Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 392355 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 62 B


Musannif Adham  15 Avgust 2008, 07:08:31

9. Mav’iza. Bu so‘z nasihat deganidir. Payg‘ambarimiz Muqammad (s.a.v.)shunday dedilar: «Din nasihatdir.» Sahobalar: «Kim uchun, ey Allohning Rasuli?»—  deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dedilar: «Alloh uchun, uning Rasuli uchun, barcha musulmonlar uchun»,
— deb javob berdilar
.

Hadisning mazmunidan shuni tushuniladiki, Alloh Ta’olo Payg‘ambariga va bandalariga nasihatni Qur’on orqali qilgan. Buyuradiganini ham, qaytaradiganini ham, tarbiyasini ham, tanbehini ham, va’dasini ham, va’idini ham Qur’on bilan qilgan. Bu mav’izalarni o‘tgan payg‘ambarlar va ummatlarning tarixlarini keltirish va taqqoslash bilan ta’sirini kuchaytirgan. Shuning uchun ham Qur’oni Karimning yana bir nomi «Mav’iza»dir.

هَذَا بَيَانٌ لِلنَّاسِ وَهُدًى وَمَوْعِظَةٌ لِلْمُتَّقِينَ

«Bu (Qur’on) odamlar uchun bayonot hamda taqvodorlar uchun hidoyat va nasihat (mav’iza) dir». (Oli Imron, 138)

Qayd etilgan


Musannif Adham  15 Avgust 2008, 07:10:58

10. Rahmat. Qur’oni Karimning yana bir nomi «rahmat», ya’ni mehribonlik, shafqat ma’nosidadir. Chunki, Qur’onga amal qilib yashagan inson, avvalo, Allohga itoatda bo‘lgani uchun, Uning shafqatiga muyassar bo‘ladi. Ikkinchidan, barcha insonlarga, hayvonlarga, hatto butun mavjudotga rahm-shafqat qiluvchi insonga aylanadi. Uchinchidan, Qur’oni Karimning tilovatini butun vujudi bilan eshitgan kishiga Alloh o‘zining rahmatini va’da qiladi:

وَإِذَا قُرِئَ الْقُرْآنُ فَاسْتَمِعُوا لَهُ وَأَنْصِتُوا لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

«Qur’on o‘qilganda uni tinglangiz va sukut saqlangiz! Shoyad (shunda) rahm qilingaysizlar!». (A’rof, 204)

Shu sabablarga binoan Qur’oni Karimning o‘zi insonlar uchun go‘yoki rahm-shafqatga aylandi va Alloh Ta’olo o‘z kalomini shu nom bilan atadi:

وَلَقَدْ جِئْنَاهُمْ بِكِتَابٍ فَصَّلْنَاهُ عَلَى عِلْمٍ هُدًى وَرَحْمَةً لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ

«Ular (Makka ahli)ga ishonadigan qavm uchun hidoyat va rahmat (manbai) sifatida ilm bilan O’zimiz mufassal bayon qilgan Kitob(Qur’on)ni keltirdik». (A’rof, 52)

Qayd etilgan


Musannif Adham  15 Avgust 2008, 07:13:08

11. Shifo. Qur’oni Karimning oyatlari turli kasalliklarga shifo ekanligini Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadislar tasdiklaydi. Ibn Moja rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Davoning eng yaxshisi Qur’ondir». Ibn Mojadan rivoyat qilingan yana bir hadisda Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: «Ikki shifodan muntazam foydalaning: asaldan va Qur’ondan».

Shuningdek Qur’oni Karim qalb kasali — dil zalolatiga ham davo bo‘lib, uni hidoyat va ma’naviy nur bilan davolaydi. G’am-anduh bilan ezilgan, siqilgan, ozurda dillarga Qur’onni tilovat qilish yoki eshitish bilan osoyishtalik va masrurlik kiradi. Shuning uchun Alloh O’z Kalomini «Shifo» deb nomladi:

وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْآنِ مَا هُوَ شِفَاءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ

«Biz Qur’oni karim oyatlyarini mo‘‘minlar uchun shifo va rahmat qilib yubordik». ( Isro, 82)

Qur’oni Karimning biz yuqorida aytib o‘tgan hudo, rahmat, mav’iza va shifo degan nomlari quyidagi oyati karimada jam bo‘lgan:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءَتْكُمْ مَوْعِظَةٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَشِفَاءٌ لِمَا فِي الصُّدُورِ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ

«Ey odamlar! Sizlarga Rabbingizdan mav’iza (nasihat), dillardagi narsa (shirk illati)ga shifo mo‘‘minlarga hidoyat(hudo) va rahmat keldi».( Yunus, 57)

