Alisher Navoiy. Lison ut-tayr (nasriy bayoni)  ( 153189 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 25 B


mutaallimah  17 Dekabr 2008, 15:56:55

XCI
Hudhudning javobi


Hudhud unga shunday dedi:
- Sen o'zingning gunohga botganligingni bo'yningga olding. Shuni bilgilki, bu dunyo abadiy turish manzili emas. Kimki mayjud bo'lsa, uning hosili oxir o'lim bo'ladi. Agar sen o'z gunohing bilan o'lmoqchi, xalq ahvoliga kulmoqchi bo'lsang, juda nodon va g'ofil, aqlli kishilar oldida johil ekansan.
Qilgan gunohlaringdan forig' bo'lishni orzu qilding, ey havasmand, bu ancha oson ishdir. Undan qutulish iloji faqat tavba qilishdir. Isyon zulmati aro faqat ugina chiroq bo'lib nur sochadi.
Gunoh balchig'idan toza kishi topilmaydi, bu xil begunoh kishi hali hech kimga ma'lum bo'lgan emas. Haq Odam avlodini gunohsiz qilib yaratgan emas. Ey bexabar kishi, agar sen gunoh ish qilmasang, Alloh afvu rahmat bilan kimning gunohidan o'tadi? Agar kimning yuzi gunohdan sariq bo'lsa, tavba uni bu sariqlikdan xalos etadi. Rahmat dengizi mavjlangan paytda sen ham xuddi men kabi yuz ming marta pok bo'lasan.

Qayd etilgan


mutaallimah  17 Dekabr 2008, 15:58:34

XCII
Odam Safiy Alayhissalom hikoyati

Dunyodagi barcha insonlarning otasi bo'lmish Odam Atoni odil va mangu tirik haq vujudga keltirdi. Boshiga to'g'ri yo'l topish tojini kiydirib, bu tojga payg'ambarlik gavharini tikdi. Uni shu qadar yuksak izzat va martaba egasi qildiki, barcha maloikalar uchun uning oyog'i ostidagi tuproq sajdagoh deb aytildi. Osmon cho'qqisi u yuradigan yo’l tuprog'i bo'lib, jannat bog'i uning jilvagohi edi. U shu tariqa yuksak sharaf va e'tiborga sazovor bo'ldi. Haqdan unga "Safiy" - "pok" degan laqab berildi.
Ammo qudratli Yaratuvchi taqdir etib, uning yuzi gunoh va isyon bilan qora bo'ldi. Undagi shuncha hurmat va sajda etmoqlik qo'ldan ketib, ishi nomaqbul hisoblandi. Shunda uning ko'ksiga rad panjasini yetkazib, jannat bog'idan haydab yubordilar. Unga bu xil yuz qaroliklar nasib qilib, Hindiston mulkiga g'arib bir ahvolda kelib tushdi. U yillar davomida hijronda yosh to'kib, atrofga ohu noladan g'avg'o solib yurdi. Joni qilgan gunohidan xas kabi o'rtandi. Azob chekib yurgan mahalda tavba qilish uni bu qiyin ahvoldan qutqardi. Rahmat bog'idan yana mayin shabada esdi va u yuz ming azob-uqubatdan xalos bo'ldi. Tavbasi qabul etilib, u o'zining avvalgi hurmatli mavqeini egalladi.
Shunday bir kishining mushkuli oson bo'lgach, sen uning oldida kim bo'libsan, ey, murodiga yetmagan zaif. Tavba qil va undan o'z najotingga erish, yo'lga azm aylab, maqsadingga yet!

Qayd etilgan


mutaallimah  17 Dekabr 2008, 16:07:04

XCIII
XCIII
Yana bir qushning Hudhudga savoli

Yana bir savol beruvchi so'radi:
- Ey toj ko'rki! Mening tabiatimda o'zgaruvchanlik mijozi mayjud. Ta'b u yoki bu sifatda raso emas. Ba'zan fisqu fasod ishlar bilan shug'ullanaman: ba'zan taqvodorlik qilaman. Gohida egri bo'lsam, gohida to'g'riman. Goho mayxona ahli bilan ulfat bo'lsam, goho Allohga munojot qiluvchilar davrasiga qo'shilaman. Goh Ka'bani tavof qiluvchi Alloh-parastman, goh dayrda but oldida sig'inaman. Holatimda barqarorlik yo'q, shunga ko'ra haddan ziyod iztirob chekaman. Bu o'zgaruvchan shum mijozim va bu xil nafratlanarli odatim bilan to'g'ri yo'l topa olmasam kerak, deb o'ylayman. Chunki bu yo'lda yakrang, ya'ni barqaror e'tiqodli bo'lmasam o'zimni topolmasman, deyman.

