Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 392102 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 62 B


Musannif Adham  06 Avgust 2008, 19:04:39

4. Injil — Iso (a.s.)ga Alloh Ta’olo tomonidan tushirilgan muqaddas kitobning nomi. Injil lafzining ma’nosida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar uni ibroniy (yahudiy) so‘z, ba’zilar suryoniy (Suriya arab lug‘ati) deydilar. Ba’zilar esa sof arab so‘zi bo‘lib, «najl», ya’ni «asl» ma’nosida, deganlar. Ba’zilar: «Injil so‘zi yunoncha bo‘lib, ma’nosi xushxabar keltirganga beriladigan suyunchidir, keyinchalik xushxabarning ayni o‘ziga ishlatila boshlandi» — deydilar. Rus yozuvchisi Lev Tolstoy o‘zining injili muqaddimasiga shunday jumlani yozib qo‘ygan ekan: «Injil so‘zi yunon tilida ikki so‘zdan tarkib topgan: (Yeyu), uning ma’nosi yaxshi, chiroyli. (Angilion), uning ma’nosi xabarlar. Ikkovining tarkibidan (Yevangilion), ya’ni yaxshi xabarlar, chiroyli xabarlar, xushxabarlar ma’nosi kelib chiqadi».

Injil kitobi aslida ibroniy tilida tushirilgan bo‘lsa ham, mazkur tildagi asliy nusxasi yo‘q qilingan bo‘lib, hozirda mavjud bo‘lganlari yunon tilidadir. Yunoncha «Yevangilie» xushxabar deganidir. Injil aslida nimaning xushxabarini beradi?

«XX asr boshlarida yashagan, avvalgi ismi Abdul Masih Dovud (Iso Masihning quli) bo‘lib, islomga kirgach, nomini Abdul Ahad Dovud (yakkayu yagonaning, ya’ni Allohning quli) deb o‘zgartirgan ulkan bir nasroniy olimi, jahongashta professorning tadqiqotlarida ta’kidlashicha, hazrati Iso (a.s.)ning umr bo‘ii ta’kidlagan so‘zlari oxirzamon payg‘ambari Muhammad rasululloh (s.a.v.)ning «rohmatan lil-’alamiyn» bo‘lib kelishlari xaqida xushxabar berishdan iborat bo‘lgan».( M.A.Jo‘shon. «Islom: sevgi va tasavvuf».)

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Avgust 2008, 19:07:17

Qur’oni Karimda Injildan iqtibos qilib keltirilgan oyatda Alloh Ta’olo shunday deydi:

وَإِذْ قَالَ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ إِنِّي رَسُولُ اللَّهِ إِلَيْكُمْ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيَّ مِنَ التَّوْرَاةِ وَمُبَشِّرًا بِرَسُولٍ يَأْتِي مِنْ بَعْدِي اسْمُهُ أَحْمَدُ

«Eslang, ey Muhammad(s.a.v.), Iso binni Maryam dedilar: «Ey bani Isroil! Albatta, men Allohning sizlarga yuborgan payg‘ambariman. (Men) o‘zimdan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchi va o‘zimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir payg‘ambar haqida xushxabar berguvchi bo‘lgan holimda yuborildim».( Saff, 6.)

«AQShda xarbiy komissar vazifasida xizmat qilgan pokistonlik general Abdurahim ilgari Amerika Kongressi kutubxonasiga yuborilgan qadimiy Barnabo injilining mikrofilmlarini Pokistonga keltirgan». (Fathul-Boriy, 5-j. 292-b. «Ilohiy mo‘‘jizalar», Toshkent, 1995.)