Qayd etilgan


Musannif Adham  15 Avgust 2008, 07:16:10

12. An-Nur. Alloh Ta’olo Qur’oni Karimni "œNur" deb atadi:

قَدْ جَاءَكُمْ مِنَ اللَّهِ نُورٌ وَكِتَابٌ مُبِينٌ

«Allohdan sizlarga Nur va Ravshan Kitob keldi». (Moida, 15)

فَآمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَالنُّورِ الَّذِي أَنْزَلْنَا وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ

«Bas, sizlar Allohga, Uning rasuliga va Biz nozil qilgan Nur (Qur’on)ga iymon keltiringlar! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir». (Tag‘obun, 8-oyat )

Birinchi oyatda Alloh Ta’olo «Ahli kitoblar»ga xitob qilib, ularga yuborgan Tavrot va Injiln «Nur» deb atasa, ikkinchi oyati karimada Qur’oni Karimni «Nur» deb ataydi.

Buning birinchi sababi Qur’onga amal qilib hayot kechiradigan insonning hayot yo‘li ravshan, kelajagi munavvar, yashashdan ham aniq maqsadi bor, oxiratning ne’matlaridan ham umidvordir. U nima ishni qilsa, omadi yurishishini, obro‘si oshishini biladi va shunga muvofiq  ish qiladi.

Ikkinchidan, Qur’on kitobidan yoki Qur’on oyatlari yozilgan har qanday buyum, qog‘oz va boshqa narsalardan nur chiqib turishi olimlar tomonidan isbotlangan.


Qayd etilgan


Musannif Adham  18 Avgust 2008, 16:45:28

13. Al-Balog'. Qur’oni Karimning yana bir nomi «Balog'» bo‘lib, «yetkazilgan», «bayonot» ma’nosidadir:

هَذَا بَلاغٌ لِلنَّاسِ وَلِيُنْذَرُوا بِهِ وَلِيَعْلَمُوا أَنَّمَا هُوَ إِلَهٌ وَاحِدٌ وَلِيَذَّكَّرَ أُولُو الألْبَابِ

«Bu (Qur’on) odamlar ogohlantirilishlari va (Alloh) yagona iloh ekanini bilishlari hamda aql egalari eslatma olishlari uchun bir bayonotdir (balog‘)». (Ibrohim, 52)

Shuningdek, «balog‘» so‘zidan yetkazuvchi ma’nosini ham tushunish mumkin. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Qur’on ahkomlarini ummatlariga to‘la yetkazib, tushuntirib berishga buyurilganlar, ya’ni «balog‘» so‘zi «yetkazuvchi» ma’nosida Payg‘ambarning sifatlaridandir.

مَا عَلَى الرَّسُولِ إِلا الْبَلاغُ وَاللَّهُ يَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا تَكْتُمُونَ

«Rasul zimmasiga faqat (Alloh buyruqlarini odamlarga) yetkazib qo‘yish (yuklatilgan)dir». (Moida, 99)

Bunday mazmun Qur’oni Karimda 9 suraning 11 oyatida keltirilgan:


Qayd etilgan


Musannif Adham  18 Avgust 2008, 16:47:35

14. 'Aliy. Qur’oni Karim undan oldin nozil etilgan ilohiy kitoblarni isloh etuvchi va ularning mazmunlarini o‘zida to‘la aks ettiruvchi mukammal va mufassal bo‘lgani, uni qiyomatga qadar o‘zgarmas holda muhofaza qilish Allohning zimmasida ekani sababli Alloh Ta’olo uni «'Aliy», ya’ni oliy darajadagi kitob deb atadi:

وَإِنَّهُ فِي أُمِّ الْكِتَابِ لَدَيْنَا لَعَلِيٌّ حَكِيمٌ

«Darhaqiqat, u (Qur’on) dargohimizdagi asl Kitob (Lavhul-mahfuz)da oliy (martabali) (aliy) va hikmatli(Kitob)dir». (Zuxruf, 4)

Qayd etilgan


Musannif Adham  18 Avgust 2008, 16:52:10

15. Naba’. Qur’oni Karim Payg‘ambar uchun ham, ummatlar uchun ham buyuk xabardir. Unda Payg‘ambar (s.a.v.)ga o‘zlari shohid bo‘lmagan tarixiy voqealar, o‘tmish payg‘ambarlar va ummatlar haqida xabar beradi. Ummatlarga esa agar ular imonli bo‘lsalar, oxiratdagi darajalar, jannatlar va huru g‘ilmonlar, kofirlarga tayin etiladigan azob-uqubatlar haqida xabar beriladi:

قُلْ هُوَ نَبَأٌ عَظِيمٌ

«Ayting: «Bu (Qur’on) buyuk bir xabar (naba’)dir!». ( Sod, 67.)

