Jaloliddin Rumiy. Masnaviydan ibratli hikoyatlar  ( 91275 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B



mutaallimah  15 Avgust 2008, 04:18:13

Teri qo‘ldan ketar

Ko‘chada shoshib ketayotgan bir odamdan so‘rashdi:
— Nega buncha shoshyapsan? Ranging ham o‘chgan, nima bo‘ldi.
Odam aytdi:
— Eshitmadingmi hali? Shahar sultonining ko‘ngli uchun bozordagi eshaklarni so‘yib, terisini shilib, ichiga somon to‘ldiryaptilar.
— Xo‘sh,xo‘sh? Lekin sen odamsan-ku?
— To‘g‘ri, ammo sultonning odamlari bu ishga shunday sho‘ng‘iganlarki, ularga kimligimni anglatgunimga qadar, terim qo‘ldan ketishi mumkin

Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 04:20:45

Agar miyasi bo‘lsa

Arslon o‘rmonda fil bilan olishib charchadi. So‘ng tulkini yoniga chaqirib:
— Holdan toydim. Ovga yaramayman. Bor, menga bir eshak ovlab keltir. Birgalikda yeymiz,  dedi.
— Amringiz bosh ustiga, sultonim. Turli hiylalar bilan sizga hatto tiriklayin keltiraman, deya bir qoyaga tomon yugurdi. Qarasaki, o‘tloqda egasiz ozg‘in bir eshak yuribdi. Yoniga yaqinlashib, quyuq salom berdi. va uni avray boshladi:
— Bu qup-quruq tekisliqda yolg‘iz o‘zing nima qilayapsan, ey do‘stim?
— Shu holimga shukr qilaman. Rizqni Alloh beradi. Shikoyatim yo‘q, kunim o‘tib turibdi. Jon bergan Alloh, ozuqa ham beryapti.
— Ey janob! Sening bu tavakkaling juda kam odamda topiladi. Juda kam bo‘lgan narsa esa yo‘q hukmidadir. Bu yo‘qlik atrofida tentirab yurish ahmoqlik sanaladi.
Bu so‘zlarni eshitgan eshak takror javob berdi:
 Gaping to‘g‘ri emas. Shuni bilki, butun yomonliklar ochko‘zlikdan kelar. Qanoatdan hech kim o‘lmagan, hirsdan esa hech kim sulton bo‘lmagan. Tulki eshakning so‘zini bo‘lib:
 Alloh insonlarga o‘zlarini o‘zlari halok etmaslikka buyuradi. Shu quruq qoyalikdan iborat cho‘lda sabr kilmoq ahmoqliqdir. Kel, o‘tloqqa ko‘chgin. Bilsang, u yerda qancha o‘t-o‘lanlar, oqar suvlar bor,  dedi.
Tulki turli so‘zlar bilan eshakni avragancha yetaklab, to‘g‘ri arslonning uyiga sudradi. Arslon eshakni ko‘rar ko‘rmas o‘kira boshladi. Buni eshitgan eshak jon holatda ortga qochdi. Tulki unga yetib olib:
 Hoy sodda va go‘l maxluq! Nega qochayapsan. eshitilgan tovush, sening vahimang, hayolingdir. Endigina maysazorga kelgandikku. Sen esa qo‘rqding, qochding, dedi.
Tulki yana ming bir yolgon bilan eshakni o‘ziga ergashtirdi. Arslonning uyiga olib bordi. Arslon eshakni g‘ajib, qornini to‘ydirdi. So‘ngra arslon suv ichish uchun g'ordan chiqdi. Tulki arslonning yo‘qligidan foydalanib, eshakning miyasi va o‘pkasini yedi. Arslon qaytgach, tulkidan so‘radi:
 Buning miyasi qani?
— Ey, sultonim! Agar eshakning miyasi bo‘lsa, o‘sha dahshatli o‘kirikni eshitgandan keyin yana bu yerga, sening ostonangga kelarmidi?

Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 04:21:49


Bu mushukmi yo go‘shtmi?

Bir odamning beodob xotini bor edi. Uyga keltirilgan narsalarni isrof etardi. Bechora odam janjal bo‘lmasin deya indamas, sabr qilardi.
Bir kun ikki kilo go‘sht olib keldi. Kabob buyurdi. Xotin go‘shtni pishirayotib paqqos tushirdi. Eri kechqurun uyga kelib, xotinidan go‘shtni so‘radi.
Xotin:
 Ey xo‘jam, so‘ramang... Go‘shtni mushuk olib qochdi. Yeganini o‘zim ko‘rdim,  dedi.
Odam shubhalandi. Darhol mushukni topdi, taroziga tortdi. Roppa rosa ikki kilo... Xotiniga
Xotin, agar bu mushuk bo‘lsa, go‘sht kaerda? Yo‘q, bu go‘sht bo‘lsa, gapir  bizning mushuk qaerda?  deya baqirdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 04:22:40

Dunyoda aldanish.