Injilning Barnabo nusxasida Iso (a.s.) o‘zlaridan keyin keladigan payg‘ambar haqida havoriylarga bunday deganlar: 

«Sizga aytayapman, Allohning rasuli butun maxluqotga rahmatdir...».( Barnabo injili, 49-6.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Avgust 2008, 19:11:00

Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) haklarida aytilgan bu bashorat Qur’on oyatiga muvofiq keladi. Oyatda ul zot «Rohmatan lil ‘alamiyn» — butun olamga rahmat payg‘ambari qilib yuborilganlari aytiladi. Yana shu kitobda Iso (a.s.) bir ayol savoliga javob berib:

«Men faqat Isroil o‘g‘illariga yuborilgan qutqaruvchi bir payg‘ambarman. Lekin mendan keyin Alloh butun olamga Muhammad ismli rasulini yuboradi», — deya bashorat qildilar. Injil so‘zi Qur’oni Karimda bir necha bor kelgan. Masalan:

وَقَفَّيْنَا عَلَى آثَارِهِمْ بِعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ التَّوْرَاةِ وَآتَيْنَاهُ الإنْجِيلَ فِيهِ هُدًى وَنُورٌ وَمُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ التَّوْرَاةِ وَهُدًى وَمَوْعِظَةً لِلْمُتَّقِينَ (٤٦)وَلْيَحْكُمْ أَهْلُ الإنْجِيلِ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فِيهِ وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فَأُولَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ

«Ularning izidan o‘zidan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi bo‘lgan Iso binni Maryamni ergashtirdik va unga hidoyat va mav’iza (pand nasihat) bo‘lgan Injilni berdik hamda: «Injil ahli unda Alloh nozil qilgan narsalar bilan hukm qilsinlar», — dedik. Kimdakim Alloh nozil qilgan kitob bilan hukm qilmas ekan, ular fosiqlardir».( Moida, 46-47.)

نَزَّلَ عَلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ وَأَنْزَلَ التَّوْرَاةَ وَالإنْجِيلَ (٣)مِنْ قَبْلُ هُدًى لِلنَّاسِ وَأَنْزَلَ الْفُرْقَانَ

«Alloh sizga Kitobni haq bilan tushirdi. Bu Kitob o‘zidan avvalgilarni tasdiq etadi. Tavrotni va Injilni ham odamlarga hidoyat qilib avval nozil qilgan edi, Furqonni ham tushirdi».( Oli Imron, 3-4.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Avgust 2008, 19:13:26

Biz, musulmonlar shunga imon keltiramizki, Alloh Ta’olo o‘zining payg‘ambarlaridan biri bo‘lgan Iso (a.s.)ga «o‘zidan oldin yuborilgan Tavrotni tasdiqlovchi va quvvatlovchi bo‘lgan, o‘zidan keyingi keladigan Ahmad ismli payg‘ambarning bashoratini beradigan, odamlarga hidoyat va nur bo‘lgan Injil» kitobini nozil qilgan. Bunga yuqorida keltirilgan oyatlar dalildir. Iso (a.s.)ning o‘z tillari bilan aytgan gaplari ham bor:

قَالَ إِنِّي عَبْدُ اللَّهِ آتَانِيَ الْكِتَابَ وَجَعَلَنِي نَبِيًّا

«Iso (a.s.) dedilar: «Albatta, men Allohning bandasiman, u menga Kitob berdi va meni payg‘ambar qildi». (Maryam, 30.)

Yana bir oyatda shunday deyilgan:

الَّذِينَ يَتَّبِعُونَ الرَّسُولَ النَّبِيَّ الأمِّيَّ الَّذِي يَجِدُونَهُ مَكْتُوبًا عِنْدَهُمْ فِي التَّوْرَاةِ وَالإنْجِيلِ

«O’zlari uning ismini Tavrot va Injilda yozilgan holda topadigan payg‘ambarga ergashadigan zotlar...». (A’rof, 157.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Avgust 2008, 19:16:38

Alloh Ta’olo mazkur oyati karimalar orqali bizga o‘zi tarafidan samoviy kitobni Iso nomli payg‘ambariga nozil qilganini, bu kitobning nomi Injil bo‘lganini va u og‘zaki ma’ruzalardan iborat bo‘lmay, balki sahifalarga yozilgan holda bo‘lganining xabarini bermoqda. Buning ustiga Injil samoviy kitob ekanligiga Alloh ishora qilib, payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ga nasroniylarga «axli kitoblar» deb murojaat qilishni buyurdi:

