Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari  ( 392150 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 62 B


Musannif Adham  19 Avgust 2008, 04:05:52

19. Mutashobih. Bu so‘zning ikki xil ma’nosi bor. Birinchisi «oyatlari balog‘atda bir-biriga o‘xshash» degani. Shunday ma’noli atama yuqorida (17-bandda) dagi oyat (Zumar, 23) da keltirildi. Ikkinchisi «Muhkam»ning ziddi bo‘lib, «ma’nosini faqat Alloh Ta’oloning o‘zi yoki U muyassar qilgan olimgina biladi»

Qayd etilgan


Musannif Adham  19 Avgust 2008, 04:08:43

20, 21. Muhkam va Ummul-Kitob. Alloh Ta’olo muhkam oyatlarni «Ummul Kitob» deb ham atagan. Qur’oni Karimning «Mutashobih», «Muhkam» va «Ummul Kitob» nomlari quyidagi oyati karimada jam bo‘lgan:

هُوَ الَّذِي أَنْزَلَ عَلَيْكَ الْكِتَابَ مِنْهُ آيَاتٌ مُحْكَمَاتٌ هُنَّ أُمُّ الْكِتَابِ وَأُخَرُ مُتَشَابِهَاتٌ فَأَمَّا الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ زَيْغٌ فَيَتَّبِعُونَ مَا تَشَابَهَ مِنْهُ ابْتِغَاءَ الْفِتْنَةِ وَابْتِغَاءَ تَأْوِيلِهِ وَمَا يَعْلَمُ تَأْوِيلَهُ إِلا اللَّهُ وَالرَّاسِخُونَ فِي الْعِلْمِ يَقُولُونَ آمَنَّا بِهِ كُلٌّ مِنْ عِنْدِ رَبِّنَا وَمَا يَذَّكَّرُ إِلا أُولُو الألْبَابِ

«U Sizga Kitob (Qur’on) nozil qilgan zotdir. Unda shu Kitobning «onasi» (umm ul Kitob) sanalmish (ma’nosi) aniq (muhkam) oyatlar va (shu bilan birga) mutashobih (ma’nosi O’zidan o‘zgaga nomalum) oyatlar ham bor». (Oli Imron, 7)

Qayd etilgan


Musannif Adham  19 Avgust 2008, 04:18:34

22. Hikmat va hakim. Bir xil ma’noli bu ikki sifat ham Qur’oni Karimning nomlaridan bo‘lib, quyidagi oyati karimada «hikmat» Qur’onning nomi bo‘lib kelgan:

وَأَنْزَلَ اللَّهُ عَلَيْكَ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَعَلَّمَكَ مَا لَمْ تَكُنْ تَعْلَمُ

«Alloh sizga Kitob va Hikmatni nozil qildi va bilmaganingizni bildirdi». (Niso, 113)

Quyidagi oyati karimada «hakim» shaklida Qur’onga nom bo‘lib kelgan bo‘lsa:

وَإِنَّهُ فِي أُمِّ الْكِتَابِ لَدَيْنَا لَعَلِيٌّ حَكِيمٌ

«Darhaqiqat, u (Qur’on) dargohimizdagi Asl Kitob (Lavhul mahfuz)da oliy (martabali) va hikmatli (hakim) (Kitob)dir» (Zuxruf, 4.)
 
Yana bir oyatda, Qur’oni Karimga sifat bo‘lib kelgan:

تِلْكَ آيَاتُ الْكِتَابِ الْحَكِيمِ

«Ushbular hikmatli (hakim) Kitob oyatlaridir». (Luqmon, 2)

Yana bir oyatda esa Qur’oni Karimning nozil etuvchisi—Allohga sifat bo‘lib kelgan:

تَنْزِيلُ الْكِتَابِ مِنَ اللَّهِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ

«(Bu Qur’on) qudratli va hikmatli(hakim) Alloh (tomoni) dan nozil qilingan Kitobdir».( Ahqof, 2; Josiya, 2. )

Qayd etilgan


Musannif Adham  19 Avgust 2008, 04:21:21

24-25. Tasdiq va Tafsil. Tasdiq so‘zining asli o‘zagi arabcha bo‘lib, «sidq»(rostlik) dan olingan va ma’nosi «rostligini bildiruvchi, tasdiqlovchi» dir.

Tafsil esa, «batafsil bayon etilgan» ma’nosidadir. «Tasdiq» (Tasdiq» sifati «Oli Imron» surasining 3-oyatida «Musaddiq» shaklida va «Tafsil» sifati «Anom» surasining 114-oyatida «Mufassal» shaklida ham kelgan) va «Tafsil» so‘zlari Yunus surasi, 37-oyatida Qur’oni Karimga nom bo‘lib kelgan:

وَمَا كَانَ هَذَا الْقُرْآنُ أَنْ يُفْتَرَى مِنْ دُونِ اللَّهِ وَلَكِنْ تَصْدِيقَ الَّذِي بَيْنَ يَدَيْهِ وَتَفْصِيلَ الْكِتَابِ لا رَيْبَ فِيهِ مِنْ رَبِّ الْعَالَمِينَ

