
Kecha ertalab litseyda birinchi imtihon bo’ldi.Birinchi bo’lib ona tili va adabiyotdan insho yozish bo’ldi.Har xil yettita mavzu bo’ldi.Bu mavzulardan menga "œUrush hech qachon bo’lmasin"mavzusi yoqdi.Mavzuga atab oddiygina to’rt qator epigraf ham tuzdim.
Hayot sahnasini ko’rdim men chetdan,
Quvonch berar kimgadir,kimgadir faryod.
Urush qaydan chiqdi deb so’rama mendan,
Urushni paydo qilgan,o’zing odamzot.
Yana to'rtta imtihon qoldi.Ulardan ham yaxshi o'tib olamiz Inshaolloh.