قُلْ يَا أَهْلَ الْكِتَابِ تَعَالَوْا إِلَى كَلِمَةٍ سَوَاءٍ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ أَلا نَعْبُدَ إِلا اللَّهَ وَلا نُشْرِكَ بِهِ شَيْئًا وَلا يَتَّخِذَ بَعْضُنَا بَعْضًا أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ

«Ayting, ey Muhammad: «Ey ahli kitoblar, bizlar bilan sizlarning o‘rtalaringizda barobar bo‘lgan so‘zga kelinglar, ya’ni Allohdan boshqaga ibodat qilmaylik. Unga biror narsani sherik qilmaylik. Alloxdan kechib birbirimizni rab(xudo) qilmaylik». (Oli Imron, 64.)

Allohning Qur’oni Karimdagi xabariga qaraganda, yahudiylar va nasroniylar o‘zlariga berilgan kitobning ko‘p joylarini oshkor qilmay yashirganlar. Nasroniylar asl Injilni o‘zgartirganlar, ba’zi joylarini berkitganlar va ko‘p joylarini o‘zlari qo‘shib, iftiro va ixtiro qilganlar:

يُحَرِّفُونَ الْكَلِمَ عَنْ مَوَاضِعِهِ وَنَسُوا حَظًّا مِمَّا ذُكِّرُوا بِهِ

«Injil oyatlarini o‘z joyidan o‘zgartirdilar, ular eslatilgan narsadan bir qismini unutdilar». (Moida, 13.)

Alloh va uning payg‘ambariga tuhmat qilganlar:

وَيُنْذِرَ الَّذِينَ قَالُوا اتَّخَذَ اللَّهُ وَلَدًا (٤)مَا لَهُمْ بِهِ مِنْ عِلْمٍ وَلا لآبَائِهِمْ كَبُرَتْ كَلِمَةً تَخْرُجُ مِنْ أَفْوَاهِهِمْ إِنْ يَقُولُونَ إِلا كَذِبًا

«Qur’on «Allohning bolasi bor», — degan kimsalarni ogohlantiradi: bu haqda ular biror ilmga ega emaslar, ularning ajdodlari ham bilmas edilar. Ularning ogizlaridan chiqqan so‘z katta gunohdir. Ular faqat yolg‘onni gapiryaptilar». (Kahf, 4-5)

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Avgust 2008, 19:18:32

Nasroniylar, jumladan, Ismoil avlodidan bir payg‘ambar kelishini, uning nomini Iso (a.s.)«ruhul-haq» va «Forqlit» deb ataganlarini ham yashirganlar. Arab olimi Obid Hoshim Tovfiqning «Yahudiylar aqidasi» kitobida guvoxlik berishicha, Barnabo va Yuhanno injillarida bu haqda shunday xabar beriladi:

«Albatta yahudiylar menga bekor adovat qilyaptilar. Agar Munjamno kelsa, ya’ni Alloh o‘z huzuridan sizlarga yuboradigan ulug‘ zot kelsa, u menga ham, sizlarga ham guvohlik beradi». (Yuhanno, 15. 242-b)

Matndagi Munjamno so‘zi yunoncha Forqlit, arabcha esa Ahmad ma’nosini beradi. Bu oyatlar orasiga ortiqcha so‘zlar qo‘shib yuborilganligi sababidan, uni tushunish qiyin bo‘lgan va tarjimada ham soxtalikka yo‘l qo‘yilgan:

«Meni sevmagan kishi so‘zlarimga amal qilmaydi. Sizlar tinglayotgan so‘z meniki emas, balki meni yuborgan Otamnikidir. Buni men sizlar bilan ekanman aytdim. O’sha Yupatuvchi, ya’ni mening nomimdan Otam yuboradigan Muqaddas Ruhning o‘zi sizlarga hammasini o‘rgatadi. Mening sizlarga aytgan hamma so‘zlarimni U yodingizga tushiradi».( O’sha asar, 15. 242-b.)

