Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307252 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 33 B


Robiya  30 Aprel 2009, 17:05:29


 
Qolgan kun ro‘zasini tutishi lozim bo‘lgan kishi

1.   Ramazon ro‘zasi ochilgan kishi.
2.   Tongotgach (nahorda), hayz va nifos qoni to‘xtagan ayol.
3.   Tong otgach (nahorda) balog‘atga yetgan bola.
4.   Tong otgach, Islom dinini qabul qilgan (sobiq) kofirlar kunning qolgan qismini yemay-ichmay o‘tkazishlari kerak.


Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 17:06:12


Ro‘zadorga nima makruh va nima makruh emas


Makruh amallar:
1.   Tatib ko‘rish.
2.   Zarurat bo‘lmasa-da, bir narsa chaynash.
3.   Og‘izga ta’m beradigan hech qanday moddasi bo‘lmagan saqich chaynash.
4.   Jinsiy aloqaga mayl qilishidan amin bo‘lmagan paytida o‘pishish.
5.   Jinsiy yaqinlik qilishdan o‘zlarini tiyib qolishga ishonchlari bo‘lmasa ham, (er-xotinning) a’zolarini bir-birlariga tekkizishlari.
6.Og‘izni tupukka to‘ldirib yutish.
7. O’tkir nashtardek narsa bilan qon oldirish kabi holdan toydiradigan bir amal qilish.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 17:06:38

Makruh bo‘lmagan amallar


1.Jinsiy aloqaga mayl qilishdan amin bo‘lgan holatda o‘pishish.
2.   Er-xotinning ana shunday amin holatda o‘pishishlari.
3.   Mo‘ylabni yog‘lash.
4.   Ko‘zga surma qo‘yish.
5.   Holsizlanish yoki quvvatdan ketib qolishdan amin bo‘lsa, qon oldirish.
6.   Tushdan keyin misvok ishlatish (xoh tushdan oldin, xoh keyin, xoh ho‘l, xoh quruq misvok ishlatish sunnatdir).
7.   Og‘izni chayish.
8.   Burunni chayish.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 17:07:13

Ro‘zadorga mustahab bo‘lgan amallar

1.   Saharlik qilmoq.
2.   Tong otishiga yaqinroq paytda saharlik qilish.
3.   Havo ochiq kunlarda iftorni kechiktirmaslik.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 17:07:51

Ro‘za tutmaslik uchun sabab bo‘ladigan uzrlar


Uzr (yoki ariza) kishini ro‘za tutishdan to‘xtatadigan omildir. Ro‘za tutmaslikka uzr va ro‘za ochilsa gunoh bo‘lmaydigan omillar sakkiztadir: kasallik, musofirlik, ro‘za tutmaslikka majburlanish, homiladorlik, emizuvchi ayol, ochlik, suvsizlik, o‘ta qarilik.

1.   Bemor odam kasalligi kuchayishidan yoki tuzalishi kechikishidan ko‘rqsa.
2.   Homilador ayol qornidagi bolaning tushib qolishidan yoki o‘zining o‘lib qolishidan yoki kasal (betob) bo‘lib qolishidan ko‘rqsa.
3.   Emizuvchi ayol o‘zi yoki emizayotgan bolaning kasal yoki akdi zaif bo‘lib qolishidan qo‘rqsa. Bola o‘z farzandimi yoki boshqa kishining bolasimi, farqi yo‘q. Bu mavzua qo‘rquv o‘tmish tajribasidan chiqqan xulosaga yoki to‘g‘riso‘z mutaxassis va musulmon shifokorning tavsiyasiga asoslanadi.
137
4.   Kishining o‘limga sabab bo‘ladigan suvsizlikka duchor bo‘lishi.
5.   Kishi o‘limiga sabab bo‘ladigan shiddatli ochlikka duchor bo‘lganida ro‘zasini ochishi joizdir.

 Musofirlik uzri Tong otmasdan yo‘lga chiqqan yo‘lovchi (musofir) ro‘za tutmasligi joiz, biroq hamrohlarining ko‘pchiligi ro‘zador bo‘lsa va ozuqalarini baham ko‘rishsa, ro‘za tutishi fazilatliroq. Hamrohlari ro‘za tutmasa va uning ro‘zadorligi boshqalarga malol kelsa, ro‘za tutmagani yaxshi.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 17:08:40

Vasiyat va qazo (o‘lim)


Bemorlik, musofirlik va shunga o‘xshash sabablar bois ro‘za tutolmagan hamda uzri tugamasdan o‘lgan kishiga tutolmagan ro‘zalari uchun kafforat berishni vasiyat qilish vojib emas.

Uzrli bo‘lganlari uchun ro‘za tutolmagan, uzrlari tuga-gach, ya’ni bemor tuzalgach va musofir muqim bo‘lgach, tutolmagan kunlarining qazosini (bir kuniga bir kun), tutadilar.

Qazo ro‘zalarni tanaffussiz tutish shart emas.

Qazo ro‘zasini tutib bo‘lmay, keyingi Ramazon oyiga kelsa, qazoni to‘xtatib, farz ro‘zani tutadi va qazoni tutg magani uchun fidya bermaydi (qazoni keyin tutib beradi).

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 17:09:20


Qarilik kafforati

Ro‘za tutolmaydigan darajada qari, quvvatsiz bo‘lgan chol va kampirlarning ro‘za tutmasligi joiz. Biroq ular bir kunga yarim so’ bug‘doy miqdorida fidya beradilar. Davolash imkonsiz bo‘lgan kasallikka chalinganlar ham o‘ta qari kishilar hukmidadir, ular ham farz ro‘za uchun fidya berishlari mumkin.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 17:10:16

 
Umr bo‘yi ro‘za tutishni nazr qilish

Umr bo‘yi ro‘za tutishni nazr, ahd qilgan kishi ro‘zg‘or tashvishlari bois bu nazrni bajarolmasa, ro‘za tutmaydi balki o‘rniga fidya beradi. Faqir bo‘lgani tufayli fidyagz qodir bo‘lmasa, istig‘for qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 17:10:53

Kafforatni to‘lashdan ojiz bo‘lsa Qari odam qasam ichib, qasamini buzsa yoki odam o‘ldir-sa va buning kafforatini to‘lash uchun ozod qilishga qul topa olmasa yoki kafforat ro‘zasini tutmay, umrining qarilik kunlariga qoldirgan bo‘lsa, fidya joiz emasdir. Chunki fidya Ramazon ro‘zasi uchundir.


Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 17:11:49

Nafl ro‘za


Nafl ro‘za tutgan kishi hech bir uzrsiz, qazosini tutish sharti bilan ro‘zasini buzishi mumkin. Ziyofat, uni berganga, taklif qilinganga ro‘zani buzish uchun uzrdir. Zero, bu holatda ro‘za ochish ko‘p savobli bo‘lishi aytilgan.

Izoh: Payg‘ambarimiz, sollashohu alayhi va sallam: "Kimki ziyofatga chaqirgan dindosh birodarining ko‘nglini sin-dirmasdan, tutgan ro‘zasini buzsa, amal darftariga ming yillik ro‘za savobi yoziladi. Agar do‘sti uchun buzgan nafl ro‘zasining qazosini tutsa, ikki ming yillik ro‘za savobi yoziladi ", deb marhamat qilganlar.

Qayd etilgan