SOG‘INDIM, BAHOR
Erka tabiatning injiqliklarin,
Sharqiragan soyning har sho‘xliklarin,
Ko‘z ochgan maysaning nozlanishlarin,
Qaldirg‘och juftiga rozlanishlarin,
Sog‘inib yashayman takror va takror,
Yurtimga qut qadam bo‘lib kel, bahor.
Go‘zallik uyg‘onar, qalblar to‘lg‘onar,
Zerikkan tabiat qo‘lga tor olar,
Shabnamlar quvonchi, shamol jarangi,
Jar solar olamga, borliq mavjlanar.
Sog‘inib yashayman takror va takror,
Yurtimga ezgulik olib kel, bahor.
"Yoshlik" jurnalidan olindi.