Assalomu alaykum!
Bugun qiziq voqea bo'ldi. Ertalab metroda ishga kelayotsam (Chilonzor - Amir Temur xiyoboni) "Milliy bog'" bekatidan so'ng mashinist quyidagi so'zlarni aytdi:
"Ehtiyot bo'ling eshiklar yopiladi. Keyingi bekat "BUNYODKOR""
Ajoyib-a! Demak toponimik siyosat yana davom etmoqda. "Xalqlar do'stligi" saroyining nomi "Istiqlol"ga o'zgarganidan xabaringiz bor edi. Ana endi metro bekati ham o'zgardi.
Bir haftada 2 ta
BUNYODKOR nomi paydo bo'ldi.
Birinchisi "Quruvchi" PFC o'z nomini
BUNYODKOR ga o'zgartirgan bo'lsa, ikkinchisi "Xalqlar do'stligi" metro bekatining nomi ham xuddi shunga nomdosh bo'ldi.