Ulug' Amir Dod Sipohsolorbek Tangri Yorlaqag'urning Madhi Haqida
Ey til,madh qil, qani bayon et, men uni shohimga sovg'a qilayin
O'qimishli kishining ruhi sevinsin (deb) shohim madhi uchun kitob bezadim (yozdim)
Yo'l-yo'riq bilmas kishiga bilim o'rgatadi ,yo'l ko'rsatadi ,uning vujudi ehsonga to'la ,himmati balanddir .
U aql, hush ,yahshi xislat makonidir , bilim manbai ham fazilat konidir .
Uning himmati Simak yulduzidan balandroq ,sahovatda etuk,dardga darmoni ta'sirlidir .
Raiyatga (halqqa, dehqonlarga) shafqatli ,yahshi muomilali bo'lib ,g'azab qilganda arslon kabidir.
Salobat va quvvat bobida Umardek navjuvon kuchlidir, saxovatda esa Usmondek yuksakdir .
Uning tetikligi,sezgirligi ayoz (fazo)dan yuksak,insof va dodga etishda Nushiravondekdir.
Uning saxovatidan bulutlar uyalar ,dushmani esa uning bu hislatlariga amindir .
Ey, Shohim, fazilatlaring sanog'ini qum,tosh uyumi kabi hisobiga etib bo'ladimi?
Siyosat, boshqaruv va rahbarlik ishlarida (u) yo'l ko'rsatuvchi (mash'al)dir ,buni eshit, tingla
Yana xar ishga qodir, muruvvatli, saxovatli ulug' Tangri bu barcha hislatlarni shohimga ato qildi .
Agar bulut bir tomchi suvni xadya qilsa, dengiz oz yoki ko'p demay, to'lqinlana beradi .
Dengizdan ming qayta ulug' shohim bu oz hadyani qabul qilsa, ajab emas,deb umid qilaman .