Assalomu alaykum, navoiyliklar!!!  ( 104275 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 17 B


Fatima  08 Avgust 2008, 13:30:27

Assalomu alaykum!
Bu mavzuda Navoiylik yurtdoshlarimiz tomonidan uyushtirilgan turli xil suhbatlar,  uchrashuvlardan taassurotlar haqida suhbat quramiz.
Marhamat...

PS: Boshqa viloyatdagilarni ham taklif qilamiz.

Qayd etilgan


Robiya  08 Avgust 2008, 13:33:21

Assalomu alaykum!
 Bugun yana bir uchrashuv amalga oshirildi. Unda doimgidek faol viloyat a'zolari, ikki qo'shni viloyatning tinib-tinchimas ajoyib qizlari ishtirok etishdi. Demak, navbatdagi uchrashuv taassurotlari haqida...

Qayd etilgan


Fatima  08 Avgust 2008, 13:39:09

   08.08.08

Shunday ajoyib kunda, Jum`a kunida O`zbekistonimizni go`zal shaharlaridan birida bo`lgan Navoiy shahrida buxorolik opajonimiz bilan uchrashdik. Uchrashuvda  NafisaBonu, Fatima va mehmonimiz Robiya opamla ishtirok etishdi. Uchrashuvda kamchilik qatnashgan bo`lsa-da, havas qilgudek uchrashuv bo`ldi. Hozir ham shu uchrashuvdamiz, hali bu uchrashuvimiz uzoq davom etadi, InshaAlloh!

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  08 Avgust 2008, 14:03:13


Qayd etilgan


Fatima  08 Avgust 2008, 14:06:52

  08.08.08
  о-ҳо :)

shunaqa!
taassurotlar Davomi keyingi seriyada.  :D

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  08 Avgust 2008, 15:13:32

  08.08.08
  о-ҳо :)

shunaqa!
taassurotlar Davomi keyingi seriyada.  :D

Obbo, men bu seriyani ko'rgan edim. M-Agent orqali :7

Qayd etilgan


NafisaBonu  09 Avgust 2008, 18:26:57

Assalomu  alaykum, ahli  Azizlar,  Navoiyga  kelganlar, darmonda  kelmaganlar  armonda!!!  Fatima,  Robiyaxon  hammamiz  maza  qip  Navoiyni  aylanaverib-aylanaverib  o'zimiz  ham   aylanib  qoldik. :) Hayotimdagi  eng  zo'r  damlar,  eng...eng,,,lahzalari  o'tib  ketganini  bilmay  qolibman  ham.  Hamma  ishtirokchilarga  katta  rahmat  aytaman.   

Qayd etilgan


Fatima  11 Avgust 2008, 10:52:25

  08.08.08
  о-ҳо :)

shunaqa!
taassurotlar Davomi keyingi seriyada.  :D

Obbo, men bu seriyani ko'rgan edim. M-Agent orqali :7
Assalomu alaykum, mehmonlar!
Navoiy shahriga xush kelibsizlar!

Qayd etilgan


Fatima  11 Avgust 2008, 11:00:56

Assalomu  alaykum, ahli  Azizlar,  Navoiyga  kelganlar, darmonda  kelmaganlar  armonda!!!  Fatima,  Robiyaxon  hammamiz  maza  qip  Navoiyni  aylanaverib-aylanaverib  o'zimiz  ham   aylanib  qoldik. :) Hayotimdagi  eng  zo'r  damlar,  eng...eng,,,lahzalari  o'tib  ketganini  bilmay  qolibman  ham.  Hamma  ishtirokchilarga  katta  rahmat  aytaman.   

Ha to`g`ri aytasiz, Nafisaxon! Shuncha paytdan beri Navoiyda yashab anchagina joyiga bormagan ekanmiz
Uchrashuv bohonasida Navoiydan ko`rmagan joylarimizni ham tomosha qildik
Xullas, Navoiyni hamma yerini kezib chiqdik.

