonim  05 Noyabr 2006, 11:26:27

"Begona bahor" juda yahshi chiqqan.
Oilaviy muammolar haqiqatga yaqin ishlangan.
"Dev bilan pakana".
Hozirgi zamonaviy san'atkorlikni va boshqa muammolarni haqqoniy ochilgan.

Qayd etilgan


Chustiy  05 Noyabr 2006, 17:20:52

manga esa Dev bilan pakana umuman yoqmadi.. ma'nosizdek tuyuldi (bu mani ojizona fikrim)

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Noyabr 2006, 01:03:28

"Dev bilan pakana" juda yaxshi ishlangan. Ancha muncha muammo ko'tarilgan.
Shu filmdan iqtiboslar:

- Parvo qilma, bola. Bularning barisi mayda odamlar. Men bularga o'xshaguncha o'zimni osaman. Bular dunyoni pul bilan o'lchaydi. Somsa bilan o'lchaydi. Men esa dunyoni sen bilan o'lchayman, polvon!

- Bugungi san'at eng katta biznes. Rohatoy katta sahnaga chiqishi kerakmi? Kerak! Konsertlarga chiqshi kerakmi? Kerak! Kim uni bepul chiqaradi? Puli bo'lmasa nima qilsin? Sen chiqarsang -seniki, men chiqarsam - meniki! Uniyam tushunish kerak.
Sotiboldiyev uni albatta televizorga chiqaradi. Keyin... biror kecha birga yotadi. Balki yotishga ham ulgurmas. Bundan kattarog'i ilib ketadi. Agar omadi yurishib ketsa Rohatoy bironta prokurorga ikkinchi yo uchinchi xotin bo'ladi. Tushunaman, chiroyli qiz. Sotiboldiyevga xayf.
Gapni rosti Rohatoy sanga to'g'ri kelmaydi, Polvon. Bir umr qo'riqlab, nosqovoqday belingga tugib yurolmaysan-ku! G'ijjagini sindirsan ko'ngli og'riydi. Sindirmasang, duch kelganga o'ptirishga majbur...


PS. "Begona bahor" qaysi edi? Ozgina syujetidan xabar qilinglar.

Qayd etilgan


lolo  06 Noyabr 2006, 14:51:54

Xammasi bitta ko'rishli kinola, birontasida ham olish mumkin bo'lgan ma'naviy ozuqa yo'q, aksincha hammasi fitna, yoshlar ongini zaharlab, quloqlarini haqiqatlardan berkitib, ko'zlariga esa haromni halolga o'xshatib ko'rsatib qo'ymoqda.

Qayd etilgan


Murod_bek  25 Sentyabr 2007, 13:44:48

Sug'diyona - Ruhiy psiholagik jihatda yaxshi ishlangan kino ekan!

Qayd etilgan


qaysar  21 Yanvar 2008, 15:29:51

Xammasi bitta ko'rishli kinola, birontasida ham olish mumkin bo'lgan ma'naviy ozuqa yo'q, aksincha hammasi fitna, yoshlar ongini zaharlab, quloqlarini haqiqatlardan berkitib, ko'zlariga esa haromni halolga o'xshatib ko'rsatib qo'ymoqda.

Hammasi deb hukm berishdan ehtiyot bo'ling.
Birqancha ma'rifiy harakterga ega kinolarimiz ham bor.

Qayd etilgan


kanishka  23 Yanvar 2008, 00:17:20

O`zbek kinolarining bugungi kundagi asosiy kamchililari quyidagilardan iborat:

1) Ssenariylarning saviyasi pastligi hamda bir qolipdaligi;

2) Aktyorlarimizning mahorati kamligi;

3) Operatorlik mahoratining shakllanmaganligi;

4) Montaj ishining yaxshi rivojlanmaganligi;

Ammo o`zbek kinosi oxirgi yillarda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqda. O`zbek kinochiligida iz qoldirgan filmlar quyidagilardir.

1) Maxsus effektlarning qo`llanishi - "Jazo", "Ruh 5:13(3-qism)";

2) Yangi operatorlik priyomlarning qo`llanishi - "Panoh", "Ruh 5:13(3-qism)", "Boyvachcha";

3) Murakkab ssenariy sari qadam - "Boyvachcha", "Niqob", "Panoh", "Suiqasd".

4) Psixologik tahlil elementining qo`llanishi - "So`g`diyona", "Suiqasd", "Osmon yaqin";

6) Mazmun va moral berishga intilish - "Osmon yaqin", "Kichkina Shaxzoda"(Bu film ko`p tomonlama mukammalligi bilan o`zbek kinolari ichida alohida ajralib turadi), "Yaratganga shukur";

7) Badiiy yondashuv va uyg`un kompozitsiyaga intilish - "Kichkina shaxzoda", "Yo`l bo`lsin".


Qayd etilgan


Huseyn  17 Fevral 2008, 12:57:51

Менга "Чашма" купрок ёкди.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  17 Fevral 2008, 17:23:58

1) Panoh
2) Chashma
3) Boyvachcha

Bu filmlar ssenariysi va tomoshabinbopligi ancha yuqori

Qayd etilgan


Usmon  18 Fevral 2008, 11:05:39

"Chayongul", "Sog'inch sohili", "Vatan"

"Ko'rsa bo'ladigan"lari deb hisoblaganlarim shular. Lekin Vatan filmi syujeti va unga ajratilgan pullarga bundan yaxshiroq film ishlasa bo'lardi.

Tomoshabinbop filmlar - "Boyvachcha", "Nortoy" va Ko. ga kelsak, film tomoshabinbop bo'lish, kassa yig'ish uchun bachkana, "zamonaviy" bo'lishi shart emas deb o'ylayman. Chunki film tomoshabinga moslashishi emas (auditoriyaning katta qismi bachkanaikka moyil yoshlardan iboratligini hisobga olsak), balki o'zining ezgu g'oyasiga tomoshabinni ergashtira olishi kerak. (Imho)

Qayd etilgan