Qayd etilgan


mutaallimah  29 Yanvar 2009, 22:34:08

CXIV
Yana bir qushning Hudhudga savoli


Yana bir savol beruvchi so'radi:
- Ey zoti pok! Men umrim boricha tirishdim, ammo maqsadimga yeta olmadim. Ko'rgan-kechirganim g'amdan iborat bo'ldi. Bu yo'ldan boruvchi dunyo mashaqqatlarini kam tortgan xurramdil odam bo'lishi kerak. Ammo meni tirikchilik tashvishlari g'amgin qilib qo'ygan. Jonim har doim bir g'am bilan jarohatlanadi. Qaysi ko'ngilxushligim bilan bu yo'lni bosib o'tay, axir? Ko'ngli xushlar boradigan joyga men bora olamanmi?

Qayd etilgan


mutaallimah  29 Yanvar 2009, 22:35:19

CXV
Hudhudning javobi

Hudhud unga dedi:
- Ey g'amgin tabiatli! Qismat sening zotingga g'amni bahona qilib ko'rsatishni yozibdi. Bu vodiyni bosib o'tish uchun, shubhasiz, haqiqiy erlar g'amga yo'l ozig'i sifatida qaraydilar.
Yo'l g'amini chekish mard kishilarning ishidir. Yo'lda g'amsiz kishini kishi deb atamaydilar. Mardlar g'amginlikdan shod bo'ladi, bu xil tutqunlik ular uchun ozodlik bilan teng. Mashaqqat ostida yotgan bu jahon boshdan-oyoq g'am manzilidir, unda har bir toifadagi kishi biron-bir g'amga mubtalodir. Olam ahli ko'nglida g'ami bo'lsa, muhimi odamlar g'amidir. Ammo ahli yaqinlar yo'l g'amidan doimo hazir bo'ladilar. Agar kishilarga avvalgi g'am, ya'ni olam g'ami man' etilgan bo'lsa, odamiylik uchun keyingi g'am - odam g'amini yeyish maqsadga muvofiqdir. Bordiyu sen burungi g'am qo'lida xoru zorlik tortgan bo'lsang, ey g'amgin, bu yo'lga kirib, o'zingni xursand qil. So'nggisidan g'amgin bo'lsang, shod bo'l, chunki ko'ngil undan obod bo'ladi. Muhabbat ahli g'amdan shod bo'ladi, negaki nomurod bo'lmoqlik ular uchun ayni murodning o'zidir. Maqsad murodga yetishmoq uchun yo'l g'amini chekish kerak, faqat shu g'amgina ko'ngilga najot bag'ishlaydi. Kimda bu g'am yo'q ekan, u er kishi emasdir. Chunki g'am ozuqasi bilangina bu yo'lni bosib o'tish mumkin.



Qayd etilgan


mutaallimah  29 Yanvar 2009, 22:36:46

CXVI
Hikoya

Misrda bir oliy himmatli kishi bo'lib, u ma'no olamining sohib davlati edi. Unda aysh-ishrat qihsh uchun ja'miki narsa tayyor edi. Bu borada nimani o'ylagan bo'lsang, unda bundan yuz marta ortiq bor edi. U jannatmakon qasr ichida manzil tutgan bo'lib. hurlar kabi eo'zal bir mahbuba bilan ulfat edi. Lekin u oliy sifatli pok zot bularning barchasiga beiltifot qarardi. Hajr zindonida qolgan Yusuf kabi unga ham doimo dard va g'am chekish yor edi.
Undan so'radilar:
— Ey ko'ngli qayg'uga sherik bo'lgan pok zot. Bizga bu yashirin siringni ravshan et! Senda shuncha ko'ngil ochuvchi shodlik asboblari muhayyo bo'la turib, nechun xotiring xurram emas? Nechun g'amdan o'zga narsani ko'ngling hamdam etmaydi.
U shunday dedi:
— Yo'l ahli uchun bu jahon zindondir, chunki uning istagani ko'zdan yashiringan. Asosiy ish shuki, inson ko'ngil istaganiga yetishga qadar barcha yo'lni bosib o'tishi lozlm. Zindonda ham kishi xurram bo'ladimi?! Kishi g'amxonada beg'am o'tira oladimi? Men haqiqiy yorimdan ayriliqda armon chekaman, shuning uchun garchand Eram bog'ida bo'lsam-da, o'zimni zindonda deb hisoblayman. Uning vasli gulzoriga yetishmagunimcha g'am tashvishidan xalos bo'la olmayman.



Qayd etilgan


mutaallimah  29 Yanvar 2009, 22:38:09

CXVII
Yana bir qushning Hudhudga savoli

Yana bir savol beruvchi so'radi:
— Ey benazir! Men haq amrini bajo keltiruvchiman. Men uning farmoniga doimo muntazirman, bundan u qahr qiladimi, ehson ko'rsatadimi, men uchun ban bir. U har
qanday ish buyursa, men uni ado qilaman, rad etsa ham, qabul qilsa ham uning o'zi biladi. U nima buyursa, yozu qish o'shani bajaraman, rad yoki qabul qilishi bilan mening ishim yo'q. Mening odatim amriga itoat etish bo'lib, uni ado qilsam, o'zimni baxtli deb bilaman.