Ushbu tarjimada mazmun biroz mujmal bo‘lsada, Yupatuvchi so‘zidan murod Muhammad (s.a.v.) ekanliklarini tushunib olish qiyin emas.

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Avgust 2008, 19:19:46

Mufassir Qoziy Bayzoviy o‘z tafsirida yahudiylar Tavrotda kelgan payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ning sifatlari bayonini va «rajm oyati»ni, ya’ni toshbo‘ron qilish haqidagi oyatni, nasroniylar esa Injilda kelgan Iso (a.s.) tomonlaridan Ahmad ismli payg‘ambarning kelishi haqida aytilgan bashoratni yashirganlarini yozgan.

Sahobai kiromlar Injilni aslida samoviy kitob ekanligini bilganlari sababli uni o‘zgartirib yuborilganini aniq bilsalar ham unga imon keltirgan edilar va ba’zi muammolarni hal qilishda Injilni yaxshi bilgan nasroniylarga murojaat qilardilar. Imom Buxoriy «Sahih»larida Ibn Abbosdan shunday hadis rivoyat qilganlar:

«Qanday qilib ahli kitoblardan masala so‘raysizlar, Rasululloh (s.a.v.)ga nozil qilingan Qur’on ularning kitobidan yangiroq va begona so‘zlar aralashmaganku? Qur’onning xabar berishicha axli kitoblar Alloxning kitobini (Injilni) o‘zgartirganlar, o‘z qo‘llari bilan yozib olganlar. Yana bu Allohning huzuridan tushgan deb, uni arzimas pulga sotadilar. Sizlar shuni bilib turib, ulardan masala so‘rashdan tiyilmaysizlarmi? Allohga qasamki, ulardan biror kishi sizlarga yuborilgan Qur’ondan hech narsa so‘ramaydilar».( Fathul-Boriy, 5-j. 292-b.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Avgust 2008, 19:21:14

Qur’oni Karimda va sahobai kiromlarning hadislarida takror-takror tilga olinayotgan Injil qaerda? Nasroniylarning qo‘llarida hozir yo‘qligi bu Injilning mutlaqo mavjud bo‘lmaganini ko‘rsatadimi? Tarixchilar va nasroniylikdan bahs yurituvchilarning kitoblarida haqiqiy Injilning mavjud bo‘lgani haqida biror ma’lumot bormi?

Iso (a.s.)ning osmonga ko‘tarilishlaridan keyin u kishining sof ilohiy da’vatlari keng tarqalmasdan qolib ketdi. Chunki, oz sonli imon keltirgan odamlar ustida uzoq vaqt tazyiqlar bo‘lib turdi, mo‘minlarning ko‘pi o‘ldirib yuborildi. Bunga sabab shuki, o‘sha zamonda hukmron bo‘lib turgan podshohlar butparastlik e’tiqodida bo‘lib, bunga zid bo‘lgan dinni haq bo‘lsa ham yo‘qotish payida bo‘lganlar. Nasroniylar keyinroq e’tiqod jihatidan turli guruxdarga bo‘linib, ba’zilari «Iso— Xudodir»deb, yana ba’zilari «Iso — Xudoning o‘g‘lidir» deb, e’lon qila boshladilar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Avgust 2008, 19:22:51

Butparast podshohlar nasroniylarning hammasiga — sof imonli kishilarga ham, e’tiqodi buzuqlarga ham birdek yomon nazar bilan qaradilar. Ular juda og‘ir qiynoklarga duchor etildilar. Nasroniylikning dastlabki davri bu din vakillari uchun juda qiyin kechdi. Ular o‘n bor katta qatliomga uchradilar.

