XXI asr she'riyati: Abduhamid Parda  ( 3346 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  31 Iyul 2008, 13:08:52

XXI asr she'riyati:

Abduhamid Parda




NAQSH

Qishloqning o‘rtasida,
Uy bor g‘ishtdan qurilgan.
Naqshin darvozasida,
Yulduz shakli o‘yilgan.

Uyda uch pari ruxsor,
 Biri yulduz, biri oy.
Malaksiymo kenjasi,
Yuragimdan  olgan joy.

Nasibam hijron-firoq,
Vasliga yetolmadim.
To hali, hanuz biroq,
Aslo unutolmadim.

Qishloqning o‘rtasida,
Uy bor g‘ishtdan qurilgan.
Uyning tarxi yulduzday,
Yuragimga o‘yilgan.

Qayd etilgan


shoir  31 Iyul 2008, 13:09:07

YO‘LDA

Yana yo‘lga tushdim men,
Qishlog‘imga talpinib.
Qo‘sh qanot bog‘lab qushday,
Qalbim shoshar xalpinib.

Katta yo‘lda jo‘sh urib,
Avtobusim yeladi.
Shamollarga to‘sh urib,
Yayov yurgim keladi.

Keng dalalar oftobning
Tafti bilan yashaydi.
Yaylovdagi sho‘x toychoq,
Uzun-uzun kishnaydi.

Yashnayotgan dalaga
Boqib aslo to‘ymayman.
Menga tegmay boshqaga
Tekkan qizni o‘ylayman.

Qayd etilgan


shoir  31 Iyul 2008, 13:09:23

OSHIQONA

Ko‘ylak kiydim yengi yo‘q,
Malak siymo — tengi yo‘q.
Olov deymi, alanga,
     Tutashdi jonu tanga.
Nozik ko‘nglim olay deb,
Tog‘  qalbida qolay deb,
Axtardim hadya asl,
Qidirsam ham muttasil,
Hech ne topolmay ortiq,
Qalbim ayladim tortiq.

Qayd etilgan


shoir  31 Iyul 2008, 13:09:37

QISH QUYOSHI

Ko‘cha gar changiydi  qish o‘rtasida,
Halakman, yo Falak, qish o‘rtasida.
Bisyor dur-javohir ummon qa’rida,
Bisyor baxt, evoh, sen mendan narida!
Qor tilar qag‘illab bir gala qarg‘a.
Parishon xayollar sarson bedarg‘a.
Olis-olislarda umid mash’ali,
Mudrar muhabbat ham nozli-nash’ali.
Fojeali sukut, sokinlik vazmin,
Sindirar hattoki Alpomish azmin!
Isitib-isitmas qishning quyoshi,
Toma-toma dilim  teshar ko‘z yoshi.
G‘alvirday teshilgan yuragim xasta,
Ming bir dard
Ming bir she’r —
Ming dasta-dasta!

Qayd etilgan


shoir  31 Iyul 2008, 13:09:50

TASKIN

Gar boshimga tushsa g‘am,
Chekaverma dod-faryod.
Sendan-da bechoraroq,
Bandalarni ayla yod.

Fursat yetib saodat,
Kulbangni qilsa obod.
Bir nafas baxti qaro,
Bandalarni ayla yod.

Ko‘rmay desang boshingga,
Bevaqt qo‘ngan qirovni.
Shodlikda ham, g‘amda ham,
Mahkam tut, bas, jilovni.
 
"Yoshlik" jurnalidan olindi.

Qayd etilgan