Qayd etilgan


mutaallimah  29 Yanvar 2009, 22:39:40

CXVIII
Hudhudning javobi
 

Hudhud unga dedi:
— Bu so'zlaring yaxshi, ammo bu haqda sening o'zing aytmay, balki sen haqingda boshqalar so'zlaganida yanada yaxshiroq bo'lar edi. Chunki doimo barhayot haq kishilar
uchun bu yo'lda kamolotga erishmoqni nasib etgan. Kimki uning farmoniga itoat qilib, uni bajarsa, bu yo'lda uning martabasi ulug' bo'ladi. Kimki uning amridan bo'yin tovlasa,
u rad etilib, uning izzatli qasridan uzoqlashtiriladi. Uning farmonini bajaruvchi esa kelajagi qutlug', maqbul kishi sanaladi. U amriga itoat qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi va busiz bir soniya ham orom bo'lmaydi.
Biroq har qancha itoat qilib, uning amru hukmi bilan toat-ibodat qilsa va o'zining bu ishi bilan faxrlanib maqtansa hamda kibru havoga berilsa, bundan joniga ofat yetadi. Uning ertayu kech qilgan ozu ko'p barcha toat-ibodati, boriyu yo'g'i — hammasi hech bo'ladi.
Kimki o'zining qilgan ishlarini ro'kach qilmasdan, uning oldida boru yo'g'ini teng tutsa va manmanlikka berilmasa hamda qilgan toatlarini bir qora chaqadek deb bilsa, u kishi baxt-saodat ko'chasiga kiradi va o'z taqvo hamda ibodatlaridan naf topadi. Bunday kishi o'z toat va taqvodorligi mevasini totib, bu ish ma'nosidan bahramand bo'ladi.



Qayd etilgan


mutaallimah  29 Yanvar 2009, 22:41:10

CXIX
 
Hikoyat
 


Alloh Odamni yaratmasdan ilgari, uning tanasiga ruh shamini kiritmasdan burun barcha maloikalar toat va taqvoga mju' qilib, uning odob va rusumlarini bajo keltirishar edi. Ularning barchasiga Azozil(Iblisning jannatdan quvilmasdan avvalgi ismi) boshliq edi. U bularning mushkullarini oson qiluvchi murshid edi. U haq amriga itoat qilib, necha ming yil toat-ibodat bilan mashg'ul bo'ldi. Uning bu borada qilgan ishlarini tavsiflashda nutq lol qoladi, hatto aql bilan tasavvur qilish ham amrimahol. Naql qilishlaricha, butun yer yuzasi va koinotdagi to'qqizta oliy falakda u notavonlik bilan sajda qilib yuz qo'ymagan birorta bo'sh joy qoltnagan emish.
Alloh Odamni yaratdi va uni o'ziga ma'shuq etib, o'zi unga oshiq bo'ldi. Barcha insonlar ichida eng yaxshisi hisoblangan Odamga hamma maloikalar sajda qilsin deb buyurdi. Maloikalarga shunday amr etilgach, ular hazrati Insonga sajda qildilar.
Biroq necha ming yil ibodat qilib, uning amri bilan taqvo va toat aylagan Azozil g'ururlanib, Odamni pisand etmadi va unga sajda qilishdan bosh tortdi. Shu bo’lsdan Alloh maloikalar to'dasi ichidan uni rad etdi. Ko'nglidan ibodat zavqini chiqarib olib, bo'yniga la'nat tasmasini bog'ladi. Uning necha ming yil qilgan ibodati zoye' bo'lib, o'zi haq dargohidan quvildi.
Shuni yaxshi anglagilki, iloh bu yo'lda faqat o'zini o'ylab, manmanlikka berilishdan ham ortiqroq gunoh yo'q deb hisoblaydi. O'zni ko'rmoq - toatni ko'rmo'q bilan teng bo'lib, qilgan ishlarini ko'ngliga keltirish - minnat qilish demakdir.


Qayd etilgan


mutaallimah  29 Yanvar 2009, 22:42:12

CXX
 
Yana bir qushning Hudhudga savoli
 


Yana bir savol beruvchi shunday dedi:
- Ey sarafroz! Kimki haq yo'lida pok oshiq bo'lsa, uning foydasi nimadan iborat bo'ladi. Bu menga yashirin qolmoqda, shuni sharh etib bersang. Chunki men bu yo'lda poklikka erishdim. Ojizona sig'inib, shunga muyassar bo'ldim.

Qayd etilgan