Birinchi qatag‘on 64 yilda Nayru (Neron) ismli podshoh davrida boshlandi. Havoriy Pyotr va uning xotini shu davrda shahid bo‘lishdi.

Ikkinchi qatliom Domishyan (Domitsian) podshoxligi davrida bo‘lib, bunda havoriy Yuhanno badarg‘a qilindi va Fluis Klimans nomli nasroniy olimi o‘ldirildi.

Uchinchisi 101 yilda podshoh Tarjon (Trayan) davrida boshlanib, 18 yil davom etdi. Bunda Kyurintiya yepiskopi Sham’un o‘ldirildi.

To‘rtinchisi podshoh Markos davrida, 161 yilda boshlanib, o‘n yil davom etdi va nasroniylarni o‘ldirish mashriqu mag‘ribda keng tus oldi.

Beshinchisi podshoh Sviris (Septimiy Sever) davrida, 202 yilda boshlandi va Misr, Frantsiya, Kartej diyorlarida minglab nasroniy dindorlarning qoni to‘kildi.

Oltinchisi 237 yilda boshlandi. Podshoh Maksim, agar ilm ahllari yo‘q bo‘lsa, avom xalqni boshqarish oson bo‘ladi, deb minglab ilmli nasroniylarni yo‘q qildi. Ular orasida papa Pontanus va papa Anteruslar bor edi.

Yettinchisi 253 yilda podshoh Detsios o‘zining barcha hokimlariga nasroniylarni azoblashga buyurdi. Uning zulmi Misr, Afrika, Italiya va sharqiy hududlargacha yetib bordi.


Qayd etilgan


Musannif Adham  06 Avgust 2008, 19:26:06

Sakkizinchi qatag‘on Valerian podshohligi davrida 257 yilda boshlandi. Bu zolimning davrida faqat nasroniy erkaklargina emas, nasroniy dinidagi ayollarning ham obro‘si toptalib, mol-dunyosi tortib olinib, o‘zi esa vatanlaridan haydab chiqarildalar.

To‘qqizinchisi podshoh Avrelian davrida bo‘ldi. Uning davri 274 yilda boshlandi. Lekin Avrelian ko‘p nasroniylarni o‘ldirishga imkon topmadi, chunki, barchasini Valerian qirib bo‘lgandi.

O’ninchisi 302 yilda Diokletian (Diokletian  ba’zi kitoblarda Daqyus, yana boshqalarida Daqyonus. Bu podshoning davrida uning zulmidan o‘z imonlarini olib qochib, g‘orga yashiringan «Ashobul Kahf» (etti yigit va Qitmir nomli it) haqida Qur’onning «Kahf» surasida hikoya qilinadi.) podshohlikka o‘tirgan davrdan boshlandi. Bu zolim imperator muqaddas kitoblarni yo‘q qilishga qattiq harakat qildi. 303 yilda cherkovlarni buzish, kitoblarni yoqish va xristianlarni o‘ldirish avj oldi.

Shunday qilib nasroniylar juda ko‘p tazyiqlarga uchradilar. Bu tazyiqlar imperator Konstantin podshoh bo‘lib, 325 yilda nasroniy dinini qabul qilgandan keyingina to‘xtadi. Konstantinning nasroniylikni qabul qilishi ularning jonlariga tinchlik hadya qilgan bo‘lsa-da, lekin imonlariga qattiq putur yetkazdi. Chunki, podshoh nasroniylikni qabul qilish bahonasida, nasroniylarga butparastlikni qabul qildirdi. O’sha davrda nasroniy olimlari tomonidan yozilgan turli e’tiqoddagi yuzdan ortiq injillar yo‘q kilinib, Isoni xudo deb yozilgan to‘rtta injilgina saklanib qoldi. Bu injillar haqida batafsil ma’lumotni muallifning «Qur’oni Karimda Iso payg‘ambar siymosi» nomli monografiyasidan o‘qib olish mumkin.

Qayd etilgan