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2008, 16:46:26

Assalomu alaykum!
Mana, navbatdagi uchrashuv taassurotlarini yozishga kirishdim. Hali aytganimdek, 08/08/08 yilda forumning 2 viloyat sayohatchilari, forumning tinib-tinchimas a’zolari Fatima, NafisaBonu va men yana bir uchrashuv uyushtirdik. Bu taklif o’z-o’zidan kelib chiqdi va endi men Navoiyda mehmon bo’ladigan bo’ldim. Xullas, ertalab soat 7-00 da Qiziltepaga qarab yo’lga chiqdim. U yerda meni singlim Fatimaxon kutib oldilar. U yog’iga birga Navoiy shahriga qarab yo’l oldik. U yerda yana bir singlim NafisaBonu bilan uchrashishimiz lozim edi. To u kishi tayyor bo’lib chiqqunlaricha birrovga Fatimaning uylariga ham kirib, mehmon bo’lishga ulgurdim. Bu rejada yo’q edi, keyin NafisaBonu ham shu yerga keldilar, uchalamiz diydorlashdik, maza qilib suhbatlashdik (oz bo’lsa-da, ko’pdek tuyuldi menga). Bir tarelka uzumni paqqos tushirdik, Fatimani sharofatlari bilan.
  Keyin sekin shahar aylanishga chiqdik. 1- borgan yerimiz — Xotira maydoni bo’ldi. O’ziga xos, jajjigina maydon menda yaxshi tassurot qoldirdi. Judayam chiroyli va tartibli qurilgan ekan. Xuddi Toshkent shahridagiday u yerda ham II jahon urushi qatnashchilari ism-shariflari katta temir kitoblarga tushirilgan ekan.
  Xotira maydoni ro’parasida Navoiy viloyat tarix va o’lkashunoslik muzeyi joylashgan ekan. 2- brogan yerimiz shu yer bo’ldi.
  2006 yil 9 mayda ochilgan ushbu muzeyda Navoiy tarixi bilan bog’liq eksponatlar, viloyat hokimi Xitoydan olib kelgan chinni ko’zalar, Buxorodan keltirilgan so’zanayu, joynamozlarni katta qiziqish bilan tomosha qildik.
   Keyingi manzil — Qosim shayx maqbarasi bo’ldi. U yerga kirib, ziyorat qilib chiqdik. Shu yerda men bir narsani bilib oldim. Bu yerda Buxoro amiri Abdulahadxonning daxmasi joylashgan ekan. Amir Olimxonning otasiga atab yozgan marsiyasini o’qidim.
   Maqbaradan chiqishda kitob do’konidan yangi "œHilol" taqvimidan sotib oldik.
  So’ng, shaharga yo’l oldik. Shaharda 1-bo’lib, Alisher Navoiy haykalini tomosha qilishga bordik, rasmlarga tushdik. U yerdan yayov istirohat bog’ini aylandik, yo’l-yo’lakay ko’lni ham tomosha qilib ketdik. Havo issiqligi uchun odam juda kam ekan. Singillarimning aytishicha soat 16-17 lardan boshlab bu yerga odam sig’may ketarkan.
  U yerdan "œFarhod" madaniyat saroyiga bordik, uni yonida joylashgan katta fontan va hovuz yonida toza havodan biroz nafas oldik, Farhod haykali yonida suratga tushdik.
  Keyin shu madaniyat saroyida joylashgan Navoiy kon-metallurgiya institutiga tegishli bo’lgan 3-qavatli muhtasham kutubxonaga kirdik. U yerdagi ajoyib muhit meni hayratlantirdi. Judayam qulay bo’lgan bu bino har tomonlama kitobxonlar uchun manfaatli edi. Fursatdan foydalanib, bu yerda ham rasmga tushdik. Kitoblarni tomosha qildik, kitoblar mavzusi xilma-xil edi, sanog’iga yetolmadim"¦
  "œFauna" nomli shinam bir yerda o’tirib tammadi qildik, ovqat ustida biroz suhbat qurdik.
   Keyin, biz uchun so’nggi manzil — eng yoqimli joy, forumimiz bilan diydorlashadigan birdan-bir maskan — internet-kafe bo’ldi. U yerda 1 soatdan ko’proq o’tidik, eng asosiy ishimiz uchrashuv haqida forumdoshlarimizni boxabar qilish edi. Tafsilotlarini keyin ham kiritamiz dedik. Xullas, uchrashuv haqida forum a’zolariga xabar qildik"¦
  Shunday qilib, Navoiyga qilgan 1 kunlik sayohatim soat 15-00 da tugadi. NafisaBonu bilan xayrlashib, Fatima bilan yana Qiziltepagacha keldik. U yerdan to’g’ri Kogon qarab yo’l oldim"¦

  Keta-ketguncha uchrashuv taassurotlarim haqida o’ylab ketdim"¦ Bu uchrashuv Navoiyga birinchi kelishim edi. Shuni bahonasida shaharni maza qilib tomosha qildim. Shunday ajoyib sayohat uchun ajoyib singillarim Ozoda va Nafisalarga katta minnatdorchilik bildiraman. Ularning qiziqarli syurprizlari, ajoyib lahzalar bir umr esimda qoladigan bo’ldi.

Postim so’nggida hali Navoiyga tashrif buyurmagan yuserlarga bir shu shaharga kelishlarini maslahat beraman.
 

Qayd etilgan