YIG’LAB TUR
Yig’lab tur gohida, bag’ridan ko’zyosh
Sizmagan yuraklar do’nar sahroga.
Yig’lab tur, dunyoga etilmasa fosh
U durlar aylanar zahar-zardobga.
Yig’lab tur, kamayar anduhlar vazni,
Har yig’lagan bo’lmas alamli, g’arib.
Sеvinchga qorishsa xo’rsiniq-sasing,
Iymoning ochilib borar tozarib.
Yig’lab tur, tuyganing sarin mahzunlik -
Faqat bandaga xos halovatidir.
Tuz – rizqdan, taft – nurdan, suv-chi ezgulik,
Yig’i – ko’zlarimiz tahoratidir.
Iroda UMAROVA
2013 yil