«Ushbu Qur’on Allohdan boshqa kimningdir tomonidan to‘qilgan bo‘lishi mumkin emas. Balki, U (Qur’on) olamlar Parvardigori tomonidan (kelgan), shubhasiz, o‘zidan oldingi narsa (ilohiy kitoblar) ni tasdiqlovchi va batafsil bayon (tafsil) etilgan kitobdir». (Yunus, 37)

Qayd etilgan


Musannif Adham  19 Avgust 2008, 04:23:25

26. Qoyyim. Arab tilida ushbu vazndagi ismlar mubolag‘ani bildirib, «o‘ta, juda» sifatlari bilan tarjima qilinadi. Shunga ko‘ra «qoyyim» so‘zi «o‘ta to‘g‘ri, o‘ta rost» dir:

الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي أَنْزَلَ عَلَى عَبْدِهِ الْكِتَابَ وَلَمْ يَجْعَلْ لَهُ عِوَجَا (١) قَيِّمًا

«O’z bandasi (Muhammadga) Kitob (Qur’on) nozil qilgan zot (Alloh)ga hamd! Uni (Qur’onni ma’no va mazmunda) qing‘ir qilmadi. (Balki, u) to‘g‘ri (qoyyim) (o‘ta haq va rost)dir». (Kahf, 1-2-oyatlar)

Qayd etilgan


Musannif Adham  19 Avgust 2008, 04:24:49

27. Suhuf. Allohning huzuridan barcha payg‘ambarlarga nozil qilingan shari’at dasturlari «suhuf» — sahifalar deyiladi. Shuningdek, Qur’oni Karimning ham nomlaridan biri Suhufdir:

رَسُولٌ مِنَ اللَّهِ يَتْلُو صُحُفًا مُطَهَّرَةً

«Alloh tomonidan (yuborilgan) payg‘ambar (Muhammad (s.a.v.), ularga pokiza sahifalar (suhuf)ni (Qur’onni) tilovat qilur». (Bayyina, 2)   

Qayd etilgan


Musannif Adham  19 Avgust 2008, 04:27:01

28. Vahiy. Qur’oni Karimning yana bir nomi Vahiydir. Chunki, vahiyning bir necha usuli bo‘lib, ulardan biri Qur’on oyatlarining nozil bo‘lishidir. Alloh aytadi:

قُلْ إِنَّمَا أُنْذِرُكُمْ بِالْوَحْيِ

«Ayting: «Men sizlarni faqat vahiy bilan ogohlantirurman». (Anbiyo, 45)

وَمَا يَنْطِقُ عَنِ الْهَوَى (٣) إِنْ هُوَ إِلا وَحْيٌ يُوحَى

«(Qur’onni) o‘z havosi (xohishi) bilan so‘zlamas. U (Qur’on) faqat (Alloh tomonidan) vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir». (Najm, 3-4-oyatlar)

Qayd etilgan


Musannif Adham  19 Avgust 2008, 04:28:21

29. Kalomulloh. Alloh Ta’olo barcha payg‘ambarlarga O’z kalomini tushirgan, O’zi xohlagan payg‘ambarlar bilan ko‘rinmasa-da, gaplashgan. Qur’oni Karim ham Allohning kalomidir. Alloh aytadi:

وَإِنْ أَحَدٌ مِنَ الْمُشْرِكِينَ اسْتَجَارَكَ فَأَجِرْهُ حَتَّى يَسْمَعَ كَلامَ اللَّهِ

«Agar mushriklardan birortasi Sizdan himoya so‘rasa, bas, uni himoyangizga oling, toki u Allohning kalomi (Kalomulloh)ni eshitsin». ( Tavba, 6)

Qayd etilgan


Musannif Adham  19 Avgust 2008, 05:32:29

3. Qur’oni Karimning biz yuqorida sanab o‘tgan va Qur’on oyatlari bilan tasdiqlangan o‘ttizta ismidan tashqari xalq orasida mashhur bo‘lgan «Mushaf» va «Imom» atamalari ham mavjud:

1. Mushaf. Bu so‘zning ma’nosi «sahifalangan va muqovalangan kitob» degani bo‘lsa ham, faqat Qur’oni Karim tushuniladi.

Qur’oni Karim oyatlarida «Mushaf» so‘zi kelmagan, ammo aksar chop etilgan Qur’onlarning birinchi sahifasida:

«Bu Qur’onning yozilishi Hazrat Usmon (r.a.) Mushafining yozilishiga mufoviqdir»,  deyilgan jumla mavjud.

Qayd etilgan


Musannif Adham  19 Avgust 2008, 05:35:17

2. Imom. Qur’oni Karimning yana bir nomi «Imom»dir. Barcha mushaflarning oxirida yozilgan «Xatm ul-Qur’on duosi»da: «Allohim Qur’onning hurmatidan menga rahm qilgin, menga Qur’onni peshvo(imom) qilgin!»  degan jumlalar bor.

Qur’oni Karimning yuqorida sanab o‘tilgan va nomga aylangan sifatlaridan tashqari yana o‘ziga xos: arabiy, mubin, ajab, muborak, zu zikr, aziz, karim, majid, muqaddas va g‘oyraoziy ivaj singari o‘nlab sifatlari ham mavjudki, bu sifatlar uning haqiqatan Allohning muqaddas kalomi ekanligiga dalolat qiladi.

Qayd etilgan