Qur’oni Karimda «naba’» so‘zi «qiyomat, oxirat» ma’nosida ham kelgan. Masalan:

عَمَّ يَتَسَاءَلُونَ (١)عَنِ النَّبَإِ الْعَظِيمِ (٢)الَّذِي هُمْ فِيهِ مُخْتَلِفُونَ

«(Mushriklar) birbirlaridan nima haqida so‘rashmoq dalar?! Ular doimo tortishib yuradigan ulug‘ xabar (Qiyomat) haqida». ( Naba’, 1-3-oyatlar)

Qayd etilgan


Musannif Adham  18 Avgust 2008, 16:53:58

16. Bushro. Alloh Ta’olo boshqa ilohiy kitoblar, masalan, Injilni «xushxabar», «bashorat» kitobi deganidek, Qur’oni Karimni ham shu nom bilan atagan:

وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِكُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَى لِلْمُسْلِمِينَ

«Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun bashorat (bushro) bo‘lgan Kitobni (Qur’onni) nozil qildik». ( "œNahl", 89.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  19 Avgust 2008, 04:02:24

17. Ahsanul hadis. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) johiliyyat davrida yashagan bo‘lsalarda, bu davr kishilarining aksariyati usta suxandon, zakovatli shoir, mohir maddoh bo‘lishgan va jamo’at joylarida o‘zlarining balog‘atli, fasohatli, o‘ta shirin kalomlari bilan ommaning e’tiborini o‘zlariga qarata olardilar. Qur’oni Karim esa jumlalarining balog‘at va fasohatda o‘sha suxandonlarni ham lol qoldiradigan darajada ekanligi bilan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga payg‘ambarlik mo‘‘jizalaridan biri qilib berildi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Qur’on oyatlarini tilovat qilganlarida har qanday odam, hatto dushmanlik fikrida bo‘lganlar ham darhol Qur’onning shirin kalomidan dillari yumshardi, iymon dushmanlari iymonga kirishni sevib qolardilar. Nafaqat insonlar, balki Qur’on oyatlarining ta’siridan jinlar ham iymonga kelganlari «Jin» surasida bayon etilgan. Shuning uchun Qur’oni Karimni Alloh Ta’olo «So‘zlarning go‘zali» deb nomlagan:

اللَّهُ نَزَّلَ أَحْسَنَ الْحَدِيثِ كِتَابًا مُتَشَابِهًا مَثَانِيَ تَقْشَعِرُّ مِنْهُ جُلُودُ الَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ ثُمَّ تَلِينُ جُلُودُهُمْ وَقُلُوبُهُمْ إِلَى ذِكْرِ اللَّهِ ذَلِكَ هُدَى اللَّهِ يَهْدِي بِهِ مَنْ يَشَاءُ وَمَنْ يُضْلِلِ اللَّهُ فَمَا لَهُ مِنْ هَادٍ

«Alloh go‘zal So‘zni (ahsan alhadis) (oyatlari balog‘atda) bir-biriga o‘xshagan (mutashobih), (hukmlari) takror-takror keluvchi (masoniy) bir Kitob qilib nozil qildiki, undan (o‘qilganda) Parvardigoridan qo‘rqadigan zotlarning terilari titrab ketar, so‘ngra terilari va dillari Allohning zikriga yumshar (moyil bo‘lar)». (Zumar, 23)

Qayd etilgan


Musannif Adham  19 Avgust 2008, 04:04:13

18. Masoniy. Bu so‘zning ma’nosi «(hukmlari) takror-takror keluvchi» deganidir. 17-Ahsanul hadis bandida keltirilgan «Zumar» surasining 23-oyatida «Masoniy» atamasi Qur’oni Karimga nom bo‘lib kelgan bo‘lsa, quyidagi «Hijr» surasining 87-oyatida mazkur so‘z «Fotiha» surasiga nom bo‘lib kelgan:

وَلَقَدْ آتَيْنَاكَ سَبْعًا مِنَ الْمَثَانِي وَالْقُرْآنَ الْعَظِيمَ

«Darhaqiqat, Biz Sizga yetti takrorlanuvchi (masoniy, yetti oyatli «Fotiha» surasi)ni va ulug‘ Qur’onni ato etdik». (Hijr, 87. )

Qayd etilgan