Assalomu alaykum!
Men ham bundan 3 yil oldin oliy o’quv yurtiga o’qishga kirish niyatida Buxoro Davlat Universiteti, Gumanitar fanlar fakulteti, milliy istiqlol g’oyasi: huquq va ma’naviyat asoslari bo’limiga hujjat topshirganman. Aslida"¦
Maqsadim O’zMU jurnalistika fakultetida yoki Islom un-tetida islom fiqshunosligi fakultetida o’qish edi. Ammo,"¦ taqdirimda o’zim tug’ilib o’sgan shahrim Buxoroda o’qish yozilgan ekan, Allohga shukr.
19 iyulda hujjat topshirishga bordim, sinfdoshim bilan. Tarixga topshirmoqchi edik, qarasak, da’vogarlar soni 800dan oshib ketibdi, shunda milliy istiqlol g’oyasi: huquq va ma’naviyat asoslari bo’limini ko’rsak 220 ta ekan, tavakkal deb shunga topshirdik.
31 iyulda DTMlarni olib ketishga keldik. Guruhimizga qarasak, bir guruhga tushibmiz, xursand qiladigani yana bir sinfdoshimiz biz topshirgan fakultetga topshirib, u ham imtihon kunida biz bilan kiradigan bo’libdi, juda xursand bo’lib ketdik. Bunaqasi hech bo’lmagandi. 3 sinfdosh bir fakultetga topshirib, yana bir guruhga tushsaya,"¦ hali hammasi oldinda ekan "¦.
1 avgust kuni keldi"¦ Ertalab 6-30 da yo’lga chiqdik (Kogon shahri Buxorodan 12-13 km uzoq, shu sababli yo’l yopilmasligi uchun vaqtliroq chiqdik). Soat 7-10 larda bordik. Abiturieyntlar ko’p, ulardan ham ota-onalar ko’p edi. Guruhimizni topib o’z navbatimizni kutdik, atrof to’la notanish kishilar, bolalar, qizlar, hammasi bir maqsadda o’qishga kirish uchun yurakda hayajon bilan o’tirishibdi.
Bir payt qarasak, hali aytgan sinfdoshim (Maxmud)ni otasi yelkasidan tutib, zo’rg’a olib kelyaptilar. Xavotirlanib yoniga borib nima bo’ldi desak, kecha ko’richak bo’ldim, kecha kechki 8 larda operatsiya qilishdi. Bugun qarshilik qilishsa ham keldim, dedi sinfdoshimiz terga botib. Ana matonat, ana xohish, keyinchalik esa ana omad,"¦ dedik.
Test topshiriladigan xonaga olib kirishdi, notanish zinalardan chiqib bir xonaga kirdik. Men sinfdoshim bilan bir partaga o’tirdim, kasal bo’lgan sinfdoshimiz esa bizdan bir parta oldinga o’tirdi. Buni qarangki eshikni yoniga o’tirib olibmiz qaramasdan. Ha mayli, deb nazoratchi o’qituvchini eshitdik, maslahatlar olib, Bismilloh deb testni yechishni boshladik. Xullas, hammasi emasu, ko’pchiligi o’qigan narsamizdan tushdi, oson hal qildik. O’zimizni testimizni yechish barobarida Maxmudga ham yordam berdik. Yarim soatcha o’tgach uni variantini olib ingliz tili hamda ona tili va adabiyoti fanidan testlarini yechib berdik, u esa bizga tarixni hal qilishga yordam berdi. Xullas, 1 soatga qolmasdan betob sinfdoshimizni chiqarib yubordik. Keyin yeng shimarib javoblarni ko’chirdik, ingliz tilidan, ona tilidan 1-2 savollarni maslahatlashib belgiladik. Soat 12 larda biz ham chiqdik. Chiqqanimda birinchi bo’lib duch kelgan onam ha qizim nima bo’ldi dedilar. Men esa kontrakt-da dedim beparvo. Bechora onamni ko’zlariga yosh keldi o’shanda, unaqa dema, shuncha qiynalganingga yarasha grantga kirginda dedilar. Xullas, test o’tdi"¦
Ana endi boshlandi haqiqiy o’ylovlar"¦ o’qishga kirdimmi, yo’qmi"¦?
Dadamdan sekin so’rayman: "œDada, kontraktga o’qitasizmi?" "œKo’ramiz" — deb qo’yadilar dadam e’tibor bermay. Tog’am esa mayli xafa bo’lma 1 yil kontraktingni men to’layman dedilar.
Har xil taxminlar, fikrlar bilan javob chiqadigan kun ham yaqinlashib qolibdi. 11 avgustda hech nima yo’q, 12 avgustda ham shu gap. 13 avgust kuni ertalab sinfdoshimni otasi telefon qilib DTM raqamimni so’radilar. Yarim soatlardan keyin telefon qilib tabriklayman qizim, 3-o’rin bilan byudjetga o’qishga kiribsan desalar bo’ladimi"¦ Ana xolos, "¦. Ana xursandchiligu, ana baxt. Aslida o’sha payt xursand bo’lishni ham , bo’lmaslikni ham bilmay qoldim. Javoblarni boshqadan eshitish boshqayu, o’zingiz borib ko’rganingiz boshqa, to’g’rimi? Shunga biroz talmovsirab qoldim. Keyin gap nimadaligini anglagach baqirib yuboribman. Onam ishonmasdan borib ko’rib kelamiz dedilar. Bordik, DTMimni olib solishtirsam haqiqatda 3-o’rinda turibmanda, onam quchoqlab Qizim o’qishga kirdi, ishonchimni oqladi deb bir-ikki ko’z yosh ham to’kib oldilar.
Ana keyin hammasi boshlandi, tabriklar, qutlovlar, havaslar,"¦
Ha-ya, aytish yodimdan ko’tarilay deb qolibdi, hali aytgandimu hammasi oldinda deb, eshiting, biz 3 sinfdosh, bir fakultetga hujjat topshirib, bir guruhga tushib, uchalamiz ham grantga o’qishga kirdik. Bunaqasini hech eshitmagan bo’lsangiz kerak-a? SubhanALLOH!!!
Men o’zim grantga kirishimni kutmagandim, to’g’ri, juda ko’p o’qigandim, ammo mendan ham yaxshi tayyorlanganlar bo’lishi mumkinku degan o’ylov bilan borgandim.
Alloh qilgan xayrli amallarva yomonliklarga javobni shu dunyodayoq ko’rsatadi deyishadiku. Balki sinfdoshimizga bergan yordamimiz sababli grantga kirgandirman deb o’ylayman hali ham. Nima bo’lganda ham men BIRINCHI yildayoq TALABA bo’lishga muvaffaq bo’ldim. Allohga hamdlar bo’lsinkim, hozirda bitiruvchiman, yana bir yildan so’ng, jonajon universitetimni tugataman.
Uzun hikoyamni sabr-toqat bilan o’qiganingiz uchun katta rahmat. Barcha abituriyentlarga o’zlari xohlagan o’quv yurtlari talabasi bo’lish nasib etishiga tilakdoshman.