Bir yurt podshohining suyukli o‘g‘li bor edi. Yagona voris edi u. Shahzoda yaxshi tarbiyalangan va turli bilimlarni egallagan edi.
Podshoh o‘g‘lining to‘satdan o‘lganini tush ko‘rdi. Xavotir bilan uygonib Xudoga shukrlar qildi. Biroq ko‘ngliga shubha oraladi: "Agar haqiqatan ham o‘lib qolsa, nima qilaman, taxtim vorisi kim bo‘ladi?" deya o‘yladi. O’g‘lini tezda uylantirishga karor berdi. "Hech bo‘lmasa bir nabiralik bo‘laman. U menga voris bo‘ladi". Faqir, lekin ko‘ngli boy bir darveshning oydek go‘zal, xulqlik komila qizini o‘g‘liga nikohladi.
Xotini:
— Podshohning o‘g‘li kambag‘al bir darveshning kizi bilan qanday turmush quradi? Sep qilib bizga nima beradilar?  desa, podshoh:
— Pok bir kishiga nisbatan kambag‘al deyish xato. Uning qalbi boy, buni ham Alloh beradi,  deya to‘y hozirligini boshladi.
Ne holki, shahzoda bu vaqtda Qobilning bir sehrgar xotini tuzog‘iga ilingan, uning dardida yonib kuyib, ko‘zi yorug‘ dunyoni ko‘rmayotgan edi.
Bechora shahzoda ishq olovida erib tugayapti, sohiraning so‘zini aslo ikki etmas, tovonlarini o‘pardi. Ishq bois yuzi sarg‘aygan, eti suyagiga yopishib qolgan edi.
Podshoh chorasiz qoldi. O’g‘lini bu darddan qutqarishi uchun mamlakatning barcha tabiblarini chorladi, tong otguncha Allohga duolar qildi. Shahzoda esa o‘tindek yonib, kundan kunga tugab bormoqda edi.
Oxiri saroyga usta bir sehrgar keldi. U podshohga:
Bu xotinga hech kim bas kela olmaydi. Shahzodaning holiga achindim. Unga faqat men bas kela olaman. Allohning izni bilan uning sehrini buzib tashlayman. Xotirjam bo‘ling,  deb hozirlik ko‘rdi. Nima qilish kerakligini so‘zladi. Darhaqiqat, qisqa bir fursatda sehr buzildi.
Shahzoda o‘ziga kelar kelmas yugurib otasining huzuriga bordi va xijolat bilan: "U kampir mening aqlimni qanday oldi?" dedi.
Podshoh sevinch bilan farmon berdi. To‘y boshlandi. Bu vaqtda sehrgar xotin alamidan o‘ldi.
Shahzoda nikohning birinchi kechasi kelinni ko‘rib lol qotdi. Bu go‘zallar go‘zalining qarshisida o‘zidan ketdi.
Bir yildan so‘ng podshoh gap orasida o‘g‘liga: "O’sha avvalgi sevgilingni hech eslaysanmi?" deb so‘raganda shahzoda:
— Ota, men hozir baxt yurtidaman. U aldanish yurti qudug‘idan qutuldim,  deb Yaratganga shukrlar qildi.

Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 04:23:28

Tovusning go‘zalligi o‘ziga dushman


Bir odam tovusning tumshug‘i  bilan qanotlaridagi go‘zal, yaltiroq patlarni yulayotganini ko‘rib qoldi. Chidolmay so‘radi:
— Ey go‘zal qush... Gunoh emasmi, shunday chiroyli, rang-barang patlaringni yulib tashlayapsan. Holbuki, sening go‘zalliging shu patlaringdir. Hamma shu patlaringdan yelpig‘ich qilish, ularni kitob sahifalari orasiga qo‘yishni o‘ylaydi, sen esa nima qilyapsan?
Tovus javob berdi:
— To‘g‘ri, lekin bu patlar mening jonimdan aziz emas. Chunki bu patlar tufayli meni ovlashadi, jonimga qasd qilishadi. jon omon qolishi uchun xunuk bo‘lishim kerak.

Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 04:24:26

Laylini ranjitasan


Bir kuni Majnun kasal bo‘lib yotib qoldi. Davolash uchun tabib chaqirildi.
Tabib:
"Tomirdan qon olish kerak" deb Majnunning qo‘lini bog‘latdi. Qon olish payti Majnun: "Ey tabib, qo‘y, xizmat haqqini ol va qo‘limni yech, shu kasallikdan mayli o‘lay, qon olishdan voz kech," deb dodladi.
Tabib Majnundan:
— Sen cho‘llarda na’ra tortgan arslondan qo‘rqmaysanu qo‘lingdan qon oldirishdan qo‘rqasanmi?  deya so‘radi.
Majnun shunday javob berdi:
— Men ninadan qo‘rqmayman. Mening vujudim, borlig‘im Layli bilan to‘ladir, qon olish payti Laylini ranjitasan, men shundan qo‘rqaman.
Yana bir kun Majnunga yaqinlar Layli deb sen yonib kuyasan. U qiz aslo sen aytgandek go‘zal emasku, dedilar.
Majnun javob berdi:
— Siz Laylini mening ko‘zim bilan ko‘ring, mening йalbim bilan seving! Men uning surat jomidan abadiy ishqning sharobini ichdim, u sharob sizga sirkadir.

Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 04:25:15

Teng tengi bilan


Yam yashil adirda shildirab irmoq oqardi. Bir kun irmoq chetidagi toshlar orasida sichqon bilan qurbaqa uchrashib do‘stlashib qoldi. Bu do‘stlik kun sayin kuchaydi. Shu darajaga yetdiki, oqshom cho‘kib, kun botgach sichqon qoyaning kovagiga, qurbaqa esa suv tubiga tushar, tong otishini intiq bo‘lib kutishardi. Sichqon o‘ylay-o‘ylay, nihoyat bir chora topdi. Qurbaqaga: "sevikli qurbaqa, qadrli do‘stim, seni sog‘inib, tunlarim uyqusiz kechmoqda. Har holda sen ham meni o‘ylab beoromdirsan. men chora topdim. Mana bu ipni olib, bir uchini dumimga bog‘layman. Kech kirdi deguncha sen suvga sho‘ng‘iysan, men ham uyamga kirib ketaman. Agar tunlari ko‘rishishni istasak, ipni tortamiz va ko‘rishamiz", dedi.
Qurbaqa bu taklifga oldin biroz e’tiroz bildirdi, keyin rozi bo‘ddi. Ular bir ipga bog‘landilar. Oradan bir necha kun o‘tdi. Bir kun qarg‘a  sichqonni ko‘rdi va qoyaning kovagiga kirib bekinib oldi. Kech kirgach, qarg‘a sichqonni changallab osmonga ko‘tarildi. Tabiiyki, qurbaqa ham birga edi. Sichqon dumiga bog‘langancha havoga sollanib shunday deb baqnrardi:
"Hayhot! har kim o‘z tengi bilan do‘st bo‘lsin!"

Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 04:26:15

Layli mahallasining iti

Laylining hajrida cho‘llarga chiqib ketgan Majnun bir itni silab siypab ko‘zlaridan o‘pardi. itga bo‘lgan sevgisi va iltifoti shu darajada kuchaydiki, bu holni ko‘rgan bir kishi chidab turolmadi, Majnundan so‘radi:
— Ey aqlsiz Majnun, bu esankirash, bu devonalik nimasi? Sen sevib erkalayotgan, yuzu-ko‘zlarini o‘payotganing it iflos bir hayvon bo‘lsa, nega uni bunchalik erkalaysan?
Majnun javob berdi:
— Sen nimani ham tushunarding, ey jismdangina iborat bechora. Kel, mening ko‘zlarim bilan bir qara. Bu it, Layli mahallasining qo‘riqchisiku... Ko‘ngliga, joniga, ongiga, didiga e’tibor ber,  qaerni tanlabdi! Laylining mahallasi makon tutgan itning oyog‘i tekkan tuproq ham men uchun azizdir...

Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 13:29:38

Har kimning ta’rifi o‘ziga yarasha


Hindlar filni qorong‘u bir og‘ilga qamadilar. Umrida fil ko‘rmagan xalq o‘sha yerga to‘plandi. Filni ko‘rmoqchi edi ular. Lekin og‘il shu qadar qorong‘u ediki, ko‘z bilan ko‘rishning aslo imkoni yo‘q edi. Ichkariga kirganlar filni qo‘llari bilan paypaslab ko‘rar, uni har kim o‘zicha ta’rif etar edi.
Bittasi filning xartumini ushlab: "Fil bir quvur ekan",  derdi. Yana boshqasi filning qulog‘idan tutib: "Fil yelpig‘ichga o‘xshar ekan",  deya tushuntirdi. Boshqasi filning oyog‘ini tutib filni faqat oyoqdan iborat deb bilar va: "Fil bahaybat bir ustunga o‘xshar ekan", deya oshirib toshirib tushuntirardi.
Yana bir odam filning sirtini silab ko‘rdi va: "Fil taxtga o‘xshar ekan",  deb uni ta’rifladi. Kimki filning qaerini silagan bo‘lsa, hayvonni shunga ko‘ra ta’riflar, lekin hech birining ta’rifi boshqasinikiga o‘xshamasdi. Birovi "dol" derdi, boshqasi "alif". Agar qo‘llarida sham, oddilarida biror yo‘lboshlovchi bo‘lganida, qorong‘u bo‘lsa ham filni aniq ko‘rishar, qanday hayvon ekanini osongina bilib olgan bo‘lardi.
Tuyg‘u ko‘zi ba’zan hovuchga, ba’zan ko‘pikka o‘xshaydi. Hovuchga butun bir filni sig‘dirib bo‘lmaydiku!

Qayd etilgan